Chet el adabiyoti



Yüklə 410,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/18
tarix26.11.2017
ölçüsü410,48 Kb.
#12439
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

 

 

36 



 

ko'tarilgan mavzu - pul, boylik, tilla bo'lib, bu boylik asar qahramonlari hayotida 

mash'um  rol  o'ynaydi.  Balzak  asarlarida  pul  kishi  xarakterini,  psixologiyasini 

o'zgartiruvchi,  yemiruvchi,  izdan  chiqaruvchi  salbiy  kuch  sifatida  ko'rsatiladi. 

Adibning  "Gobsek",  "Evgeniya  Grande",  "Gorio  ota",  "Sag'ri  teri  tilsimi" 

romanlarida  pulning  ana  shunday  buzg'unchilik  rolini  ko'rsatadi.  "Gobsek"da 

qahramon puling qancha ko'p bo'lsa, sen shuncha qudratli bo'lasan degan falsafaga 

rioya  qilsa,  "Evgeniya  Grande"ning  qahramoni  Grande  ham  pul  jamg'arish 

kasaliga duchor bo'lgan shaxsdir.  

 Balzakning  "Gorio  ota"  romani  otalar  va  bolalar  munosabati  masalalariga 

bag'ishlangan.  Shu  o'rinda  Gorio  chol  bilan  Shekspirning  Lir  obrazini  taqqoslasa 

bo'ladi. 

 "Cag'ri  teri  tilsimi"  romani  falsafiy  asar  bo'lib,  sag'ri  terisi  insonni  halokatga 

mahkum etgan tuzumning ramziy obrazidir. 

 Balzakning  buyuk  xizmati  shundaki,  asarlarida  fransuz  hayotining  barcha 

tomonlarini  qamrab  oldi.  qahramon  xarakteri,  tashqi  muhit,  uni  o'rab  olgan 

ijtimoiy  sharoit  ta'sirida  qaror  topgani  uchun  Balzak  ana  shu  tashqi  dunyoga, 

uning  tafsilotiga  ahamiyat  berdi.  Shu  sababli  ham  adibning  har  bir  asarida 

qahramon va voqealar holatini belgilab beruvchi atrof-muhit, narsalarga keng o'rin 

beriladi.  Natijada  uning  har  bir  asari  mukammal,  jozibalidir.  Balzakning  asarlari 

o'zbek tilida. 

 Prosper  Merime  (1803-1870)  -  novellalari  va "Karl IX saltanati yilnomasi" asari 

bilan o'zbek kitobxoniga tanish. Uning xalq og'zaki ijodiga munosabati va slavyan 

xalqlari milliy-ozodlik harakati mavzusida yaratilgan "Gusla" to'plami. 

 Merime  jahon  adabiyotida  novella  janrining  ustasi  sifatida  "Tamango",  "Mateo 

Falkone", "Etruss guldoni", "Ikkiyoqlama xato" asarlari bilan tanilgan. 

 Agar  "Tamango"da  oq  tanli  qulfurushlarni  tanqid  qilsa,  "Mateo  Falkone"da 

Korsika orolida istiqomat qiladigan xalqning urf-odatlarini ifodalaydi. 

 "Etruss  guldoni"da  yuqori  tabaqa  vakillari  orasidagi  g'iybat,  quruq  tuhmat  kabi 

illatlarni fosh qilgan. 

 Uning  "Arsena  Giyo",  "Karmen"  qissalari.  "Arsena  Giyo"da  kambag'al  qiz 

Arsenaning  tahqirlanishi  tasvirlansa,  "Karmen"da  lo'lilar  hayotiga  murojaat  etib, 

hamma  narsadan  o'z  shaxsining  erkin  bo'lishini  birinchi  o'ringa  qo'ygan  mag'rur, 

jasoratli erksevar ayol obrazini yaratadi. 

 Merimening  "Karl  IX  saltanatining  yilnomasi"  romani  Ozod  Sharafiddinov 

tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan. Roman tarixiy mavzuda bo'lib, XVI asrga 

murojaat  qilgan.  Romanda  hikoya  qilingan  qonli  Varfolomey  kechasi  diniy 

taassublikning  oqibati  ekanini  ko'rsatadi.  Zamonasining  erksevar  kishisi  bo'lgan 

Merime  bu  qonxo'rlikning  asosiy  aybdorlari  bo'lgan  saroy  amaldorlari  bilan  din 

homiylarini keskin fosh etadi. Merime asarlari o'zbek tilida. 

 Gyustav  Flober  (1821-1880)  -  "Bovari  xonim",  "Salambo",  "Sezgilar  tarbiyasi", 

"Avliyo Antoniyning aldanishi" kabi romanlari va dramatik asarlarining avtori. 

 Floberning  siyosiy,  ijtimoiy  va  estetik  qarashlaridagi  ziddiyat.  Adib  o'zi  yashab 

turgan  jamiyatning  rivojlanish  jarayonini  tushunmadi,  uni  fojeali  tarzda  qabul 




 

 

37 



 

qildi. Bu tuzumdan qutulish yo'llarini topa olmadi. 

 "Bovari  xonim"  asarida  hayot  haqiqatlarini  romantik  xayolparastlikka  qarama-

qarshi  qo'yadi.  Asarda  qahramonning  estetik  xom-xayollarining  fosh  etilishi. 

Ma'naviy  ojiz  -  Ome,  romantik  xayolparast  -  Emma  obrazlari.  Asarning  bosh 

qahramonlari Emma va Sharlga Floberning ikkiyoqlama munosabati. 

 Inson  axloqi  masalasi  -  "Sezgilar  tarbiyasi"  romanida  fosh  etilishi.  "Salambo"da 

eramizdan  avvalgi  Karfagen  davlati  tarixiga  murojaat  etadi  va  Afrikaning 

shimolidagi  Karfagenning  Rim  bilan  olib  borgan  urushlarini  tasvirlaydi. 

Floberning "Bovari xonim" romani o'zbek tilida. 

 Ingliz  tanqidiy  realizm  adabiyotining  vakili  sifatida  Charlz  Dikkens  (1812-

1870)ni  ko'rish  mumkin.  U  jahon  adabiyoti  tarixida  o'zining  chinakam  xalqchil 

asarlari bilan o'chmas iz qoldirgan. Dikkensning ijodi ingliz adabiyotida butun bir 

davrni tashkil qiladi. U haqli ravishda Angliyaning xalq yozuvchisi, uning milliy 

iftixori sifatida tan olingan. 

 Dikkens  ingliz  adabiyotida  birinchi  bo'lib,  azob-uqubatlarga  duchor  qilingan 

oddiy xalq hayotini realistik ko'rsatib berdi.  

 Dikkens  romanlari  ijtimoiy  adolatsizliklarni  fosh  qildi,  oddiy  insonning  haq-

huquqlari  tarafdori  bo'ldi,  mehnat  ahlining  qadr-qimmatini  ulug'ladi,  uning 

go'zalligini,  ezgu-maqsadlarini  kuylab,  xudbin  jamiyatning  jirkanch  manzarasini 

ayovsiz tanqid qildi. 

 Dikkens ijodi to'rt davrga bo'linadi: 

 1.  1833-1841  -  bu  davrda  asosan  yumoristik  asarlari  bilan  nom  chiqardi.  "Boz 

ocherklari",  "Pikvik  klubining  maktublari",  "Oliver  Tvistning  boshidan 

kechirganlari" kabi asarlari yozilgan. 

 2. 1842-1848 - "Amerika xatlari", "Martin Chezlvit", "Dombi va o'g'li". 

 3. 1849-1859 - asosan hajviy asarlari "David Kopperfild", "Sovuq uy", "Mudhish 

zamonlar", "Mitti Dorrit". 

 4.  1859-1870  -  Dikkens  ijodida  umidsizlik  kayfiyatlari  ustunlik  qiladi.  "Ikki 

shahar  haqida  qissa",  "Katta  umidlar",  "Bizning  umumiy  do'stimiz"  asarlari 

yaratilgan. 

 Agar Dikkensning "Amerika xatlari" va "Martin Chezlvit" asarlari AqSh hayotiga 

bag'ishlangan  bo'lsa,  "Pikvik  klubining  maktublari"  adabiyot  xazinasiga  komik 

roman  namunasi  bo'lib  qo'shildi,  unda  mavjud  tuzumga  qarshi  nafrat,  norozilik 

emas, balki o'tkir kulgi, bitmas-tuganmas yumor yetakchilik qiladi. 

 "Dombi va o'g'li" romani ingliz tanqidiy realizmining namunasi bo'lib, faqat pulni 

tan  oladigan  Dombi  obraziga  oddiy  mehnatkashlarni  qarama-qarshi  qo'yadi. 

Yozuvchi doimo ana shu mehnatkash kishilar tomonida bo'ladi. 

 40-50  yillardagi  romanlarida  chartistlar  harakatining  ta'siri.  Satirik  yozuvchi 

sifatida yaratgan asarlarida mehnat va kapital o'rtasidagi ziddiyatning ifodalanishi. 

"Oliver  Tvistning  boshidan  kechirganlari"  romanida  bolalar  va  tarbiya  masalasi. 

Asar o'zbek tilida. 

 SAVOLLAR: 

 1.  Romantizm oqimining o'ziga xos xususiyatlari nimadan iborat? 




 

 

38 



 

 2.  Bayron ijodida milliy ozodlik kurashi qanday yoritilgan? 

 3.  Bayron ijodida Sharq mavzusi. 

 4.  Gyugo ijodida xalq obrazi. 

 5.  Xeyne - ozodlik uchun kurashuvchi. 

 6.  Balzak ijodida shaxs masalasi. 

 7.  Merime va folklor. 

 8.  Dikkensning satirik asarlarida xalq obrazi. 

 ADABIYoTLAR 

 1.  Azizov  q.,  qayumov  O.,  "Chet  el  adabiyoti  tarixi",  (XVIII-XX  asrlar),  T., 

"O'qituvchi", 1987 yil. 

 2.  Baqoyeva  M.  Bayronning  "Ko'nglim  qop-qorong'u"  she'ri  tarjimalari  haqida. 

(Maqolalar to'plami, "Tarjima nazariyasi masalalari", N 540, Toshkent, 1977 yil). 

 3.  Baqoyeva  M.  Bayron  ijodiga  Sharq  adabiyotining  ta'siri  va  tarjima  masalasi. 

Tarjima nazariyasi masalalari (Ilmiy ishlar to'plami, N 606, Toshkent, 1979 yil). 

 4. Mahmudov M. "Hayrat va tafakkur", Fafur Fulom nomidagi Adabiyot va san'at 

nashriyoti, 1990 yil.  

 5.  Po'latov  Yu.  O'zbekistonda  chet  el  adabiyotini  o'rganishga  doir.  "O'qituvchi", 

1975 y. 

 6. Po'latov Yu. Asrlarga tutash hamkorlik, Toshkent, 1974 y. 

 7. Sulaymonova F. Sharq va Farb, Toshkent, 1997 yil. 

 BADIIY ADABIYoTLAR 

 1.  Bayron  Jorj  Gordon  "Saylanma":  She'rlar,  doston,  dramatik  doston.  T., 

Adabiyot va san'at nashriyoti, 1974 y. 

 2. Balzak Onore de "Gobsek. Sag'ri teri tilsimi", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 

1981 y. 


 3. Balzak Onore de "Gorio ota", T., Badiiy adabnashr. 1968 y. 

 4. Balzak Onore de "Evgeniya Grande", T., 1964 y. 

 5. Vern Jyul "O'n besh yoshli kapitan", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1976 y. 

 6. Gyugo Viktor "Byug Jargal", T., "Yosh gvardiya", 1982 y. 

 7. Gyugo Viktor "Dengiz zahmatkashlari", T., "Yosh gavardiya", 1965 y. 

 8.  Dikkens  Charlz  "Oliver  Tvistning  boshidan  kechirganlari",  T.,  Adabiyot  va 

san'at nashriyoti, 1984 y. 

 9.  Merime  Prosper  "Karl  IX  saltanatining  yilnomasi",  T.,  Adabiyot  va  san'at 

nashriyoti, 1978 y. 

 10. Merime Prosper "Karmen", Novella, T., O'zadabiynashr, 1963 y. 

 11. Merime Prosper "Tamango" Novellalar. T., O'zadabiynashr,     1961 y. 

 12.  Stendal  "Vanina  Vanini  yoki  karboniylarning  Papa  oblastida  fosh  qilingan 

so'nggi ventasi haqidagi ba'zi tafsilotlar", T., O'zadabiynashr, 1962 y. 

 13. Stendal "qizil va qora". 1930 yil xronikasi, T., Adabiyot va san'at nashriyoti. 

1979 yil. 

 14. Stendal "Parma ibodatxonasi", T., "Meditsina", 1990 yil. 

 15. Flober Gyustav "Bovari xonim", Viloyatlar axloqi haqida roman. T., Adabiyot 

va san'at nashriyoti, 1976 yil. 




 

 

39 



 

 16. Xeyne Xenrix "Lirika", F. Fulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, T., 

1973 y. 

 17. Xeyne Xenrix "Germaniya. qish ertagi", T., "Yosh gvardiya", T.,     1984  

18- mavzu: 

 X1X ASR OXIRI XX ASR BOShLARIDAGI ChET EL ADABIYoTI 

 Reja: 

 1. Elip Zolya, Gide Mopassan ijodi 



 2. B. Shou, G. Uellis, J. Golsuorsi ijodi 

 3. M. Tven, Jek London ijodi 

 Tanqidiy tealizm. Dekadentlik adabiyoti. 

 Fransuz adabiyoti. Parij Kommunasi adabiyoti. Nasr. Naturalizm. Hikoyanavislik. 

Roman. Drama. 

 Nemis adabiyoti. Roman. Satira. Realistik san'at. 

 Ingliz adabiyoti. Dramaturgiya. Ijobiy ideal. Ijobiy qahramon. 

 AQSh adabiyoti. Yumor. Satira. Roman. Hikoya. 

  

 Davrlashtirish: 



 1. 1871 yilgi Parij Kommunasidan birinchi jahon urushining tugashigacha bo'lgan 

davrda  asosiy  yo'nalishlar,  tanqidiy  realizm,  dekadentlik  adabiyoti,  Yangi 

mavzularning  paydo  bo'lishi,  uslub  va  janr  shakllarining  xilma-xilligi.  Bu  davr 

yozuvchilari  asarlarida  hayotdagi  qarama-qarshiliklarning  chuqur  va  haqqoniy 

ochib berilishi. 

 Fransuz adabiyoti, Parij kommunasi adabiyoti. Namoyandalari E. Pote, L. Mishel, 

J. Valles. Nazm va nasrda siyosiy mazmun. 

 Naturalizm oqimi, uning tarixiy va falsafiy ildizlari. Naturalizm estetikasi, uning 

siyosiy mazmuni. 

 E.  Zolya  naturalizmining  falsafiy  ildizlari.  "Rugon-Makkarlar"da  irsiyat 

muammosi.  "Hamal"  romanida  mehnat  va  kapital  masalasi.  Zolya  o'zbek  tilida 

("Hamal" romani). 

 Gi  de  Mopassan  -  tanqidiy  realizmning  vakili  sifatida  "Hayot",  "Azizim" 

romanlarida  o'zi  yashayotgan  jamiyatning  buzuqliklarini,  manfaatparastlikni 

tanqid qilishi. 

 Mopassan  -  hikoyanavis.  Xalq  obrazining  yaratilishi  ("Simonning  dadasi"), 

Fransiya-Prussiya  urushi  mavzusidagi  ("Do'ndiq")  asarlari.  Mopassan  ijodida 

psixologik tahlilning chuqurligi. 

 Mopassan o'zbek tilida (Mopassan hikoyalari, "Azizim", "Hayot" romanlari). 

 Nemis  adibi  -  Tomas  Mann  ijodida  insonparvarlik  g'oyalarining  aks  etishi. 

"Buddenbroklar" asari. Roman janri oila xronikasi. 

 Nemis adibi ijodida satiraning keskinlashishi, nazariy ishlarida ("Roman san'ati", 

"Chexov") realistik san'at prinsiplarining yoqlanishi. 

 Ingliz  adibi  -  Bernard  Shou  -  yirik  dramaturg,  "Mustaqil  teatr"  faoliyatida 

o'ynagan  roli.  Ijtimoiy  muammolarning  o'tkirligi.  "Ko'ngilsiz  pesalar",  "Ko'ngilli 

pesalar"da munofiqlik va ikkiyuzlamachilik ustidan kulish. Shou dramaturgiyasida 




 

 

40 



 

ijobiy  ideal  va  ijobiy  qahramon  muammosi.  Shouning  antiimperialistik  chiqishi 

("Urush haqida sog'lom fikr"). 

 AqSh  adabiyoti  -  Mark  Tven  ijodining  yumordan  ijtimoiy  satiragacha  o'sishi.  U 

qisqa yumoristik hikoyalar ustasi. "Tom Soyerning sarguzashtlari" romanida axloq 

tasviri,  Tven  demokratizmi  (kambag'al  Gek  va  oq  tanli  qul  Jim  obrazlari). 

Romanda  kuchlilikning  qoralanishi.  Tarbiya  va  bolalar  masalasi.  "Shoh  va 

gado"da  xalq  muammosi,  tarixiy  mavzu,  satirik  mahorati. "Shoh va gado" o'zbek 

tilida. 

 Jek  London  hikoyalarida  ("Shimol  hikoyalari",  "Janub  hikoyalari")  tabiat  va 

jamiyat,  shaxs  muammosi.  "Martin  Iden"da  yozuvchi  evolyusiyasi.  Jamiyat  va 

san'atkor  taqdiri  mavzusi.  Romanda  yozuvchiga  xos  bo'lgan  dunyoga  individual 

qarashning  ifodalanishi.  London  asarlari  o'zbek  tilida  (hikoyalari,  "Martin  Idin", 

"Uch qalb" romanlari). 

 2. 1917-1945 yillardagi Ovro'po adabiyotida iste'dodli yozuvchilar. Fransuz adibi 

R.  Rollan  ijodida  qahramonona  xarakterlarning  yaratilishi.  Dramaturgiyasida  - 

"Inqilob  dramalari"  (milliy  inqilobiy  mavzu).  "Jan  Kristof"  -  jamiyatda  san'at  va 

san'atkor  mavzusi:  xalq  obrazi.  "Maftun  qalb"  yozuvchi  g'oyaviy  badiiy 

evolyusiyasining yakuni, burjua jamiyati va madaniyati inqirozining tasvirlanishi. 

 AqSh  adabiyoti  -  E.  Xeminguey  ijodida  urush  mavzusi.  ("Alvido,  qurol")  ispan 

mavzusi  ("Kimga  zang  urilmoqda?").  Tabiat  va  jamiyat  bilan  kurashda  inson 

irodasi. ("Chol va dengiz"). 

 Xeminguey  ijodida  psixologik  tahlil  mahorati,  matndagi  yashirin  ichki  mazmun 

roli.  O'zbek  tilidagi  asarlari  -  "Chol  va  dengiz",  "Alvido,  qurol",  "quyosh  baribir 

chiqaveradi" ("Fiyesta"). 

 T.  Drayzer  -  "Baxti  qaro  Kerri"  birinchi  realistik  ijtimoiy  roman.  Amerika 

voqeligi  sharoitida  oddiy  kishi  taqdiri  -  romanning  asosiy  mavzusi.  20-30 

yillardagi  asarlarida  kapitalizm  tanqidining  chuqurlashuvi  va  keskinlashuvi. 

Ijtimoiy  umumlashmalarning  chuqurligi.  "Amerika  fojiasi"  yozuvchi  ijodining 

cho'qqisi.  "Jenni  Gerxardt"  asarining  g'oyasi.  Drayzer  asarlari  o'zbek  tilida 

("Amerika fojiasi", "Baxti qaro Kerri", "Jenni Gerxardt"). 

 3. 1945 yildan keyingi davr adabiyotida tinchlik uchun kurash mavzusi. Tanqidiy 

realizm. 

 Fransuz  adabiyoti.  Lui  Aragon  -  qarshilik  davri  poeziyasi.  Fransuz  xalqi 

qahramonona  an'analarining  kuylanishi.  She'rlarida  ijtimoiy-siyosiy  o'tkirlik  va 

yuksak badiiy mahorati. Aragon-she'r novatori. 

 Nemis  adabiyoti.  Anna  Zegers  -    xalq  hayoti  va  kurashi  mavzusi.  30-yillardagi 

romani  -  "Ettinchi  xoch"  romanida  urushga  qarshi  kurashuvchi  obrazlarning 

yaratilishi. Urushdan so'nggi ijodi. "Barhayot o'liklar", "Tinchlik" novellalari sikli. 

Ijtimoiy faoliyati. O'zbek tilidagi "Barhayot o'liklar" asari. 

 Ingliz realizmi - Jeyms Oldrij ijodida grek xalqining milliy-ozodlik kurashi tasviri 

mavzui.  "Dengiz  shunqori"da  fashizmga  qarshi  kurashchilar  obrazi.  Yozuvchi 

romanlarida  xalq  tasviri.  "Diplomat"  romanida  ikkinchi  jahon  urushidan  keyingi 

lager kurashining ifodalanishi. Jeyms Oldrij o'zbek tilida ("Dengiz shunqori"). 




 

 

41 



 

 SAVOLLAR: 

 1.  Zolya va naturalizm. 

 2.    Zolyaning  "Hamal"  romanida  mehnat  va  kapital  o'rtasidagi  qarama-qarshilik 

nimadan iborat? 

 3.  Mopassan hikoyalarida psixologik tahlilning chuqurligi nimalarda ko'rinadi? 

 4.  Xemingueyning urush, tinchlik inson haqidagi tushunchalarining o'ziga xosligi 

nimadan iborat? 

 5.  Shou dramaturgiyasida ijobiy qahramon masalasi qanday yoritilgan? 

 6.  Mark Tven ijodida axloq tasviri. 

 7.  Jek London hikoyalarida tabiat, jamiyat va shaxs masalasi qanday yoritilgan? 

 8.  Romen Rollan ijodida milliy inqilobiy mavzuning ochilishi. 

 9.  Anna Zegers ijodida xalq hayoti va kurashi qanday aks ettirilgan? 

  

  



 ADABIYoTLAR 

 1.  Azizov  q.,  qayumov  O.  "Chet  el  adabiyoti  tarixi",  (XVIII-XX  asrlar)  T., 

"O'qituvchi", 1987 yil. 

 2. Po'latov Yu. Asrlarga tutash hamkorlik, Toshkent, 1974 yil. 

 3.  Po'latov  Yu.  O'zbekistonda  chet  el  adabiyotini  o'rganishga  doir.  T., 

"O'qituvchi", 1975 y. 

 BADIIY ADABIYoTLAR 

 1. Barbyus Anri. "Birinchi muhabbat" novellalar, T., O'zadabiynashr, 1964 y.  

 2. Barbyus Anri. "Hayot", T., O'zdavnashr, 1941 y. 

 3. Drayzer Teodor "Amerika fojiasi". I-II qism, T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 

1987 y.  

 4. Drayzer Teodor. Eski joylar. Hikoya. Toshkent, Samarqand, O'zdavnashr. 1933 

(lotin grafikasi) yil. 

 5. Zolya Emil. "Hamal". T., Adabiyot va san'at nashriyoti,   1982 y. 

 6. London Jek. "Martin Iden". T., Badiiy adabiyot nashriyoti,    1968 y. 

 7.  Mopassan  Gi  de.  "Hayot",  "Azizim".  Novellalar.  T.,  Adabiyot  va  san'at 

nashriyoti, 1987 y. 

 8. Mann Genrix. "Sodiq fuqaro", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1970 y. 

 9. Oldrij Jeymc. "Dengiz shunqori" T., "Yosh gvardiya", 1977 y. 

 10. Uelss Gerbert. "Ko'rinmas odam", T., Badiiy adabiy nashr, 1967y. 

 11.  Xeminguyey Ernest "quyosh baribir chiqaveradi", T., "Yosh gvardiya", 1984 

y. 


 12.  Xeminguyey  Ernest  "Alvido  qirol",  F.Fulom  nomidagi  Adabiyot  va  san'at 

nashriyoti, T., 1973 y. 

 13. Xeminguyey Ernest "Chol va dengiz", T., O'zadabiynashr. 1963 y. 

 QO'ShIMChA ADABIYoTLAR 

 1. Kuchborskaya Z.P. "Realizm Zolya" M., 1993 y. 

 2. Mindelson "Amerikanskaya tragediya" T. Drayzera, M., 1981 y. 

 3. Oleneva V.I. Sovremennaya amerikanskaya novella, M., 1983 y. 



 

 

42 



 

 4.  Finkelshteyn I.A. "Xeminguey", M., 1984 y. 

  

  

  



  

 

  



 

Yüklə 410,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə