Chet el adabiyoti



Yüklə 410,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix26.11.2017
ölçüsü410,48 Kb.
#12439
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

 

 

26 



 

qamish"  masalida  mag'rurlik  masxara  qilingan,  saroy  tekinxo'rlarini  qoralagan 

"Pashsha  bilan  chumoli",  adolatsiz  sudni  tanqid  ostiga  olgan  "Maymunlar  sudida 

tulkiga  shikoyat  bilan  chiquvchi  bo'ri",  absolyut  hokimiyat  zulmiga  ishora 

qiluvchi  "Kasal  arslon  va  tulki",  shuningdek,  ruhoniy  va  dvoryanlarning 

yovuzliklarini  fosh  etuvchi  bir  qator  masallari.  Ijodining  keyingi  davrlaridagi 

masallarida  satiraning  keskinlashishi,  realistik  tasvirning  ustunligi.  Lafonten 

masallarining  soddaligi,  ijtimoiy  hayotni  keng  qamrab  olishi,  mehnatkash  omma 

manfaatlarini himoya qilishi. Lafonten masallari o'zbek tilida. Lafonten va o'zbek 

masalchiligi. 

 Bualo  -  klassitsizm  adabiy  uslubining  yirik  nazariyotchisi.  Bualo  satiralari. 

Didaktik poemasi "Poeziya san'ati". Uning estetik qarashlari, realistik g'oyalarning 

cheklanganligi. Bualo absolyutizm g'oyalarining maddohi. 

 Jan  Rasin  -  XVII  asr  fransuz  dramaturgi.  Fransuz  absolyut  monarxiyasi 

ziddiyatlari  keskinlashgan  davrda  Rasin  ijodi.  Rasin  dunyoqarashidagi  qarama-

qarshiliklar.  Rasin  -  xalqchillik  g'oyalarining  himoyachisi.  Asarlarida  hukmron 

doiralarning  zo'ravonlikka  asoslangan  siyosatlarini  qoralaydi  ("Andromaxa", 

"Britannik",  "Fedra").  Zolimga  aylangan  mutlaq  hokimning  xatti-harakatlarini 

qoralovchi "Britannik", saroydagi axloqiy tushkunlikning fosh qilinishi ("Fedra"). 

Rasin  ijodining  so'nggi  davri  tragediyalarida  tavrot  mavzulariga  murojaat  qilishi. 

Rasin tragediyalarining xalqchilligi. Rasinning fransuz dramuturgiyasiga qo'shgan 

hissasi. 

 15- mavzu: 

  XVIII ASR YeVROPA MA'RIFATChILIK DAVRI ADABIYoTI  

 Reja: 

 1. D. Defo ijodi. Robinzon Kruzo 



 2. Fransuz adabiyotida adabiy okimlar 

 3. Nemis ma'rifatchilik adabiyoti  

 XVIII  asr  ma'rifatchilik  oqimi  ko'pgina  Ovro'po  mamlakatlarining  ijtimoiy 

hayotida  katta  burilish  bo'ldi.  XVIII  asr  ma'rifatchilarining  faoliyatlari  turli 

mamlakatlarda  turlicha  bo'lishiga  qaramay,  ularning  asosiy  tarixiy  vazifalari  bir 

bo'lgan. XVIII asr ma'rifatchilarining faoliyati jo'shqin va xilma-xildir. Uyg'onish 

davridan  boshlab  Ovro'po  hech  qachon  ijtimoiy  va  madaniy  hayotda  bunchalik 

izlanishlar  makoni  bo'lmagan.  Universal  bilimga  ega  bo'lgan  ma'rifatchilar 

insonga  xizmat  qilishni  asosiy  maqsad  deb  biladilar.  Ular  ong  hukmronlik 

qilishiga  ishongan  holda  g'oya  dunyoni  o'zgartiradi  deb, g'oya mohiyatini oshirib 

yuborganlar.  Ma'rifatchilarning  ilmiy,  falsafiy,  estetik  va  adabiyot  sohasidagi 

kuzatishlaridagi  asosiy  masala  inson  shaxsi  bo'lgan.  Lekin  ularning  gumanistik 

qarashlarida ziddiyatlar bor. 

 Ma'rifatchilik  adabiyotining  xususiyati  uning  oldiga  qo'yilgan  asosiy  masalalar  - 

yangi ijtimoiy hayot shakllarini o'zlashtirish va bu shakllarning kishiga ta'siri bilan 

bog'liq.  Bu  davrning  xarakterli  va  yorqin  adabiy  hodisasi  ma'rifatchilik 

realizmidir. 

 Daniyel Defo (1661-1731) 




 

 

27 



 

 Daniyel  Defo  jahon adabiyoti tarixiga o'lmas "Robinzon Kruzo" asarining avtori 

sifatida  kirgan.  U  ingliz  va  Ovro'po  adabiyotida  roman  janriga  asos  solgan 

mashhur  yozuvchidir.  O'z  zamonasining  ilg'or  ziyolilaridan  bo'lgan  Defo  ajoyib 

publitsist, talantli jurnalist sifatida ham shuhrat topgan. 

 Defoning  adabiy  faoliyati  keng  va  rang-barang.  Uning  talay  maqola  va 

pamfletlaridan  tashqari,  falsafa,  iqtisodiyot,  tarix,  pedagogika,  statistika, 

geografiya va meditsinaga bag'ishlangan bir qancha asarlari bor. 

 Defo  ijodining  birinchi  davrida  qator  pamfletlari  yozilgan  bo'lib,  ulardan 

"Kambag'allar  to'g'risida",  "Ingliz  xalqining  avvalgi  qudrati  haqida",  "Legion 

nomidan  murojaat"  kabi.  Bular  orqali  yozuvchi  dunyoqarishining  ijobiy  va 

cheklangan  tomonlarini,  ingliz  konstitutsiyasiga  munosabatini  ko'rsatadi. 

Defoning oddiy xalqqa munosabatini, pedagogik qarashlarini tushunishga yordam 

beradi. 


 Defo  ijodining  ikkinchi  davrida  romanist  sifatida  taniladi.  Yozuvchiga  birinchi 

shuhrat  keltirgan  asari  1719  yilda  yozilgan  "Robinzon  Kruzo"  romanidir.  Undan 

so'ng  "Mashhur  kapitan  Singltonning  hayoti  va  sarguzashtlari"  va  boshqalar 

yozilib, Defoning iste'dodli romanist ekanligidan darak beradi. 

 Romanda  sarguzasht,  avtobiografik,  pedagogik  elementlar  bor.  Asar  maishiy-

sarguzasht roman hisoblanib, unda qahramonning yoshligidan to qarigunga qadar 

bo'lgan  hayoti  tasvirlangan.  O'z  davrining  ilg'or  yozuvchisi  sifatida  Defo 

Robinzon Kruzo obrazida insonga xos eng nozik kayfiyatlarni bera olgan. 

 Defo asarining boqiyligi boisi tabiatni va jamiyatni o'zgartiruvchi mehnat nafasini 

bera olishidadir. 

 Defo  badiiy  uslubining  o'ziga  xosligi.  Defoning  realistik,  ma'rifatparvarlik 

ruhidagi  romanlarida  xalqchillik  uchun  kurashishi.  Defoning  "Robinzon  Kruzo" 

asari o'zbek tilida. 

 Jonatan Svift (1667-1745) 

 Svift  XVIII  asr  Angliya  adabiyotida  alohida  o'rinni  egallaydi.  U  faqat  ingliz 

adabiyotining  emas,  balki  jahon  adabiyoti  tarixida  ham  mashhur  tanqidchilardan 

biridir.  Sviftni  o'z  davrining  kurashlarisiz  tasavvur  qilib  bo'lmaydi.  Uning  hayoti 

ham,  ijodi  ham  Irlandiya  bilan  chambarchas  bog'langan.  Xalq  baxti,  vatan  baxt-

saodatini  hukmronlar  qiziqishlaridan  ustun  qo'ygan  yozuvchi  Irdlandiyaning 

mustaqilligi  uchun  irland  vatanparvarlari  bilan  birgalikda  ingliz  zulmiga  qarshi 

olib borilgan kurashlarda faol ishtirok etadi va xalqning ko'ngliga yo'l topadi. 

 Svift  hayotida  ham,  uning  ijodida ham ingliz hayotining qarama-qarshiliklari o'z 

aksini  topgan.  Svift,  avvalo,  o'z  davri  illatlarini  ayovsiz  fosh  etuvchi  satirikdir. 

"Kitoblar  jangi",  "Bochka  haqida  ertak",  "Movutfurush  xatlari"  shular 

jumlasidandir. 

 Svift  nomini  dunyoga  tanitgan,  ijodining  gultoji  hisoblangan  romani 

"Gulliverning sayohatlari" bo'lib, afsonaviy ertakka o'shaydi. Lekin asar inson va 

jamiyat xarakteri haqidadir. Unda davrning xarakterli xususiyatlari aks ettirilgan. 

 "Gulliverning  sayohatlari"  romani  -  ingliz  hayotining  tanqidi  umumlashmasi 

sifatidagi  asar.  Romanda  Angliyadagi  hukmron  sinfning  chirkin  urf-odatlari, 




Yüklə 410,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə