Chet el adabiyoti



Yüklə 410,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix26.11.2017
ölçüsü410,48 Kb.
#12439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

 

 

12 



 

erishadilar. 

 "Axarnaliklar"da  dehqonlar  obrazini  yaratsa,  "Chavandozlar"da  Afinani 

boshqarayotgan kishilarni tanqid qiladi. 

 Aristofan o'tkir tanqidi, tilining ta'sirchanligi va uslubining go'zalligi bilan o'zidan 

keyingi davr adiblariga o'rnak bo'ldi.  

 6- mavzu: 

 ATTIKA NASRIY ADABIYoTI 

 Reja: 

 1. Nasriy shaklning yetakchiligi 



 2. Notiklik san'atining goyaviy ta'siri 

 3. Falsafiy nasr. Aristotel ijodi 

 Bu  davrda  nasriy  shakl  yunon  adabiyotining  yetakchi  turidir.  Tushunchamizdagi 

proza janridan yunonlar ancha uzoq bo'lganlar. Ular tarixiy, falsafiy va hatto ilmiy 

asarlarni  ham  shu  janrga  kiritganlar.  Nazarimizda,  qadimgi  yunonlarning  bunday 

asarlari  prozaga  o'tish  yo'lidagi  bir  dovon  edi.  Yunonlar  prozani  tarixiy,  notiqlik 

san'ati va falsafiy turlarga bo'lganlar. 

 Tarixiy  prozaning  birinchi  vakili  -  Gerodot  (taxminan  485-425  yillar)  bo'lib, 

Eron-Yunon  urushi  voqealariga  bag'ishlangan  "Tarix"  asarini  yaratgan. 

Gerodotning maqsadi zamonlar o'tishi bilan insonlarning ishlari tarixda qolishi va 

urushning  sabablarini  ko'rsatish  bo'lgan.  Asarda  urush  voqealarini  tasvirlashdan 

avval  shu  xalqlar  o'tmishini  to'la  aks  ettiradi  va  bu  albatta  Gerodot  asarini  jahon 

tarixi darajasiga olib chiqadi. O'rta Osiyo tarixini o'rganishda uning asari tengsiz. 

Ayniqsa,  massaget  qabilalari,  "To'maris"  qissasi  xususidagi  ma'lumotlar  ham 

berilgan.  (N.M.  Mallayev  "O'zbek  adabiyoti  tarixi",  I  kitob,  "O'qituvchi" 

nashriyoti, T., 1965. , 53-bet). 

 Fukidid - tarixiy prozaning ikkinchi vakili bo'lib 470-400 yillar atrofida yashagan. 

U Peloponnes urushi voqealarining guvohi sifatida shu real haqiqatni tasvirlovchi 

kitob yozgan. 

 Notiqlik san'ati - ritorikaning asl vatani Sitsiliya bo'lib, V asrda adabiy janr holida 

sofistlar  yaratganlar.  Notiqlik  san'atining  siyosiy  notiqlik,  sud  notiqligi  va 

tantanali  notiqlik  turlari  bo'lgan.  Lisiyning  sud  nutqlari,  Demosfenning 

Makedoniya podshohi Filippga qarshi, uning yovuz istilochilik harakatlarini fosh 

qiluvchi  nutqlari  bilan  mashhur.  Bu  nutqlarida  Demosfen  vatandoshlariga 

murojaat qilib, yurt baxti, el ozodligi uchun birlashishga chaqiradi. 

 Falsafiy  prozada  Platon,  Aristotellarni  ko'rish  mumkin.  Aristotelning  san'at  va 

adabiyot 

haqidagi 

fikrlari 

"Poetika" 

asarida 

berilgan. 

Unda 

estetika 



muammolariga,  san'at  va  adabiyot  nazariyalariga  oid  masalalar  muhokama 

qilinadi. Bu asar antik dunyo adabiyotining qimmatbaho xazinasi hisoblanadi.  

 7- mavzu: 

 RIM XUKMRONLIGI DAVRI 

 Reja: 

 1. Yunoniston Rim xukmronligi ostida 



 2. Rim adabiyotining yunon adabiyoti bilan boglikligi 


 

 

13 



 

 3. Rimning dastlabki shoirlari 

 Tarixdan  ma'lumki,  336  yili  makedoniyalik  Iskandar  Yunonistonni  bosib  olib, 

Sharqqa  qarshi  yurish  boshlagan.  Yunonlar  bir  necha  bor  o'z  mustaqilliklarini 

tiklashga  uringanlar,  lekin  har  gal  urinishlar  bekor  bo'lib,  ular  Makedoniyaga 

qaram bo'lib qolganlar. Shunday bo'lsada, ellin xalqining fani, adabiyot va san'ati 

boshqa  mamlakatlarga  ta'sirini  o'tkaza  boshladi.  Shuning  uchun  ham  yunon 

madaniyati 

ta'sirida 

bo'lgan 


davlatlar 

Iskandar 

istilosidan 

to 


Rim 

hukmronligigacha  bo'lgan  davr  -  ellinizm  davri  deb  yuritilgan.  Ellinizm  davri 

adabiyotida  "yangi"  komediya  paydo  bo'ldi.  Bu  komediyada  ham  ishq-muhabbat, 

oilaviy  munosabat  masalalari,  umuminsoniy  masalalar  haqidagi  muammolar 

ko'tarilar  edi.  Menandr  (taxminan  343-292)  yuzdan  ortiq  komediya  yozgani 

ma'lum.  U  komediyaga  faqat  tomoshabinni  kuldirib,  vaqtini  chog'  qiladigan 

shunchaki  bir  masxarabozlik  deb  emas,  balki  insonni  ma'naviy  va  axloqiy 

tomondan  tarbiya  qiladigan  muhim  bir  vosita  deb  qaraydi.  Komediyalarida 

qahramonning  ichki  dunyosiga  chuqurroq  kirish,  ularning  dardu  alamlarini, 

sevinch va shodliklarini to'laroq ochish - Menandrning asosiy vazifasi edi. Xuddi 

shu  fazilat  uni  zamondosh  komediyanavislardan  ajratib  turar  edi.  Menandr 

xarakterlar  komediyasini  yaratgan.  Shoir  ba'zi  hollarda  qahramonlarini  shu  qadar 

fojiali  tasvirlaydiki,  natijada  bu  tragediya  tusini  ham  oladi.  Buni  biz  "Hakam 

sudi", "qirqilgan soch" asarlari bosh qahramonlari holatlarida ko'ramiz. 

 Ellinizm  davrida  poeziya  janri  ham  rivojlandi.  Kallimax  (taxminan  310-240) 

ma'lumotlarga ko'ra juda sermahsul shoir bo'lgan. Uning  "Jadvallar" bibliografik 

qo'llanmasida  o'zidan  oldin  o'tgan  olim  va  adiblar  to'g'risida  ma'lumot  beradi. 

Uning  bu  asari  adabiyotshunoslarda,  ilmiy-tadqiqot  ishlarida  amaliy  va  nazariy 

manba  bo'ldi.  Kallimaxning  "Sabablar"  to'plami  kichik  qissalaridan tashkil topib, 

turli bayramlar va udumlarning kelib chiqishi, shahar va ibodatxonalarning barpo 

etilishi  haqidagi  rivoyatlardan  iborat.  Shoir  ijodida  ma'budlar  sha'niga  yozilgan 

qo'shiqlar  -  gimnlar  ham  bor.  Uning  asarlari,  boshqa  shoirlardagi  kabi  olimona 

iboralarga  boy.  Bundan  shoirning  o'z  ijodini  bevosita  yuqori  saroy  ahllari 

talablariga moslashtirgani ko'rinadi. 

 Ellinizm  davrida  katta  epik  doston  yozishga  moyillik  Apolloniy  (taxminan  295-

215)  ijodida  ko'rinadi.  Uning  "Argonavtika"  poemasida  qadimgi  jangnomalarga 

murojaat  qilgani  ko'rinadi.  Asarning  asosiy  mavzusi  inson  hissiyoti  masalasidir. 

Asar antik afsona asosiga qurilgan - Medeyaning Yasonga muhabbati tasvirlanadi. 

Bu  mavzuni  tasvirlashda  Apolloniy  muhabbat  tuyg'ularini  psixologik  tomondan 

tahlil qiladi. 

 Ellinizm  davrida  kichik  hajmdagi  poetik  asarlar  Feokrit  (300-250)  ijodida 

ko'rinadi.  Ijodida  tabiat  zavqi,  sevgi  ehtiroslarini  kuylash,  insonning  shaxsiy 

hayotiga, ayniqsa, oddiy kishilarning turmushiga ko'proq qiziqish, she'rning nafis 

va  go'zal  bo'lishiga  intilish  o'z  ifodasini  topgan.  Uning  "Idilliyalar"  to'plami 

(ko'rinish,  manzara  ma'nosini  beradi)da  "bukolikalar",  ya'ni  cho'ponlar  haqidagi 

she'rlari  bor.  Bukolika  -  yunon  folklorida  uchraydigan  janrlardan  biri.  Feokrit 

bukolikalarida  cho'ponlar  o'rtasidagi  suhbatlar,  dahanaki  janglar,  sevgi  nolalari, 



Yüklə 410,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə