A. Mirzayev, A. Sotvoldiyev mashinasozlik texnologiyasi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə3/81
tarix22.03.2024
ölçüsü1,63 Mb.
#180213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari. Mirzayev A. Sotvoldiyeva A

Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari. Ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari

Ishlab chiqarish dasturiga, mahsulotni turiga va ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish texnik-iqtisodiy shart- sharoitlariga qarab mashinasozlikda uch xil ishlab chiqarish turi mavjud: donali (yakkaxollab); seriyali va yalpi. Har bir ishlab chiqarish turining texnologik jarayonlari va ishlab chiqarishni tashkil qilishining shakllari o ‘ziga xos xususiyatlariga ega.
Yuqoridagi tushunchalami yanada yaqqol ifodalash maqsadida ishlab chiqarish dasturi bilan tanishib chiqamiz.
Mashinasozlik korxonasining ishlab chiqarish dasturi tayyorlangan mahsulotning turi, har bir turdagi mahsulotning bir yilda tayyorlanadigan miqdori, ehtiyot qismlaming turlari va miqdorlaridan iborat boTadi.
Korxonaning umumiy ishlab chiqarish dasturiga asosan har bir detaining bir yilda tayyorlash dasturi yaratiladi:
N = m a + n , dona/yil ( 1. 1)

bu yerda: N - detaining bir yillik ishlab chiqarish dasturi; bir yil davomida tayyorlanadigan mahsulotlar soni; m — bitta mahsulotdagi detaining soni; n - ehtiyot qismlar soni.


Ishlab chiqarish dasturiga mahsulotni umumiy ko‘rinishidagi chizmalari, alohida detallar va yig‘ma birikmalaming chizmalari ilova qilinadi.
Shuni inobatga olish kerakki, bitta korxonaning yoki bir sexning o‘zida turli xil ishlab chiqarish sharoitlari mvjud bo‘lishi mumkin. Masalan, bir xil detal ko‘p miqdorda ikkinchi xil detr.i esa oz miqdorda tayyorlanishi mumkin.
Donali ishlab chiqarish sharoitida mahsulot bir nusxadc tayyorlanadi. Tayyorlangan mahsulotlar turli tuzilishga. o‘lchamlarga ega bo‘lib ular umuman takror tayyorlanmas!ig;i yoki juda kam hollarda takrorlanishi mumkin.
Bu turdagi ishlab chiqarish sharoitida anivejsr* dastgohlardan keng foydalaniladi. Universal dastgohlar turli ’ ishlov berish usullarini bajara olish imkoniyatiga ega bo‘Hsh kerak. Xuddi shuningdek, universal, universal qayta sozlanuvchi moslamalar va standart kesuvchi asboblardan foydalaniladi.
Donali ishlab chiqarish sharoitidagi texnologik jarayor integral xususiyatga ega bo‘lib bitta dastgohda turli, bir necha. anval bajariladi. Bitta dastgohda turli tuzilishga ega boigan, turli o‘lchamli ya turli materiallardan tayyorlangan detallarga ishlov beriladi. Birgina dastgohda turli ishlar bajarilganligi va universal vositalardan foydalanganligi uchun sarflangan vaqt tarkibidagi asosiy vaqtning miqdori kichik bo‘ladi.
Bundan tashqari. ushbu ishlab chiqarish sharoitida qo‘llaniladigan nazorat qilish asboblari ham universalligi bilan xarakterlanadi.
Seriyali ishlab chiqarish, bu ishlab chiqarish turi donali va yalpi ishlab chiqarishning o‘rtasida bo‘lib oraliq xarakterga ega bo‘ladi.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallar partiyalab yoki seriyalab tayyorlanadi. Bitta partiya (seriya) tarkibiaagi detallar tuzilishining, o‘lchamlarining va materialining bir xilligi bilan ajralib turadi, Bir partiya yoki seriyadagi detallar birdaniga tayyorlab olinib keyin ikkinchisiga o‘tiladi.
«Partiya» so‘zi detallarga taalluqli bo‘lsa, «seriya» so‘zi esa mashinalarga taalluqlidir. Partiyadagi detallar soni va seriyadagi mashirwlar soni turlicha boiishi mumkin.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida yil davomida. tayyorlanadigan seriyadagi mahsulot (detal) miqdoriga qarab mayda kichik seriyali, o‘rta seriyali va ko‘p seriyali ishlab chiqarish bo'ladi.
Seriyali ishlab chiqarish sharoitida texnologik jarayonning amallari differensiallashgan bo‘ladi yoki texnologik jarayon amallafga bo‘lib yuboriladi.
Bu ishlab chiqarish sharoitida turli xil dastgohlar qo‘lla- niladi: universal, maxsus, maxsuslashgan, avtomatlashtirilgan, agregat va shu kabilar. Dastgohlar tayyorlanayotgan mahsulotni turi o‘zgartirilganda ulami tayyorlash imkoniyatiga qarab maxsuslashtiriladi.
Universal dastgohlardan keng foydalanilgan holda max- suslashtirilgan, maxsus moslamalar, standart kesuvchi asboblar bilan bir qatorda maxsus kesuvchi asboblar ham qo‘llaniladi. Xuddi shuningdek, bu ishlab chiqarish sharoitida chegaraviy kalibrlar, shablonlardan keng foydalaniladi. Barcha dastgohlar, moslamalar, kesuvchi va nazorat asboblari o"z tannarhini tez qoplay oladi. Buning asosiy sababi tayyorlanayotgan mahsulot miqdorining donali ishlab chiqarishga nisbatan ancha ko‘pligidir. Seriyali ishlab chiqarish sharoiti keng tarqalgan bo‘lib, kompressorlar, presslar, dastgohlar, to‘qimachilik mashinalari, yog‘ochga ishlov berish sanoati, oziq-ovqat va o‘rmonchilik sanoati mashinalari, komunal xo‘jalik mashinalari tayyorlashda
va shu kabilarda qo‘llani!adi.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə