Bob. Ona tili darslarida takrorlash darslarini tashkil qilish


Vaqtni chegaralab qo’yish



Yüklə 254,65 Kb.
səhifə6/9
tarix29.11.2023
ölçüsü254,65 Kb.
#141444
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O1

Vaqtni chegaralab qo’yish - g’oyani ifodalash uchun juda qisqa vaqt ajratilishi zarur.
Nazorat qilish va tartibga solish - «aqliy hujum»ning birinchi bosqichi odatda kuchli emotsional - ruhiy vaziyatda o’tkazilgani uchun, o’qituvchi mashg’ulotning borishini nazorat qilishi hamda o’quvchilarning bir -birlari bilan bahslashish, munozara qilish va bir -birining gapini bo’lishga yo’l qo’ymasligi kerak. Ikkinchi bosqichda, ya’ni g’oyalarni tahlil qilish bosqichida taklif etilgan yechimlar, qarorlar muhokama etiladi, guruhlarga ajratiladi. Takrorlangan fikrlari birlashtiriladi, eng asosiy 3ta g’oyalar saralanadi (makrosaralash).
So’ngra tanlab olingan asosiy g’oyalardan eng maqbullari yana
saralanadi. (mikrosaralash). Mikrosaralash davomida ajratib olingan qarorlarning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari va cheklangan tomonlariga baho berib chiqish mumkin.
Takrorlash darslarini tashkil qilishda “Aqliy hujum” o‘qituvchi qo‘ygan savol yoki muammo yuzasidan har bir o‘quvchi o‘z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o‘quv uslubidir. Uslub mohiyati «Bir fikr yaxshi, yigirma beshtasi undan yaxshi» prinsipi bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantini bir yerga jamlay olishda bo‘lib, istisno tariqasida ta’lim oluvchilarning barcha fikrlari, jumladan, aytarli to‘g‘ri bo‘lmaganlari ham inobatga olinadi. Bayon etilgan fikrlar keyingi tahlilda o‘quvchilarning qo‘yilgan savol yoki muammoni to‘g‘ri tushunishlariga imkon beradi.
Qo‘llanilishi:
-savol, topshiriq yoki muammoni hal qilishda fikrlami erkin aytishda;
-muammoni hal qilish qobiliyatini oshirishda;
-o‘quvchilarning faolligini oshirishda;
-fanga kirish va asosiy mavzu mazmunini bilib olishda.
Afzalligi:
-aytilgan fikrlar tanqid va muhokama qilinmasligi yoki baholanmasligi;
-o‘quvchilarni mazmunning ilmiyligiga chukurroq jalb qilinishi;
-belgilangan vaqt doirasida barcha xohlovchilarga o‘z fikrlarini bayon etish imkoniyatining berilishi.
Takrorlash darslarida “Aqliy hujum” ni tashkil qilishda hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining ancha imkoniyati keng. “Aqliy hujum” usulida takrorlash savol-javoblari uyushtirilganda sinf yoki guruh a’zolari kichik guruhlarga bo‘linadilar, ular o‘rtasida do‘stona raqobat faqat bilimga qaratilgan bahslarda davom etadi. “Kichik guruhlarda ishlash” usuli bilan tanishamiz.
O’quvchi mayda guruhlarda ishlanganda, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo’lishga, bir -biridan o’rganishga va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo’ladi.

Yüklə 254,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə