6-mavzu. Korxonalarining mehnat resurslari. Reja



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#136236
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
6 (2)

K
r
 = 100 - A

 
Ayni vaqtda ish haqini amaliy ravishda tashkil etish uchun nomlar mantigining o’zi bilan ish 
ko’rish yetarli emas. Ish haqining tarkibiy qismlari nisbatiga korxonada ishlab chiqarishni tashkil 
etish va unga xos bo’lgan mehnatni normalashtirish sifati xal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Tajribaning 
ko’rsatishicha, bu ko’rsatkichlar qanchalik past bo’lsa, xodim bajaradigan vazifalar doirasi 
qanchalik noaniq bo’lsa, tarifli haq to’lash salmog’i shunchalik past bo’ladi va ragbatlantiruvchi 
haq to’lashning ulushi shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha. 

Qisqacha xulosalar. 
 
Mehnat resurslar – o’zining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda 
ishtirok etadigan aholining mehnatga layoqatli qismidir. Mehnat resurslari turli shart-sharoitlar va 
omillar ta’sirida miqdor va sifat shakllanishi xususiyatlariga ega. 
Hozirgi kunda korxona personali korxonada band bo’lgan hamma xodimlarning shaxsiy 
tarkibini o’z ichiga olib unga ishchilar, rahbarlar va yollanma ishchilar bilan bir qatorda korxona 
egalari va mutaxassislar ham kiradi.
Mamlakatimiz korxonalaridagi personal xizmatining samarali ishini zaruriy sharti ularni 
malakali kadrlar bilan to’ldirishdir. 
Unumdorlik - muayyan vaqt mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorining muayyan 
turidagi mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatilgan resurslar miqdoriga nisbatidir.
Mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari tizimining tuzilishi ulardan har birining funktsional 
vazifasini aniqlashga asoslanish lozim. Ko’rsatkichlarni tasniflashni mezoni - mehnat natijalarini 
ifodalash usulidir. Mehnat unumdorligini aniqlash vazifasi, uning tizimini yaratish, o’rganish 
muhim yo’nalish hisoblanadi. Mehnat unumdorligini o’lchash usullari ko’p omilli, vektorli va 
mezonli sifatida tasniflanadi. 
Mehnat unumdorligi rivojlanib boruvchi ko’rsatkich bo’lganligi sababli omillar va 
zahiralarni o’rganish dolzarb muammoga aylandi. Mehnat unumdorligini oshirish zahiralar 
tizimini yaratish eng muhim yo’alishdir. 
Mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlari deganda, xodimning mehnat xarajatlari va 
natijalarini unga tegadigan ish haqi miqdori bilan qiyoslashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari 
tushuniladi. Mehnatga haq to’lash shakllari muayyan vaqt mobaynida xodimning olgan ish haqi 
uning mehnatidan olingan natijalarga bog’liqligini aniqlash usullari sifatida, mehnatga haq 
to’lash tizimi esa ana shu bog’liqlikni amalga oshirish texnologiyasi sifatida belgilanadi. 


Ish haqining shakli - haq to’lash tizimlarining muayyan toifasidan iborat bo’lib, ish haq 
to’lash maksadida unga narx belgilashda mehnat natijalarini xisobga olish asosiy ko’rsatkichi 
bo’yicha guruhlarga ajratilgan bo’ladi. 
Rag’batlantiruvchi tizimi tahrifi umumiy hususiyatga egadir. Oddiy hayotda 
ragbatlantiruvchi tizim deganda odatda ish haqining asosiy qismini oshirishni ta’minlovchi 
mexanizm tushuniladi, ish haqining bu qismi belgilangan mehnat normasini bajarganlik yoki 
xodimning mehnat xissasini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkich bo’yicha faoliyat natijalari uchun 
to’lanadigan xaqdir. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə