1. O’yin texnikasi. Darvozabon o‘yinining texnikasi


Darvozabon o‘yinining texnikasi



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə7/10
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ma\'ruza 5

2.Darvozabon o‘yinining texnikasi



Darvozabon jamoada eng qiyin va ma’sul vazifani bajaradi. Uning harakati faqat darvozaning xavfsizligini emas, balki hujumning natijasini ham belgilaydi. Darvozabon uchun muhimi – avvalo, bo‘yi (180, 190 sm), tezkorlik, mo‘ljallay olish, chaqqonlik, kuch, chidamlilik kabi sifatlardir. Darvozabonning dastlabki o‘yin texnikasiga: turish, siljish, chalg‘itishlar, to‘pni qo‘l, oyoq, gavda bilan qaytarish va to‘pni uzatishlar kiradi.


Darvozabon texnik usullarining muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p jihatdan uning harakatga qanchalik tayyor ekanligi bilan belgilanadi. Darvozabonning dastlabki holatni to‘g‘ri tanlay bilishi uning harakatga tayyor ekanligi omillaridandur.
Turish. Darvozabon harakatga to‘pning vaziyatiga bog‘liq ravishda har xil holatda turishi mumkin. Darvozada turishning asosan ikki turi mavjud: darvoza o‘rtasida va darvoza ustunlari yonida. Darvoza o‘rtasida asosiy holatda turib harakat qilish qulaydir: oyoqlar yelka kengligida, sal bukilgan, gavda og‘irligi ikki oyoqqa barobar bo‘lingan, gavdaning yuqori qismi ozgina oldinga egilgan, qo‘llarning kaftlari oldinga qaratilgan holda sal bukilib, yon tomonga uzatilgan, kaftlar balandligi taxminan yelka balandligi teng yoki undan ham balandroq bo‘lishi mumkin.
Agar hujumchi to‘p otishni burchakdan bajarayotgan bo‘lsa, unda darvozabon darvoza ustuni yonida turib (oyoqlar oralig‘i 15–20 sm), darvozaga yaqin bo‘lgan qo‘lini yuqoriga ko‘tarib tirsak bo‘g‘ini salgina bukilgan bo‘ladi, shunda darvozaning yuqori burchagini yopadi: ikkinchi qo‘li yon tomonga uzatilgan, gavda og‘irligi darvozaga yaqin turgan oyoqqa o‘tkazilgan. Ana shunday holatda darvozabon bevosita to‘pni qaytaradi yoki tez-tez oldinga chiqadi.
Siljish. Darvozabon joyini asosan, yon tomonga qadam qo‘yib o‘zgartiradi. Bu uning o‘z yo‘nalishini tez-tez almashtirishiga va to‘pni qaytarish uchun tayyor bo‘lishiga imkoniyat yaratadi.
Darvozabon to‘pni olib qo‘yishni, sapchigan to‘pni egallab, uni o‘yinga kiritishni, raqiblar tomonidan tez yorib o‘tishni ta’minlovchi to‘pni egallashini, oldinga va orqaga tez harakat qilishni, keskin start olishni bilishi shart.
Darvozabon hamla qilish harakatlaridan va oyoqlarni bir chiziq bo‘ylab yozib o‘tirish (shpagat) holatidan tez-tez foydalanishga to‘g‘ri keladi, shuning uchun u bu harakatlarni har tomonga bemalol bajarishni bilishi juda zarur. Uning har xil sakrashlarni bajarishi o‘yinda alohida ahamiyatga ega. Darvozabonning to‘p otayotgan o‘yinchiga peshvoz chiqishi va sakrash darvoza qo‘riqlashning murakkab usullari qatoridan o‘rin olgan. Darvozaning nishonga olingan burchagini kamaytirish uchun darvozabon yuqoriga yoki uzunlikka sakrab darvozaga yo‘naltirilgan to‘pning yo‘lini to‘sishga harakat qiladi. Odatda, darvozabon sakraganda to‘pning yo‘nalish yo‘lini ko‘proq kamaytirish uchun oyoq va qo‘llarni yon tomonga yoyadi. Darvozabon raqiblar bilan to‘p uchun kurashda ko‘pincha aldash harakatlarini ishlatadi. Chalg‘itish maqsadida bir tomonga egilib, keyin boshqa tomonni to‘sadi, tez-tez yolg‘on chiqishlarni qo‘llaydi. Bunday holatlarda hujumchi to‘pni darvozabon ustidan oshirib tashlaydi, lekin bunday bo‘lishini oldindan kutgan darvozabon darhol orqaga qaytib, to‘p yo‘lini to‘sishga ulguradi.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə