A. Mirzayev, A. Sotvoldiyev mashinasozlik texnologiyasi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə7/81
tarix22.03.2024
ölçüsü1,63 Mb.
#180213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari. Mirzayev A. Sotvoldiyeva A

2.1-rasm. 0 ‘rnatish va oichash bazalari
20

B^alaming o‘lchamlari detaining ishonchli, mustahkam mahkamlash uchun, natijada ishlov berish jarayonida o‘z holatini o'zgartirmasligi uchun yetarli bo‘lishi kerak. Bazaviy yuza qisish (mahkamlash) kuchlari ta’sirida deformatsiyalan- maydigan bo‘lishi va imkoniyati boricha kesish va qisish kuchlarini bir o‘ynalishda qabul qilib, ishlov berilayotgan yuzaga yaqin joylashgan bo‘lishi kerak.



    1. Detallami dastgohlarda o ‘rnatish usullari. Olti nuqta qoidasi

Detallarga ishlov berish uchun ular turli usullar yordamida o'rnatilishi mumkin.

      1. Detaining bevosita dastgoh stoliga o ‘rnatish. Bu usul donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida qo‘llaniladi. Bu usulni qo‘Hashning asosiy sababi maxsus moslam? tayyorlashni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligida.

      2. Awaldan belgilab olish usuli bilan detaining dastgoh stoliga о;matish. Awaldan belgilab olishda ishlov beriladigan yuzalaming holatini belgilovchi o'q va boshqa chiziqlarn- xomashyo yuzasida hosil qilinadi.

Buning uchun xomashyo yuzasi bo‘yoq bilan bo‘yab olinadi. Chiziqlar shtangensirkullar, shtangenreysmuslar, burchaklilar. parraklar yordamida o‘tkaziladi.
Awaldan belgilab olish yuqori malakali ishchinmg ko‘p vaqtini talab qiladi. Bu usl yordamida yuqori aniqlikka erishish qiyin. Shuning uchun bu usuldan katta o'lchamdagi murakkab quyma detallarga ishlov berishda foydalaniladi.

      1. Detallami maxsus moslamalarga o ‘rnatib ishlov berish. Bu usuldan foydalanilganda maxsus moslama yordamida detalga kesuvchi asbobga nisbatan aniq holatda beriladi. Maxsus moslamalardan foydalanilganda xomashyo awaldan chiziqlar o‘tkazish uni dastgohga o‘rnatishda sozlash ishlarini bajarish kerak emas.

Maxsus moslamalar yordamida Detaining dastgohga o'matish tez va oson bajariladi. Moslamalardan foydalanishning
21
maqsadga muvofiqligi donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida ko‘rib chiqilishi mumkin. Ko‘p seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida moslamalardars foydalanish majburiy ko‘rinishga ega. Aks holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishish mumkin emas. Bu ishlab chiqarish sharoitlarida har bir amalni bajarish uchun alohida moslama loyihalash taqozo etiladi.
Maxsus moslamalarda detallarni bazalash uchun o‘rnatish yuzalari nazarda tutiladi.
Qattiq jismlar mexanikasidan ma’lumki, ular fazoda oltita erkinlik darajasiga ega. Bu ixtiyoriy tanlangan uchta o‘zaro perpendikulyar X,Y,Z o‘qlar bo‘yicha ilgarilanma-qaytma va shu o‘qlar atrofida aylamna harakatlardan iborat (2-rasm).
Detaining har bir erkinlik darajasini yo‘qotish uchun uni ma’lum bir qo‘zg‘almas nuqtaga qisish (jipslash) kerak. Bu nuqtalar o‘z navbatida moslama yoki dastgoh stolining qo‘zg‘almas nuqtalari bo‘lishi mumkin. har bir qo‘zg4almas bir nuqtali tayanch Detaining bitta erkinlik darajasini yo‘qotadi. Detaining barcha oltita erkinlik darajasini yo‘qotish uchun uni oltita qo‘zg‘almas tayanchga bazalash demakdir.
Bu olti nuqta uchta o‘zaro perpendikulyar tekislikda joylashgan bo‘lishi kerak: 1,2,3, nuqtalar XOZ da; 4 va 5 YOZ da; va 6esa XOY da.



Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə