30
tilida (Yanglish Egamova tarjimasi). Gyote lirikasining asosiy mavzusi. Gyotening
madaniyat va san'at ishlariga munosabati. Gyotening ijtimoiy va adabiy qarashlari.
Gyote poetik ijodining cho'qqisi - "Mag'ribu mashriq devoni"da falsafiy lirika
yaratishi.
"Faust" - Gyote ijodining cho'qqisi. Asarning g'oyaviy mazmuni. Faust obrazi,
uning falsafiy va badiiy ahamiyati, uning evolyusiyasi. Xalqqa xizmat qilish fikri-
qahramonning oliy maqsadi. Tragediyaning asosiy qahramonlari (Faust,
Mefistofel, Margarita, Yelena, Vagner va boshqalar). Tragediyaning falsafiy
tomoni. Asarning optimistik ruhda tugashi. Asarning badiiy xususiyatlari, tili,
uslubi. Gyote asarlarining ahamiyati. Gyotening asarlari o'zbek tilida (Erkin
Vohidov tarjimasi).
SAVOLLAR:
1. Klassitsizmning asosiy prinsiplari nima?
2. Barokko qanday oqim va uning vakillari kimlar?
3. Lope de Veganing "Qo'zibuloq" asarining konflikti nimada?
4. Molerning "xarakterlar komediyasi" deb nomlangan asari qaysi?
5. Lafonten masallaridagi xalqchillik nimada?
6. Ma'rifatchilik adabiyotining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
7. Defoning asarlarida xalqqa munosabati qanday?
8. Defoning pedagogik qarashlari qanday?
9. Sviftning satirik sifatida tanilishiga nima sabab bo'lgan?
10. Svift ijodiy metodi.
11. Volterning klassitsizm va realizmga munosabati qanday?
12. Russoning pedagogik qarashlari.
13. Shiller asarlaridagi isyonkorlik ruhi.
14. Gyote asarlarining xalqchilligi nimada ko'rinadi?
15. "Faust" asarining falsafiy xususiyatlari nimada?
ADABIYoTLAR
1. Azizov q., Qayumov O. "Chet el adabiyoti tarixi", (XVIII-XX asrlar) T.,
"O'qituvchi", 1987 yil.
2. qayumov O. "Chet el adabiyoti tarixi" (Ilk O'rta asrlar, Uyg'onish davri va
XVIII asr Farbiy Ovro'po adabiyoti). Ikkinchi nashri, "O'qituvchi" nashriyoti, T.,
1979 yil.
BADIIY ADABIYoTLAR
1. Byorns Robert "qo'shiq va balladalar", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1971
y.
2. Gyote Iogann Volfgang "Yosh Verterning iztiroblari", T., Adabiyot va san'at
nashriyoti, 1975 y.
3. Gyote Iogann Volfgang "Faust", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1972-1974
y.
4. Defo Daniel "Dengiz sayyohi Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib
sarguzashtlari", T., "Yosh gvardiya", 1965 y.
5. Lope de Vega "qo'zibuloq". Toshkent, Samarqand. 1933 y. (lotin grafikasi).
31
6. Svift Jonatan "Gulliverning sayohatlari", T., "Yosh gvardiya". 1974 y.
7. Shiller Fridrix "Makr va muhabbat" T., Nafis adabiyot davlat nashriyoti, 1939
y., (lotin grafikasi).
QO'ShIMChA ADABIYOTLAR
1. Anikst A.A. "Daniyel Defo", M., 1957 y.
2. Dubashinskiy I.A. "Puteshestviya Gulliverom" Djonatana Svifta, M.,
"Vo'sshaya shkola", 1969 y.
3. Muravev V.S. "Puteshestviye s Gulliverom", M., "Kniga", 1972 g.
4. Nurmatov O'. "Shiller tragediyalari o'zbek tilida", "Sharq yulduzi", 1985 y., N
1.
5. Urnov D.M. Robinzon i Gulliver, Sudba dvux literaturno'x geroyev. M., 1973
y.
6. Urnov D.M. "Defo", Molodaya gvardiya, 1978 y.
16- mavzu:
XIX
ASR
ChET
EL
ADABIYOTIDA
ROMANTIZM
Reja:
1. Ingliz romantizm adabiyotining vujudga kelishi
2. Fransiya romantizm adabiyoti
3. Amerika romantizm adabiyoti
Romantizm. Xarakter yaratish. Kontrast obraz.
Ingliz romantizmi. Liro-epik doston. Lirika. Roman. Tarixiy roman.
Fransuz romantizmi. Lirika. Dramaturgiya. Publitsistika. Roman.
Nemis romantizmi. Ertak janri. Folklor. Ocherk. Xalq qo'shiqlari. Ballada.
Ovro'po romantizm adabiyoti XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida
shakllandi. XVIII asr ma'rifatparvarlari o'z faoliyatlari bilan oqilona davlat,
oqilona jamiyat o'rnatilishi tarafdorlari edilar. Ammo XVIII asr oxirida yuz bergan
inqilob va uning natijalari ma'rifatparvarlar ishonchini oqlamadi, yangicha
tartiblar o'rnatildi. Bu odamlar ongida, fanda, madaniyat va adabiyotda, san'atning
barcha sohalarida keskin o'zgarishlarga olib keldi. Adabiyotda yangi adabiy
oqimlar vujudga keldiki, ularning biri o'tmishga yuz o'girib, o'rta asrchilik
an'analarini maqtab asarlar yozsa, ikkinchisi xalq intilishlarini ifodalovchi asarlar
yozib, ma'rifat, ozodlik, tenglik, birodorlik ideallariga sodiq bo'lib qoldilar.
Davrning adabiy oqimlari o'rtasidagi kurash va aloqasi. Ilg'or g'oyali romantiklar
xalqqa ishonch bilan qarab, uning taqdiriga, urf-odatlariga, milliy an'analariga,
og'zaki ijodga ijobiy munosabatda bo'ldilar. Ular deyarli barcha adabiy janrlarda
ijod qildilar. Asarlarida kuchli, ehtirosli qahramonlar yaratib, mavjud tuzumga
nisbatan murosasizlikka, unga qarshi isyonga, norozilikka chaqirdilar.
Obrazlarning boyligi va rang-barangligi, chuqur lirizm, hayotiy voqealar
tugunidagi murakkabliklar va qarama-qarshiliklarni ko'ra bilishi bilan ilg'or
romantiklar jahon adabiyoti rivojida yangi bosqich yaratdilar.
XIX asrning tanqidiy realist yozuvchilari voqelikni kengroq, chuqurroq aks