Chet el adabiyoti



Yüklə 410,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/18
tarix26.11.2017
ölçüsü410,48 Kb.
#12439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18

 

 

16 



 

  

 ADABIYoTLAR 



 I. ASOSIY ADABIYoTLAR 

 1.  Alimuxamedov N. "Antik adabiyot tarixi", Toshkent, "O'qituvchi", 1975 yil. 

 2.  Sulaymonova F. "Sharq va Farb", Toshkent, "O'zbekiston", 1997 yil. 

 3.  Kun N. A. "qadimgi Yunoniston afsona va rivoyatlari". Toshkent, 1983 yil. 

 4.    Mahmudov  Mahkam  "Hayrat  va  tafakkur",  T.,  Fafur  Fulom  nomidagi 

Adabiyot va san'at nashriyoti, 1990 yil. 

 5. Rim adabiyoti bo'yicha xrestomatiya. Oybek tahriri ostida. Toshkent, 1940 y.  

 6. Sofokl "Shoh Edip", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1979 yil. 

 7. Xomer "Iliada", T., Fafur Fulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1988 

yil. 


 8. Esxil "Zanjirband Prometey", T., Adabiyot va san'at nashriyoti, 1978 yil. 

 II. QO'ShIMChA ADABIYoTLAR 

 1.    Andayk  Dj.  "Kentavr",  Moskva,  1979  yil.  2.    Ilyosov  Ya.  "So'g'diyona", 

Toshkent, "Sharq", 1994 yil. 

 3.  "Maxabxarata", Toshkent, "Yosh gvardiya", 1966 yil. 

 4.  "Mif diffuziyasi va epik motivlar", "O'zbek tili va adabiyoti", 1994 yil, N 3.. 

 5.  Sagdullayev A. "Ognenno'e strelo'", Toshkent, "Universitet", 1993 yil. 

 6.  "Ellada qahramonlari", Toshkent, "Yosh gvardiya", 1976 yil. 

10- mavzu: 

 URTA ASRLAR ShAXAR ADABIYoTI 

 Reja: 

 1. Shaxar adabiyotining realistik xususiyati, asosiy janrlari 



 2. Fablio- kichik xajmli xikoya 

 3. "Tulki xakida roman" 

              O'rta  asrlar  adabiyoti.  Ritsar  poeziyasi.  Fransuz  qahramonlik eposi. Epik 

dostonlar.  qo'shiq-mustaqil  adabiy  janr  sifatida.  Ispan  qahramonlik  eposi.  Nemis 

qahramonlik eposi. Realizm va xalqchillik. Ijobiy obrazlar. 

  Ritsarlik  -  kurtuaz  adabiyoti.  Trubadurlar.  Minnezanglar.  Shahar  adabiyoti. 

Fablio. Shvanklar. 

  Uyg'onish  davri  xalq  og'zaki  ijodiyoti.  Xajviya.  Realizm.  Lirika.  Novella. 

Roman. Drama va teatr. Sonetlar. Komediya. Tragediya. 

   


 O'rta asrlar adabiyotining rivojlanish jarayonidagi uch omil: 

 1.  xalq ijodi 

 2.  antik madaniyat va san'at 

 3.  cherkovning roli 

  

 Bunda  ayniqsa  xalq  poeziyasi  an'analarining  roli  kattadir.  Eng  qadimgi  poeziya 



namunalari  mehnat  qo'shiqlari  bo'lsa,  o'rta  asrlarga  kelib,  qo'shiq  urf-odat 

doirasidan  chiqib,  mustaqil  adabiy  janr  sifatida  shakllanadi.  Cherkov  uzoq  vaqt 

xalqni  jaholatda  saqlab  kelsa-da,  lekin  u  baribir  kishilarning  real  hayot  zavq-



 

 

17 



 

shavqiga bo'lgan ishtiyoqini bo'g'a olmadi. 

 O'rta  asrlar  adabiyotining  rivojlanishiga  katta  ta'sir  etgan  omillardan  yana  biri 

antik madaniyatdir. O'rta asrlar ritsar poeziyasida Rim shoiri Ovidiy tilga olinadi. 

Makedoniyalik  Iskandar  haqidagi  ertaklar,  Vergiliyning  "Eneida"  poemasi  kabi 

asarlardan  o'rganish,  foydalanish  asosida  dastlabki  ritsar  roman  va  qissalari 

vujudga keladi. 

 qahramonlik  eposlari  xususida  muhokama  yuritilganda  Farb  va  Sharq  xalqlari 

ijodi  o'rtasida  ba'zi  bir  yaqinlik  va  o'xshash  syujetlar  mavjudligi  o'sha  davr 

xalqlarining  ma'lum  bir  taraqqiyot  bosqichida  yashab,  kelajak  haqidagi 

orzularining mushtarakligi bilan izohlanadi. 

 Fransuz  qahramonlik  eposi  fransuz  poeziyasining  ilk  namunalari  mehnat, 

jangovar  yurish,  maishiy  hayot  masalalariga  bag'ishlangan  qo'shiqlar  shaklida 

paydo  bo'lgan.  Xalq  hayotining  alohida  voqealarini  gavdalantirgan  bunday 

qo'shiqlardan  epik  dostonlar  yaratilgan.  Bunday  dostonlarda  xalq  hayoti,  orzu-

umidlari  ifodalangan.  Epik  poeziyaning  ijobiy  qahramonlari  mard,  jasur  va 

sog'lom,  saxiy,  mazlumlarga  yordam  berish  va  vatan  uchun  jonini  fido  qilishga 

tayyor turgan kishilar qilib ko'rsatilgan. 

 "Roland  haqida  qo'shiq"  fransuz  qahramonlik  eposi  4002  misradan  iborat  bo'lib, 

unda Fransuya yagona bir davlat sifatida qadrlanadi, uning imperatori Karl, "aziz 

Fransiya" uchun jon fido qilgan Roland ulug'lanadi. 

 "qo'shiq"da  voqealarning  xalq  eposiga  xos  tarzda  mubolag'a  bilan  berilishi. 

Rolandning  vatanparvarligi.  "Roland  haqida  qo'shiq"  chuqur  insoniy  tuyg'ular, 

do'stlikni o'zida mujassamlashtirgan badiiy yodgorlik namunasidir. Asarda harbiy 

qahramonlikning kuylanishi. 

 Ispan  xalqining  qahramonlik  eposi  shu  jumladan,  "Sid  haqida  qo'shiq"  o'rta 

asrlardagi  Farbiy  Ovro'po  qahramonlik  eposidan  farq  qiladi,  ya'ni  ispan 

qahramonlik eposida xushchaqchaqlik ustun turadi. 

 "Nibelunglar  haqida  qo'shiq"  nemis  qahramonlik  eposi  mahsuli  bo'lib,  qadimgi 

ertakning bir turidir. 

 Unda realizm va xalqchillik elementlari bo'lib, ijobiy obrazlar tasviri va talqinida 

ko'rinadi. 

 "Nibelunglar  haqida  qo'shiq"  bilan  o'zbek  xalqining  qahramonlik  eposi 

"Alpomish"  o'rtasidagi  o'xshashliklar  har  ikki  asar  qahramonlarining  xulqida, 

shiddatkorligida,  qudratida  ko'rinadi.  Alpomishning  "o'tda  kuymasligi"ga  nemis 

pahlavoni Zikfrid o'xshasa, Barchin bilan Bryunxildalar o'z oshiqlari oldiga shart 

qo'yishlari  bilan  o'xshash.  Lekin  har  ikki  asar  qahramonlarining  taqdiri 

o'xshamaydi. Agar Barchinning shartlarini bajarib Alpomish unga erishgan bo'lsa, 

nemis pahlavoni fojeali halok bo'ladi. 

 XII-XIII  asrlarga  kelib  salb  yurishlari,  shaharlar  mavqeining  o'sishi  davrida 

ritsarlik  madaniyati  rivojlandi.  Ritsar  adabiyoti  o'rta  asrlarda  Fransiyada  paydo 

bo'lgan  va  Farbiy  Ovro'poning  boshqa  mamlakatlarida  shakllanayotgan  ritsar 

adabiyoti uchun namuna xizmatini o'taydi. 

 Ritsarlar  poeziyasi  trubadurlar  (ijod  etmoq  ma'nosini  bildiradi)  va  nemislarning 




Yüklə 410,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə