Bibliografiya lat p65


Bibliografik obzorlarning turlari



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   161
bibliografiya

Bibliografik obzorlarning turlari
Yangi adabiyotlar obzori.
 Kutubxona fondiga kelib tushgan
yangi kitoblar kitobxonlarda qiziqish uyg‘otadi. Bunday sharhlar
mazmuniga ko‘ra universal, ahamiyatiga ko‘ra axborot xarakterida
bo‘ladi. Bunday sharhga hamma bilim sohasiga oid kitoblar,
jurnallar va boshqa hujjatlar olinadi. Ular hozirjavoblik bilan,
tezda, muntazam olib borilishi zarur. Bunday sharhlarda kirish
qismi va xulosa jqisqa bo‘ladi. Asosiy qismda hikoya qilinadigan
adabiyotlar bilim sohalari bo‘yicha ketma-ketlikda joylashtiriladi.
Yangi adabiyotlar sharhining maqsadi kitobxonlarga yangiliklar
haqida ma’lumot berish, ular bilan yaqindan tanishtirish. Agar
faqat jurnallar olinsa, uning maqsadi kutubxona fondiga kelib
tushgan jurnallarning mazmuni haqida axborot berish. Kirish
qismida jurnal, uning tashkil etilgan vaqti, kimlarga mo‘ljal-
langani, qanday tuzilishga egaligi, ahamiyati haqida gapiriladi.
Asosiy qismida aniq maqolalarga sharh beriladi. Adabiy-badiiy
jurnallar sharhi axborot yoki tavsiya xarakterida bo‘ladi. Buning
uchun bitta jurnalning so‘nggi 2 — 3 ta soni yoki bir necha


182
nomdagi jurnalning so‘nggi sonlari olinadi. Ulardan eng qiziqarli
badiiy asarlar tanlab olinadi. Xulosa qismida adabiy-tanqidiy
qismi haqida, shunga yaqin boshqa jurnallarda nashr etilgan
materiallar haqida ma’lumot beriladi. Bu kitobxonda axborot
olish madaniyatini va bibliografik bilimni tarbiyalaydi.
Mavzuli obzorlar 
mustaqil bilim olishga yordam, yo‘llanma
berish va kitobxonlarning bilim doirasini kengaytirish, tavsiya
etilayotgan adabiyotlarga qiziqish uyg‘otish maqsadida o‘tkaziladi.
Ular ko‘proq u yoki bu bilim sohasiga oid ilmiy-ommabop
adabiyotlar asosida tayyorlanadi. Agar sharh mazmuni faqat
badiiy asarlarga bog‘liq bo‘lsa, har bir asarning faqatgina maz-
muni haqida emas, balki har bir muallif — yozuvchi va shoir-
ning o‘ziga xos tomonlari, ijodiy xususiyatlari, bir asarning
boshqa asarlardan farqi haqida ma’lumot beriladi. Sharhning har
bir elementi, mazmuni va qurilishiga alohida ahamiyat beriladi.
Kirish qismida mavzuning ahamiyati, tanlab olingan mualliflar
haqida ma’lumot, asarlarga umumiy ta’rif beriladi. Asosiy qismida
har bir asar alohida olinib, uning mazmuni yoritiladi, ahami-
yati, badiiy qimmati haqida ma’lumot beriladi. Shundan kelib
chiqib ularning ketma-ketligi aniqlanadi. Adabiyotlar umumiy-
dan xususiyga qarab joylashtirilishi mumkin yoki badiiy asarlar
janriga ko‘ra alohida guruhlarga ajratiladi va ketma-ketligi
belgilanadi. Yoki avval shu mavzu bo‘yicha yaratilgan asarlar,
ularning mualliflari haqida umumiy ma’noda ma’lumot, keyin
ularning ayrimlariga alohida to‘xtalish mumkin. Xulosada sharhga
yakun yasaladi, tanqidiy materiallar eslatiladi va tavsiya etiladi,
shu mavzuga oid qanday adabiyotlar mavjudligi, ularni topish
yo‘llari, manbalari beriladi.
Shaxslarga oid sharhlar.
 Bunday sharhlar yozuvchi yoki
shoirlarning, san’atkorlarning, mashhur jamoat va siyosiy ar-
boblarning, olimlarning yubileylari munosabti bilan tashkil etiladi.
Faqat shu muallif asarlariga sharh beriladigan tadbirda kitobxonlarga
ma’lum va mashhur bo‘lgan asarlari bilan birga hali nashr
etilmagan, kitobxonlar uchun noma’lum bo‘lgan asarlari, shaxs-
ning hayoti va ijodi haqidagi hujjatlar olinadi.
Ruknli nashrlar sharhi.
 Buning o‘ziga xosligi shundaki, avvalo
kitobxonlar uchun rukn haqida to‘la ma’lumot beriladi, uning
tarixi, tashkil etilgan vaqti va sabablari, shu ruknda nashr etilgan
mashhur asarlar haqida axborot berib o‘tiladi. Keyin tanlangan
asarlarga sharh beriladi. Xulosada shu ruknda nashr etilgan yana


183
qanday asarlar mavjudligi, ularning manbasi eslatiladi. „XX asr
o‘zbek romani“, „Istiqlol qahramonlari“, „Mashhur kishilar
hayotidan“, „Maktab kutubxonasi“ kabi ruknli nashrlarni ajratib
olish mumkin.
Bibliografik qo‘llanmalar sharhi. 
Bu kutubxona xodimlari
uchun o‘tkaziladi. Òavsiyaviy qo‘llanmalar, shaxslarga oid qo‘l-
lanmalar haqida kitobxonlar uchun ham o‘tkazish mumkin. Bu,
avvalo, kitobxonning bibliografik bilimini oshiradi, axborot
madaniyatini tarbiyalaydi. Kitobxon sharhni tanlash davomida
qo‘llanmalar, ularning xususiyatlari, ulardan foydalanish yo‘l-
lari haqida ma’lumot oladi. Sharhlarning ta’siri, samarasi uni
o‘tkazgandan so‘ng shu mavzu bo‘yicha adabiyotlarning o‘qilish
darajasidagi o‘zgarishidan bilinadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə