Bob. Ona tili darslarida takrorlash darslarini tashkil qilish



Yüklə 254,65 Kb.
səhifə9/9
tarix29.11.2023
ölçüsü254,65 Kb.
#141444
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O1

Umumiy xulosalar
Ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta’lim jarayonlari mazmunini tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan an'anaviy kategoriyalar bo‘lib hisoblanadi. Takrorlash darslari bilimning mezoni hisoblanadi.
Aynan shu kategoriyalar ma’lum predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmet sifatida o‘quvchilarning olingan bilimlarini takrorlashlari asnosida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik kategoriyalarni maqsadga muvofiq ravishda yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatining qonuniyat va mezonlarni tizimlashtiruvchi omil sifatida takrorlash darslarini tashkillashtirishda innovatsion yondashuv asosiy vazifasini bajaradi.
Uzoq yillar mobaynida qayd etilgan pedagogik kategoriyalar jamiyat ijtimoiy talabi darajasidagi maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun yetarli bo‘lib kelgan. Muayyan davrlarda bir guruh pedagoglar tomonidan barcha davrlarda amalga oshirilgan pedagog faoliyatining darajasi qoniqarsiz deya baholaganlar. Ular, xususan, pedagogik tushunchalarga berilgan ta’rif va tavsiflarning noaniqlovchi ba’zi kategoriyalarning yetishmasligi, ta’lim maqsadi, mazmuni, shakli, uslubi va o‘qitish vositalari o‘rtasida o‘zaro uzviylikning mavjud emasligi kabi holatlarni doimiy ravishda tanqid qilib kelganlar. Ular tomonidan “metodika” tushunchasi yuqori darajadagi sub'yektlikka ega ekanligi ta’kidlanadi. Haqiqatda esa ta’lim natijalari o‘quvchining pedagogik jarayonlardan muvaffaqiyatli “o‘tganligi” bilan belgilanadi.
Zamonaviy o‘qitish texnoligiyalari- majmuaviy integral (butun, uzviy bog‘liq) tizim bo‘lib, unda ta’lim maqsadlari asosida belgilangan ko‘nikma va malakalar o‘quvchilar tomonidan nazariy bilimlarni o‘lashtirish, ularda muayyan ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat elementlarining ma’lum tartibga solingan to‘plami sifatida aks etadi.
Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishda pedagogik vazifaning qo‘yilishi va uni hal etishga alohida e'tibor berilishi zarur. Qachonki maqsad va vazifalar aniq belgilab olinsa, ularni amalga oshirish yo‘llari tog‘ri tanlansa, kutilgan natijaga erishish mumkin.
Pedagogik vazifani belgilashda quyidagilami inobatga olish maqsadga muvofiqdir:

  • ta’lim maqsadlarini tashkil etish asosida o‘quv predmeti mazmunini aniqlash;

  • o‘quv predmeti axborot tuzilmasini ishlab chiqish va uni o‘quv unsurlari tizimi ko‘rinishda ifodalash;

  • o‘quvchilarning o‘quv unsurlarini o‘zlashtirish darajalarini avvaldan belgilash;

  • o‘quvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash (bu ko‘rsatkich o‘quv predmetining mazmuni asoslanadigan o‘quv materialini o‘zlashtirganlik darajasidan kelib chiqadi);

  • moddiy baza hamda ta’limning tashkiliy shakllariga qo‘yiladigan chegaralarni belgilash.

Shu o‘rinda ta’lim maqsadlarining belgilanish, mazmunini tanlash va ishlab chiqish, ta’lim jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim metod va vositalarining belgilanish, shuningdek, o‘qituvchilar malaka darajasi, erishilgan natijalarni baholash metodi inobatga olinishi lozim. Ta’lim texnologiyasini loyihalash jarayonida pedagogik vazifalarning qo‘yilishi va uni hal etishga alohida e'tibor berilishi takrorlash darslarini o‘tkazishi zarur. Pedagogik vazifalarning hal etilishini ta’minlovchi o‘qitish texnologiyasini loyihalashga qaratilgan (bunda har bir fan o‘qituvchining faoliyati ko‘zda tutilgan) o‘qituvchi faoliyatining mazmuni takrorlash vositasida metod, shakl va usullar asosida shakllantiriladi.
O‘qitish jarayoniga faoliyat nuqtai nazaridan yondashish konsepsiyasiga asoslanib, uni tashkil etish quyidagi mantiqiy ketma-ketlikka asoslanishi mumkin: dastlab o‘quv materialini mazmuning tavsifi, uni o‘rgatishdan ko‘zlagan maqsad (o‘zlashtirish darajalari), shuningdek, pedagogik vazifaning qo‘yilish shartlari tahlil etiladi. So‘ngra o‘qitishning mos ravishdagi metodlari hamda mavzu yuzasidan takrorlash darslarini tashkil ettish o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish tizimi ishlab chiqilishi zarur. Takrorlash darslarini samarali tashkil qilish bo‘yicha innovatsion texnologiyalar vositasining ahamiyati katta. Dars jarayonida pedagogik yangi texnologiyalarni tadbiq qilish o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq. Zamonaviy ta’lim sifati zamonaviy ta’lim mutaxassislarining yangicha yondashuvlari kata ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch». T., Ma’naviyat 2010.

  2. «Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standard va o‘quv dasturi». (5 - 9 sinflar), - T.: -2010

  3. Mahmudov N. «Tilimizning tilla sandig‘i». - T: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012.

  4. Мирзиёев Ш.М. ^онун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш - юрт тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. - Тошкент: Узбекистон, 2017.

  5. “Узбекистан Республикасини янада ривожлантириш буйича хдракатлар стратегияси тугрисида”. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли фармони.

  6. “Алишер Навоий номидаги Тошкент Давлат узбек тили ва адабиёти университетини ташкил этиш тугрисида”. Узбекистон Республикаси Президентининг 2016-йил 13-майдаги ПФ-4797-сонли фармони.

  7. Узбекистон Республикаси Президентининг карори “Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора - тадбирлари” тугрисида (Халк сузи 2017 йил, 21 апрель).

  8. Bobokalonov R, Ne’matova G.«Ona tili o‘qitishning yangi texnologiyasi haqida». — T.: 1998.

  9. Mahmudov N., va boshq. «Ona tili» 5-sinf. - T.: «Ma’naviyat», 2011.

  10. Mahmudov N., va boshq. «Ona tili» 6-sinf. - T.: «Ma’naviyat», 2011.

  11. Ziyodova T. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish. Ona tili o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma. -T.: O‘qituvchi, 2001. -80 b. Internet saytlari

  1. www. tdpu. uz

  2. www. pedagog. uz

  3. www.ZIYONET.uz

  4. www.eduportal.uz

  5. www.samdu.uz/files/web/napr/fLlologiya/uzbektili/html/SIN.htm

1


2


3


4


Yüklə 254,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə