Bolalar sporti asoslari


Jismoniy qobiliyatlarning ko`chishi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə62/145
tarix31.12.2021
ölçüsü1,76 Mb.
#81154
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   145
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO (8)

Jismoniy qobiliyatlarning ko`chishi. Turli jismoniy qobiliyatlar bir-birlari bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Bir qobiliyatning rivojlanish darajasidagi yo`naltirilgan o`zga-rish boshqasining rivojlanish darajasida o`zgarishlar sodir bo`li-shiga olib keladi. Bu hodisa “jismoniy qobiliyatlarning ko`chishi” deb ataladi.

Ko`chish ijobiy va salbiy bo`lishi mumkin. Ijobiy ko`chishda bir qobiliyatning rivojlanishi boshqasining takomillashuviga ta’sir ko`rsatadi. Masalan, “portlovchi” kuchning ortishi – hara-katlar tezligiga. Salbiy ko`chishning xususiyati shuki, bir qobili-yatning rivojlanishi ikkinchisining o`sishini sekinlashtiradi yoki uning rivojlanish darajasini pasaytiradi.

Ko`chish bir tarkibli va har xil tarkibli bo`ladi. Bir tarkibli ko`chishda bir xil qobiliyat darajasining qo`llanilayotgan va qo`llanilmayotgan mashqlar orqali ortishi kuzatiladi. Masalan, osilib turgan holda qo`llarni bukib – yozish orqali kuch chidamli-ligi ortadi; xuddi shu qobiliyat qo`lga tayangan holda ularni bukib – yozish chog’ida ham rivojlanadi. Har xil tarkibli ko`chishda bir qobiliyatning rivojlanishiga olib keladigan mashg’ulot xuddi shu qatori boshqa jismoniy qobiliyatlar darajasining ham o`zgarishi-ga olib keladi. Masalan, blokli qurilmada shug’ullanganda qo`l bu-kuvchilarining izometrik kuchi ortar ekan, bu kuch chidamliligi-ning ham oshishini ta’minlaydi.

Ko`chish yana ikki tomonlama (masalan, agar kuch qobiliyatlari rivojlantirilganda, tezlik qobiliyatlari ham takomillashsa, tezlik qobiliyatlari takomillashtirilganda esa kuch qobiliyatlari ham rivojlanib boradi) va bir tomonlama (masalan, harakat tezkor-ligi rivojlantirilganda, reaktsiya vaqti ham takomillashadi, lekin reaktsiya vaqtini yaxshilashga yo`naltirilgan mashqlar harakat tezkorligi rivojiga mutlaqo ta’sir ko`rsatmaydi) bo`ladi.

Nihoyat to`g’ridan to`g’ri va bilvosita ko`chish turlari ajrati-ladi. To`g’ridan – to`g’ri ko`chishda bir qobiliyatning rivojlanish da-rajasi ko`tarilsa, bu boshqa qobiliyatning rivojida bevosita aks etadi. Masalan, qisqa masofalarga yuguruvchilar oyoq mushaklari-ning tezlik – kuch tayyorgarligi darajasi ortsa, yugurish tezligi ham kuchayadi. Bilvosita ko`chishda qobiliyatning takomillashuvi uchun faqat sharoit yaratiladi. Masalan, sprinter oyoqlarining mak-simal kuchi tezkor yugurish natijasi bilan hech qanday to`g’ridan -to`g’ri aloqaga ega emas.

Lekin uning sakrash mashqlari bilan bog’liqligi borki, ularning natijalari, o`z navbatida, tezkor yugurish bilan ancha mustahkam aloqada hisoblanadi. Shuning uchun oyoqlarning mak-simal kuchini rivojlantirishga yo`naltirilgan darslar tezlik - kuch qobiliyatlari uchun funktsional baza yaratishga yordam beradi, ular esa pirovard natijada yugurish tezligini belgilaydi. Ko`chish turlarining ta’siri ko`pgina sport turlarida maxsus va umumiy jismoniy rivojlantirish vazifalarini hal etishda qo`llaniladi.

Bir xil qobiliyatlarning boshqalariga ko`rsatadigan ta’sir kuchi va xususiyatlari ko`p jihatdan quyidagi omillarga bog’liq:

1.Pedagogik ta’sirotning ustun yo`nalishlari va ularni rivojlantirib navbatlashga (masalan, tezlik va kuch, chidamlilik qobiliyatlarini barobar talab qiluvchi mashqlardan iborat dars ulardan faqat bittasini hatto ikki barobar oshirilgan yuklama bilan rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotdan ko`ra yaxshiroq natija beradi).

2.Shug’ullanuvchilarning jismoniy tayyorlik darajasiga (jismoniy tayyorlik darajasi past bo`lganda, bir qobiliyatning rivojlanishi odatda boshqalarining ham rivojlanish darajasi ortishiga olib keladi, biroq keyinchalik qobiliyatlarning bunday muvoziy tarzda o`sishi to`xtab qoladi).

Jismoniy qobiliyatlarning “ko`chishi” jiddiy pedagogik aha-miyatga ega. Shu hodisa tufayli jismoniy mashqlarning nisbatan tor doirasi bilan shug’ullangan holda harakat faoliyatining har qanday turini muvaffaqiyatli o`zlashtirib olish mumkin. Bu imko-niyat jismoniy tarbiya amaliyotida kishilarni mehnat, sport fao-liyatiga, harbiy ishga tayyorlashda qo`llaniladi.

Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantrishda yosh xususiyatlari

Yosh sportchilarni tayyorlash ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun rivojlanishning yosh xususiyatlarini, tayyorgarlik darajasini, tanlangan sport turi xususiyatlarini, jismoniy sifatlar rivojining o`ziga xos jihatlarini, harakat ko`nikma va malakalarining shakllanishini sinchiklab hisobga olish zarurdir.

Murabbiyning yosh zonalarini bilishi ko`p yillik mashq jarayonini yaxshiroq tizimlashtirishga imkon beradi. Biroq yosh ko`p yillik mashg’ulotning oqilona tizimi qurishda e’tiborga olish zarur bo`lgan yagona omil emas. Sportchilarning alohida jismoniy qobiliyatlarini, jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun eng qulay davrlarni, shuningdek, texnik – taktik faoliyatlarni sifatli o`zlashtirish uchun moyillikni ham chuqur o`rganish lozim. Yoshlik davrida barcha jismoniy qobiliyatlar zahirasi mavjud bo`ladi. Buning uchun oqilona va muntazam pedagogik ta’sirotlar ta’daq-langan bo`lishi kerak. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyat-larini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik ta’sirot yoshga mos rivojlanish jarayonining u yoki bu pog’onasida o`sishi eng yorqin ifodalangan qobiliyatlarning to`la namoyon bo`lishiga yordam beradi. 2-jadvalda maktab yoshidagi bolalar harakat faoliyatlarining rivojlanishidagi sezgi bosqichlari topografiyasi berilgan.

Yuqoridagi qatorda o`g’il bolalarda harakat faoliyati rivoj-lanishining sezgirlik bosqichlari, pastki qatorda esa qizlardagi xuddi shunday bosqichlar ko`rsatilgan. Mazkur ma’lumotlarning hisobga olinishi trenerga u yoki bu jismoniy qobiliyatlarning o`sishidagi to`xtab qolishlarga barham berish imkoniyatini yaratadi.

Jismoniy qobiliyatlar tushunchasiga aynan harakat faoliyatining namoyon bo`lishi bilan birga bu namoyon bo`lishning o`ziga xosligini belgilovchi ruhiy – fiziologik xususiyatlar ham kiradi.

Kuchning miqdoriy o`lchami sifatida mushak zo`riqishining kattaligi xizmat qiladi; tezkorlikning o`lchami – mushak qisqa-rishlari tezligi, uning yashirin davri, shuningdek, muayyan masofa kesmasida harakatlanish tezligi; chidamkorlikniki – mushak ishi-ning bajarilish davomiyligidir. Periferik harakat apparati, ichki organlar faoliyatining holati, biokimyoviy jarayonlar har bir jismoniy sifatning namoyon bo`lishida o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`ladi. Jismoniy sifatlarning takomillashuvida ongli irodaviy nazorat katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, tezlik chidamliligining namoyon bo`lishi bilan bog’liq ish jarayonida tang holatni engib o`tish malakasi 400-1500 m ga yugurishdagi muvaffa-qiyatni jiddiy darajada oldindan belgilab beradi.

Jismoniy sifatlarni rivojlantirishning tuzilishga xos asoslari tayanch – harakat apparati, markaziy va periferik asab tizimi, ichki a’zolardagi ijobiy morfologik hamda biokimyoviy o`zgarishlar bilan bog’liq. Demak, jismoniy sifatlarning rivoj-lanish darajasi somatik hamda vegetativ faoliyatlarning muvo-fiqligiga to`g’ridan – to`g’ri aloqador ekan.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə