98 Brutsellyoz (354-bet) Asta-sekin charchash, bosh va suyak og`riqlari bilan boshlanadi. Odam kechalari isitmalab, terlaydi. Isitma bir necha kunga yo`qolib ketadi, so`ng qayta keladi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix21.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
uz latin wtnd 2015 03

Qorachiq
(ko`z o`rtasidagi qora dog`) kattaligiga ham e`tibor ber-
ing. Agar ular juda katta bo`lsa, bu shok holatidan darak beradi (170-bet). 
Agar ular juda katta yoki juda kichik bo`lsa, bu zaharlanish yoki ma`lum 
dorilar ta`siri bo`lishi mumkin.
Ko`z qorachiqlari orasidagi katta farq tibbiy tomondan jiddiy holatni bildi-
radi:
• Agar ko`z qorachig`i juda katta bo`lib, kasalni qayt qildiradigan darajada 
qattiq og`risa, bu GLAUKOMA (415-bet) bo`lishi mumkin.
Ikkala ko`zga ham qarang va ular orasidagi har qanday farqni 
bilishga harakat qiling, ayniqsa, qorachiqlar kattaligidagi farqqa e`tibor 
bering:


Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
104
Kasal nafas olganida qovurg`alar orasidagi yoki o`mrov tepasida-
gi chuqurchasidagi terining ichkariga kirishini kuzating. Bu havo o`tishi 
qiyinlashganidandir. Bu esa tomoqqa biror narsa tiqilgani (173-bet), o`pka 
shamollashi (pnevmoniya) (315-bet), astma (308-bet) yoki bronxit (o`pka-
ga havoning ozroq kirishi, 313-bet)larda bo`lishi mumkin.
Agar bemor yo`talayotgan bo`lsa, yo`tal uning uxlashiga xalaqit berayot-
ganini aniqlang. Uning balg`ami bo`lsa, uning rangi, miqdori va tarkibida 
qon bor yoki yo`qligiga e`tibor bering.
PULS (TOMIR URISHI)
Qon tomirining urishini kuza-
tish uchun barmoqlaringizni 
kasal bilagiga ko`rsatilgan-
dek qilib qo`ying. (Qon tomiri 
urishini kuzatish uchun bosh 
barmog`ingizni ishlatmang)
Agar siz bilakdan topa olma-
sangiz, bo`yinning ikkala chek-
kasidagi qon
TOMIRNI TOPING yoki
qulog`ingizni kasal ko`kragiga 
qo`ying va yurak urishini kuzating 
(yoki fonendoskop ishlating).
Qon tomiri urishin-
ing kuchi, tezligi va 
o`zgarmasligiga e`ti-
bor bering. Agar soat 
yoki sekundomeringiz 
bo`lsa, minutdagi puls 
sonini aniqlang.
DAM OLAYOTGAN ODAMLAR UCHUN PULSNING NORMAL SONI
kattalarda......minutiga 60 dan 80 gacha
bolalarda..................80 dan 100 gacha
chaqaloqlarda...... 100 dan 140 gacha
Odamlar mashq qilganda, xavotirlanganda, qo`rqib ketganda yoki 
isitmasi chiqqanda puls soni ortadi. Isitma vaqtidagi puls soni har bir gra-
dusda (°C) 10-20 tadan ortib boradi.
Odam qattiq kasal bo`lganida uning pulsini tez-tez sanab, harorat 
va nafas soni bilan bir qatorda yozib qo`ying.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
105
Puls tezligidagi o`zgarishlarni sezish muhimdir. Masalan:
• Kuchsiz, tez-tez urayotgan tomir shok holatini bildirishi mumkin (170-
bet).
Juda tez, juda sekin, kuchsiz yoki notekis urayotgan tomir- yurak mua-
mmolaridan bo`lishi mumkin (580-bet).
• Yuqori harorati bor odam qon tomirining juda sekin urishi- bezgakdan 
bo`lishi mumkin (352-bet).
KO`ZLAR
Ko`zlar oqi rangiga e`tibor bering. U normal, qizil (410-bet) yoki 
sariqmi? Shuningdek, bemor odamning ko`rish qobiliyatidagi har qanday 
o`zgarishni kuzatib yuring.
Kasal ko`zlari bilan tepaga va pastga, bir tomondan ikkinchi to-
monga asta-sekin qarasin. Ko`zning titrog`i yoki notekis harakati miya 
shikastining belgisidir.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə