Chet el adabiyoti



Yüklə 410,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix26.11.2017
ölçüsü410,48 Kb.
#12439
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18

 

 

20 



 

Lauraning  hayoti",  "Madonna  Lauraning  vafoti"  asarlari  bo'lib,  unda  sevgi 

mavzusidan  tashqari  siyosiy  va  falsafiy  mavzudagi  she'rlari  ham  bor.  Bunday 

she'rlarida jangovarlik ruhi sezilib turadi. 

 Jovanni  Bokkachcho  (1313-1375)  Uyg'onish  davri  adabiyotida  novella  janrida 

ijod  qilib,  uning  rivojiga  hissa  qo'shdi.  Dastlabki  ijodida  ritsar  romanlarini  qayta 

ishladi, she'rlarida cho'ponlar poeziyasidan foydalandi, rim yozuvchisi Ovidiyning 

"Metamorfozalar"  asariga  taqlidan  "Fezolan  parilari"  asarini  yozdi.  Ovro'po 

adabiyotida  birinchi  bo'lib,  "Fyametta"  psixologik  romanini  yaratdi.  Asarida 

sevgilisi  tashlab  ketgan  ma'shuqaning  his-tuyg'u  va  ruhiy  azoblari  qahramon 

tilidan  beriladi.  Bokkachcho  Ovro'po  adabiyotida  birinchi      bo'lib  ayollarni  o'z 

o'rni,  xarakteri,  ularning  ichki  dunyosi,  his-tuyg'ulari,  quvonch  va  tashvishlarini 

real ko'rsatib berdi. 

 Bokkachchoning  "Dekameron"  asari  hikoyalar  to'plami  bo'lib,  xalq  og'zaki 

ijodiyotiga  murojaat  qildi.  Yuzta  hikoyani  o'z  ichiga  olgan  bu  asar  "Ming  bir 

kecha"ni eslatadi. Bokkachchoning bu hikoyalarni yozishdan maqsadi - kishilarga 

yangi  ong,  yangi  madaniyat  va  go'zallikni  singdirishdan  iborat  edi.  Shoir  ijodida 

sevgini  keng  ma'noda,  ijtimoiy  hayot  bilan  bog'liq  holda  tasvirlash  asosiy  o'rinni 

egallaydi.  Bokkachcho  qahramonlari  oddiy  kishilar,  ularning  ijobiy  xislatlari  - 

epchillik, donolik, xushchaqchaklikdan iborat bo'lib, foklordan keng foydalangan. 

"Dekameron" o'zbek tilida. 

  

  



   

 XV-XVI  asrlarda  Fransiyadagi  ijtimoiy-siyosiy  holat.  Fransisk  I  va  ispan  qiroli 

Karl V o'rtasidagi vaziyat, siyosiy holatning kuchayishiga sabab bo'lishi. 

 Bu davr adabiyotining vakili Fransua Rable (1494-1553) bo'lib, ijodida xalq orzu-

istaklarini  ifodalovchi  asarlar  yaratdi.  Jumladan,  uning  o'zbek  tiliga  tarjima 

qilingan  "Gargantyua  va  Pantagryuel"  romani  o'rta  asr  tartiblari,  xulq-atvorlariga 

qarshi  satira  sifatidagi  asar  bo'lib,  unda  xayoliy  bo'lsada,  xalqning  kelajakdagi 

yaxshi  turmushi  aks  ettirilgan.  Asarda  yozuvchi  o'sha  davr  gumanistlarini 

qiziqtirgan  tarbiya,  urush  va  tinchlik  masalalarini  yoritadi.  O'rta  asr  ta'lim-

tarbiyasiga yangi o'qitish usulini qarshi qo'yadi. 

 Asarda  oddiy  kishilardagi  sadoqat,  mehnatsevarlik,  samimiylik  xususiyatlarini 

muhabbat bilan tasvirlasa, ruhoniylar va ularning ta'limotlari ustidan kuladi. Xalq 

orzu-umidlarining  ifodalanishi,  insonparvarlik  g'oyalari  va  pedagogik  qarashlari. 

Asarda  xalq  og'zaki  ijodiyotidan  unumli  foydalanishi.  Rable  yaratgan  xalqparvar 

qirollar  obrazi,  ijodining  demokratik  ruhi,  satirik  uslubi,  xushchaqchaq  kulgusi. 

Fransua Rable ijodining jahon adabiyotiga ko'rsatgan ta'siri va ahamiyati. 

  

 13- mavzu: 



 ANGLIYaDA UYFONISh DAVRI ADABIYoTI 

 Reja: 


 1. Drama va teatrning rivojlanishi 


 

 

21 



 

 2. Shekspir ingliz adabiyotining buyuk nomayandasi 

 3. Shekspir dramaturgiyasi 

 XIV-XVI  asrlarda  Angliyada  Uyg'onish  davri  harakatlari,  ishlab  chiqarish 

munosabatlarining  rivojlanishi,  O'rta  asr  tartiblari  va  uning  g'oyaviy  asoslariga 

putur  yetkazuvchi  yangi  gumanistik  dunyoqarashning  shakllanishi.  Dehqonlar 

harakati. Xalq ommasining zulmga qarshi noroziligi. Angliyada Reformatsiya. Din 

va  cherkovga  munosabat  ingliz  gumanistlari  uchun  asosiy  masala.  Uyg'onish 

harakatining mamlakat madaniy hayotiga ta'siri, san'at va adabiyotning gumanizm 

g'oyalarini  yoyishda  asosiy  qurol  vazifasini  bajarishi.  Angliyada  Uyg'onish  davri 

yozuvchilarining  o'tmishdoshlari.  Vilyam  Lenglendning  "qo'shchi  Petr  haqidagi 

xayol" poemasi XIV asrning ikkinchi yarmidagi Angliya ijtimoiy hayotining o'ziga 

xos  tomonlarini,  dehqonlarning  og'ir  ahvolini  yoritib  beruvchi  asardir.  Poemada 

mehnat g'oyasining ilgari surilishi, dehqon mehnatining maqtalishi. Asarning xalq 

ongining  o'sishiga  ta'siri.  Choserning  "Kenterberiy  hikoyalari"da  Angliyadagi 

ijtimoiy  tabaqalar  hayotining  aks  etishi.  Asarda  realizmning  kuchi.  Robin  Gud 

haqida xalq balladalari va ularning dehqonlar harakati bilan bog'liqligi. 

 Ingliz  gumanistik  adabiyotining  tarixiy  rivojlanish  bosqichlari  va  xususiyatlari. 

Tomas  Mor  hayoti  va  ijodi.  "Utopiya"  asarida  yozuvchining  gumanistik 

qarashlarining  aks  etishi.  Asarda  Ovrupodagi  mavjud  ijtimoiy  tuzumning 

qoralanishi,  mavjud  tartiblarga  qarshi  xalq  ommasining  noroziliklarining 

ifodalanishi. "Utopiya" asari bilan Uyg'onish davri ma'rifatchilik adabiyotiga asos 

solishi. 

 Drama  va  teatrning  rivojlanishi.  Angliyadagi  "Globus"  teatrining  demokratik 

xarakteri.  Shekspir  o'tmishdoshlari  -  Kristofer  Marlo  -  yangi  tipdagi  teatrning 

yaratilishiga  katta  ulush  qo'shgan  dramaturg.  Marlo  -  kuchli,  ehtirosli  shaxslar 

obrazini  yaratuvchi,  "Ulug'  Temur",  "Doktor  Faustning  fojiali  tarixi",  "Malta 

yaxudiysi" tragediyalari qahramonlarining xususiyatlari. 

 Vilyam  Shekspir  (1564-1616)  -  ingliz  Uyg'onish  davrining  buyuk  namoyandasi. 

Uning  hayoti  va  ijodi.  "Shekspir  masalasi".  Shekspir  ijodini  davrlashtirish; 

Shekspirning  poema  va  sonetlari.  Poemalari  "Venera  va  Adonis",  "Lukresiya"ga 

antik davr tarixi va mifologiyasi syujet qilib olinishi, lekin ularda Uyg'onish davri 

ruhining  ifodalanishi,  Shekspir  sonetlariga  Petrarka  ta'siri.  Sonetlarida  haqiqiy 

insoniy his-tuyg'uning ifodalanishi. Tarixiy xronikalari, markazlashgan hokimiyat 

uchun  kurash,  davlat  va  xalq  taqdiri  masalalarining  qo'yilishi.  Shekspirning  

siyosiy  qarashlari.  "Genrix  IV"  asarida  Shekspirning  asar  qahramonini 

individuallashtirishdagi 

realistik 

mahorati. 

Shekspir 

komediyalari. 

Komediyalarning  mavzusi.  Uyg'onish  davri  ruhi  bilan  sug'orilgan,  chuqur 

gumanistik  g'oyalarni  ilgari  surgan  komediyalarida  pand-nasihat.  "qiyiq  qizning 

quyulishi" komediyasining yaratilishi va unda ilgari surilgan g'oya. O'rta asrlarda 

hukmronlik qilgan "yovuz ayol" tushunchasiga Shekspirning munosabati va uning 

bu asarda yangicha tarannum etilishi. Asar qahramoni - Katarinaning "qiyiq"ligiga 

o'sha  davr  muhitining  ta'siri  sifatida  qaralishi.  Katarinaning  quyulishida 

Petruchioning ta'siri. Katarina va Byanka obrazlarini qiyoslab ko'rish. Asar o'zbek 




Yüklə 410,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə