Bob. Ona tili darslarida takrorlash darslarini tashkil qilish


Fonetika, grafika orfografiya bo‘limlari yuzasidan takrorlash darslarini tashkil qilishda “Suhbat metodi”



Yüklə 254,65 Kb.
səhifə3/9
tarix29.11.2023
ölçüsü254,65 Kb.
#141444
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O1

Fonetika, grafika orfografiya bo‘limlari yuzasidan takrorlash darslarini tashkil qilishda “Suhbat metodi” tajribada eng ko‘p qo‘llaniladigan va samarali metodlardan biridir. Bu ko‘pincha savol-javob metodi deb ham yuritiladi. Chunki mazkur metod dars jarayonida savol-javob vositasida olib boriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga savol berib yoki ilgari o‘zlashtirgan bilimlarini eslariga tushirish, yoxud mavjud bilimlar asosida yangi mavzulardan tegishli xulosa va natijalar chiqarish, umumlashtirish, shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlariga tayanib, yangi xulosalar chiqarishni taklif etish yo‘li bilan bilim, ko‘nikma va malakalar berishi nazarda tutiladi. Suhbat quyidagi maqsadlarda olib borilishi mumkin:

  • o‘tilgan mavzuning mazmuniga bog‘liq holda o‘quvchilarning hayotda kuzatgan va tajribada ishlatgan fakt (dalil), narsa va hodisalardan nimalarni bilganliklarini aniqlash;

  • o‘tilgan mavzu va, hatto ilgari o‘tilgan materiallami (ma’lumotlarni) qayta esga tushirish;

  • o‘quvchilarning bayon qilinayotgan ma’lumotni qanchalik idrok qilayotganliklarini aniqlash;

  • o‘tilayotgan mavzuga oid ma’lumotlar haqida suhbat olib borish;

  • bayon qilinayotgan ma’lumotni takrorlash va mustahkamlash;

  • o‘tilayotgan mavzu yuzasidan xulosa chiqarish, umumlashtirish, qoida va ta’riflar ustida ishlash;

  • o‘zlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni hisobga olish;

  • uyga berilgan topshiriq va mustaqil o‘rganilgan ma’lumotlar haqida suhbat o‘tkazish.




Suhbat metodi o‘qituvchi faoliyatining yangi-yangi qirralarini ochib beradi va bir maqsadga qaratilgan mustahkam harakat birligini tug‘diradi.


Suhbat metodini tashkil qilishda darslik asosiy vosita hisoblanadi.
Ta’lim tizimida darslik bilan ishlash metodi asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Binobarin, darslikdan foydalanmay biror fan, texnika yoki san’at sohasini egallab bo‘lmaydi. Darslik bilan ishlash ta’lim jarayonida o‘qish- o‘qitish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yordam bersa. ikkinchi tomondan, o‘quvchilarning kelajakdagi faoliyati uchun zarur bo‘lgan ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni mustaqil o‘qib-o‘rganish madaniyatini tarkib topdirish bilan birga u bolalarni ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishda katta ahamiyatga ega. O‘quv adabiyoti bilan ishlash murakkab psixik jarayonni o‘z ichiga oladi. O‘qish jarayoni o‘qituvchi tomonidan bayon qilinayotgan bilimlarni o‘quvchilarning eshitib, o‘qishlarinigina emas, balki o‘quv materiallarini (ma’lumotlarni) kitob matnidan ko‘rib, ongli idrok qilish
faoliyatini ham taraqqiy ettirishni nazarda tutadi. Fonetikani o‘qitishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:


Yüklə 254,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə