4 mavzu psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari (2 soat) Reja



Yüklə 319,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix23.12.2023
ölçüsü319,53 Kb.
#154675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
metodlar

 Kuzatish metodi. 
Kuzatish metodi − ikki xil bo‘lib, ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki) 
kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun 
quyidagilar amalga oshiriladi: 
a) kuzatishning maqsad, vazifasi belgilanadi; 
b) kuzatilayotgan ob’ekt tanlanadi; 
v) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi; 
g) kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi; 
d) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘qish, o‘yin, mehnat, sport) amalga 
oshirilishi aniqlanadi; 
e) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tanlanadi; 


yo) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik suhbat daftari, kuzatish 
varaqasi, magnitafon, videomagnitafon) tayyorlab qo‘yiladi. Kuzatish orqali turli 
yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, asab tizimining tashqi ifodalari, imo-
ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati kabilar o‘rganiladi. Ammo o‘ta 
murakkab ichki kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-
zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi.
Masalan, o‘spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning 
irodasi, ishchanligi, his-tuyg‘usining o‘zgarish xususiyatlari, talabga intilish, o‘z 
harakatini idora qila olish yuzasidan materiallarni yig‘ish mumkin.
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo‘yicha ham ma’lumotlar olish mumkin. 
Ish ustidagi kayfiyatni, chehrasidagi tashvish va iztirobni, sinchkovlik kabi ruhiy 
holatlarni kuzatib, tafakkurdagi o‘zgarishni aniqlash mumkin. Bundan tashkari 
qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi ham insonning ruhiyatidagi 
o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotlar beradi. Psixologiyada o‘z-o‘zini kuzatish, ya’ni 
interospeksiya metodidan ham foydalaniladi, lekin bu psixologiyaning ilmiy 
bo‘lmagan metodi hisoblanadi.
 Eksperiment metodi. 
Tajriba yoki eksperiment metodi − o‘z navbatida tabiiy va laboratoriya 
metodlariga ajratiladi. Tabiiy tajriba metodlarining ilmiy asoslarini 1910
-
yilda rus 
psixologi A.F. Lazurskiy tomonidan ishlab chiqilgan. U kichik maktab yoshidagi 
bola shaxsining shakllanishini o‘rganish maqsadida ushbu metodni qo‘llagan. 
Tabiiy metoddan ishlab chiqarish jamoalari a’zolarining, ilmiy muassasalar 
xodimlarining, o‘qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o‘zgarishlari, 
o‘zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini 
hal qilish jarayonida foydalanish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitda inson psixikasini 
o‘rganishdan sinaluvchilarning o‘zlari bexabar bo‘lishi, ta’lim jarayonida 
berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi 
odamlarga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish, kundalik mehnat doirasida amalga oshirilishi, 
zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga 
qaratilishi lozim. 
Tabiiy eksperiment metodi sirtdan kuzatish metodidan keskin farq qiladi. 
Sirtdan kuzatish metodida biror psixik jarayon kuzatilayotgan kishi o‘sha jarayon 
qanday yuz bersa, shu holicha tekshiraveradi, lekin bu jarayonning namoyon 
bo‘lishiga aralashmaydi, ya’ni psixik jarayonni yuzaga keltiruvchi sharoitni 
o‘zgartirmaydi. Tabiiy eksprement metodidan foydalanganda esa tekshiruvchi 
o‘rganilayotgan biror psixik jarayonni o‘zi vujudga keltiradi, lekin uni 
tekshirilayotgan odam uchun tabiiy bir sharoitda va unga sezdirmasdan o‘tkazadi.

Yüklə 319,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə