Bob. Ona tili darslarida takrorlash darslarini tashkil qilish


«Aqliy hujum»ning birinchi bosqichini o’tkazishga oid tavsiyalar



Yüklə 254,65 Kb.
səhifə5/9
tarix29.11.2023
ölçüsü254,65 Kb.
#141444
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O1

«Aqliy hujum»ning birinchi bosqichini o’tkazishga oid tavsiyalar:
Muammoning aniq va ravshan qo’yish lozim!
«Aqliy hujum» o’tkazish uchun asos bo’lgan muammoning qisqacha mohiyatini katta qog’ozga (yoki doskaga, o’quv taxtasiga) katta harflar bilan yozib, hammaga yaxshi ko’rinadigan joyga osib qo’ygan ma’qul.
«Aqliy hujum» - bitta muammo! - har bir «aqliy hujum» faqatgina bitta muammoni hal etishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Shartlashuv - «aqliy hujum»ni o’tkazish tartibi va shartlari ishtirokchilarning har biri uchun aniq - ravshan, tushunarli bo’lishi kerak. Takrorlash darslarini tashkil qilishda “Aqliy hujum” shartlar asosida mashg’ulotni o’tkazish tartib - qoidalari tuziladi va qisqa ifodalangan qoidalarni hammaga ko’rinadigan joyga yozib qo’yish lozim.
Demokratiya - «aqliy hujum»ga hamma teng huquqli ishtirok etadi. «Aqliy hujum» vaqtida bemalol, erkin ravishda muloqot tortishishni ta’minlash uchun ishtirokchilarni davra shaklida joylashtirish tavsiya etiladi.
Bemalol, istalgan takliflarni taklif qilish va tanqid qilmaslik - «aqliy hujum»ning birinchi bosqichida birorta ham taklif muhokama etilmaydi va tanqid qilinmaydi. Kutilmagan g’oyalar taklif etish qo’llab -quvvatlanadi. Bu usul yordamida muammo yechimiga oid yetarli darajada ma’lumot to’planadi va o‘tilgan dars yuzasidan mavzu takrorlanadi. Qancha ko’p g’oya va fikrlar bildirilsa, shuncha yaxshi. Bildirilgan g’oya va fikrlarni to’ldirish va yanada kengaytirishga imkoniyat beriladi.
Asoslamaslik - biror bir g’oyani taklif etgan kishi o’z yechimini asoslamasligi va o’zi ham o’zgalar fikrini muhokama qilmasligi lozim. Chunki bu holat boshqa g’oyalar tug’ilishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Rasmiylashtirish - har bir fikr, taklif va g’oyalar yozib borilishi lozim. O’qituvchi birinchi bosqich davomida bildirilgan g’oyalarni yozib boruvchi kotibni belgilashi lozim. Takrorlash darslarini tashkil qilishda “Aqliy hujum”da g’oyalarni doskaga yozib borish lozim. Vaqtni tejash hamda o’z fikrini bemalol bayon etish uchun ishtirokchilarga o’z g’oyalarini qog’ozga yozib, sinf doskasiga skotch yordamida yopishtirib qo’yishni ham tavsiya etish mumkin. Bunda quyidagi tartibga amal qilish lozim: bir varaq - bitta g’oya - bitta so’z (ibora).

Yüklə 254,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə