A. Mirzayev, A. Sotvoldiyev mashinasozlik texnologiyasi


Kesish ma’romlarini aniqlash



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə18/81
tarix22.03.2024
ölçüsü1,63 Mb.
#180213
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari. Mirzayev A. Sotvoldiyeva A

Kesish ma’romlarini aniqlash.


Kesish ma’romlarini aniqlashga kirishishdan avval Detalningng ishlov beriladigan yuzalarining o‘lchamlarmi hisoblab olish zarur. Bu o‘lchamlardan kesish tezligi va vaqt me’yorini hisoblashda foydalaniladi.
Kesish ma’romlarini hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar rolini quyidagilar bajaradi:

  1. Ishlov beriladigan detal to‘g ‘risidagi ma’lumotlar (ishchi chizmasi, ishlov berish bo‘yicha texnik shartlar), xomashyo materiali, shakli, o‘lchamlari, o'lchamning qo‘yimlar maydoni, to‘g‘ri geometrik shakldan og‘ishlar chegarasi (ovallilik, konussimonlik va h.k.), ishlov berilayotgan yuza tozaligi va aniqligi, yuzalami o‘zaro joylashish aniqligi;

  2. Xomashyo to‘g‘risidagi ma’lumot: xomashyo turi va uni olish usuli, qo‘yimlami miqdori va turi: yuzaning holati;

  3. Metall kesish dastgohining pasporti.

Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslangan holda kesish ma’romlarini hisoblash quyidagi tartibda olib boriladi:

  1. Kesish chuqurligi - t tanlanadi, bu kattalik qo‘yimlar hisobidan keltiriladi.

  2. Kesuvchi asbob tanlab olinadi. Uning materiali geometrik va konstruktiv parametrlari va standarti (maxsus bo‘lmasa) ko‘rsatiladi.

  3. Surishlar miqdori aniqlanadi. Surishlar miqdori - S Detalningng o‘lchamlari, turi va kesish chuqurligiga. bog‘liq ravishda qabul qilinadi. uzatishlar miqdorining qabul qilingan kattaligi dastgoh pasporti bilan moslashtiriladi, yaoni dastgoh bo‘yicha kichik va yaqin miqdori qabul qilinadi.

  4. Kesuvchi asbobning turg‘unlik davri tanlanadi. Kesuvchi asbobning furg'unlik davri- T uning turiga. olchamlariga va ishlov berish xarakteriga bog‘liq bo‘ladi.

  5. Kesish tezligi aniqlanadi. Kesish tezligini aniqlashda ishlov berilayotgan material, ishlov berish xarakteri, kesish chuqurligi, kesuvchi asbobning turi, uzatishlar miqdori inobatga olinadi. Hisoblab topilgan yoki jadvallardan qabul qilingan

56
kesish^ tezligi asosida dastgoh shpindelining aylanishlar soni topiladi. Bu kattalik uzatishlar miqdori kabi dastgoh pasporti bo‘yicha moslanadi.

  1. Yüklə 1,63 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə