Chet el adabiyoti



Yüklə 410,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/18
tarix26.11.2017
ölçüsü410,48 Kb.
#12439
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18

 

 

22 



 

sahnasida. 

 "O'n  ikkinchi  kecha"  komediyasining  g'oyaviy  mazmuni.  Asardagi  komik 

holatlar.  Aka-singil  Viola  va  Sebastyanlar  taqdiri.  Komediyadagi  chin  muhabbat, 

odamgarchilik,  shijoat  kabi  hislatlarning  ifodalanishi.  Shekspir  tomonidan  taqdir 

masalasining  yechilishi.  Insonning  baxtga  erishishi  (graf  Orsinoning  Violaga) 

jarayonini  tasvirlash  bilan  Shekspirning  inson  to'siqlarni  yengishi  zarur  degan 

xulosaga  kelishi.  "O'n  ikkinchi  kecha"  optimistik  ruhdagi  komediyadir.  Asar 

o'zbek  tilida  va  sahnada.  Shekspirning  "Venesiya  savdogari"  komediyasining 

yaratilishi.  Komediyada  ikki  dunyo  kishilari  o'rtasidagi  qarama-qarshilik  va 

kurashning  tasvirlanishi.  Antonio  bilan  Sheylok  obrazlari.  Sheylok  sudxo'r 

obrazidir.  Sheylok  o'z  xalqi  -  yaxudiy  xalqining  huquqlari  himoyachisi  sifatida 

tasvirlanishi. Bu obrazning murakkabligi. Komediyada shaxsiyatparastlikning fosh 

qilinishi. 

 Shekspirning  tragediyalari.  "Romeo  va  Juletta"  -  o'rta  asr  fanatizmi  ustidan 

g'alaba  qilgan  buyuk  insoniy  sevgini  kuylovchi  asar.  "Gamlet"  tragediyasi 

Shekspir  ijodining  cho'qqisidir.  Asarning  asosiy  g'oyasi.  Tragediyada  chirigan 

olam e'tiqodlariga zarba berilishi, saroy ahli egoizmi, monarx despotizmiga qarshi 

kurashning  ifodalanishi.  Gamletning:  "Tabiatning  naqadar  ajoyib  mo''jizasidir 

odamzod! Uning zehni naqadar olijanob, undagi qobiliyatlar naqadar bepoyon", - 

degan fikrlari. "Gamlet" sahnada. 

 "Otello"  tragediyasining  yaratilishi  va  g'oyasi.  Asarda  ikki  tarixiy  davr  -  o'lib 

borayogan  absolyutizm  va  tug'ilib  kelayotgan  davrda  vujudga  kelayotgan  yangi 

axloq,  tushunchalarning  murakkab  jarayonini,  shaxs  bilan  uni  o'rab  olgan  muhit 

o'rtasidagi  ziddiyatlarni  aks  ettirish.  qahramonning  shaxsiy  fojiasi  zamonning 

ijtimoiy konflikti darajasiga ko'tarilishi. Asar sahnada. 

 "Makbet" tragediyasining g'oyasi. Unda zolimga munosib o'limning tasvirlanishi. 

Makbet  -  siyosiy  despotizmning  to'la  in'ikosi.  Asarda  insoniy  huquqlarning 

himoya qilinishi. 

 Shekspir  tragediyalarining  ijtimoiy  ahamiyati.  Shekspir  realizmi,  uning 

xususiyatlari.  Shekspir  asarlarining  tili  va  uning  boyligi.  Shekspir  asarlari  o'zbek 

tilida va sahnada. 

                

 Ispaniyada  gumanistik  dunyoqarashning  shakllana  borishi  bilan  jamiyatga  va 

uning  urf-odatlariga  qarshi  kurashning  kuchayishi.  Ispan  Uyg'onish  davri 

adabiyoti XV-XVI asrlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar, mamlakat tarixiy 

taraqqiyotining o'ziga xos xususiyatlari. Gumanistik g'oyalarning targ'ib qilinishi. 

Ispan  adabiyoti  va  romanchilik.  Migel  de  Servantes  (1547-1616)  -  ispan 

adabiyotining  realist  yozuvchisi.  Servantes  dunyoqarashining  gumanistik 

xarakterda  shakllanishi.  "Don-Kixot"  romani  -  XVI-XVII  asr  boshlaridagi  ispan 

ijtimoiy  hayotining  realistik  umumlashmasi.  Roman  jamiyat  va  uning  urf-

odatlariga  zarba  bergan  ochiq  satira  ekanligi.  Don-Kixot  obrazi  va  uning 

ikkilanuvchanligi.  Asarda  xalq  obrazi.  Xalqchillik  masalasi.  "Don-Kixot"  asari 

o'zbek  tilida.  Servantes  dramaturgiyasi.  "Numansiya"da  vatanparvarlik  pafosi, 




 

 

23 



 

uning ispan xalqining tinchlik uchun kurashi davrida o'ynagan roli. 

 "Don-Kixot"  romani  o'rta  asr  ritsar  romanlariga  parodiya  tariqasida  yozilgan 

bo'lsa ham, mazmuni keng, o'sha jamiyat va uning urf-odatlari fosh qilingan. 

 Asarda yozuvchi harbiy san'tning haqiqiy maqsadi - tinchlik ekanligini  uqtiradi. 

 Roman  qahramonlarining  ko'pchiligi  dehqon  va  cho'pon,  talaba  va  askar, 

aravakash  va  kosiblardir.  O'rta  asrda  yashagan  dehqon  ayolning  turmushi, 

orzularini  real  ko'rsatib  berdi.  Yozuvchi  asarida  o'z  davri  muhim  tomonlarini 

anglagani holda, asosiy qahramonlari orqali o'z davr voqeligini aks ettirdi, ritsarlik 

va boylikka intilishni qoraladi. Romanning xalqchilligi. Asar bilan Servantes o'rta 

asr ritsar romanlariga qarshi chiqib, yangi realistik romanga asos soldi. 

 Servantes ijodining Ovro'po adabiyotiga ta'siri katta. 

 SAVOLLAR: 

 1.  O'rta asrlar adabiyotining rivojlanishida xalq ijodiyotining roli. 

 2.  qahramonlik eposining xalqchilligi. 

 3.  Ritsarlik romanlarida fantastika. 

 4.  Fablio va shvanklar. 

 5.  Dantening "Ilohiy komediya" asarida realistik holatlar. 

 6.  Bokkachchoning "Dekameron" asarining Uyg'onish davri adabiyoti tarixidagi 

ahamiyati. 

 7.  Shekspir komediyalari va tragediyalarining mavzusi. 

  

 ADABIYoTLAR 



 1. qayumov O. "Chet el adabiyoti". (Ilk o'rta asrlar, Uyg'onish davri va XVII asr 

Farbiy Ovro'po adabiyoti) Ikkinchi nashri. "O'qituvchi" nashriyoti, Toshkent, 1979 

yil. 

 2. Sulaymonova F. "Sharq va Farb", T., "O'zbekiston", 1997 yil. 



 3. Sulaymonova F. "Shekspir O'zbekistonda", "Fan", T., 1978 yil. 

 BADIIY ADABIYoTLAR 

 1. Aligeri Dante "Ilohiy komediya", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1975 yil.  

 2. Bokkachcho Jovanni "Dekameron", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1978 y.  

 3.  Goldoni  Karlo  "Mehmonxona  bekasi",  T.,  O'zdavnashr,  1935  y.  (lotin 

grafikasi). 

 4. Pesn o Rolande. Perevod de la Barta. M., 1958 g. 

 5.  Rable Franusua "Gargantyua va Pantagryuel", T., "Yosh gvardiya", 1970 y. 

 6.    Servantes  Saavedra  de  Migel  "Lamanchlik  Idalgo  uddaburo  don  Kixot 

sarguzashtlari"., T., "Yosh gvardiya", 1969 y. 

 7.  Shekspir Vilyam "Pesalar", Gamlet, Otello, qirol Lir, Yuliy Sezar, Romeo va 

Juletta. T., O'zadabiynashr. 1960 yil. 

 8.  Shekspir Vilyam "Sonetlar", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1978 yil. 

 9.  Shekspir Vilyam "qiyiq qizning quyulishi", T., Toshkent, 1965 yil. 

  

  

  




Yüklə 410,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə