1. O’yin texnikasi. Darvozabon o‘yinining texnikasi


To‘pni yerga urib olib yurish



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə3/10
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ma\'ruza 5

To‘pni yerga urib olib yurish. Bu usul bir joyda turganda, ko‘proq yurganda, yugurganda bajarilib, gandbol o‘yinchisining harakat qilishda qo‘llaniladigan asosiy usullaridan hisoblanadi. To‘pni yerdan har-xil: yuqoriroq va pastroq sapchitib turib yurish mumkin. Bu usulda gandbol o‘yinchisi maydondan sapchib ketayotgan to‘pni pastga tushirib va keng yoyilgan barmoqlari bilan kutib oladi. U qo‘lini bukib, to‘pni biroz yuqoriga uzatadi, so‘ng uni yana maydonga ma’lum burchak bo‘yicha keskin uzatadi. Bunda oyoqlar bukilgan, gavda biroz egilgan, bosh to‘g‘ri tutilgan bo‘lishi kerak.

1-rasm. To‘pni yerga urib olib yurish.
To‘pni yerga urib olib yurish to‘g‘ri chiziq, yoysimon chiziq va doira bo‘ylab har xil yo‘nalishlarda bajarilishi mumkin. Yo‘nalish, tezlik, sapchish balandligini o‘zgartirib hamda to‘pga qaramasdan yerga urib olib yurishlar hozirgi zamon gandbol o‘yinida katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
To‘pni otish. Otish natijasi bir qator sharoitlarga bog‘liq, shular orasida muhimi raqiblarga kutilmagan vaziyatda otish yo‘nalishini va usulini o‘zgartirishdir. To‘pni ko‘zlagan joyga yo‘naltirishda, ayniqsa, tezlik muhim ro‘l o‘ynaydi, uning kuchi tezligiga bog‘liq.
To‘p otish texnikasini bajarishda uning inertsiyasi va vaznini hisobga olish zarur, to‘p otayotgan qo‘lining keng amplitudadagi harakati mushaklar qisqarishiga va gavdadagi barcha mushaklarning qisqarishiga qulay sharoit yaratadi. Lekin o‘yinda bir necha qadamdan so‘ng, keng amplitudada qo‘lni silkitib to‘p otishni qo‘llash anchagina mushkul. Shuning uchun o‘yinchilar va murabbiylarning ijodiy izlanishdan maqsadi tez otish texnikasini (harakatni tezlashtirib, to‘p ilgandan so‘ng darrov sakrab va hokazo) yaratishga qaratilgan.



2-rasm. Qo‘llarni tirsak qismida bukkan holda yuqoridan to‘p uzatish
Darvozaga to‘p otish joydan, yurib kelib, sakrab va tayangan holatda bajariladi.
Eng ko‘p tarqalgan usul – harakatda yuqoridan qo‘lni bukib to‘p otishdir. Qo‘llarni silkitish natijasida to‘pni otish holati o‘zgaradi. To‘p otish boshning orqa tomonidan, yelka ustidan yoki yon tomondan bo‘lishi mumkin. Bu vujudga kelgan holat va texnikani bajarish xususiyatiga aniqlanadi.
Harakatda qo‘lni yuqorida bukib to‘p otish uch xil vaziyatda bajariladi: chalishtirma qadamlardan so‘ng otish, chalishtirma qadamlarsiz otish va to‘xtab otish.





3-rasm. Harakatda qo‘lni yuqorida bukib to‘p otish (chalishtirma qadamdan so‘ng)
Chalishtirma qadamlardan so‘ng o‘yinchi yugurib kelib sakrab to‘p otishi yoki ruxsat etilgan uch qadam qoidasidan foydalanishi mumkin. Agar o‘yinchi to‘pni o‘ng qo‘li bilan otmoqchi bo‘lsa, birinchi qadamni chap oyoq bilan boshlaydi, bu holda ikkinchi qadamini qo‘yishda shu oyoq kaftining ichki tomonini yugura boshlagan tarafiga qarab qo‘yadi. Shu holda to‘p ushlagan qo‘l to‘g‘rilanib, boshning orqa tomoniga o‘tkaziladi va gavdaning yon tomoni darvozaga qaratiladi. To‘p bilan bo‘lgan qo‘lga qarama-qarshi oyoqga tayanilgandan so‘ng to‘p otish harakati boshlanadi; bu holda gavdaning og‘irligi oldinga o‘tkazilib, darvoza tomon buriladi va to‘p ushlagan qo‘l bukilib oldinga qarab tezlanish harakatini boshlaydi. Shuni hisobga olish kerakki, qo‘l harakati davomida tirsak panjalardan oldinda bo‘lmog‘i kerak. To‘pni qo‘ldan chiqarishda vujudga keladigan kaft va bilak silkitilishi, keyinchalik gavdaning yuqori qismlariga nisbatan pastki qismlarini to‘xtatishga olib keladi.
Yuqoridan qo‘lni bukib to‘p otish qo‘lni tez siltash yordamida bajariladi. Birinchi oldingi qo‘yilgan oyoqqa qarama - qarshi gandbol bilan orqaga suriladi va keyingi qadamda gavdaning yuqori qismi bilan birga siltanadigan qo‘l oxirgi chegarasigacha orqa tarafga burilishi kerak. Keyingi qadamni qo‘yishda gavda darvoza tomon burilib tezlik bilan oldinga egiladi va to‘pni qo‘ldan chiqaradi. Bu usulning farqi shundaki, to‘p otish bir oyoqqa tayangan holda bajariladi.
Yuqoridan qo‘lni bukib to‘xtab to‘p otish – bu eng tez otish usulidir. Bu yerda dastlabki zaruriyat to‘pni sakrab ilish hisoblanadi, bunda to‘p otayotgan o‘yinchi qo‘lini siltashni boshlashi mumkin. Bu holda o‘yinchi avval o‘ng oyog‘ini, so‘ng chap oyog‘ini bosadi, tovon esa harakatning to‘xtashi uchun xizmat qiladi.




Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə