4 mavzu psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari (2 soat) Reja


Laboratoriya (klinika) eksperimenti



Yüklə 319,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix23.12.2023
ölçüsü319,53 Kb.
#154675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
metodlar

Laboratoriya (klinika) eksperimenti
metodining (1879
-
yili V. Vundt 
kiritgan) asosiy xususiyati, shundan iboratki bunda o‘rganilishi lozim bo‘lgan psixik 
jarayonlarning (masalan idrok, diqqat, xotira kabi) qanday sharoitda qachon yuz 
berishini kutib o‘tirmasdan tekshiruvchi kishi (eksperimentator) sinalayotgan 
odamda shu jarayonlarni maxsus tarzda ishga soladi. Bundan tashqari laboratoriya 
eksperimenti sharoitida eksperimentator o‘rganayotgan har bir psixik jarayonni 
xohlagan marta, ya’ni takror-takror yaxshilab sinab ko‘rishi mumkin. Bu murakkab 
psixik jarayonlarning tabiatini o‘rganishda katta qulaylik tug‘diradi. Birinchidan, 


istalgan psixik jarayonni hohlagan paytda yuzaga keltirish vaqtni tejash imkonini 
bersa, ikkinchidan har bir psixik jarayonni takror-takror yuzaga keltirib, sinchiklab 
o‘rganish bu jarayonlarning qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi. 
Hozirgi kunda odamdagi ayrim psixik jarayonlarning yuz berish tezligini, 
diqqatning barqarorligi va kengligini, xotiraning xususiyatlarini щquv hamda 
malakalarning qonuniyatlarini aniq va puxta tekshira oladigan ko‘plab maxsus 
asboblar mavjuddir. Masalan, elektron xronoskop orqali ayrim psixik (aks ettirish, 
ko‘rish, eshitish, hid bilish, teri sezgilari kabi) jarayonlarning yuzaga kelish tezligini 
aniq o‘lchash mumkin. Elektron taxistoskop orqali diqqatning xususiyatlarini 
belgilash mumkin, perseptometr orqali idrok qilish xususiyatlarini o‘rganish 
mumkin, audiometr orqali eshitish xususiyatlarini o‘rganish mumkin va boshqalar. 
Umuman, hozirgi kunda texnikaning ildam taraqqiyoti munosabati bilan 
laboratoriya eksperimentining imkoniyati ortib bormoqda. 
Laboratoriya eksperimenti metodi eng aniq metod sifatida psixologiya 
fanining taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega. Lekin laboratoriya eksperiment 
metodining ham ma’lum kamchiligi mavjud. Bu kamchilik shundan iboratki, 
laboratoriya sharoitida o‘tkazilayotgan tekshirish hech vaqt ma’lum sun’iylikdan 
xoli bo‘lmaydi. Tekshirilayotgan odamga hech narsa deyilmasa ham, bari bir 
laboratoriya sharoitining o‘zi tekshirilayotgan odamning tabiiy psixik holatiga ta’sir 
qiladi. Binobarin, bu narsa o‘z navbatida tekshirish natijalariga salbiy ta’sir qiladi. 
Ana shuni nazarda tutib laboratoriya eksperimenti yordami bilan qo‘lga kiritilgan 
natijalarni ba’zan boshqa metodlar yordami bilan tekshirib ko‘rish lozim bo‘ladi. 
Laboratoriya eksperimenti metodi maxsus xona va turli asboblar bilan bog‘liq 
bo‘lganligi sababli bu metoddan ayrim sharoitlarda foydalanish imkoniyati 
bo‘lmaydi. Shuning uchun psixologiya fanida laboratoriya eksperimenti bilan bir 
qatorda tabiiy eksperiment metodidan ham keng foydalaniladi.
Suhbat
metodi bilan inson psixikasini o‘rganishda foydalanildi. Uning 
maqsadi va vazifasi belgilanadi. Suhbatning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzu 
o‘tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish 
rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan bog‘liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. 
Suhbatning bosh maqsadi ma’lum bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida 
inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi 
odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, bilim saviyasi, e’tiqodi, 
dunyoqarashi, irodasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi. Suhbat chog‘ida o‘zaro 
izchil bog‘langan savollar beriladi.
Suhbat metodidan to‘g‘ri foydalanish va undan kutiladigan natijaga erishish 
suhbat o‘tkazish uchun puxta tayyorlanishga bog‘liqdir. Suhbat metodi quyidagi 
shartlarga rioya qilishni talab etadi.
O‘tkazilgan suhbatning mavzusi va mazmuni sinaluvchining taraqqiyot 
darajasi hamda yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. 
Suhbat paytida sinaluvchilarga berilgan savollar mazmunan yaxshilab o‘ylab 
olinishi lozim.
Suhbat paytida berilgan savollarga “ha”, “yo‘q” kabi qisqa tarzda emas, balki 
batafsil javob olishga erishish kerak. 


Sinaluvchilar zerikib yoki toliqib qolmasliklari uchun suhbat haddan tashqari 
cho‘zilib ketmasligi lozim. 
Suhbat metodining yuqorida ta’kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim 
zaif tomonlari ham mavjud. Takrorlangan so‘zlar, “g‘aliz” iboralar nutqning tezligi, 
fikrning mavhumligi, zerikarliligi, muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, 
savol-javobning bir xil shaklda emasligi sinaluvchida o‘ziga xos ishlash uslubi 
oshkoralikning yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni 
qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 319,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə