4 mavzu psixolog kasbiy faoliyati va psixologiya metodlari (2 soat) Reja



Yüklə 319,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix23.12.2023
ölçüsü319,53 Kb.
#154675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
metodlar

 
Psixologiya metodlari. 
Har bir fan taraqqiyotining asosiy sharoitlaridan biri uning ma’lum darajada 
mumkin qadar ob’ektiv, aniq ishonchli uslublarga ega ekanligidir. 
Metod
− 
uslubning ma’nosi biror narsaga borish yo‘li demakdir. Umuman psixologiyada 
inson psixikasini tadqiq qilishda metodlarning turli tasnifi mavjuddir. Tadqiqot 
metodlarini ilmiy jihatdan tahlil qilgan rus psixologi B.G. Ananev mazkur 
metodlarni xususiyatlariga qarab klassifikasiya qilgan.
B.G. Ananev psixikani o‘rganish metodlarini turli guruhga ajratib, o‘rgangan: 
A) tashkiliy guruhga − qiyoslash, longityud, kompleks metodlari kiradi; 
B) empirik guruhga − kuzatish, eksperiment, suhbat, so‘rovnoma, test, faoliyat 
mahsulini o‘rganish metodi, biografiya, sotsiometriya; 
V) natijalarni qayta ishlash yoki statistik metodlar; 
G) sharhlash guruhiga genetik va donalash metodlari kiradi. 
B.G. Ananev tomonidan ajratilgan klassifikatsiyaga ko‘ra, tadqiqot ishlarida 
foydalaniladigan asosiy metodlar empirik guruh metodlari hisoblanadi. Shunday 
bo‘lsada boshqa guruh metodlariga ham qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Tadqiqot metodlarining birinchi tashkiliy guruhi o‘z ichiga qiyoslash
longityud (uzluksiz), kompleks (ko‘pyoqlama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi. 
Qiyoslash metodidan
umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiyada katta yoki 
kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o‘zaro taqqoslash uchun, tibbiyot 
psixologiyasida – sog‘lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash 
maqsadida, sport psixologiyasida sportchilarning holati, o‘quvliligini va 
ishchanligini o‘zaro taqqoslash maqsadida foydalaniladi. 
Qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlari shaxs 
xususiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirish, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish 
dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o‘ziga xosligini o‘rganishda qo‘llaniladi. 
Psixolog olimlardan L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy, A.A. Smirnov, B.G. Ananev, 
D.B. Yelkonin, P. Galperin va ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar 
(chaqaloqlik, go‘daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik yosh 
davrlarini o‘zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan. 

Yüklə 319,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə