Bob. Ona tili darslarida takrorlash darslarini tashkil qilish



Yüklə 254,65 Kb.
səhifə1/9
tarix29.11.2023
ölçüsü254,65 Kb.
#141444
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
O1

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

MUNDARIJA
KIRISH.
BMIning umumiy tavsif

  1. bob. Ona tili darslarida takrorlash darslarini tashkil qilish.

  1. .l.Takrorlash darslarining maqsad va vazifalari

  1. Takrorlash darslarini tashkil qilishda innovatsion texnologiyalardan

foydalanish

  1. bob. Takrorlash darslarini tashkil qilish usullari.

  1. Fonetika, grafika orfografiya bo‘limlari yuzasidan takrorlash darslarini

tashkil qilish

  1. Morfemika, so‘z yasalishi bo‘limlari yuzasidan takrorlash darslarini tashkil

qilish

  1. Leksikologiya bo‘limi yuzasidan takrorlash darslarini tashkil

qilish

  1. Morfologiya bo‘limi yuzasidan takrorlash darslarini tashkil qilish

XULOSA.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish
Mamlaktimiz mustaqillikka erishgach, til siyosatida jiddiy o'zgarishlar yuz berib, o'zbek tili va tilshunosligining rivojlanishi yo'lida yangi davr boshlandi: o'zbek adabiy tili ijtimoiy vazifalari doirasining mislsiz kengayishi yo'lida katta imkoniyatlar ochildi.
So‘nggi yillarda jamiyatimizda bo‘layotgan tub o‘zgarishlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o‘z aksini topmoqda. Ilm-fan va texnikaning jadallik bilan taraqqiy etishi yangidan-yangi kashfiyotlarni yuzaga keltirmoqda. Bu esa jamiyat taraqqiyoti uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu haqda Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ”Umuman, men fanni ilg‘or, taraqqiyot, progress degan so‘zlar bilan yonma-yon qabul qilaman. Fanning vazifasi kelajagimizning shakl- shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo‘nalishlarini , tabiiy qonuniyatlarini uning qanday bo‘lishini ko‘rsatib berishdan iborat, deb tushunaman. Fan jamiyat taraqqiyotini olg‘a siljituvchi kuch, vosita bo‘lmog‘i lozim”1 deb ta’kidlaydi.
Ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda jamiyatning ilg‘or taraqqiy etishi, avvalo, fanning oldiga mazmunan va mohiyatan yetuk tadqiqotlar yaratish talabini qo‘ymoqda. Bu ilm-fanning barcha sohalarida, jumladan, mumtoz adabiyot sohasida ham yangicha yondashish va zamon talabiga javob beradigan yetuk tadqiqotlarni yaratish lozimligini ko‘rsatadi.
Qolaversa, “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish” to‘g‘risidagi farmonda ham zamonaviy ta’lim talabi o‘rinli ta’kidlab o‘tilgan: “o‘zbek tilining asl tabiati va xususiyatlarini to‘la aks ettiradigan mukammal akademik va o‘quv grammatikalarini yaratish, uning tovushlar tizimi va ularning yozuvda aks etishi, joriy imlo qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash, turli mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha lug‘at va qomuslar, risola va darsliklar yaratish; umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishnin g yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalami keng joriy etish2” bugungi kunda universitet jamoasi, qolaversa, milliy til jonkuyarlari turgan eng dolzarb vazifalardandir. Ushbu farmon filologik ta’limda millat universitetini tashkil qilish bo‘yicha tarixiy voqea bo‘ldi.
Ta’lim-tarbiya mushtarakligida, yoshlar ongida ezgulikning singdirilishida adabiyotning o‘rni beqiyos. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2016 yil 19 oktabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s'yezdidagi saylovoldi m a’ruzasida bildirilgan ayrim fikrlari mazkur mavzuda keng mushohada qilindi. Ma’ruzada bugungi kunda axborot - kommunikatsiya texnologiyalari, Internet tizimini keng rivojlantirmasdan turib, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, barqaror taraqqiyotga erishish haqida so‘z yuritish mumkin emasligiga e'tibor berilgan.
«Yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ’ib qilishga alohida e'tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi”3

  1. bob. Ona tili darslarida takrorlash darslarini tashkil qilish


    1. Yüklə 254,65 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə