2 soat Mehnat bozori, raqobatlashgan mehnat bozori



Yüklə 459,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix23.12.2023
ölçüsü459,43 Kb.
#156464
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish

 
 
 
 
16.15-rasm. Mehnat bozoridagi ikki tomonlama monopoliya. 
Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat nuqtada o`rnatilgan bo`lar edi. Bu 
nuqtada mehnatga bo`lgan talab va taklif chiziqlari kesishadi. Muvozanat holatda
ishchi ish bilan band bo`lib, ish haqi oladi. Lekin, monopsonist firma ish bilan 
band bo`lgan ishchilar sonini dan gacha qisqartirib, ish haqini dan gacha 
qisqartirishga harakat qiladi. Kasaba uyushmalari (monopolist) ish kuchi taklifini 
qisqartirib, ( gacha), ish haqini gacha ko`tarishga harakat qiladi. 
SHunday qilib, ish bilan band bo`lgan ishchilar sonining nisbatan kichik 
o`zgarishga ish haqlarining (ushbu yondashishda) bir-biridan juda katta farq 
W
S
L
M
W
M
E
W
e
D
L
N
A
L
0
L
e
L
M
W
W
N
W
M
W
e
MRC
L
L
0
S
L
L
e
D
L
MR
N
L
M
E
0
E
M
L
N


qilishi to`g`ri keladi . Ushbu vaziyatda ish haqining qanday bo`lishi, qarama-qarshi 
turgan monopolistik va monopsonik kuchlarga bog`liq. Ko`rinib turibdiki, ish haqi 
muvozanat ish haqi ga ham yaqinlashishi mumkin. 
16.2 Ish haqi stavkalari differentsiatsiyasi (tabaqalashuvi). 
 
Biz yuqoridagi mulohazalardan ish haqini o`zgarmas deb qaradik. Amalda 
o`rtacha ish haqi mutaxassisliklar bo`yicha ham, tarmoqlar bo`yicha ham, hattoki 
bir xil ishni bajaruvchi ishchilar bo`yicha ham farq qiladi. Masalan, 
avtomobilsozlik tarmog`ida ishlaydigan ishchilarning o`rtacha ish haqi, qurilish 
sohasida ishlaydigan ishchilarning o`rtacha ish haqlaridan farq qiladi, xuddi 
shunday kimyo tarmog`idagi o`rtacha ish haqi ham yengil va oziq-ovqat 
sanoatidagi o`rtacha ish haqidan farq qiladi. Poliklinikada ishlovchi har xil 
kategoriyadagi vrachlarning ish haqi ham bir xil emas. Yuqori kategoriyali vrach 
past kategoriyali vrachga qaraganda ko`proq maosh oladi. 
Ushbu farqning tagida, insonlar qobiliyatining xilma-xilligi, ma`lumoti, 
bilimi, tajribasi, malakasi yotadi. Bulardan tashqari, ular bajaradigan ishlarning turi 
ham, ular oladigan daromadlarga har-xil ta`sir qiladi. Ishning murakkabligi, ishlab 
chiqarishning inson hayoti uchun zararli bo`lishi, ushbu sohada ishlovchilarning 
ish haqida ushbu zararni qoplaydigan qo`shimcha ish haqida o`z ifodasini topadi. 
Quyidagi 16.16-rasmda ishning og`irligi va zararligi uchun to`lanadigan 
qo`shimcha ish haqi ko`rsatilgan. 

Yüklə 459,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə