4 mavzu psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari (2 soat) Reja


A.A. Bodalev, V.V. Stolinlar bo‘yicha psixodiagnostika metodlari



Yüklə 319,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix23.12.2023
ölçüsü319,53 Kb.
#154675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
metodlar

A.A. Bodalev, V.V. Stolinlar bo‘yicha psixodiagnostika metodlari 
klassifikasiyasi
Mualliflar psixodiagnostika 
metodlarini turli xil asoslar bo‘yicha 
birlashtirdilar:
1.
Ushbu usulning asosiga to‘rgan metodik prinsipning xarakteriga ko‘ra:

ob’ektiv testlar (topshiriqni to‘g‘ri bajarilishiga ko‘ra to‘g‘ri javob berish 
imkoniyatli);

standartlashgan o‘zini-o‘zi baholash (hisobotlash):

test-so‘rovnomalar, ochiq so‘rovnomalar;

shkalali texnikalar (Ch. Osgudning semantik differensial so‘rovnomasi), 
sub’ektiv klassifikasiya;

rolli repertuar texnika tipining individual- yo‘naltirilgan texnikalar 
(ideografik);

proektiv texnikalar;

dialogik texnikalar (suhbat, intervyu, diagnostik o‘yinlar).
Psixodiagnostning diagnostik proseduraga jalb etish me’yoriga va uning 
psixodiagnostika natijalariga ta’siri darajasiga ko‘ra:
ob’ektiv va dialogik.
Birinchisi psixodiagnostning diagnostik proseduralarda, natijalarni qayta 
ishlash va talqin etishda jalb etilish darajasi past, ikkinchisida jalb etilish darajasi 
yuqoridir. Jalb etish me’yori eksperimentatorning shaxsi, kasbiy malakalari, 
tajribasining ta’sirini va uning diagnostik jarayondagi boshqa xususiiyatlarini 
tavsiflaydi.


Quyida psixodiagnostik metodlarning ob’ektivlik qutbidan dialogik qutbgacha 
bo‘lgan kontiniumiga joylashgan shkalasi keltirilgan:
OB’EKTIVLAR
DIALOGIKLAR
test
ko‘pgina so‘rovnomalar shkalali 
texnikalar
suhbat
intervyu
diagnostik o‘yinlar
patopsixologik eksperiment
bir qator proektiv metodikalar
 
 
 
Proektiv metodikalar tavsifi. 
Proektiv testlar (oldinlab, ilgarilab namoyon etish ma’nosini bildiradi): 
proeksiya natijalarini psixologik talqin qilishga asoslangan shaxsni yaxlit 
o‘rganishga qaratil-gan metodlar majmuasi proektiv testlar deyiladi. Psixologik 
himoyalanishdan
tashqari, favquloddagi vaziyatda individualligini o‘ziga xos 
namoyish etish kabilarda mujassamlashadi. Bunday testlar turkumi assotsiativ 
(tugallanmagan gaplar yoki hikoya), ekspressiv (psixodrama, o‘yinlar, 
ishbilarmandlik o‘yinlari, sotstrening, erkin mavzuda rasm chizish) turlariga 
ajratiladi. Shaxsning ichki dunyosi mohiyatini sub’ektning shaxsan o‘zi to‘laroq 
namoyish etishga xizmat qiladi. 
Shunday qilib, testlar qatoriga yutuqqa (maqsadga) erishish testlari (ular 
darsliklarda berilgan bilim, malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt 
testlari (akliy taraqqiyot daraja-sini o‘lchashga mo‘ljallangan), shaxslilik testlari 
(inson irodasi, emotsiyasi, qiziqishi, motivatsiyasi va hulqini baholashga yo‘nalti-
rilgan diagnostik metodlardan iboratdir), shaxs «loyihasi» (proektiv) testlari 
(savollarga bitta aniqjavob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib, shaxs 
xususiyatlarining «loyihasi» ishlab chiqiladi), qobiliyat testlari, xotira testlari kiradi. 
Endi testga ayrim misollar keltiramiz. 
Ortiqcha so‘zni chiqarib tashlang: 
A) Yenisey, Dnepr, Sirdaryo, Amur (javob: Dnepr - u Yevropada joylashgan); 
B) Petrozavodsk, Ijevsk, Siktivkar, Abakan (javob: Abakan - u Osiyoda 
joylashgan). 

Yüklə 319,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə