4 mavzu psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari (2 soat) Reja



Yüklə 319,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix23.12.2023
ölçüsü319,53 Kb.
#154675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
metodlar

So‘rovnoma metodi
− psixologiyada keng qo‘llaniladigan metodlardan 
biridir. Uning yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari narsa 
va hodisalarga munosabatlari o‘rganiladi. So‘rovnoma odatda 3 xil tuzilishda 
bo‘ladi. Ularning birinchisi anglangan motivlarni aniqlashga mo‘ljallangan 
savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari 
beriladi. Uchinchi turida sinaluvchiga yozilgan to‘g‘ri javoblarni ballar bilan 
baholash tavsiya etiladi. So‘rovnomadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, 
muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, o‘ziga, tengdoshlariga, katta va 
kichiklarga munosabatlarini aniqlashda foydalaniladi. 
Psixodiagnostik metodlar. 
Psixodiagnostika metodlari klassifikasiyasi bo‘yicha yondashuvlar ancha keng 
bo‘lib, ularning har bir masalani o‘ziga xos tarzda yoritishga erishgan. 
Y. Shvansar bo‘yicha metodlar klassifikatsiyasi:
Y. Shvansar psixodiagnostik metodlarni quyidagi asoslarga ko‘ra birlashtirdi:
1.
Foydalaniladigan materiallarga ko‘ra (verbal, neverbal, manipulyatsion, 
“qog‘oz va qalam”) testlari. 
2.
Olingan ko‘rsatkichlarning miqdoriga ko‘ra (oddiy va kompleks) 
3.
“To‘g‘ri” javobli testlar va har xil javobli testlar.
4.
Tekshiriluvchilarning psixik faolligiga ko‘ra:

introspektiv (tekshiriluvchining shaxsiy tajribasi va munosabatlariga ko‘ra 
ma’lumotlar): anketalar, suhbat;

ekstrospektiv (har xil ko‘rinishlarni kuzatish va baholash);

proektiv. Tekshiriluvchi shaxsning anglashilmagan xususiyatlarini kam 
strukturalashgan, har xil ahamiyatli stimullarni proeksiyalaydi (ichki nizolar, 
yashirin mayllar va boshqalar);

ijrochilik. Tekshiriluvchi shaxs xislatlari va intellekt ko‘rsatkichlaridan iborat 
miqdoriy darajalar va sifatiy xususiyatlarni biror bir harakat orqali (perseptiv, aqliy, 
motor) amalga oshiradi.

Yüklə 319,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə