Davlat byudjeti



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/25
tarix28.11.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#135132
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Давлат бюджети фанидан мустакил таълим 2021 22 2 (3)

3-guruh uchun topshiriq: 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, uning byudjet tizimini 
boshqarishdagi vakolatlari. 
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjet siyosatini belgilov-
chi ahamiyatini nimalarda izohlash mumkin? 
2. Moliya vazirligining hozirgi kunda byudjet tizimini boshqarishdagi vakolat-
lari qanday? 
3. Moliya vazirligining byudjet tizimini boshqarish jarayonida boshqa organlar 
bilan hamkorliklari? 
4. Moliya vazirligining davlat moliyaviy nazoratiga oid funksiyalari tavsifi? 
4-guruh uchun topshiriq: 
O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachiligi, uning byudjet tizimini boshqa-
rishdagi ahamiyati. 
1.O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachiligining byudjet tizimini boshqarishdagi 
ahamiyati va vazifalari qanday? 
2. G‘aznachilik xizmatining byudjet tizimini boshqarishdagi vakolatlari 
qanday? 
3. G‘aznachilik xizmatining byudjet tizimini boshqarish jarayonida boshqa 
organlar bilan hamkorliklari? 
4. G‘aznachilik xizmatining davlat moliyaviy nazoratiga oid funksiyalari 
tavsifi? 
4-MAVZU. DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARI TIZIMI 
 
1-topshiriq: 
1.
Davlat byudjeti daromadlarining guruhlanishini aks ettiruvchi chizma 
tayyorlang va xulosa yozing 
2.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibi va tuzilishining 
tahlili asosida tahliliy ish tayyorlang va xulosa yozing. 
2-topshiriq: 
1.
Byudjet daromadlari qanday mezonlar asosida klassifikatsiya qilinadi? 
2.
Byudjet daromadlari manbalariga ko‘ra qanday guruhlanadi? 


18 
3.
To‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibini aks ettiruvchi 
chizma tayyorlang va xulosa yozing. 
3-topshiriq: 
1.
Davlat byudjeti daromadlariga Byudjet kodeksiga muvofiq qanday 
daromadlar kiritilgan? 
2.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati? 
3.
Soliqlarning xarakterli belgilari va funksiyalari? 
4.
Davlat byudjeti daromadlarining guruhlanishini aks ettiruvchi chizma 
tayyorlang va xulosa yozing. 
4-topshiriq: 
1.
Soliq tizimi deb nimaga aytiladi? 
2.
Soliq islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari nimalardan iborat? 
3.
Soliq kodeksining tegishli moddalarini o‘rganish asosida soliqlarning turli 
belgilariga ko‘ra guruhlanishini aks ettiruvchi chizma tayyorlang va xulosa yozing. 
5-topshiriq: 
1.
Xodim mehnatiga 2022 yilning yanvar oyida 1500000 so‘m, fevral-aprel 
oylarida esa, 1650000 so‘mdan ish haqi to‘langan. Xodimga yanvar oyida 2000000 
so‘mlik maishiy texnika sovg‘a qilingan. Yanvar-mart oylarida xodimdan 
643993,64 so‘m soliq, shu jumladan 5366,61 so‘m ShJBPJga ushlab qolingan 
bo‘lsa, Davlat byudjetiga xodimning daromadidan qancha miqdorda daromad solig‘i 
ushlab qolinadi? 
2.
Imtiyozga haqli bo‘lgan xodimga 2022 yilning yanvar oyida 1600000 so‘m, 
fevral-aprel oylarida esa, 1760000 so‘mdan ish haqi to‘langan. Yanvar oyida unga 
nikohdan o‘tishi munosabati bilan 3500000 so‘m moddiy yordam ko‘rsatilgan va 
2700000 so‘m qiymatga ega sovg‘a topshirilgan. Agar yanvar-mart oylarida 
xodimdan 474551,98 so‘m, shu jumladan 3954,6 so‘m shaxsiy jamg‘arib 
boriladigan pensiya jamg‘armasiga ushlab qolingan bo‘lsa, 2022 yilning aprel oyida 
xodimning daromadidan davlat byudjetiga qancha miqdorda soliq o‘tkaziladi? 


19 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə