4 mavzu psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari (2 soat) Reja



Yüklə 319,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix23.12.2023
ölçüsü319,53 Kb.
#154675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
metodlar

Longityud metodining
boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta 
sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o‘n yillab tekshiriladilar. Longityud metodidan 
nemis psixologi V. Shtern, fransuz psixologi R. Zazzo, rus psixologlari N.A. 
Menchinskaya, A.N. Gvozdev, N.S. Leytes, V.S. Muxina va boshqalar ko‘p 
yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Hasan-Husan, Fotima-Zuhra yoki aralash 
jinsli Hasan-Zuhra, Fotima-Husan) egizaklar kuzatilgan. Longityud metodi 
yordamida sub’ektiv omillarning o‘ziga xosligini ob’ektiv shart-sharoitlari va 
ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta’siri o‘rganiladi. Chunonchi, egizaklarning 
o‘xshashligi va tafovuti, ta’sirlanishi, his-tuyg‘uni o‘zgarishi kishilar o‘rtasidagi 


individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati tizimi va hokazo) 
bo‘yicha ma’lumotlar olish longityud metodi orqali amalga oshiriladi.
Kompleks metodi
yordamida o‘rganilgan ob’ektdagi o‘zgarishlar turli 
nuqtai-nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, bolada 
oddiy bilimlarni o‘zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo‘lsa, 
kompleks yondashish ta’sirida ana shu o‘zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, 
fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning 
biologik omillarini o‘rganish, uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini 
yoritishga xizmat qiladi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta ishlash bo‘lib, 
ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo‘linadi.
Ilmiy tadqiqot metodlarini sharhlash guruhi genetik va donalash metodlaridan 
iboratdir. 
Genetik metod
bilan tadqiqot davomida tugallangan ma’lumotlar yaxlit 
holda, maqsadga muvofiq tarzda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy 
maqsadi sinaluvchida vujudga kelayotgan ichki, jamiki obrazlarning rivojlanishi, 
faoliyat va bilish jarayonlarining o‘zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta’rif va 
tavsif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning namoyon 
bo‘lish davri, bosqichi hamda ba’zi mashaqqatli daqiqalarga, holatlarga qo‘shimcha 
sharhlar berish imkoniyati tug‘iladi.
Genetik 
metodga 
asoslanib 
psixik 
o‘zgarishlar bilan rivojlanish 
bosqichlarining bevosita bog‘liqligi ildizi aniqlanadi.
Donalash metodi tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha 
o‘zgarishlardagi o‘ziga xoslik, o‘zaro aloqa, o‘zaro ta’sir va uyg‘unlikning o‘zaro 
bog‘lanishlari o‘rganiladi. Jumladan, inson xulqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, 
xotira, tafakkur jarayonlarining bir paytda, birgalikda tadqiq qilinishi bunga yorqin 
misoldir. Bunda har bir bilish jarayonining usuli ifodalanadi yoki uning ahamiyati 
alohida ta’kidlanadi, ularning o‘zaro bog‘liqligi asoslab beriladi.
Empirik metodlar guruhi o‘z navbatida ikkiga, ya’ni asosiy va yordamchi 
metodlarga bo‘linadi. Asosiy metodlarga kuzatish va eksperiment metodlari kirsa, 
yordamchi metodlarga 
suhbat, so‘rovnoma, test, sotsiometriya va faoliyat mahsulini 
tahlil qilish
kabi metodlarni kiritish mumkin.

Yüklə 319,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə