Chet el adabiyoti



Yüklə 410,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/18
tarix26.11.2017
ölçüsü410,48 Kb.
#12439
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

 

 

32 



 

ettirishda  romantiklar  to'plagan  ijodiy  tajribaga  suyandilar.  Romantizm 

adabiyotining  barkamol  xarakterlar  yaratish,  hayot  ziddiyatlarini  yirik  kontrast 

obrazlar  to'qnashuvida  ko'rsatib  berish  kabi  xususiyatlar  yirik  yozuvchilar 

realizmining shakllanishiga o'z hissasini qo'shdi. 

 Nemis  adabiyotida  romantizm  davrida  ertak  janri  nihoyatda  rivojlandi.  Xalq 

og'zaki  ijodining  boy  xazinalaridan  to'plangan  aka-uka  Grimmlar  hamda 

Gofmanning ertaklari alohida o'rinni egallaydi. 

 Gofman  (1776-1822)  ijodi  uchun  xarakterli  narsa  san'at  va  san'atkor  mavzui 

bo'ldi.  Uning  asarlarida  iste'dodli  muzikantlar,  san'atkorlar  hammavaqt 

Germaniyaning  zerikarli,  pastkash  hayotida  bo'g'iladilar,  o'z  ideallari  bilan  nemis 

hayoti  sharoiti  o'rtasida  nomuvofiqlik  ko'rib  azob  chekadilar.  Gofmanning  o'z 

zamonasidagi  tuzumni  faqat  san'atkor  ziyolilar  ko'zi  bilan  qoralashi  uning 

dunyoqarashidagi  cheklanganlikni  bildiradi.  Bu  cheklanganlik  o'sha  davr  nemis 

hayotining  qoloqligi,  sustkashligi  natijasi  edi.  Bilganimizdek,  Napoleon 

humronligi tugagandan keyin ham nemis xalqi og'ir zulmdan qutula olmagan edi. 

 Gofmanning  kompozitor  Kreysler  tarixiga  oid  ocherklari  uning  nomini  adabiyot 

olamiga  tanitdi.  Keyinchalik  uning  "Kaveler  Glyuk",  "Don  Juan"  nomli 

novellalari,  muzika  haqidagi  maqolalari  e'lon  qilinadi.  San'at  mavzui  va  uning 

hayotga  munosabati  Gofman  ijodining  oxirigacha  davom  etadi.  Uning  "Tungi 

hikoyalar",  "Serapion  muridlari",  "Sinnober  laqabli  mitti  Saxes"  ertagi,  "Mushuk 

Murrning  xotiralari"  romani  ham  mashhur.  "Sinnober  laqabli  mitti  Saxes"  nomli 

ertak  shakliga  solib  yozilgan  satirasini  avtorning  o'zi  "zamonaviy  ertak"  deb 

ataydi. Asarda o'ziga ortiqcha bino qo'ygan, haddidan oshgan davlat arboblarining 

satirik qiyofasi ko'rsatilgan. Gofman asarining xalq ijodi bilan aloqasi uning ertak 

shaklidan  foydalanishidagina  emas,  uning  xalq  folkloridan  olgan  sehrli  soch 

tolalari  motivi,  yomonlik  ustidan  yaxshilikning  g'alabasi  kabi  optimizmida 

ko'rinadi. 

 Ingliz  adabiyotida  romantizm  Ovro'po  inqilobiy  harakati  davrida  shakllangan 

bo'lib,  ingliz  romantiklari  mavzuni  qaysi  davrdan  olishlariga  qaramay,  o'z 

zamonasiga  murojaat  qiladilar.  Ulardan  biri  Bayron  bo'lib  (1788-1824),  ijodida 

davrining  barcha  ziddiyatlari  aks  etgan.  Asarlarida  zamonasidagi  milliy  ozodlik 

harakatini (Ispaniya, Albaniya, Italiya, Gresiya) irland xalqining Angliya zulmiga 

qarshi  olib  borgan  kurashlarini  tasvirladi.  "Chayld  -  Garoldning  ziyoratlari"  liro-

epik  dostonida  isyonkor  shaxs  bilan  adolatsiz  jamiyat  o'rtasidagi  to'qnashuv 

hikoya    qilinadi.  Asar  qahramoni  zodagon yigit Chayld Garold Angliya muhitida 

bo'g'iladi.  O'z  uyini tashlab, uzoq dengiz safariga otlanadi. Ammo uning o'tmishi 

kabi  kelajagi  ham  umidsizlik  kayfiyatlariga  to'la.  "Sharq  dostonlari"da  shoirning 

adolatsiz  jamiyatga  nisbatan  munosabati  ko'rsatilgan,  ingliz  zamonasi,  uning 

tartiblariga qarshi isyoni ifodalangan. 

 Ijodining  cho'qqisi  "Don-Juan"  she'riy  romani  bo'lib,  shoir  zamonasidagi  muhim 

ijtimoiy  voqealarga,  masalalarga  o'zining  tanqidiy  munosabatini  bildiradi.  Don 

Juan obrazi shoirning romantik qahramonlaridan farq qilib, mutlaqo real voqealar, 

real odamlar bilan to'qnashadi. Shu sababli ham Don Juan obrazi realizmga yaqin 




 

 

33 



 

turadi. 


 Bayronning "Suliotlarga bag'ishlangan qo'shiq", "Kefaloniya daftarlari", "Gresiya 

haqida so'nggi so'zlar" kabi asarlari erksevar grek xalqi hayotiga bag'ishlangan. 

 Bayron  asarlarini  o'zbek  tiliga  Hamid  Olimjon,  Maqsud  Shayxzoda,  Shukrullo, 

Jumaniyoz  Jabborov,  Muhammad  Ali,  Rauf  Parfilar  tarjima  qilganlar.  Shoirning 

"Don Juan" she'riy romanini Abdulla Sher tarjima qilgan. 

 Ingliz  romantiklaridan  Shelli,  Valter  Skottlardir.  Shelli  "qirolicha  Mab",  "Islom 

qo'zg'oloni",  "Ozod  qilingan  Prometey"  poemalari,  hajviy  va  ishqiy  mavzudagi 

lirik she'rlar avtoridir. 

 Valter Skott esa tarixiy romanlar avtori sifatida jahon adabiyotida nom qoldirgan. 

Uning tarixiy mavzudagi romanlari XII asrdan to XIX asrgacha bo'lgan xilma-xil 

vaoqealarni  qamrab  oladi.  Valter  Skott  kishilar  taqdirini  tarixiy  voqealar  oqimi 

bilan bog'liq holda ko'rsatib berdi. Uning har bir qahramoni konkret tarixiy sharoit 

va milliy xususiyatlari bilan uzviy ravishda gavdalantiriladi. 

 Valter Skott ijodini, xarakteriga ko'ra uch davrga bo'lish mumkin. 

 1. 1796-1813 yillar - romantik poemalari. 

 2.  1814-1818  -  Shotlandiya  tarixiga  oid  romanlari  "Ueverli",  "Gay  Mannering", 

"Puritanlar". 

 3. 1819-1832 - "Ayvengo", "Kventin Dorvard", "Pert go'zali" romanlarini yozdi. 

 Valter  Skott  (1771-1832)ning  "Ayvengo"  asari  alohida  ajralib  turadi.  XII  asr 

Angliyasidagi  qarama-qarshiliklar  roman  markazida  turadi.  Asarda  Robin  Gud 

haqidagi  xalq  qo'shiqlari  va  balladalaridan  foydalangan,  qahramonlarning, 

ayniqsa,  xalqdan  chiqqan  qahramonlarning  tili  ifodali  bo'lib,  unda  xalq  og'zaki 

ijodi xazinasidan unumli foydalanilgan. 

 Fransuz  adabiyotida  romantizm  yo'nalishining  negizida  inqilob  tufayli  yuzaga 

kelgan tartiblar yotadi. Ilg'or fransuz romantiklari ijtimoiy hayotga umid bog'lab, u 

insoniyatni  ozodlikka  olib  kelishiga  ishonadilar.  Agar  klassitsizm  davr  adiblari 

mavzuni  qadimgi  Yunoniston  va  Rimdan  olgan  bo'lsalar,  ilg'or  romantiklar 

mavzuni o'z xalqi tarixidan, milliy tarixdan axtardilar. Ulardan Viktor Gyugo, Jorj 

Sandlardir.  V.  Gyugo  (1802-1885)  -  shoir,  dramaturg,  romannavis  va  publitsist 

sifatida  ijod  qilib,  o'z  asarlarida  fransuz  xalq  tilining  boyliklaridan  unumli 

foydalandi, fransuz she'r tuzilishini yangi vaznlar, xilma-xil qofiya, milliy kolorit, 

keng xalq lug'ati bilan boyitdi. Uning "Kromvel" dramasiga yozgan muqaddimasi 

ilg'or romantizm adabiyotining amaldagi manifesti, programmasiga aylandi. 

 Gyugo  "Marion  Delorm",  "Ernani"  romantik  dramalarini,  "qirolning  dilxushligi" 

tanqidiy  dramasini  yaratdi.  U  "Parij  Bibi  Maryam  ibodatxonasi"  romaniga 

mavzuni  XV  asr  Fransiya  tarixidan  oldi.  Inson  tarixida  dinning  mash'um  rolini 

ko'rsatish  maqsadida  XV  asr  Parij  hayotiga  murojaat  qildi.  "Xo'rlanganlar" 

romanida  xor-zor  yashab,  tubanlikka  tushgan,  xo'rlangan  kishilar  qismatining 

ayanchli  ekanini  ko'rsatadi.  Romanda  yozuvchi  dunyoqarashidagi  ziddiyatlarga 

qaramay,  keng  ijtimoiy  masalalarni  o'rtaga  tashladi.  Gyugoning  she'riy  to'plami 

"Dahshatli yil"da Parij Kommunasi va Fransiya - Prussiya urushi voqealari bayon 

qilinadi. 




Yüklə 410,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə