Bob. Ona tili darslarida takrorlash darslarini tashkil qilish


Takrorlash darslarining maqsad va vazifalari



Yüklə 254,65 Kb.
səhifə2/9
tarix29.11.2023
ölçüsü254,65 Kb.
#141444
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O1

Takrorlash darslarining maqsad va vazifalari

Ona tili darslarida takrorlash darslarini tashkil qilishda o‘rganilayotgan bo‘limlar e'tiborga olinadi. Har qanday yangi mavzu o‘tilgach, dars jarayonida va keyingi yangi mavzu bayoni oldidan mavzu takrorlanadi. O‘quvchilarda hosil bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarga takrorlash orqali erishiladi.
O’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslarini tashkil qilish loyihalash asnosida amalga oshadi. Ona tilidan o’rgatilgan bilimlarning puxtaligi, ko’p jihatdan, o’qituvchining takrorlash darslarini tashkil qilishiga bog’liq. Bunday darslarda o’quvchi oldin o’rgatilgan nazariy bilimlarga, grammatik-orfografik qoidalarga takroriy qaytadi. Mashq paytida o’quvchi o’zi o’rgangan qoida asosida faoliyat ko’rsatadi. Takrorlash darslarida oldin idrok etilgan bilimlar qayta tasavvur etiladi. Takrorlash darslari, bir tomondan, turli mashqlar yordamida o’quvchilarda o’rgatilgan materiallar doirasida malaka hosil qilishiga qaratilsa, ikkinchi tomondan, o’quvchilarning bilimlarini aniqlashtirish, kengaytirishga xizmat qiladi.
Takrorlash darslari yangi materialni o’rgatish darslaridan tubdan farq qiladi. Yangi materialni o’rgatish darslarida o’quvchilar anglab yetmagan, ular uchun mavhum bo’lgan til hodisalari ustida o’tkazilsa, takrorlash darslari esa o’quvchilar o’rgatilgan, ammo to’lig’icha o’zlashtirilmagan qonun-qoidalarga tayanadi, o’rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko’rsatadi.
Takrorlash darslarida ko’proq turli-tuman mashqlardan foydalaniladi. O’rgatilgan qonun-qoidalarga oid til dalillari ustida o’quvchilarning faoliyati tashkil etiladi. Bu dars tipining yana bir muhim belgisi o’quvchilarda malaka hosil qilishdir. Takrorlash darsining eng muhim xususiyati uning yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslarining davomi, unga bog’lab tashkil etilishidir.

  1. Takrorlash darslarini tashkil qilishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish

Bugungi kunda har bir sohada innovatsion g‘oyalarni, yangicha islohotlami ko‘rishimiz, guvohi bo‘lishimiz mumkin. Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, yangiliklar yaratish faqat ta’limdagi salohiyatni ko‘tarishni bosh maqsad qilib olgan. Takrorlash darslarini tashkil qilishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishu usullari ta’lim beruvchi ustozning intilishi, bilimi va salohiyatiga bog‘liq ekanligini yuqorida ta’kidladik.
Ta’lim texnologiyasi nazariyasining mohiyati xususida so‘z yuritish uchun «Ta’lim texnologiyasi» tushunchasining tub ma’nosini anglash talab etiladi. «Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, «teche»- mahorat, san'at hamda «logos»- tushuncha, ta’limot so‘zlarinig birlashmasidan hosil bo‘lgan. «Ta’lim texnologiyasi» tushunchasi esa, lug‘aviy jihatdan ta’lim jarayonini yuksak mahorat bilan san'at darajasidagi tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan ma’nosini anglatadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, shu kungacha, pedagogic texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan rivojlanib, ishlatilib kelinsada, uni ma’nosini izohlash borasida yagona fikr mavjud emas edi. Xususan rus pedagogi B.P.Bespalko ham pedagogik texnologiyaning «Amaliyotda tadbiq qilinadigan muayyan pedagogic tizim loyihasi» deb ta’riflanadi.
O‘zbekistonlik pedagog N.Saidahmedov pedagogik texnologiyani shunday ta’riflaydi: «Pedagogik texnologiya» bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogic muvaffaqiyatlarni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash loyihasidir.
«Ta’lim texnologiyasi tushunchasi» ta’lim metodikasi tushunchasiga nisbatan kengdir.
Ta’lim metodi- o‘quv jarayonining namunaviy vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo‘lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o‘quv predmetini o‘qitishning ilmiy asoslangan metod qoida va usullar tizimini tavsiflaydi.
Ta’lim texnologiyasi- ta’lim maqsadiga erishish jarayoninnig umumiy mazmuni, ya’ni avaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida ,
bosqichma- bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali unimli foydalanish hamda, ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi. O‘qituvchini samarli faoliyat ko‘rsatishida undovchi darsning metodik ishlanmasidan farqli o‘laroq, ta’lim texnologiyasi o‘quvchilar faoliyatida nisbatan yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘quvchilarbning shaxsiy hamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda o‘qubv materiallarini mustaqil o‘zlashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o‘quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
Pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalarini kafolatlovchi pedagogic faoliyat jarayonining mazmunidir.
Respublikamizning taniqli olimlari ilmiy asoslangan, mintaqamizning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan pedagogik texnologiyalarni yaratish va ulami ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar.Bular orasida J.G‘.Yo‘ldoshev, S.A.Usmonov, N.S.Sayidahmedov, R.H.Jo‘raev, Q.Y.Yo‘ldoshev kabi ta’lim-tarbiya jarayonlari fidoiylarining nomlari alohida hurmat va e’tiborga molikdir.
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy aloqalar o‘rnata boshladilar. Natijada yurtimizga ilg‘or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular qatorida, jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib, pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulg‘ab oldi.
Oxirgi yillarda, Rossiya bilan O‘zbekistonda pedagogik texnologiyani o‘rganish yo‘lida ancha ishlar qilindi. Shu jumladan, O‘zbekiston olimlari bilan hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida ham pedagogik texnologiyalarning loyihalarini tuzish bo‘yicha ancha ishlar qilindi.
Tarbiya jarayoni uzoq muddatli murakkab uzluksiz bo‘lib, u o‘xziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi o‘quvchining ta’lim jarayonida yetakchilik faoliyatini yoqlayotgan bo‘lsada, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bol'adi va bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois, ta’lim texnologiyasi tarbiya texnologiyasidan farq qiladi.
Pedagogik texnologiya yo‘nalishlari ko‘p. Hozirgi an'anaviy ta’lim bu XVII asrda YA. Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng ko‘p qo‘llanilayotgan Pedagogik texnologiyalar asosan, shu tizimni turli yo‘nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda turli yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. Ular pedagogik jarayonni takomillashtirish uni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirishda asoslangan Pedagogik texnologiyalar, o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishda yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar, o‘quv materialni didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqarish asosidagi pedagogik texnologiyalar, o‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilish pedagogik texnologiyalar va boshqalar.
V.P. Bespalkoning o‘zbekistonlik shogirdlaridan N. Sayidahmedov va M. Ochilovlaming fikricha, “Pedagogik texnologiya-bu o‘qituvchi(tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir”.
O‘zbekistonlik metodist B.L. Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif beradi: “Pedagogik texnologiya-ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ongi ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga soladigan, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir.
O‘qituchilar test(sinov)da qanday harakatlarni ko‘rsatishlari talab qilingan, ular o‘quv jarayonida ham shunga o‘xshash mashqlarni qildirishj kerak.

  1. Natijani bilish qoidasi

  2. Har bir o‘tkazilgan nazorat natijasi o‘quvchiga ma’lum qilinishi lozim

  3. Ij obiy mustahkamlovchi reaksiyalar

  4. O‘quvchining har bir yutug‘iga o‘qituvchi o‘z vaqtida reaksiya qilib, rag‘batlantirish kerak. O‘quvchilarning noto‘g‘ri javobi jazolanmaydi, yana bir urinib ko‘rishga harakat qilish.

Davlat ta’lim standartiga muvofiq keluvchi dars jarayonini tashkil qilishda yangi mavzu, mavzuni mustahkamlash va takrorlash bosqichlaridan foydalaniladi. Ushbu jarayonning samarasiga innovatsion texnologiyalar orqali erishiladi. Innovatsion yondashuv- o‘qitishning yangi yo‘lini izlash, tushuntirishning oson usulini topish, qidirish degan ma’noni anglatadi.
Pedagogik o‘quv qo‘llanmalarda o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish va ular tomonidan o‘zlashtirish usullari o‘qitish metodi deb ataladi.
Hikoya qilish-o‘qituvchi tomonidan yangi o‘tilayotgan mavzuga oid faktlar, fizik hodisa va voqealarning mazmunini ifodalaydigan tushuncha, qonun va qoidalaming bayon qilinishidir. Maktab ma’ruzasi metodi 10-11- sinflarda qo‘llaniladi. Odatda maktab ma’ruzasi mavzuning mazmuniga ko‘ra, bir - ikki mavzuning asosiy g‘oyaviy yo‘nalishini ifodalovchi, tugallangan (yaxlit) tushunchalar tavsifidir
An'anaviy ta’limdan voz kechmagan holda innovatsion ta’lim texnologiyalar tadbiqi bo‘yicha keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda barcha sohada tub yangilanishlar sodir bo’layotgan bir paytda ta’lim sohasida ham tubdan o’zgarishlar yuz bermoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ham darslarni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish bot-bot aytilmoqda. Avvalo, innovatsion texnologiyaning o’zi nima, degan savol tug’iladi.
Innovatsiya (inglizcha innovation)- yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik , o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Innovatsion ta’lim texnologiyalari modellashtirish (trenirovka), namoyish qilish, kichik guruhlarda bo‘lish, aqliy hujum, tanqidiy tafakkur, debatlar usullaridan iborat:
«Nuqtai nazaring bo‘lsin», «Har kim har kimga o‘rgatadi», «Rolli o‘yinlar» takrorlash darslarida foydalaniladigan usullar hisoblanadi.
Muayan holatni (vaziyatni) o‘rganish, modifikatsiyalangan ma’ruza, o‘yinlar, bingo usullarini o‘z o‘rnida qo‘llash lozim.
Axborot texnologiyalari (komputer) yordamida darsni tashkil qilish davr talabidir.
O‘qitishning innovatsion usullaridan foydalana bilish va amalga oshirishda o‘qituvchi quyidagilarni bilishi lozim:
-innovatsion texnologiya tushunchasi, uning mazmun-mohiyati;
-ta’lim maqsadini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni va roli;
-fanlar bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni qo‘llash prinsiplari;
-ta’limiy va ishchanlik o‘yinlari;
-muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodlari;
-o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash yo‘llari; -o‘quvchilarning mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullari;
-ko‘rgazmali o‘qitish usullari;
-imitatsiya o‘quv-mashg‘ulotlari;
-ta’lim-tarbiyani faollashtiruvchi usullar.
O‘tilgan mavzularni takrorlash darslarida quyidagi innovatsion ta’lim usullaridan foydalanish mumkin:
1 .Modellashtirish (mashq qilish) usulining tavsifi.
O‘qitishning bu usuli real hayotni qayta tiklash uchun olingan bilimni takrorlash uchun foydalaniladi.
Qo‘llanilishi:
-turli vaziyatlarda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalar hosil qilishda;
-oddiy, murakkab mavzular bo‘yicha ko‘nikmalar va qaror qabul qilishni amalga oshirishda;
-xavfli va kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatda boshqarish ko‘nikmalarini mustahkamlashda;
— real hayotiy vaziyatlarda ilgari o‘rganilgan prinsiplarni qo‘llashda.
Afzalligi:
-o‘quvchilar faolligini ta’minlaydi;
-eslab qolishni kuchaytiradi.
Ona tili darslarida o‘tilgan mavzuni va olingan bilimni takrorlashda “Namoyish qilish” (demonstratsiya) usulidan foydalanish mumkin:
-namoyish qilish, demonstratsiya-“ko‘rsataman, isbotlayman”, degan ma’noni
anglatadi. Bu usulda o‘qituvchi topshiriqni bajarish tartibini o‘quvchilarga ko‘rsatadi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga topshiriqni mustaqil bajarish imkoniyati berilishi kerak.
Qo‘llanilishi:
-topshiriqni bajarilish tartibini ko‘rsatishda;
-muammolarni hal qilish va analitik mohirlikka o‘rgatishda;
-bilimlarni takrorlashni o‘rgatishda;
Afzalligi:
-o‘quvchi o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olishi, tushunish va eslab qolishga yordam bera olishi, qiziqishni oshirishi, o‘qitishning juda faol shakli ekanligidan iborat.
Ona tilidan takrorlash darslarida “Guruh munozarasi” usuli ancha samara beradigan usullardan biri hisoblanadi.
O‘qitishning mazkur usuli o‘quvchilarning o‘zaro muloqot va fikr almashuviga asoslangan. Bunda guruhda tahlil qilish, baholash va tekshirish asosida muayan mavzu yoki savollar ishlab chiqiladi.
Qo‘llanilishi:
-qiziqishni kuchaytirish va o‘ylash, fikr yuritishga chorlashda, ma’ruza, o‘qish va boshqa usullarni takrorlashda, mashg‘ulot mazmunining asosiy qismini ishlab chiqishda, muammoning ko‘zda tutilgan qarorini ishlab chiqishda, yakun yasash yoki tekshirishni amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Bundan tashqari mavzu tushunarliligini baholashda, o‘quvchilarni kelgusi darsga tayorlashda ham samarasi bor.
Afzalligi:
-o‘quvchilarda qiziqishni orttiradi va darsga jalb qilinishni kuchaytiradi, - o‘quvchilar fikr va tajriba almashish va o‘tilganlarni takrorlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Takrorlash darslarida o‘qitishning muayan holatni (vaziyatni) o‘rganish usuli real hayotdagi vaziyatni batafsil muhokama qilishdan iborat. U usul kichik guruhlarda o‘tkazilib, o‘qish, o‘rganish, tahlil qilish, takrorlash, muhokama va erkin fikr almashish hamda qaror qabul qilish natijasida bu qarorni boshqalarga yetkazishni taqoza qiladi.
Filologik ta’lim jarayonida “Tanqidiy tafakkur” uslubi o‘quvchilarda og‘zaki va yozma mustaqil fikrni shakllantiradi.
Tanqidiy tafakkur uslubi o‘qituvchi qo‘ygan masala yoki muammoga o‘quvchi o‘z fikrini bayon qilish, o‘zgalar fikrini tanqidiy qayta idrok etish, o‘z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish orqali yechish yoki hal etish imkoniyatiga ega bo‘lishiga asoslangandir.
Qo‘llanilishi:
-o‘quvchi o‘z nuqtai nazarini shakllantirishga yo‘naltirilgan holatlarda;
-o‘quvchiga o‘z nuqtai nazari, fikrini ishlab chiqish uchun imkoniyat va fursat berilishida;
-o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda o‘tilgan mavzuni takrorlash orqali turli nuqtai nazariyalarni muhokama qilish jarayonida.
Afzalligi:
-o‘quvchi o‘z fikrini asoslay olishi;
-ta’lim oluvchilarga erkin so‘zlash imkoniyati yaratilishi;
-barcha fikrlar olingan bilim asosida erkin tahlil qilinishi.
Ushbu innovatsion usullar bilan birga noan’anaviy ta’lim metodlari ham takrorlash dars jarayonida qo‘llaniladi.

  1. Konferentsiya darsi.

  2. Seminar darsi.

  3. Darsda kasbga yo‘naltirish.

  4. Eksperimental dars o‘tish.

  5. Bahs-munozara darsi.

  6. Har xil yozma ishlar.

7.Integratsiya (fanlararo bog‘lanish) darsi.
8.Konferensiya darsi.
O‘quvchilarning ijodiy ishlashga ko‘mak beruvchi usullardan biri, maktablarda konferensiya darsini tashkil etish va o‘tkazishdir. Konferensiya darsi quyidagi yo‘nalishda bo‘ladi:

  1. an’anaviy shaklda konferensiya darsi;

  2. maxsus mavzuni ilmiy jihatdan o‘rganish;

v) kasbga qiziqtirish darsi.
Konferensiya darsi o‘quvchilarning kitob ustida mustaqil ishlashga, o‘tilgan darslarni takrorlashga, olam yangiliklari bilan tanishtirish va o‘quvchilarning bilish faoliyatini kengaytirishga katta yordam beradi. Konferensiya darsining muvaffaqiyatli o‘tishi uning sifatiga, tayyorgarlik darajasiga bog‘liq. Bunday tayyorgarlikka quyidagi bosqichlar kiradi:
-konferensiya darsining vazifalari va unda muhokama qilinadigan savollar doirasini aniqlash;
-o‘qituvchining tegishli adabiyotlarni o‘rganishi;
-o‘quvchilar o‘rtasida ma’ruzani to‘g‘ri taqsimlash;
-o‘quvchilar uchun qo‘shimcha moslamalar berish;
Konferensiya darsining mavzusi shunday tanlanishi kerakki, u birinchidan qiziqarli, ikkinchidan, uni atroflicha va chuqur o‘rganishga erishish,
uchinchidan, mavzuning texnika va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati yoritib berilishi lozim.
Ona tilidan o‘tilgan mavzularni takrorlash darslarida seminar darslarni tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘quvchilarda mustaqil bilim olish va kitob ustida ishlash ko‘nikmasini hosil qilishda seminar darsi yaxshi natija beradi. Seminar darsi hozirgi zamon talabiga javob beradigan dars turlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarni mustaqillikka o‘rgatadi, qo‘shimcha adabiyotlar, jumallar, ommabop kitoblar, ma’lumotnoma (spravochnik)lardan foydalanishga odatlantiradi. O‘quvchi o‘rgangan materiallarini xulosalash, texnika va turmushga bog‘lash, muammoli savollarni to‘g‘ri hal qilishda ijodiy yondashishga harakat qiladi. Seminar darsining maqsadi o‘quvchilarni adabiyotlardan, qo‘llanmalardan mustaqil konspekt olishga, o‘quv predmetini chuqurroq o‘rganish, egallagan bilimlarini umumlashtirishga va takrorlashga o‘rgatishdan iborat.
Ona tilidan takrorlash darslari jarayonida texnika vositalari yordamida dars o‘tish zamonaviy ta’lim talablaridan hisoblanadi.
O‘qituvchiga dars berishda yordam beruvchi asosiy qurol darslik, unga yozilgan metodik qo‘llanma, savol va masalalar hamda mashqlar to‘plami, didaktik materiallar va hokazolar. Shular qatoridan yaxshi o‘rin olgan texnika vositalardir. Ya’ni kino apparatlari, video, kodoskop va boshqalar. Ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitishga yordam beradigan bunday asboblar o‘quvchilarning bilim olish samaradorligini oshiradi.
Takrorlash- bilimlar samaradorligini oshirish vositasi. Ushbu darsda “O‘ylab top (evrika) darsi”ni loyihalashtirish o‘quvchida mavzu yuzasidan bilim, malaka va ko‘nikma shakllanishida yordam beradi.
O‘quvchilarning topqirlik darajasini aniqlash uchun “O‘ylab top!” o‘yini o‘ynaladi. Bu o‘yinni boshqa fanlarda ham o‘tkazish mumkin. Ona tilidan takrorlash darslarida o‘tilgan mavzu yuzasidan savollarga tezkor javoblar berish topshirig‘i orqali amalga oshiriladi.
Ona tili darslarida yangi mavzuni takrorlashda kasbga yo‘naltirish maqsadini sedan chiqarmaslik lozim.
Mavzuni takrorlashda o‘quvchilarning qiziqqan kasblariga bog‘lab o‘tish bolaning o‘sha kasbga bo‘lgan qiziqishini orttiradi. Bunda o‘quvchi darsni diqqat bilan tinglaydi. O‘zi ham keyingi darsda qiziqqan kasbi bo‘yicha biron narsa aytib bershga intiladi. Turmushda va texnikada ko‘rgan amaliy ishni kasbiga bog‘lashga urinadi. Natijada o‘quvchida fanga, kasbga bo‘lgan qiziqish ortib boradi.
Bahs-munozara darslarini takrorlash jarayonida tashkil ettirish uchun mantiqan savollar va topshiriqlar tuzish kerak.
Mazkur usulda o‘quvchilarga bir kun oldin mavzu beriladi. O‘quvchilar mavzuni o‘qib, savollarga javob topib, guruhlarda o‘sha savollarga javoblar bahs-munozara asosida olib boriladi. Yoki biror masala sinf taxtasida ishlanadi va uning II, III variantlari bor bo‘lsa bahs-munozara tarzida ishlanadi. Bunda o‘quvchilarning faolligi oshadi, o‘zini erkin tutadi.
Ona tilidan takrorlash darslarini o‘tishda savol-javob, turli interaktiv o‘yinlardan tashqari mavzuga oid har xil yozma ishlarni amalga oshirish mumkin.
O‘quvchilarning bilim darajasi, tafakkuri yuzasidan har xil yozma ish olinadi. Yozma ishlar 5-10, 10-15, 15-20 va hokazo, ya’ni 45 minut davom etadi. Ba’zida ona tili darslarida ijodiy yozma ishlar olinib, o‘quvchining ijod qilish faoliyati o‘rganiladi.
Qo‘llanilishi:
-dars mazmunini har tomonlama o‘ylab so‘zlashga o‘rgatishda;
-muammoni hal qilish qobiliyati, tanqidiy fikrlash va fikr yuritishni shakllantirishda;
-boshqaruv tamoyillarini namoyon qilishda.
Afzalligi:
-o‘quvchilarning faolligi va jalb qilinishini mustahkamlaydi;
-ta’lim olish tugagandan so‘ng taqozo qilinadigan ijroni modellashtirishga yordam beradi;
-o‘qitishni kuzatish va takrorlash mumkinligi.
Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish borasida talablar integrativ yondashuvlarni tatbiq qilmoqda. Integrativ (fanlararo bog‘lanish) darslarlarda o‘quvchilar olingan bilimlarini turli fanlarga qiyoslab takrorlashga, sinashga yo‘naltiriladi.
Hozirgi zamon ijtimoiy fanlar ichida ona tili, adabiyot, tarix fanlari qisman bir-biriga bog‘langan, ya’ni integratsiyalangan. Bu darslar o‘quvchi tafakkurini rivojlantiradi, solishtirish, turli faktlarni tahlil qilish, xulosa va yakunlar chiqarish kabi fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga, mustaqil faoliyatlarida esa muammolarni hal qilishga ijodiy yondoshishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu hol o‘quvchilarning ko‘pgina tushuncha ta’riflarini yodlay olishlarinigina taqozo qilmay, balki tushunchalar tizimini o‘zlashtirishni talab qiladi.
Respublikamiz o‘quvchilarining deyarli 60-70 foizi qishloqlarda yashaydi. Shuni hisobga olgan holda fizika va boshqa fanlar qishloq xo‘jalik texnikasi bilan bog‘lab o‘tilsa o‘quvchilar bilimining o‘sishiga yordam beradi.
Ta’lim tizimida “Har kim har kimga o‘rgatadi!” tamoyili mavjud. Bu tamoyil sinalgan, o‘zining samarasini bergan.
«Har kim har kimga o‘rgatadi» uslubi o‘quvchilarni o‘rgatuvchiga aylanishi, ma’lum bilimlarni o‘zlashtirgach, o‘rtoqlari bilan baham ko‘rish imkonini beruvchi o‘qitish uslubidir. Ushbu uslubning maqsadi o‘quvchilarga o‘qitish jarayonida zarur bo‘lgan axborot maksimumini berish, ayni paytda o‘quvchida axborot olish va berishga qiziqish uyg‘otishdir. Shuningdek, axborot hajmini olgan o‘quvchi ma’lum vaqt davomida uni iloji boricha ko‘proq o‘rtoqlariga yetkazadi.
Qo‘llanilishi:
-o‘quvchilarda axborot olish va berishga qiziqishni uyg‘otishi;
-axborotni diqqat bilan eshitish va eslab qolishni ta’minlashi;
-sherigining axborotini tinglab, takrorlash uchun boshqa sherik axtarish uchun.
Afzalligi:
-o‘z fikrini lo‘nda bayon etishi;
-tinglash, takrorlash va eslab qolish darajasini rivojlantirishi;
-fanga yoki mavzuga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otishi.
Takrorlash darslarida “Debatlar” (tortishuvlar)lardan foydalanish zamonaviy o‘quvchi shaxsini yanada o‘ziga ishonuvchanligini, bilimning qudratli ekanligini asoslaydi.
Debatlar o‘z nuqtai nazarini asoslashda sinfdagi barcha o‘quvchilarning (yoki asosiy qismining) bahslashuvda faol ishtirok etishini ta’minlovchi o‘qitish uslubidir. Bu uslubdan foydalanish tanqidiy tafakkurni rivojlantiradi. O‘quvchi o‘z nuqtai nazarini rad etishi kerak. Bahs haqiqatni yuzaga keltirgani bois o‘qituvchi sinfni ikki guruhga bo‘lgan holda munozarani atayin avj oldiradi (guruhlarga bir-biriga zid nuqtai nazarlarni aytadi, bahsli topshiriqlar beradi). Bu usul yozma holda olib borilsa, yozma debatlar bo‘ladi.
Qo‘llanilishi:
-bahsda o‘quvchilarning faol ishtiroki ta’minlanganda;
-muammoni hal qilishda mohirlikka o‘rgatishda;
-fikrni aniq va qisqa ifodalashga imkon berilganda.;
Afzalligi:
-o‘quvchilarni bahslashishga o‘rgatishi;
-munozara madaniyatini shakllantirishi;
-asoslab berish malakasini oshirishi.
O‘qitish jarayonida ta'limning innovatsion texnologiyalari ta'limning zamonaviy usul, shakl va vositalarining izchil aloqador tizimini qo‘llash demakdir. Bunda innovatsiya - “yangi”, “yangilik”; texnologiya esa “mahorat” so‘zi bilan bog‘lanib, chuqur va sertarmoq mazmun hamda samaradorlikka ega ta'lim shart-sharoitlarini anglatadi. O‘zPFITI pedagog olimlari tomonidan tuzilgan “Pedagogik atamalar lug‘ati”da mazkur tushuncha va u bilan bevosita
assotsiativ bog‘langan atamalarga, jumladan, “innovatsiya”ga “yangidan kiritilgan tushunchalar, tartib-qoidalar, texnologiyalar va yangiliklar”, “innovatsion teхnologiya”ga “pedagogik taraqqiyotni ta'minlashga qaratilgan tashkiliy faollik jarayoni”; “innovatsion o‘qitish”ga “1) yangicha o‘qitish tizimi; 2) “o‘quvchi va talabalarni yangi kiritilgan teхnologiyalar asosida o‘qitish jarayoni”; innovatsion ta'limga “1) ta'lim sohasiga kirtilgan va kiritilayotgan yangiliklar; 2) yangilangan, yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta'lim jarayoni” kabi izohlar berilgan4. SHu o‘rinda texnologiya atamasi zamirini tashkil etuvchi tamoyillar mohiyatiga e'tibor qarataylik: bu, avvalo, o‘quv jarayonini tizimli yondashuv tamoyillariga tayanib loyihalash; ta'lim oluvchining o‘quv maqsadiga yuqori darajada erishuvi; ta'lim oluvchilarning xatti-harakatlari asosida ta'lim berish; tuzatuvchi teskari aloqa asosida o‘quv jarayoniga muayyan tuzatishlar kiritib borish, ya’ni, nazorat - tuzatish va qayta nazorat; darajali nazorat (testlashtirish); bilim va ko‘nikmalarni to‘liq o‘zlashtirish; rejalashtirilgan natijalarga erishish kafolati; ta'lim samaradorligi kabilar demakdir. SHaxsga yo‘naltirilgan yondashuv innovatsion texnologiyalarning amaliy mazmunini asoslab beruvchi, ularning mavjudligini kafolatlovchi hayotiy dolzarb yo‘nalishlar sirasiga kiradi. SHaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, ya’ni insonparvarlik pedagogikasining asosini tashkil etuvchi, innovatsion texnologiyalarning barqarorligini ta'minlovchi muhim g‘oyalar esa quyidagilardan iborat:

  1. Maktab dasturlarini tuzishda o‘quv jarayonini hissiy qo‘llab-quvvatlovchi muhitni hisobga olish;

  2. O‘quvchilar tashabbuskorligini rag‘batlantirish;

  3. Fanlararo yondashuv;

  4. Ta'lim oluvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish va erkinlikni anglangan zarurat ekanligi tuyg‘usini tarbiyalash;

  5. Ta'lim ishtirokchilari orasida iliq munosabatlar ustuvorligi;

  6. O‘quv jarayonining o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi va hamfikrligi asosida strukturalashtirilishi;

7.O‘qituvchining ta'lim oluvchida o‘z-o‘zini namoyon etishga intilishini rag‘batlantirish;

  1. Ta'lim dasturlarining o‘quvchi ijodkorligi va kreativ tafakkurini tarbiyalashga muvofiq takomillashtirib borilishi;

  2. Bahoning o‘quvchiga tazyiq o‘tkazish funktsiyasidan voz kechilishi va b.

Har qanday innovatsion ta'lim texnologiyasi ta'lim oluvchilarga bilim va
tarbiya berish jarayonida yuqorida qayd etilgan g‘oyalarni u yoki bu darajada amalga tatbiq etish vositasi sifatida ahamiyatga molik hodisa hisoblanadi. Ta'limning innovatsion modellari o‘quv jarayoni samaradorligiga ko‘rsatadigan ta'siriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:- o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va intensifikatsiyalashga asoslangan innovatsion texnologiyalar;- ta'lim jarayonini tashkil etish va boshqarish samaradorligiga asoslanuvchi innovatsion texnologiyalar;- o‘quv materialini metodik jihatdan takomillashtirish va didaktik qayta qurishga asoslanuvchi innovatsion texnologiyalar.
Ta’lim-tarbiya amaliyotida pedagogic texnologiyalaming xilma-xil juda murakkab turlaridan foydalanib kelinmoqda. Samara berayotgan texnologiyalardan ba’zilarini keltirish mumkin:

  • kompyuterli -axborot texnologiyalari;

-modul texnologiyalar;
-multimediali texnologiyalar;

  • Muammoli o‘qitish texnologiyalar ;

  • Masofadan o‘qitish texnologiyalar;

-mustaqil ta’lim texnologiyalar;
-pedagogik hamkorlik texnologiyalar;

  • pedagogik o‘yin texnologiyalar;

-bilimni baholash texnologiyalar;

  • mualliflik texnologiyalar;

  • boshqaruv texnologiyasi va boshqalar.

O‘zbekistonlik olim N. Saidahmedovning ta’kidlashicha, «Hozirgi kunda o‘qituvchilar metodikani ko‘p hollarda texnologiyalardan ajrata olmayaptilar. Metodika o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar majmuasidan iborat, metodikadan ko‘zlangan maqsad predmet mavzularida oid nazariyani aniq hodisalar tekisligida ko‘chirishdir.. ..Pedagogik texnologiya o‘qitish jarayoning o‘zaro bog‘liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltitish, bosqichlarini ko‘rish, ularni joriy etish, shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda , belgilangan maqsadga erishishni ta’minlash. Yoxud PT o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig‘indisidir.
Ijodkor pedagoglar an'anaviy ta’lim texnologiyasidagi nomunofiqlarga javob toppish, o‘quvchining aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlashlari natijasida o‘ziga xos ta’lim usulu vositalari yaratibdilarki, buning oqibatida yangicha pedagogin mahorat tarsi vujudga keldi. Demak, yangicha fikrlash tizimidagi ta’limda testlarning qo‘llanishi, diagnostic tahlilning olib borilishi, reyting tizimida baholash va h;
Pedagogik texnologiyaning hozirgi kunda shunday turli-tuman ta’riflari mavjudligi natijasida bu masalaning yechimini quyidagicha o‘ziga xos usulda har kunlik to‘g‘risida ham taklif bildirilgan. Bugungi kunda innovatsion pedagogika texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayonida joriy etish ma’lum qonuniyatlarga asoslanadi:

  1. Mavjud jamiyat talablariga mos keladigan ta’lim-tarbiya maqsadi

  2. Didaktik jarayonning ob'ektiv qonuniyatlari

  3. Ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshiradigan shart-sharoitlari.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi qabul
qilingandan so‘ng o‘quvchi shaxsi ta’limning markazida qo‘yildi. Shuning uchun ta’limda o‘zgartirishlar kiritishga to‘g‘ri keldi. Biz hozirgi kunda o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’limdan foydalanamiz. Endi necha yillar mobaynida takror bo‘lib kelgan dars jarayonimizni bugungi dars xonada ta’lim olayotgan o‘quvchilarga o‘tsak, ular bizni qabul qila olmaydi.
O‘qituvchilikdek sharafli, ammo mashaqqatli bo‘lgan kasb egalari o‘z “qolip” lari doirasidan biroz bo‘lsa-da cheklanib, izlanishga, yangilik yaratishga, faollik bilan imkon topishga, ijod qilishga harakat qilsagina, o‘z hurmatiga sazovor bo‘ladi. Izlanish, yangilik, faollik, ijod qilish bugungi kun ta’lim tizimidagi innovatsion jarayonning bosh maqsadidir. Ana shunday maqsad sari faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarimiz hozirgi kunda ta’limning innovatsion jarayonini takomillashuvida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalanib kelmoqda. O‘z ish tajribasida shu kabi usullar bilan faoliyat olib borayotgan har bir o‘qituvchining o‘quvchisi tasavvuri boy, bilim tarzi va qiziqishi keng, eng asosiysi, o‘qish faolligi yuqori ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Ilg‘or pedagogik texnologiyaning har qanday shaklidan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilganda o‘rganuvchilarni mustaqil fikrlash, mushohada qilish va xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Har bir o‘qituvchidagi izlanuvchanlik, tashabbuskorlik va yangilikka intilish hissi o‘zining natijalarini beradi. Dars jarayonlarimizda qo‘llagan yangidan-yangi pedagogik texnologiyalar, dars usullari o‘quvchilarning o‘zlashtirishdagi yuqori ko‘rsatkichi bilan samarador usul ekanligini isbotlab berdi.
Ilgo‘r pedagogik texnologiyalar quyidagi hollarda samarali bo‘lishi isbotlangan:
-u DTS talabiga hamda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga asoslangan bo‘lsa;
-fanlararo uzviylikni yakka tartibda va guruhlarga qo‘llay olsa;
-oldindan o‘quv dasturiga mos ravishda rejalashtirilgan bo‘lsa;
-Darhaqiqat, bu omillar ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega .
Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni maktab amaliyotida qo‘llash, o‘quvchiga o’rganiladigan ilmiy tushuncha va qonuniyatlarni shunchaki o’rganib qolmasdan, balki uni keltirib chiqaruvchi sabablarni ham aniqlashtirishga yordam beradi.
I bob bo‘yicha xulosa
Ushbu bobda akademik litsey va umumta’lim maktablarida takrorlash darslarini tashkil qilish bo‘yicha innovatsion texnologiya tushunchasi va unga
berilgan ta’riflar, olimlaming qarashlari, innovatsion pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘rinishlari haqida, shunigdek, pedagogik texnologiyani ta’lim jarayonida qo‘llash xususida to‘xtaldik. Takrorlash darslari o‘tilgan mavzularni mustahkamlash uchun zarur o‘quv jarayoni sifatida amalga oshiriladi.
Amaliyotlar, tahlil va xulosalar shunga olib keladiki, o‘quv mashg‘ulotlari, shuningdek, tarbiyaviy jarayonning bir xilda takrorlanishi o‘quvchilarda loqaydlik, bilim olishga nisbatan mas'uliyatsizlik kayfiyatini hosil qiladi. Ayni vaqtda bunday holatning oldini olishning eng samarali yo‘li sifatida ta’lim muassalari faoliyatiga ilg‘or pedagogik texnoligiyalarni izchil va maqsadga muvofiq ravishda tadbiq etish e'tirof etilmoqda.
Ammo barcha ta’lim muassasalarida pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoniga to‘liq tadbiq etilgan, kutilgan natijalarga erishilmoqda, deya olmaymiz. Buning bir qator sabablari mavjud. Bu xususida yuqorida to‘xtalib o‘tdik. Shuni alohida qayd etib o‘tmoqchimanki, texnologik yondashuv asosida pedagogik faoliyatni tashkil etish individual va ijodiy xususiyatga ega. Shu bois ta’lim va tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish har bir pedagogning shaxsiy, imkoniyatlari, kasbiy mahorati, ijodkorlik layoqati darajasiga bog‘liq.
Shu bilan bir qatorda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali tadbiq ertish uchun zaruriy shart-sharoitlarning yaratilishi lozimligini ham yodda tutish lozim.
Umuman, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, takrorlash darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalar o‘quvchi faolligini oshirishga xizmat qiluvchi, erkin, ijodiy muhitni yaratuvchi, ta’lim samaradorligini kafolatlovchi, mahoratli o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqiladigan pedagogik tizim loyihasidir.

  1. bob. Takrorlash darslarini tashkil qilish usullari

  1. Fonetika, grafika orfografiya bo‘limlari yuzasidan takrorlash darslarini tashkil qilish

Fonetikani o’zlashtirish o’quvchilarning tafakkurini o’stirish bilan bevosita bog’langan. Buning uchun har bir nutq tovushi so’z tarkibida o’rgatiladi. Nutq tovushiga ko’ra so’z ma’nolarining o’zgarishi ustida mashq qilish (Un-en-in- o’n; il-ich-iz-in-ish), so’zlarni tovush va bo’g’inlarga ko’ra tahlil qilish, berilgan tovush va bo’g’inlar yordamida so’z, so’zlar ishtirokida gap tuzish o’quvchilarda analitik-sintetik faoliyatni tarbiyalaydi.
Nutq tovushlari, ularning o’zaro farqlari ustida mashq qilish natijasida o’quvchilarda, bir tomondan, lingvistik tushuncha shakllansa, ikkinchi tomondan, fonematik eshitish (nutq tovushini so’z tarkibida to’g’ri anglash, fahmlash, eshitish) taraqqiy etadi. Lingvistik tushunchalar haqida to’g’ri tasavvur hosil qilish, fonematik eshitishni taraqqiy ettirish o’quvchilarning til sezgirligini rivojlantiradi. Shunday qilib, fonetikaga oid nazariy bilimlarni o’rganish jarayonida o’quvchilarda orfoepik, grafik, orfografik malakalar hosil qilinadi.
Ona tili predmetida leksika materiallarini ikki bosqichda o’rgatish ko’zda tutilgan: birinchi bosqichda so’zning ma’nosi, ko’p ma’noli so’zlar, omonim, sinonim, antonim so’zlar, ularning uslubiy imkoniyatlari; ikkinchi bosqichda so’z va istiloh, tilning lug’at boyligi, lug’atning boyish manbalari va shu kabi mavzulari o’rgatish rejalashtirilgan.
O’quvchilar quyidagi muhim ko’nikmalarga ega bo’lishlari zarur: 1) hamma tovushlarni so’zdan tashqari ham, so’z ichida ham erkin va to’g’ri talaffuz qilish; 2) so’zning tovush tarkibini, undagi tovushlarning izchil tartibini aniqlash, so’zni bo’g’inga ajratish, urg’uli bo’g’inni ko’rsatish; 3) kesma harakatlardan so’z tuzish va uni yozish; 4) jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni farqlash; 5) hamma harakatlarni bilish; 6) bo’g’inlab (harflab emas) o’qish, ya’ni o’quvchilar ma’nosini tushunadigan ikki, uch, to’rt bo’g’inli so’zlarni, bo’g’inlar tarkibidagi harakatlar qanday bo’lishidan qat’iy nazar, bo’g’inlab yoki pozitsion o’qishni bilishi zarur; 7) so’zni va matnni qayta o’qiganda, asosiy orfoepik normani saqlash, oddiy holatlarda pauza qilish, logik urg’uni qo’ya bilish, oddiy ohangga rioya qilish; 8) o’qilgan matnning mazmunini tushunish, matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish, soddalashtirib qayta hikoyalash.
Ona tili darslari madsadga ko’ra to’rt tipga ajratiladi: yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash, o’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtiruvchi, bilim va malakalarni tekshirish darslari.
Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari ta’lim jarayonining eng ko’p qismini ishg’ol etadi. Bu dars tipining asosiy vazifasi tilning fonetik, leksik, so’z yasash, grammatik tomonlariga oid qonuniyatlarini, orfoepiya, orfografiya, punktuatsiya, uslubiyatga doir qoidalarni o’quvchilarga o’rgatish va ularni datslabki mustahkamlashdir. Yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayonida quyidagi vazifalar yechiladi:
-o’rgatilayotgan grammatik bilimlarning asosiy maqsadini anglash, shu bilimlarning nutq faoliyatidagi rolini fahmlash;
-mavzuga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish;
-o’rganilgan bilimni qayta xotirlash yo’lini, uni amaliyotda qo’llash usulini egallash.
Yangi bilimlarni o’rgatishda deduksiya va induksiya usulidan foydalaniladi. Hozirgi dastur va darsliklarda yangi bilimni asosan induksiya usuli bilan o’rgatish ko’zda tutilgan. Ma’lumki, deduksiya usulida umumiylikdan xususiylikka qarab boriladi. Induksiya usulida esa xususiylikdan umumiylikka qarab boriladi.
Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari o’z ichida ikki turga bo’linadi:
l.O’tilganlar takrorlangach, yangi o’quv materialini o’rgatish bosqichi boshlanadigan dars. Darsning bu turida o’rgatiladigan grammatik orfografik qoida, ta’riflarning mazmunidan kelib chiqib, mustaqil ish o’tkaziladi, topshiriqning natijasi iamoada tekshiriladi, tahlil qilinadi va unga tayanib o’quv materiali bayon qilinadi.
2.Yangi o’quv materialini o’rgatishdan boshlanadigan dars. Bu dars o’quvchilarning mustaqil faoliyatidan boshlanadi. O’quvchilar bajargan topshiriq va qoidalar ustida suhbat o’tkaziladi. O’quvchi o’quvchilarning xulosalariga, zarur bo’lsa, o’zgarishlar kiritadi va yakuniy xulosa chiqaradi. Keyin mustahkamlashga o’tiladi.
Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari. Bunday darslarda ma’lum mavzu yoki bo’lim bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlar qayta tizimga keltiriladi, mavzu yoki bo’lim yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi. Bunday darslar o’rganilgan bilim, hosil qilingan malakalarni tizimga keltirish, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning asosiy shakli hisobanadi. Ta’lim jarayonida bilimlar emipirik va tushuncha darajasida umumlashtiriladi. Emipirik umumlashtirishda o’rgatilayotgan hodisaning his qilingan xususiyatlari o’zaro taqqoslanadi, ikkilamchi bilimlar hisobga olinmaydi, o’xshash belgilar umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi.
Tushuncha darajasida umumlashtirishda ma’lum grammatik hodisaning his qilinayotgan konkret belgilari emas, balki uning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Bunda asos qilib olingan xususiyat o’rganilgan hodisalarning bir qanchasi uchun mushtarak hisoblanadi.
Bilim va malakalarni tekshirish darslari. Bu dars tipi ona tili ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday darslarda o’quvchilarning bilim va malakalarini qay darajada egallaganliklari aniqlanadi, o’tilgan mavzular bo’yicha bundan keyin qilinadigan ishlar belgilab olinadi, o’quvchilarga o’z bilimlaridagi yetishmovchiliklar ko’rsatiladi. Bunday darslarga diktant, insho va bayon yozdiriladigan darslar, test sinovi o’tkaziladigan darslar kiradi.
Ona tili o’qitish metodlari. Ona tili darslarida qo’llanadigan o’qitish metodlari nafaqat bilimlarni bayon qilish yoki uni mustahkamlashga xizmat qilishi, balki o’quvchilarning mustaqil bilim olishni ham hisobga olish, ta’lim jarayoniga izlanuvchanlik va tadqiqotchilik unsurlarini qo’shish orqali ulrni ijodiy faoliyatiga tayyorlash lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, ta’lim metodlarini ikki katta guruhga ajratsa bo’ladi:
l.O’qituvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar.
2.O’qituvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar.
O’quvchi faoliyati bilan bog’liq metodlarni:
1 .Bilimlami tayyor holda bayon etish;
2.Bilimlarini muammoli yo’l bilan bayon qilish metodlariga ajratsa bo’ladi. O’quvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar o’z navbatida qayta xotirlash, qisman izlanuvchanlik va izlashga asoslangan metodlarga bo’linadi.
Bilimlarni tayyor holda bayon qilish metodi. Bu metod ona tili darslarida eng ko’p tarqalgan metodlardan biridir. Bayon yordamida murakkabroq, ayniqsa, o’quvchilarga oldindan ma’lum bo’lmagan ma’lumotlar izohlanadi. Ko’pincha til hodisalarining mohiyatini tushuntirish, o’quvchilar bilimidagi bo’sh tomonlarni to’ldirish, qo’shimcha ma’lumot berish, savollarga javob qaytarish maqsadida bu metodga murojaat qilinadi. Bu metod ham ijobiy, ham salbiy tomonlarga ega. Uning ijobiy tomonlaridan biri vaqtni tejash imkoniyatini tug’diradi. Bu o’z navbatida bilim, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlash va ko’nikmalarni mustahkamlash va takrorlashga ajratilgan vaqt miqdorini ko’paytiradi. Bilimlarni tayyor holda bayon qilishining salbiy oqibatlaridan biri esa bu jarayonda o’quvchining fikrlash faoliyatni ma’lum darajada chegaralanishidir. Ko’p hollarda o’quvchi ta’lim jarayonining faqat tinglovchisiga aylanib qolishi mumkin. Bu metoddan foydalanish uchun quyidagilarga amal qilishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:

  • O’qituvchining nutq madaniyatiga e’tiborini kuchaytirish. O’qituvchining nutqi mantiqiy talablarga javob berishi shart: Sodda, mazmunli, ifodali, izchil nutq o’quvchilarda bilimga nisbatan kuchli qiziqish uyg’otadi;

  • O’quv materialini qatiy bir reja asosida bayon qilish (qat’iy reja asosida bayon qilingan fikrlarni o’zlashtirish o’quvchi uchun ancha qulay):

  • bilimlarni tayyor holda bayon qilish, ishontirish va asoslash. Ishontirish va asoslash o’rgatilayotgan materialga qiziqish uyg’otadi.

Yuqorida sanalganlardan tashqari til hodisalarini sharhlash maqsadida keltiriladigan misollarning ilmiy, badiiy va tarbiyaviy yo’nalishda bo’lishini ta’minlash, o’qituvchi bayoni bilan namoyish etiladigan vositalarni bir-biriga muvofiqlashtirish o’quvchining faollik darajasini oshiradi.

Yüklə 254,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə