A. Mirzayev, A. Sotvoldiyev mashinasozlik texnologiyasi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə16/81
tarix22.03.2024
ölçüsü1,63 Mb.
#180213
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari. Mirzayev A. Sotvoldiyeva A

Vaqt me ’'yorini aniqlash usullarL Texnik vaqt me’уorini aniqlash alohida amalni bajarishni tahlil qilib, har bir ish uchun sarfiangan vaqtni hisoblash asosida olib beriladi. Bu usul hisobiy analitik usul deb yuritiladi.
Texnik vaqt me’yorini hisoblash usuli ishlab-chiqarish xarakteriga bog‘liq bo'ladi. Yalpi ishlab-chiqarish sharoitida vaqt me’yorini aniqlashda har bir xatti-harakat inobatga olinsa, seriyali ishlab-chiqarmsh sharoitida xatti-harakatlar guruhi inobatga olingan holda hisob olib boriladi. Donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida namunaviy texnologik jaravonlar va amallar bilan taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi.
Bu usullarga ko‘ra, qo‘lda bajariladigan harakatlar va harakatlar guruhi uchun sarfiangan vaqt xronometraj asosida ishlab chiqarilgan vaqt me’yoriga (me’yorlash bo‘yicha
48
jadvallarda keltirilgan) ko'ra aniqlanadi. Bu holda harakatlami bajmsh unumli ketma-ketlik asosida bo‘lib asosiy vaqt davomida ayrim harakatlami bajarilishi nazarda tutiladi.
Asosiy vaqt (asosiy-texnologik yoki mashina vaqt) tenglamalar asosida nazariy hisoblanadi. Bu tenglamalar (formulalar) dastgohning kinematik sxemasiga ko‘ra kesish ma’romlarini inobatga olib tuzilgan.
Xronometraj mill. Bu usulda vaqtni me’yorlovchi xodira (normirovshik) bajariladigan ishlar bilan to‘liq tanishib chiqadi. Amalni bajarish uchun harakatlar guruhini tuzadi. Ilg'or ishchi tomonidan bajariladigan harakatlar uchun sarflangan vaqt ham o‘lchanadi. har bir harakatlar guruhi uchun sarflangan vaqt 10-
100 marta takroran o‘lchanadi va o‘rtacha miqdori qabul qilinadi. natijada bir dona detal tayyorlash uchun sarflangan vaqt aniqlanadi. Shu vaqtga ko‘ra ishchining ish xaqi hajarilgan ishiga qarab va rag‘batlantirishni hisobga olib tayinianadi,
Agarda ushbu ishni bajaruvchi ishchilami ko‘p qismi vaqt me’yorini 120 % bajarsa, u holda vaqt me’yori qayta ко‘rib chiqiladi. Xuddi shu usulda bajarilgan ishlar vozib borilsa sarflangan vaqt aniqlansa, bu usulni ish joyini suratga olish usuli deb ham yuritiladi.



    1. Mexanik ishlov berish uchun sarflangan vaqt me 'yorining tarkibi

Bir dona detal tayyorlash uchun sarflangan donaviy vaqtning tarkibi quvidagicha bo‘ladi:
a) asosiy yoki texnologik vaqt; b) yordamchi vaqt;

  1. ish joyiga xizmat ko‘rsatish uchun sarflangan vaqt.

Agarda vaqt sarfi bitta detal uchun aniqlansa, u donaviy vaqt
deb yuritiladi.
Bundan tashqari, tayyorlash vaqti ham mavjud bo‘lib, u bitta partiyadagi detallar uchun hisoblanadi. Bu vaqtning miqdori partiyadagi detallar soniga bog‘liq bo'lmaydi.
Shunday qilib, donaviy - kalkulyatsiya vaqti asosiy va
tayyorlash vaqtlarini yi.g‘mdisiga teng bo‘ladi.
49
Asosiy (texnologik) vaqt bu bevosita metallni kesib ishlash uchun sarfiangan vaqt bo‘lib ma’lum bir metall qatlamini olib tashlash bilan bog‘liqdir.
Yordamchi vaqt quyidagilami o‘z ichiga oladi:

    1. dastgohni boshqarish uchun sarfiangan vaqt, bu dastgohni yurgizish, to‘xtatish, tezlik va uzatishlar miqdorini o‘zgartirish va h.k.;

    2. kesuvchi asbobni yordamchi yurishi;

v) xomashyoni moslamaga o‘matish, mahkamlash, ishlov berilgandan so‘ng olib qo‘yish, xuddi shuningdek, kesuvchi asbobni va moslamani dastgohga o‘matish va olib qo‘yish;
g) Detaining o‘lchamlarmi nazorat qilish: o‘lchov asbobini dish, о‘Ichash, joyiga qo‘yish.
Yordamchi vaqt qo'ida, mashina va mexanizmlar yordamida bajarilishi mumkin.
Ish joyiga xizmat ko‘rsatish texnik va tashkiliy xizmat ko'rsatishlarga bo‘linadi.
Ish joyiga texnik xizmat ko ‘rsatishga quyidagilar kiradi: a) dastgohni sozlash va moslash;
b) o'tmaslashga kesuvchi asbobni almashtirish; v) kesuvchi asbobni to‘g‘rilash (olmos yordamida); g) qirindidan (ish jarayonida) tozalash.
Ish joyiga tashkiliy xizmat ко ‘rsathhga quyidagilar kiradi:

  1. ish smenasini boshlanishida va yakunida kesuvchi asboblami saranjomlash;

  2. dastgohni moylash va tozalash;

v) dastgohni ko‘zdan kechirtsh va sinab ko‘rish.
Ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti asosiy texnologik vaqtga bog‘liq boiadi. Shuning uchun ushbu vaqtni miqdorini asosiy va yordamchi vaqtlar yig‘indisi operativ vaqtga nisbatan foizlarda aniqlanadi (ko'p seriyali va yalpi ishlab chiqarish) va 3-5 % atrofida bo‘ladi.
Tanaffuslar, dam olish va ishchining jismoniy ehtiyojlarini qondirish uchun sarfiangan vaqt. Bu vaqt ishlab-chiqarish va dastgoh xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlandi. Og‘ir va ishni
50
icz toliqtiruvchi ishlarda tanaffuslar va dam olish uchun vaqt ko‘zda tutiladi. Ishchining jismoniy ehtiyojni qondirish uchur. sarflangan vaqt operativ vaqtga nisbatan foizlarda aniqlanib 2-3% ni tashkil etadi.
Tayyorlash vaqtL Bu vaqt seriyalab ishlab chiqarisb sharoitida qoilaniladi va yangi partiya detallami chizmasini texnologik jarayonni o‘rganish uchun ajratiladi. Bundan tashqari dastgohni sozlab , moslama va kesuvchi asboblami almashtirisl ishdan so‘ng esa (partiya detallariga ishlov berilgandan so‘iig; ulami yana qayta almashtirish kabi ishlar ham shu vaqt doirasig: kiradi.

Yuqoridagilami inobatga olib donaviy vaqt quyidagicL ko‘rinishda bo‘ladi:


U = ta+ V + ^ ~ 4 ’ min’ (6-v'
bu yerda: ta - asosiy vaqt, min; tyor- yordamchi vaqt, min;
ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti, min; tj - ishchining jismoniy ehtiyojini qondirish uchun sarflangan vaqt, min.
Donaviy-kalkulyatsiya vaqt esa:


t d - k = t a + 1уог + f xiz + >m m ( 6,2 »
bu yerda: ttay - tayyorlash vaqti, min; n - partiyadagi detallar
soni.



    1. Ishchining malakasini aniqlash

Vaqt me’yorlarini aniqlashda ishchining malakasi harr. belgilanadi. Ishchining malakasini belgilashda ishlab chiqarish tarmog‘idaga binoan malakaviy-tarif ma’lumotlariga asos- laniladi.
Ishni bajarish uchun qancha boy tajriba va bilim talab qilinsa ishchining malakasi shuncha yuqori bo'ladi.
Donali ishlab chiqarishda dastgohni sozlash, kesuvchi asbobni o‘matish, oichov asboblaridan foydalanish talab etilganligi sababli yuqori malakali ishchi ishlaydi.
51
Yalpi ishlab chiqarish sharoitida aksariyat ishlar mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilganligi sababli hamda dastgohni va kesuvchi asbobni sozlovchi ishchi tomonidan sozlanishi, yuqori malakali ishni talab etilmaydi.
Ishchilarga ish xaqqi belgilashda birinchi toifa asos qilib olinadi. Qolgan toifalar bo‘yicha ish xaqqi belgilashda birinchi toifaga miqdorini tarif koeffltsiyentiga ko‘paytiriladi.


0 ‘rganilgan materialni mustahkamlash uchun savollar

  1. Texnik me’yorlash nima?

  2. Vaqt me’yori qanday aniqlanadi?

  3. Texnik asoslangan vaqt me’yori nima?

  4. Vaqt me’yorini aniqlashni qaysi usullari mavjud?

  5. Donaviy vaqt nima va uni tarkibiy qismini tushuntirib bering.

  6. Ishchini malakasini aniqlashda nimalarga e’tibor berish kerak?



52
р ■- VII BOB
MEXANIK ISHLOV BERISH TEXNOLOGIK JARAYONLARINI LOYIHALASH

Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlari ishlab chiqarishni unumli tashkil qilgan holda. metall kesish dastgohiari, kesuvchi asboblar, moslamalaming texnologik imkoniyatlari to‘la foydalanilib, kam mexnat va vaqt sarflab mahsulotni minimal tannarhda tayyorlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.





    1. Mexanik ishlov berish texnologikjarayonlarini loyihalash uchun dastlabki ma’lumotlar.

Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash uchun har bir detaining yillik ishlab-chiqarish dasturi asos bo'ladi. Xuddi shuningdek, detaining ishchi chizmasi, unisg tayyorlash bo‘yicha texnik shartlari ham texnologik jarayon loyihalash uchun dastlabki ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi.
Detaining ishchi chizmasida quyidagi ma’lumotlar boiishi kerak:

      1. xomashyo turi;

      2. xomashyo materiali va markasi; v) ishlov beriladigan vuzaiar;

g) tozaligi to‘g‘risida ma’lumot (shartli belgilar yordamida);

  1. ishlov berish aniqligi va qo‘yimlar maydoni;

  2. termik ishlov berish turi.

Mexanik ishlov berish texnologikjarayonlarni loyihalashda quyidagi asosiy masalalar hal etiladi:

  1. texnologik jarayonni bajarish uchun ishlab-chiqarish turi va ishni tashkil qilish shakli belgilanadi;

  2. Yüklə 1,63 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə