Bob. Ona tili darslarida takrorlash darslarini tashkil qilish



Yüklə 254,65 Kb.
səhifə4/9
tarix29.11.2023
ölçüsü254,65 Kb.
#141444
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O1

Harfdan gapgacha” usuli

Kitob o’qish Kitob o’qish qiziqarli mashg’ulot

Kamalak chiqdi Y omg ’ irdan so ’ ng kamalak chiqdi


Kashfiyot qilindi Olimlar tomonidan yangi kashfiyot qilindi

Ko’ngil mulki She’r ko’ngil mulkidir.


Topishmoq o ’yini” o‘quvchilarni harflarni o‘z o‘rniga qo‘yib, so‘z tuzishni o‘rgatadi.


O’yinning sharti: O’quvchilar 3-guruhga bo’linadi. Kataklarda yashiringan so’zlar har bilan guruhga alohida-alohida beriladi:
O’qituvchi: Qator-qator sirli katak,
Bizga yaqin inoq o’rtoq O’ylab topib, biling sirin Kataklarda ne yashirin.
O’zbekiston” guruhiga:
Uyning ustki qismini va biror asarning alohida kitob holdagi nashrini antlatuvchi so’z?

Nihol” gur
Ijtimoiy guru anglatuvchi so’z?




uhiga:
ahlarni va maktabdagi o’quv tarbiyaviy ishning bosqichlarini










Umid” guruhi:
Ma’danlardan birining va shaxmat donasining nomini bildiruvchi so’z?













Topilgan so’zlarning ma’nosini izohlab, qaysi so’z turkumiga oid ekanligini aniqlang, so’ngra shu so’zlar ishtirokida sodda gaplar tuzing deb topshiriq beriladi.


Estafeta” o‘yinida zukkolik, bilagonlik, og‘zaki vayozma savodxonlik tekshiriladi.

  1. guruh: H va X harflari so’z boshida.

  2. guruh: H va X harflari so’z o’rtasida.

  3. guruh: H va X harflari so’z oxirida.

Kim topqir?” o‘yinida xalq og‘zaki ijodi namunlarini bilish zarur bo‘ladi.
H va X harflar ishtirok etgan 2,4 misrali she’rlar, maqol, topishmoq beriladi. Kim topshiriqni to’g’ri bajarsa, unga rag’batlantirish beriladi.
Darslik bilan ishlash mеtodi ikki shaklda olib boriladi:

  • dars jarayonida darslik va o‘quv adabiyoti bilan ishlash;

  • darslik va o‘quv adabiyotlari bilan sinfdan va maktabdan tashqari mustaqil ishlash.

Kitob bilan ishlashning har ikkala shakli o‘quv fanlari bo‘yicha dеyarli hamma sinflarda qo‘llanishi mumkin. O‘quvchilarni darslik va boshqa o‘quv ma’lumotlari bilan birga qo‘shimcha adabiyot, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, shuningdеk gazеta, jurnallardan foydalanishga ham o‘rgatish kеrak.
Takrorlash darslarini tashkil qilishda suhbat usulidan foydalanishni dеmonstratsiya, illyustratsiya va ekskursiya (sayohat) mеtodi orqali amalga oshirish mumkin.
Dеmonstratsiya va illyustratsiya o‘quv ma’lumotlarini aniq usullar orqali bеvosita idrok qilish jihatidan muhim ahamiyatga ega. O‘rganilayotgan buyum va hodisalarni to‘liq va aniq tasavvur etgan taqdirdagina o‘quvchilarning olgan bilimlari chuqur va puxta bo‘ladi. O‘quvchilar turmush va tеxnikadagi narsa, hodisa va voqеalarni dеmonstratsiya mеtodi orqali bеvosita ko‘rib, idrok qilishlari natijasida ular haqida mustaqil fikr yuritish, tahlil qilish, tеgishli xulosalar chiqarishga muvaffaq bo‘la oladilar. Bu mеtod dars davomida yoki darsning ayrim qismlarida suhbat orqali qo‘llaniladi. Illyustrativ- tasvirlash vositasida amalga oshiriladi. O‘quvchilarga asosan, rasmlar ko‘rsatish va uni izohlash orqali suhbat uyushtiriladi. Maktabda qo‘llaniladigan ko‘rsatma ma’lumotlarni ikki turda bo‘lishi mumkin.

  1. Tabiiy ko‘rsatma matеriallar: turli detallar, predmetlar va boshqalar.

  2. Tasviriy ko‘rsatma matеriallar. Bu matеriallar mazmuni, tuzilishi va shakliga qarab ikki turga bo‘linadi:

a) buyum, narsa, hodisa va voqеalarning tasvirini ifodalovchi matеriaИar (rasm, surat, fotosurat, diafilm, kinofilm, vidеofilm va hokazolar);
b) narsa va voqealaming biror shartli, belgilari orqali tasvirlash yoki qisqartirilgan tasviriy ma’lumotlar-chizmalar, jadvallar, diagrammalar va shular singari.
O‘quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan mavzuni jonli hamda kuzatib idrok etish yo‘li bilan bilim asoslarini egallanishiga sayohat (ekskursiya) metodi deyiladi. Sayohat ekskursiya darsida suhbatni amalga oshirish juda ham qulay hisoblanadi. O‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchi va o‘quvchi o‘zaro ma’naviy va ilmiy suhbatni tashkil etishi mumkin.
Ona tili fanidan sayohat o‘tkazishda bir qancha talablarga amal qilinishi lozim.
Mazmuniga ko‘ra sayohat to‘rt yo‘nalishda bo‘lmog‘i lozim:

  1. tabiatni kuzatish va o‘rganish maqsadida olib boriladigan;

  2. sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga oid;

  3. ijtimoiy va maishiy mazmundagi materiallar bilan tanishishga oid;

  4. san’at va adabiyot ma’lumotlari bilan tanishishni nazarda tutuvchi;

O‘qituvchi sayohat oxirida o‘quvchilar bilan o‘zlashtirilgan materiallarga
asoslangan holda kuzatish yuzasidan o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazadi. O‘quvchilar sayohat yuzasidan hisobot yozadilar.

  1. Amaliy mashg‘ulotlar (og‘zaki, yozma bajarish).

Og‘zaki va yozma ishlash metodi muhim didaktik ahamiyatga ega bo‘lib, deyarli u hamma sinflarda va hamma o‘quv fanlari bo‘yicha keng qo‘llaniladi. O‘tilgan dars yuzasidan o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, tekshirib ko‘rish, takrorlash, shuningdek, ularni turmushda qo‘llay olish qobiliyatlarini taraqqiy ettirish maqsadida olib boriladi. Mashg‘ulotdan kuzatiladigan maqsad o‘quvchilarning mustaqil bajaradigan ishlarining xususiyatlariga qarab uch turda olib boriladi:

  1. og‘zaki mashq;

  2. yozma mashq;

v) grafik ishlar mashqi.
O‘quvchilarga mashq uchun beriladigan topshiriqlar albatta, ilgari o‘zlashtirilgan qoida va qonunlarni o‘z ichiga olishi lozim. Ba’zan o‘quvchilar ona tiliga oid qoida va tushunchalarni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsalarda, ularni o‘z ichiga olgan mashqlarni ishlay olmasliklari mumkin. Ayni chog‘da tegishli qoida va tushunchalarni o‘z ichiga olgan bunday mashqlarni tartibli ravishda takrorlab borilmog‘i lozim. Agar topshirilgan mashqlar bir necha yo‘llarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, bunday hollarda mashq rejasini tuzish va shu asosda ishlash talab etilishi kerak. Masalan, mashq uchun berilgan masalaning mazmuni, nima qilish zarurligi, nima berilgani, nimani topish talab qilinishi, ishni nimadan boshlash kerakligi, qanday metoddan foydalanish mumkinligi belgilanmog‘i lozim. Bu o‘rinda o‘quvchilarga o‘zlarini o‘zlashtirgan qoida va qonunlar asosida misol va masalalar tuzdirish muhimdir. Grafik ishlar ham yozma ishlar jumlasiga kirib, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan yoki o‘zlashtirayotgan bilimlarini ongli va mustahkam esda saqlab qolishlari hamda shu sohada tegishli ko‘nikma va malakalar hosil qilishlariga yordam beradi.
Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo’l bilan bayon qilish metodi ham takrorlash uchun xizmat qiladi. Ma’lumki, izlanishga asoslangan har qanday faoliyat sermahsul faoliyatdir. O’quvchi til hodisalarini tayyor holda o’zlashtirmay, uni izlasa, aktiv ijodiy faoliyat ko’rsatsa, o’zlashtirish jarayoni ancha samarali bo’ladi. Muammoli ta’lim ana shunday izlanish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Bu metod shaxs va uning ijtimoiy faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Ona tili darslarida yangi mavzuni o‘zlashtirish uchun suhbat uyushtirish maqsadida muammoli vaziyat yaratishning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:

  1. Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyatni suhbat asosida yaratish.

  2. Til hodisalarini qarama-qarshi qo’yish va taqqoslash asosida muammoli vaziyat yaratish.

  3. Til hodisalarini umumlashtirish orqali muammoli vaziyat yaratish.

  4. Berilgan matning mazmunidan kelib chiqib, muammoli vaziyat yaratish. Qayta xotirlashga asoslangan metodlar suhbat usulini takomillashtiradi. Mazkur metod o’quvchi oldida muayyan bir qiyinchilik yaratmaydi va u tayyor o’quv materiali bilan ish ko’radi.

O’rganilgan ish hodisalarini xotirada tiklash, topshiriqni to’laligicha muayyan andaza yoki namunaga qarab bajarish kabi topshiriqlar shunday topshiriqlar sirasiga kiradi.
Qisman izlanuvchanlik metodi olingan bilimlarni takrorlash orqali vujudga keladi. Qisman izlanuvchanlik metodi tarkibida qayta xotirlash asosiy o’rinni egallaydi. Chunki o’quvchi ona tilidan egallangan bilimlariga tayanmay turib, uni yangi sharoitda qo’llay olmaydi. Ona tili mashg’ulotlarida bajariladigan qator mustaqil ish turlari:

  1. nuqtalar o’rniga zarur harflar, kelishik qo’shimchalari, so’zlarni topib qo’yish;

  2. ma’lum bir so’zni uning ma’nodoshi, uyadoshi, qarama-qarshi ma’noli so’z bilan almashtirish;

v) berilgan gaplar yoki matnlarning mazmunini saqlagan holda shaklini o’zgartirish;
g) berilgan tayanch so’zlar yoki so’z birikmalaridan foydalanib, gaplar yoki matnlar tuzish o’quvchilardan qisman izlanishni talab etadi.
Izlanishga asoslangan metodlar. Izlanish til materiallarini ijodiy faoliyat ko’rsatish yo’li bilan o’rgatish demakdir. Shubhasiz, o’quvchi ona tili mashg’ulotlarida ma’lum bir yangilik kashf etmaydi, balki berilgan ma’lumot mazmunini ijodiy yo’l bilan o’rganadi. Bu metod o’quvchidan oldin o’rgatilganlarni tamoman yangi sharoitda qo’llashni talab etadi. Ona tili mashg’ulotlarida yoziladigan insholar, o’qilgan badiiy asarga taqriz yozish, maqola yozish, ilmiy ma’ruzalar tayyorlashdan oldin suhbat, munozara- bahslarni uyushtirish o’quvchini mustaqil fikrlashga, hech qanday andaza yoki tashqi yordam olmasdan vazifani bajarishga yo‘naltiradigan omildir.
Fonetika va fonologiya grafika bilan bog’liq holda savod o’rgatish usuliyotini ishlashda, elementar o’qish ko’nikmasini shakllantirishda asos bo’lib xizmat qiladi. Fonetika va grafikaning fonetik prinsip asosida yoziladigan imlo qoidalarini o’zlashtirishda ham ahamiyati katta. Husnixat usuliyoti grafika nazariyasiga tayanadi.

  1. Morfemika, so‘z yasalishi bo‘limlari yuzasidan takrorlash darslarini tashkil qilish

Ona tili o’qitish usuliyoti o’zbek tilini amaliy va ma’lum qismini nazariy egallashni nazarda tutadi, shuning uchun ham lingvistik sikldagi fanlar (fonetika va fonologiya, leksikologiya va frazeologiya, so’z yasalishi va etimologiya, grammatika — morfologiya va sintaksis, stilistika, shuningdek, orfoepiya, grafika, orfografiya) usuliyotning muhim asosi hisoblanadi.
So’zning tarkibi va so’z yasalishini o’rganishda usuliyotga lingvistik fanlardan so’z yasalishi, etimologiya, grammatika asos vazifasini bajaradi.
Morfologiya va sintaksis mavhum til hodisalarini shakllantirishni, til qurilishi haqida tushuncha hosil qilishni to’g’ri tashkil etishga, grammatik tushunchalardan to’g’ri yozuv masalalarini hal qilish uchun foydalanishga imkon beradi. Grammatikadan bilimi bo’lmagan o’quvchilarda orfografiya va punktuatsiyadan ko’nikma va malakalarni shakllantirish mumkin emas. Grammatika o’quvchilar nutqini o’stirishda ham muhim rol o’ynaydi, chunki grammatika so’z shakllarini to’g’ri tuzish, so’z birikmasi tarkibidagi so’zlarni o’zaro to’g’ri bog’lash va gapni to’g’ri tuzishga o’rgatadi.
Morfemika, so‘z yasalishi bo‘limlari yuzasidan takrorlash darslarini tashkil qilishda «Aqliy hujum» usulidan foydalanish mumkin. “Aqliy hujum” biror muammoni yechishda guruh qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalami to’plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan eng samarali usuldir. U to’g’ri va ijodiy qo’llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o’rgatadi. «Aqliy hujum» yordamida turli xil muammolarni hal qilishning yo’llari izlanadi. Bu usul guruhning har bir a’zosi fikrini tezda yig’is h va umumlashtirish imkonini beradi. «Aqliy hujum»ni, o’quvchilar muammo haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lmagan hollarda ham qo’llash mumkin. Bu kutilmagan, oddiy sharoitda aqlga kelmaydigan antiqa yechimlar topish imkonini beradi.
So’z yasash usuli”dan foydalanish mumkin:
Berilgan so’zlardagi harflar o’rnini almashtirish yo’li bilan joy nomlarini misol keltirish.
Anor-ohang (Ohangaron)
Zo’r - nav (Navro’z)
Oq - lalmi (Olmaliq)
Boyagi - don (Yangiobod)
Kek - ko’tar (ko’kterak)
O’ylab top” yoki “Mosini tanla” usulidan foydalanish so‘z yasalishi va morfemikaga oid darslarni mustahkamlashda ahamiyatli.
Sharti: ikki yonidagi bo’g’imlar ma’lu m o’rtadagi bo’g’inni topib, so’z hosil qilishlari lozim.

Masalan:







Nav

kar

von

Tar

nov

vot

Qiz

cha

man

Kap

tar

vuz

Hay

kal

ta




Takrorlash darslarini tashkil qilishda «Aqliy hujum» usulidan foydalanilganda, odatda mashg’ulot ikki bosqichdan iborat bo’ladi: birinchi bosqich - taklif bosqichi («aqliy hujumning o’zi) va ikkinchi bosqich - tahlil hamda yechimlarni saralash bosqichi. Bosqichlar o’rtasida kichik tanaffus berilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.



Yüklə 254,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə