8-Mavzu. Shartnomalar nazariyasi Reja: Shartnoma tushunchasi


Sotish to’g’risidagi shartnoma



Yüklə 350,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix18.01.2023
ölçüsü350,89 Kb.
#98750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
8-мавзу ИИ (1)

Sotish to’g’risidagi shartnoma
– bir xil darajada xatarga betaraf bo‟lgan 
shaxslar o‟rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilishi jarayonida 
amalga 
oshiriladigan 
vazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv. 
Sotish to‟g‟risidagi shartnoma faqat uning ikkala tomoni ham xatarga 
nisbatan betaraf bo‟lib, kutilayotgan voqealar sodir bo‟lmasligi va shartnomada 
qayd etilgan vazifalar yuzaga keladigan vaziyatga mos bo‟lmagan ehtimollikka 
ko‟nishga tayyor bo‟lgan taqdirda tuzilishi mumkin. 
Demak, sotish to‟g‟risidagi shartnoma xatarga bir xil munosabatda 
bo‟ladigan – xatarga betaraf shaxslar o‟rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 
Yollash to‟g‟risidagi shartnoma esa xatarga har xil munosabatda bo‟ladigan – 
xatarga betaraf va xatarga qarshi insonlar o‟zaro hamkorligining institutsional 
doiralarini yoritadi. Xatarga qarshi shaxslar (yollanma xodimlar) xatarga betaraf 
bo‟lgan shaxslar (ish beruvchilar) foydasiga o‟zlarining kelgusida «tabiiy» 
omillarni hisobga olgan holda harakat strategiyasini erkin tanlash huquqidan 
ixtiyoriy ravishda voz kechishadi. SHaxsning shartnomada belgilangan faoliyat turi 
ustidan 
nazorat qilish huuqining ixtiyoriy ravishda topshirilishi
yuz beradi. Huddi 
resurslarni tasarruf etish huquqini topshirish kabi shaxs o‟z harakatlari ustidan 
nazorat qilish huquqini ham topshirishi mumkin. 
SHunday qilib, shaxs, agar u boshqa shaxs tomonidan nazorat qilingan 
taqdirda katta foyda va (yoki) nazorat qilish huquqi topshirilayotgan shaxsdan 
kompensatsiya olishiga ishonsa, o‟z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqining 
topshirilishidan 
manfaatdor
hisoblanadi. 
SHaxs tomonidan faoliyatning shartnomada belgilangan sohalardagi o‟z 
harakatlari ustidan nazoratning topshirilishi hukmronlik munosabatlarining asosida 
yotadi. Hukumronlik munosabatlari bir necha xilda bo‟ladi: 
-
oddiy,
uning doirasida nazorat aynan unga nazorat qilish huquqi 
topshirilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi; 
-
murakkab,
bunda unga nazorat qilish huquqi topshiriladigan shaxs bir 
vaqtning o‟zida ushbu huquqni uchinchi shaxslarga topshirish huquqini ham qo‟lga 
kiritadi; 
-
pesonafikatsiyalangan, 
unda nazorat qilish muayyan shaxsga 
topshiriladi; 
-
 pozitsion, 
u nazoratning muayyan shaxsga emas, balki jamiyatning 
institutsional tarkibida (davlat apparatida, firmaning ichki tuzilishida va h.k.) 
muayyan mavqega ega bo‟lgan shaxsga topshirilishini nazarda tutadi. 

Yüklə 350,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə