3-bob. Fazoviy ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslari


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/27
tarix21.10.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#130149
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Mavzu 4

Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
69 
3.8-rasm.
Atributlarning jadvallarda joylashuvi 
(Manba: Longley, 2005) 
Demak, yuqoridagi fikrlardan koʻrinib turibdiki, atributlar jadval, belgi, son 
(kodlar, sonli axborot) va grafik belgi (rang, tasvir, konturlarni toʻldiruvchi) 
koʻrinishida boʻlishi mumkin. 
GATning ma’lumotlar bazasida atribut ma’lumotlarni tasvirlashning asosiy 
shakllaridan biri bu jadval koʻrinishdir. Obyektning belgilarini koʻrsatib 
beradigan va ma’lumotlarning mavzuli koʻrinishiga mos keladigan atributlar 
jadval koʻrinishda saqlanadi. Bunda har bir obyekt qatorlarga joylashtirilsa
ularning atribut ma’lumotlari ustunlarga joylashtiriladi (3.8-rasm). 
GATda atribut ma’lumotlarning miqdori ulkandir. Ular ijtimoiy-iqtisodiy
tabiiy va aniq boʻlgan ma’lumotlar asosida tuzilishi mumkin. Ba’zi atributlarning 
vazifasi faqatgina joy yoki obyektni koʻrsatib berib, ularni bir-biridan ajratishdan 
iboratdir. Koʻcha manzillari, uchastka tartib raqamlari bunga misol boʻla oladi. 
Atributlar vazifalariga binoan turlarga boʻlinishi mumkin va ular quyidagilardan 
iborat: 

nominal; 

ordinal; 

interval; 

koeffitsiyentli;


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
70 

siklik. 
Nominal atribut ma’lumot 
atributning eng oddiy turi boʻlib, uning 
vazifasi biror-bir jismni ikkinchisidan ajratishdan iboratdir. Joy nomlari, uy 
raqamlari va boshqalar bunga yaqqol misol boʻla oladi. Nominal atributlar asosan 
raqamlar, harflar va ba’zida ranglarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Ordinal atribut ma’lumotda 
ma’lumotlarning qiymati tabiiy ketma-
ketlikni tashkil qiladi. Masalan, Kanada oʻz yerlarini sinflarga boʻlib baholaydi:
1-sinf yerlari eng yaxshi yer deb baholansa, 2-sinf oʻrtacha yer deb baholanadi. 
Oʻzbekistonda bunday baholash 100 ballik shkala asosida bajariladi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə