Bob. Ona tili darslarida takrorlash darslarini tashkil qilish


Guruhlarda ishni qanday o’tkazish kerak?



Yüklə 254,65 Kb.
səhifə8/9
tarix29.11.2023
ölçüsü254,65 Kb.
#141444
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O1

Guruhlarda ishni qanday o’tkazish kerak?
O’quv jarayonining texnologik xaritasi bilan, ta’limning guruhli shaklidai foydalangan holda tanishib chiqing. Bu, ta’limning ushbu tashkiliy shaklin amalga oshirish jarayonini yorqin ko’z oldingizga keltirish imkoniyatini beradi.

  • Tadqiqot va loyiha usullari

Tadqiqot va loyiha usullari o’zlashtirish darajasining eng yuqori cho’qqisi hisoblanadi. Bu usul bilan dars o’tilganda o’quvchilar olgan bilimlari asosida hali o’rganilmagan kichik bir masala ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishadi, masala yechimiga doir keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida to’g’ri yoki noto’g’riligini tekshirishadi va isbotlashadi.
Usulning bosqichlari:

  • darsda hammaga qiziqish uyg’otadigan biror geometrik shaklning xossasi yoki u haqidagi masalani qo’yish,

  • uni o’rganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar to’plash,

  • muammo yoki masalaning yechishga oid taxminlar, bashoratlar qilish,

  • har bir bashoratning qanchalik to’g’riligini to’plangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va isborlash,

  • takrorlash va xulosa chiqarish;

  • sinf oldida taqdimot qilish.

Guruhlarda tashkil qilinadigan interfaol usullardan namunalar keltiramiz:

  1. guruhga: Nuqtalar o’rnini to’ldiring.

m..l..k.. , m..l, p..l..v, m..n s..l...m, k..n, s..ch..q, s..y, m..d..ni..t, s..v, m..o..if, k..l.
x..l.. , k..t..b, sh..i.. , s..g.. , k..ch.. , q..y..n s..m..l..k, m..h..a.. ,t..g’, s..r..q, d..l.. , y..m..i.., ..l..n, d..l, h..jj..t, q..rh..rr t, q..sh, x..s..ya..,
i..k..n..y..t, i..t..h..n, , d..v..r , s..v..l, h..v..i, m..sh..n.. ,
o..z..d.., a..a..i..t, k..y..l..k, m..q..l, V..t..n

  1. guruhga. Ma’nodoshini toping.

A’lo— Keksa— Yuz—
Nam— Ma’no— To’satdan—
Gap— Dangasa— Oftob--
Vatan er aka-uka
katta— sovuq--

  1. guruh atamalarga izoh beradi.

Zid ma’noli so’zlar—
Ma’nodosh so’z—
Shakldosh so’z (omonim) —
Gap markazi(kesim)
So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxs

  1. guruhga topshiriq: Gaplarni toping.

Sariq ko’ylak—ko’ylak sariq. Qiziqarli kitob-- kitob qiziqarli.
Keng dala, dala hosildor, ilg’or o’quvchi
O’quvchi a’lochi, Toza uy, Uy saranjom, Paxta dalasi, Paxtalar ochildi, Sevimli bayram. Bayramga kel. Bizning sinf. Sinfimiz ahil. Ko’chalar supurildi. Yomg’ir yog’di. Olimlar keldi. Donishmandlar so’zi. Maqollar kitobi. Mustaqillik maydoni. Tog’ yon bag’ri.
Yakka tartibda mustaqil ishlash uchun didaktik materiallardan foydalanish mumkin. Shu kabi interaktiv metodlar o‘tilgan darslarni takrorlash uchun yaxshi samara beradi.

  1. Leksikologiya bo‘limi yuzasidan takrorlash darslarini tashkil qilish

Leksikologiyani bilish maktabda lug’at ishi (sinonim va antonimlar, so’zlarning tematik guruhlariga oid xilma-xil mashqlar o’tkazish, ko’p ma’noli so’zlar, ularning ma’no ottenkalari ustida ishlash)ni to’g’ri tashkil etish uchun juda muhimdir.
Tushunchani shakllantirishning turli bosqichida ko’rgazmalilikdan foydalanish katta ahamiyatga ega. Tushuncha belgilari bilan tanishtirishning boshlang’ich bosqichida ko’rgazmalilikdan o’rganiladigan hodisannng belgilarini nutqda aniq ko’rsatish maqsadida foydalaniladi. Til tushunchalarini shakllantirishda foydalaniladigan ko’rgazmali vositalarning o’ziga xos xususiyati o’rganiladigan ob’ekt hisoblangan so’z, so’z birikmasi, gap, gap bo’lagi va boshqalarga mos bo’ladi. Shunday ekan, ko’rgazmali vositalarga jadval, chizma, biror predmet, uning rasmi bilan bir qatorda til materialning o’zi ham kiradi. Tanlangan matnlar, alohida so’z va gaplarda o’rganilayotgan hodisa aniq va lo’nda berilgan, nutqiy vazifasi va grammatik xususiyati ravshan ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Bu ichki ko’rgazmalilik o’quvchilarga tushuncha belgilarini mavhumlashtirish, o’rganilayotgan hodisani biror tomondan o’xshashi bo’lgan boshqa hodisalar orasidan topish imkonini beradi. Masalan, o’zakdosh so’zlarni o’rganishda tarkibida bir necha o’zakdosh so’z bo’lgan matndan foydalanish maqsadga muvofiq: 1. Maktabimiz hovlisida katta gulzor bor. Unga har xil gul ekilgan. Gullarni gulchi o ’quvchilar parvarish qiladilar. 2. Rahimning otasi zavodda ishlaydi. U ilg’or ishchi. Rahimning o ’zi ishchan bola. Bu ikki matnda uchtadan o’zakdosh so’z bo’lib, ularning ikki muhim belgisi (bir xil umumiy qismga egaligi va ma’nolaridagi o’xshashlik)ni hisobga olgan holda, o’zakdosh so’zlar yuzasidan umumlashtirish imkoni tug’iladi. Bundan tashqari, o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida o’zakdosh so’zni shu so’zlarning bir shakli bo’lgan so’z (gullarni) bilan taqqoslab, o’zakdosh so’zlar bilan so’z shakli o’rtasidagi farq haqida elementar tushunchaga ega bo’ladilar.
Tushunchaning mohiyatini ochishga qaratilgan vazifalarning o’zi o’quvchilarni ularni bajarishga undashi, majbur etishi lozim. Bu bilan tushuncha ko’rgazmaliligi ta’minlanadi. Masalan, gapnnng uyushiq bo’laklari tushunchasining mohiyatini ochishda ikki-uch gapdan bitta gap tuzish vazifasini berish maqsadga muvofiq. Masalan, Bahorda biz qaldirg ’ochlarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz maynalarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz chug’urchuqlarni quvonib kutib olamiz. - Bahorda biz qaldirg’ochlarni, maynalarni, chug’urchuqlarni quvonib kutib olamiz. Gaplar gap bo’laklari jihatidan tahlil qilinadi; o’quvchilar uchala gapda takrorlangan so’zlarni aytadilar; bunday hollarda kishilar uch gap o’rniga bitta gapdan foydalanishlarini tushunadilar. Shunday qilib, ular uch gapdan bitta gap tuzadilar, uni gap bo’laklariga ko’ra tahlil qiladilar, chizmasini tuzadilar. Bu vazifalarni bajarish bilan o’quvchilar ko’rgazmali xulosa chiqaradilar: bir kesimga bir necha ikkinchi darajali bo’lak bog’lanishi va ular bir xil so’roqqa (nimalarni?) javob bo’lishi mumkin; bir bo’lakka qarashli va bir xil so’roqqa javob bo’lgan bunday so’zlar gapning uyushiq bo ’laklarideyiladi. Yuqorida keltirilgan misollarda foydalanilgan ko’rgazmalilik o’rganilayotgan til hodisalarining belgilarini ajratishga qaratilgan, ya’ni ko’rgazmalilikdan tushunchani ta’riflashdan oldin foydalanilgan.
„Eslab qolish“ va „Xotira“ usullaridan foydalanish mumkin. O’quvchilarning qo’liga kichik matn berildi. O’quvchilar matnni o’qib chiqib, gapirib beradilar. Bir daqiqada nechta so’z aytilganligi hisoblanib, so’zlar soni aniqlaniladi.
«So’z top» usuli. Alifbodagi harflar yozilgan tarqatma materiallar stol ustida turadi. 2 guruhdan ikki o’quvchi chiqib harf tanlaydi. Tanlangan harf qatnashgan. so’zlar ikki usulda yoziladi. Masalan:
1-guruh «В» harfi 2-guruh ”Sh” harfi
Bola shamol
Bosh sharif
Boshliq shakar
”Uchlik, to’rtlik, beshlik” o’yini. Berilgan so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi
tuzish kerak.
Uchlik o’yini



2-guruh non ota nam

non
1-guruh
No'n
Ona^ non
Nok
To’trtlik

1-guruh
olma
olma J lola mart
2-guruh
olma
olma lupa
mart
anor alla
Boshqotirma”
Ushbu o’yinda har bir harf uchun 3 ta so’z topiladi. Birinchi bo’g’in hammasi uchun umumiy bo’ladi. Keyin tuzilgan so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi

tuzish topshirig‘i beriladi.







Val

liq

ris

Av - lod

Ba- qa

vo - diy

Liyo

ho

ha

Nuqtalarni to’ldiring.










Ikkita I unlisi qatnashgan so’zlar va so‘zlardan so‘z birikmasi hosil ettirish o‘quvchidan chaqqonlikni va bilimdonlikni talab qiladi.



i..

i.

...i..

i

i..

i.

...i..

i

i.

i.

...i..

i




1. «Zinapoya» usuli. Bu usuldan deyarli qar bir darsda foydalanish mumkin. Ko‘rgazma taxtaga ilib qo’yiladi.


Antonim so’zlar o’rganilganda, antonim juftliklarning bittasini «zinapoya» katakchasiga solib qo’yamiz. Juftliklarning ikkinchisini o’quvchilar topish topshiriladi.
Bu ish guruhlarda bajarilsa, qaysi guruh bosh zinaga tez chiqsa, o’sha guruh g’olib bo’ladi.



Darsda foydalanish uchun ko’rgazma material tanlashda o’qituvchi qo’yilgan maqsadga ko’ra o’quvchilar nimani bilib olishlarini aniq ko’z oldiga keltirishi kerak. Bir ko’rgazma materialdan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, predmet yoki uning rasmidan so’zning leksik ma’nosini tushuntirishda ham, grammatik tushunchani shakllantirishda ham foydalanish mumkin. O’quvchilarni sifatning nutqdagi ahamiyati bilan tanishtirish uchun o’qituvchi berilgan predmetni tasvirlash, uning belgilarini aytish vazifasini topshiradi. O’quvchilar har qanday predmetni tasvirlash uchun o’z nutqlarida sifatlardan foydalanadilar. Bu - tabiiy. O’qituvchi “Predmetni tasvirlashda siz qaysi so ’zlardan foydalandingiz? Nima maqsadda? ’’ kabi savollar berib, bolalar diqqatini o’rganiladigan grammatik tushunchaning (bu o’rinda sifatning) belgilariga qaratadi. O’quvchilar predmetni tasvirlash uchun qaysi sifatlardan bir predmetni boshqasidan ajratish maqsadida foydalanganliklarini aytadilar. Bu misolda ko’rgazmali material nutqda grammatik tushuncha (sifat)ning rolini kuzatish maqsadida foydalaniladi va o’quvchilar aniq materialdan umumlashtirishga o’tadilar.


Tushunchani shakllantirishni uchun jadval va chizmalardan keng foydalaniladi. Bu ko’rgazmalardan ko’proq tushuncha belgilari ajratilgandan so’ng mavhumlashgan belgilarni umumlashtirish, ular o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Shunday qilib, grammatik tushunchani o’zlashtirishga yordam beradigan asosiy metodik shartlar o’quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularni yangi bilim olish uchun qiziqtirish, o’quvchilarning nutqiy tajribasiga tayanish, bilimlarning tizimliligi, o’quvchilarda til birliklariga lingvistik munosabatni shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash hisoblanadi.



Yüklə 254,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə