1. O’yin texnikasi. Darvozabon o‘yinining texnikasi



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə6/10
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ma\'ruza 5

To‘pni olib qo‘yish. Bu muhim usul yordamida jamoaning qarshi hujumga o‘tishi ta’minlanadi. Himoyadagi o‘yinchi to‘p uzatilgan vaqtda uni olib qo‘yish maqsadida o‘zi to‘sib turgan hujumchining oldidan to‘pga qarshi chiqish uchun joyidan keskin qo‘zg‘alishi lozim.
To‘pni urib chiqarish. Bu harakat to‘p olib yurgan hujumchi bilan kurashda bajariladi. Himoyachi qulay payt poylab hujumchiga yaqinlashadi, to‘pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi. To‘pni urib chiqarish uni otish uchun qo‘lni orqaga uzatib, siltash harakatini bajarishda ham qo‘llaniladi. Himoyachi bunday holatda hujumchining to‘pni otmoqchi bo‘lgan qo‘lini orqaga uzatishini kutadi va shu payt qo‘l kafti bilan to‘pni tushuradi.






10-rasm. Otilayotgan to‘pni orqa tomondan olish.
To‘pni to‘sish. Darvozaga yo‘naltirilgan to‘pni qarshilik ko‘rsatishda qo‘llaniladigan asosiy vosita hisoblanadi. Yuqoridan, o‘rta va pastdan kelayotgan to‘pni bir va ikki qo‘l bilan to‘sish mumkin. To‘sishni bajarayotgan himoyachi qanchalik hujumchiga yaqin bo‘lsa, to‘p yo‘nalishini aniqlash shunchalik oson bo‘ladi. Shuning uchun himoyachi to‘pni ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini, shuningdek, to‘pni kuzatishni va o‘z vaqtida to‘p otayotgan o‘yinchini to‘xtatish uchun chiqishi lozim. Hujumchi to‘p otishidan oldin himoyachi bevosita qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, kaftlarini oldinga qaratib bir-biriga yaqinlashtiradi va to‘pni to‘sishda qo‘l barmoqlarini jarohatdan saqlash uchun mushaklarini taranglashtiradi.





11-rasm. To‘pga yuqoridan ikki qo‘llab “to‘siq” qo‘yish
Yerdan sakratib otilgan to‘pni to‘sish holati sakrab amalga oshiriladi. Shuning uchun himoyachi oldindan oyoqlarini bukkan holatda tayyorlanib turishi kerak.
Qo‘shilish. Bu usul o‘yinchilarni nazorat qilishni yo‘qotish xavfi tug‘ulganda qo‘llaniladi. Himoyachilar qo‘shilishib joy almashtirsa, bu holda ular kuzatuvchiga o‘yinchilari o‘zgaradi. To‘siq qo‘yilgan hujumchi orqaga harakat qilsa, shu zahoti uning raqibi oldinga chiqib, hujumchi ketgan tomonga o‘tadi. Odatda, bunday usul to‘siq qo‘yishda va hujumchilarning qarama-qarshi o‘rin almashtirishida qo‘llaniladi. Hujumchi himoya harakatlariga qo‘shilganda uni ta’qib qiluvchi yoki darvozaga yaqin turgan himoyachi javobgar bo‘lmog‘i kerak. Hujumchining hujum harakatlarini qiyinlashtirish uchun himoya qilishga o‘tgan o‘yinchi hujumchining kirish yo‘lini va faol harakatini to‘xtatishga harakat qilishi kerak. Buni amalga oshirish uchun himoyachi qarama-qarshi harakat qilib, ta’qibchidan ozod bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə