4 mavzu psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari (2 soat) Reja


Psixodiagnostik metodlar imkoniyatlarining chegaralanganligi



Yüklə 319,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix23.12.2023
ölçüsü319,53 Kb.
#154675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
metodlar

Psixodiagnostik metodlar imkoniyatlarining chegaralanganligi.
Psixologik testlar va shaxs so‘rovnomlaridan foydalanishda ularning yutuq va 
kamchiliklari to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bo‘lish mutaxassis faoliyati 
samaradorligini ta’minlashning muhim shartlari hisoblanadi. 
Psixologik testlarning qadr-qimmati quyidagi sifatlari bilan belgilanadi: 
1. 
Testni tadbiq etish sharoitlari va ularning natijalarni standartlashtirilganligi.
2. 
Test metodikalarni o‘tkazishda foydalanuvchilarning ma’lumotlik darajasiga 
bog‘liq bo‘lmagan holda tayyorlab qo‘yish mumkin
. Bu esa test batareyalari 


bo‘yicha kompleks xulosalar tayyorlashda yuqori malakali psixologni jalb etish 
kerak emas, degan ma’noni bermaydi; 
3. 
Operativlik va tejamkorlik.
Tipik testlar qisqa topshiriqli seriyalardan tashkil 
topadi. Ularni bajarish uchun esa juda kam vaqtni oladigan bo‘ladi va odatda testlar 
bir soatdan oshib ketmaydi. Ba’zi shaxslilik testlari bunday chegaradan chetga 
chiqishiga ham to‘g‘ri keladi. 
4. 
Baholarning miqdoriy differensiallashgan xarakterga egaligi.
Test shkalalari 
va standartlashganlik uning aniqlovchi instrumenti sanaladi, hamda o‘lchanayotgan 
xususiyatni miqdoriy baholash imkonini beradi (bilim, ko‘nikma, malaka). Yaxshi 
test o‘quvchilarni uch toifaga ajratib beradi. A’lochi, o‘rta va qoloq. Qutbli 
xarakterda esa qobiliyatli va talantli, ishonchlilikning yo‘qligi bilan o‘ta 
ishonchsizlik (mutlaqo tayyor emaslikni) ajratishga olib keladi. Bundan tashqari test 
natijalarining miqdoriy testlarning yaxshi ishlab chiqilganligi imkoniyatlarini 
baholab beradi. 
5. 
Optimal maqbul murakkablik
. Professional tarzda tayyorlangan test 
topshiriqlari optimal murakkablikka ega bo‘ladi. Bunda o‘rta sinaluvchi maksimal 
miqdordagi ballning 50 foizini to‘play olishi kerak. Bu dastlabki, psixometrik 
eksperiment vaqtida aniqlanadi.
6. 
Ishonchlilik
.
7. 
Adolatlilik. 
Yaxshi test barcha tekshiriluvchilar uchun bir xil shart-sharoit 
qo‘yiladi. 
8. 
Kompyuterlashtirish imkoniyati
. Ommaviy test tadbirlarini o‘tkazishda uning 
natijalarini qayta ishlash va vaqt tejamkorligini oshirishga yordam beradi. Testlarni 
kompyuterlashtirish axborot xavfsizligini ta’minlashning eng maqbul yo‘li sanaladi.
9. 
Psixologik adekvatlik
. Bu optimal murakkabligini muhim psixologik sababi 
hisoblanadi. M: Stressga chidamlilik.

Yüklə 319,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə