Chet el adabiyoti



Yüklə 410,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix26.11.2017
ölçüsü410,48 Kb.
#12439
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18

 

 

24 



 

  

  



 Klassitsizm. XVII asr ispan adabiyoti. Barokko. Drama.  

 Ingliz adabiyoti. Poema. 

 Ispan adabiyoti. Barokko. Realizm. Milliy drama. 

 Fransuz adabiyoti. Milliy teatr. Komediya. Masal. Satira. Drama. 

 Ma'rifatchilik.  Ingliz  adabiyoti.  Pamflet.  Roman.  Satira.  Epistolyar  roman. 

Dramaturgiya. Publitsistika. Ijobiy qahramon masalasi. Xalq obrazi. 

  Fransuz  adabiyoti.  Ijodiy  metod  masalasi.  Tragediya.  Ensiklopediya. 

Sentimentalizm. 

 Nemis  adabiyoti.  Milliy  teatr.  Falsafiy  drama.  Realizm.  Isyonkorlik  ruhi.  Lirika. 

Tragediya. 

  

 14- mavzu: 



 XVII ASR  OVRUPO ADABIYoTI 

                                                                       Reja: 

 1. Fransuz adabiyotida ijtimoiy vokealar,zidiyatlarning kuchayish 

 2. Ispaniyada diniy reaksiyaning avj olishi 

 3. Angliyada iktisodiy va siyosiy axvol 

  

 Klassitsizm adabiyoti. Tarixiy vaziyat va adabiy oqimlar. Uyg'onish davri adabiy 



yo'nalishlarining davom ettirilishi. Klassitsizmning asosiy prinsiplari. 

 Ingliz  adabiyoti.  Jon  Milton  -  ingliz  adabiyotining  yirik  vakili.  Milton  ijodining 

bosqichlari. "Yo'qotilgan jannat" epik poemasi; siyosiy voqealarning tasvirlanishi. 

Milton  dunyoqarashidagi  ziddiyatlar.  Antik  madaniyatni  yuqori  baholashi. 

"Topilgan  jannat"  poemasida  inqilobiy  g'oyalardan  chekinish.  Poema  -  siyosiy 

ruhdagi asardir. 

 "Samson  -  kurashchi"  dramatik  asarida  inqilobiy  g'oyalarga  murojaat  qilinishi, 

yozuvchining o'z davrining aktual masalasiga e'tibori. 

  

 XVII  asrda  Ispaniyaga  xristian  dinining  salbiy  ta'siri.  Mamlakat  ijtimoiy 



hayotidagi  voqealarning  ispan  adabiyotiga  ta'siri  masalasi.  XVII  asr  ispan 

adabiyotidagi uch yo'nalish. Ispan adabiyotida barokko oqimining rivojlanishi. 

 Lope de Vega - ispan adabiyotida Uyg'onish realizmi an'analarini davom ettirgan 

ulug'  yozuvchi.  Lope  de  Vega  ijodida  ispan  realistik  teatrining  yuqori  pog'onaga 

ko'tarilishi.  "Yangi  san'at"  asarida  ispan  milliy  dramasining  asosiy  qoidalarini 

belgilab  berishi.  Uning  estetik  qarashlari.  Ijodiyotining  rang-barangligi.  Lope  de 

Vega  asarlarining  mavzusi.  Davlat  masalasi  va  qahramonlik  mavzusining 

yechilishi. Asarlaridagi xalqchillik, xalq ertaklari, xronikalardan foydalanishi. 

 "qo'zibuloq"  pesasi  tarixiy  qahramonlik  va  ijtimoiy-siyosiy  xarakterdagi  asardir. 

Peesada dramatik konfliktni tashkil etgan asosiy voqea - xalq qo'zg'oloni xususida. 

Lope  de  Veganing  novatorligi  va  xalqqa  yaqinligi.  Asarda  dehqonlar  obrazi, 

"qo'zibuloq"  demokratik  ruh  bilan  sug'orilgan,  badiiy  puxta  ishlangan  asardir. 




 

 

25 



 

Asarda tipik obraz va realistik manzaraning yaratilishi. Asarning qimmati. Lope de 

Veganing "O'z uyida dono" pesasida oddiy dehqon turmushi, ma'naviy pokligining 

yuqori  tabaqa  kishilari  manmanligiga  qarshi  qo'yilishi,  "Plash  va  shamshirlar 

komediyasi"da sevgi, oilaviy-maishiy mavzuning yoritilishi, "Ko'za ko'targan qiz", 

"Raqs muallimi", "Aslzoda idish yuvuvchi xotin" kabi asarlarida insonni  eski urf-

odatlardan holi etib, uni ulug'lashi muammolari. 

 Lope  de  Vegadan  keyingi  davrda  ispan  dramasi.  Kalderon  -  shu  davr  Ispaniya 

ruhini,  gumanizmning  inqirozga  yuz  o'girganligining  ifodachisi  sifatida. 

Kalderonning  diniy  ruhdagi  pesalari.  ("Butga  sajda  qilish",  "Hayot  -  uyqu 

demak"). 

 Kalderonning or-nomus masalasiga bag'ishlangan dramalari ("Ayriliqning xavfi", 

"Nomus g'alabasi", "Mahfiy nikoh"). 

 Kalderon  dramalarida  realistik  tasvir,  xarakterlarning  pishiq  ishlanishi  va 

demokratizmi.  Kalderon  ijodidagi  qarama-qarshiliklari.  Kalderonning  dramatik 

mahorati. Ispan teatrining tushkunlikka tushishi. 

  

 XVII asr fransuz adabiyoti va san'atida klassitsizmning taraqqiyoti. 



 Per  Kornel  -  XVII  asr  fransuz  dramaturgi.  Uning  "Sid" tragediyasi o'z davridagi 

ijtimoiy  qarama-qarshiliklarning  realistik  tasvirlashi.  Sid  obrazi  vatan  uchun 

xizmat  qiluvchi.  Kornelning  bu  asarda  erkinlik  va  demokratik  g'oyalarni  himoya 

qilishi,  feodal  urf-odatlarni  tanqid  qilishi.  "Sid"  atrofidagi  kurash  va  uning 

g'oyaviy-siyosiy maqsadi. 

 "Goratsiy"  tragediyasida  Kornel  davlat  va  jamiyat  ishi  uchun  kurash  mavzusiga 

murojaat qilishi. Asarda grajdanlik burchi masalasining qo'yilishi. Kornel fransuz 

tragediyasininggina  emas,  balki  fransuz  xarakterlar  komediyasining  asoschisi 

sifatida ("qallob" komediyasi). 

 Kornel  ijodining  so'nggi  davrlarida  yozilgan  asarlarida  tushkunlikning 

ifodalanishi. 

 Moler - fransuz milliy teatrining asoschisi. Moler - fransuz klassik komediyasini 

yaratuvchi.  Komediyalaridagi  realizm.  Komediyalarida  oila,  nikoh  masalalarini 

ko'tarib  chiqishi  ("Erlar  uchun  saboq",  "Ayollar  uchun  saboq")  Moler 

dunyoqarashidagi  xalqchillik.  Molerning  XVII  asr  Fransiyasidagi  siyosiy 

kuchlarni tanqid qiluvchi asarlari. "Tartyuf"da xristian dini va cherkovning tanqid 

qilinishi. 

Pesaning 

satirik 

kuchi. 


"Don-Juan"da 

axloqsizlik 

va 

o'zboshimchalikning fosh etilishi. "Mizantrop"da mavjud tartiblarga qarshi kurash 



masalasi.  "Xasis"da  asosiy  qahramon  uchun  asosiy  xususiyat  bo'lgan  xasislikni 

ochish.  "Xasis"  Molerning  tipik  "xarakterlar  komediyasi"dir.  "Dvoryanlikdagi 

meshchan"da  aristokratiya  hayotiga  taqlid  qiluvchi  va  dvoryanlikka  suqilib 

kiruvchi meshchanni tanqid qilish. Moler komediyalarida oddiy xalq obrazi. Moler 

asarlarining ahamiyati. Uning asarlari sahnada.  

 Lafonten  -  XVII  asr  fransuz  masalchi  shoiri.  Lafonten  ijodidagi  cherkov  va 

aristokratik  xulq-atvor  tanqid  qilingan  she'riy  ertaklari.  Lafonten  masallari, 

ulardagi  xalqchillik  g'oyasi,  haqqoniylik  va  realistik  tasvir.  Uning  "Dub  va 




Yüklə 410,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə