“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè


Qadimgi Misr huquqining asosiy belgilari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92

 
16
 
7. Qadimgi Misr huquqining asosiy belgilari 
 
 Barcha qadimgi davlatlardagi kabi Qadimgi Misrda ham huquqning dastlabki manbai 
odat huquqi bo`lgan. Qadimgi grek yozuvchisi Diodar Sitsiliyalikning xabar berishicha, 
Misrda birinchi qonun chiqargan afsonaviy podsho - birinchi sulolaning birinchi podshosi 
Menes bo`lgan, ikkinchisi podsho Sazixis bo`lgan (bu Qadimgi podsholik davri podsholaridan 
bo`lsa kerak).  
Misrda miloddan avvalgi XIII asrda yozma qonunchilik ancha taraqqiy qilgan. Masalan, ayniqsa, Ramzes II podsholigi 
davrida ko`p qonunlar chiqarilgan. Bu qonunlar Misr armiyasini, jamiyatning ijtimoiy tuzumini va byurokratik davlat 
apparatini mustahkamlashga qaratilgan. Nihoyat, miloddan avvalgi VIII asrda podsho Bokxorisning sakkizta kitobi 
(qirqta noma)dan iborat katta kodeksi paydo bo`lgan. Miloddan avvalgi VI asrda podsho Amasis mahalliy hokimiyat 
faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar chiqargan.  
 
 Qadimgi Misrda yerga egalikning bir qancha turlari mavjud bo`lgan. Butun yerlar 
rasman podshoning mulki hisoblangan. Biroq amalda turli huquqiy rejimdagi bir qancha 
yerga egalik shakllari mavjud bo`lgan. 
 
Ibodatxonalarga berilgan yerlar ularning mansabdor shaxslarining birgalikda 
foydalanishiga kelib tushgan. XIX sulola hukmronligi davrida amalda bu yerlar kohinlar 
o`rtasida qur’a tashlash yo`li bilan taqsimlana boshlagan. Bunday yerlarda uni ishlashga va yetishtirilgan hosilning 
ma’lum qismini davlatga va ibodatxonalarga berishga majbur hisoblangan dehqonlar bo`lgan.  
 
Ibodatxonalardan tashqari alohida harbiylar va kohinlar ham o`z xizmatlari evaziga mukofot tariqasida 
podsholardan yer olib turganlar.  Ibodatxonalarga yoki harbiy va chinovniklarga berilmay qolgan boshqa barcha 
davlat yerlari dehqonlar jamoalarining egaligida bo`lgan va bevosita oqsoqol - kserp tomonidan idora etilgan. 
 
VIII suloladan boshlab podsho haydaladigan yerlarni ham faxriylarga ma’lum xizmat evaziga emas, balki 
oddiy hadya sifatida bera boshlagan. 
 
Harakatdagi ashyolar xususiy mulk predmeti hisoblangan. Podsho tomonidan yer bilan birga in’om qilingan ish 
chorvasi va quroli (inventar) olgan shaxsning xususiy mulki bo`lib qolgan va uni tasarruf qilish mumkin bo`lgan. 
 
Qadimgi Misrda qullar xususiy mulk sifatida ko`rilgan, lekin ularni ekspluatatsiya qilish Gretsiya va Rim 
singari yuqori darajaga chiqmagan. Qullar o`z oilasi va mulkiga egalik qilishi mumkin bo`lgan. Ular sodir etgan 
jinoyatlari uchun xo`jayinlari tomonidan emas, davlat hokimiyati organlari tomonidan jazolangan. Qullar agar 
xo`jayinlari shafqatsiz munosabatda bo`lsa, ibodatxonalardan boshpana izlashga va o`z xo`jayinlari ustidan shikoyat 
qilishlari mumkin edi. Bu ularni ibodatxonalar xizmatchilariga aylanishiga olib kelgan. 
 Misrda majburiyatlar asosan shartnomalardan kelib chiqqan. Shartnomalar uzoq 
vaqtgacha kohinlar va mansabdor shaxslar oldida tantanali qasam ichish orqali tuzilgan.  
Tovar-pul oborotining rivojlanishi bilan oldi-sotdi shartnomasi ancha keng tarqala 
boshlangan. Savdo munosabatlari Yangi podsholik davrida, ayniqsa, XVIII sulola 
hukmronligi vaqtida (miloddan avvalgi XVI-XIV asrlarda) ancha rivojlangan. 
 
Yerlarni yoki qurilishlarni olish-sotish shartnomasi ma’lum rasmiyatchiliklarga amal qilgan. Bunda ketma-ket 
uchta dalolatnoma tuzilgan. Birinchi dalolatnoma sotuvchi va xaridor o`rtasidagi oldi-sotdi shartnomasining pred-meti 
haqidagi qiymati to`la to`langanligini ko`rsatib tuziladigan bitim bo`lgan. Ikkinchi dalolatnoma diniy xarakterga ega 
bo`lgan va sotuvchi qasam ichish yo`li bilan shartnomani tasdiqlagan. Va nihoyat, uchinchi dalolatnoma sotib oluvchiga 
yerga egalik qilishni o`tkazish hisoblangan.  
 
Shartnomalarning keng tarqalgan turlaridan biri qarz shartnomasi bo`lgan. Misrda bu shartnomaning ob’yekti 
pul va shuningdek qishloq xo`jalik mahsulotlari (don, urug` va boshqalar) bo`lgan. 
 
Qarzni undirish vositalari ham nazarda tutilgan. Qarz muddatida to`lanmasa garovga qo`yilgan shaxs qulga 
aylantirilgan. 
 
Bokxoris podsholigidan boshlab qarzi uchun qulga aylantirish bekor qilingan.  
Misrda  mulkni ijaraga berish, ya’ni ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga ma’lum mol-mulkni 
vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun o`tkazish shartnomalari ham uchraydi.  
 
Qishloq xo`jaligi uchun mo`ljallangan yerlar Misrda, odatda, bir yildan ortiq muddatga berilmagan. 
 
Oddiy shirkat shartnomalari (birgalikdagi faoliyat to`g`risidagi shartnomalar) ham bo`lgan. Bunda sheriklar 
(ishtirokchilar) deb ataluvchi ikki yoki undan ortiq shaxslar foyda olish yoki qonunga zid bo`lmagan boshqa maqsadga 
erishish uchun o`z hissalarini qo`shish va birgalikda ish qilish majburiyatini oladilar. Bagaj va yuk tashish 
shartnomalari ham uchragan. Bu shartnoma bo`yicha bagaj yoki yukni belgilangan manzilga eltib berish hamda ularni 
olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Yuqoridagilardan tashqari birovning ashyolarini 
omonat saqlash shartnomalari ham uchraydi. Saqlab turish tekin bo`lgan; yuk saqlash din homiyligi ostiga qo`yilgan 
yaxshi qo`shnichilik bitimi bo`lgan. 
  
Oilada 
ayollar juda yuqori mavqega ega bo`lgan. Manbalarda u "uy bekasi" 
deb nomlanadi. Biroq V suloladan boshlab oilada erning huquqlari mustahkamlanishi va 
kengayishi tomonga o`zgarib borgan.  
Nikoh shartnoma asosida tuzilgan, ayol o`z nomidan shartnoma tuzgan. Nikoh 
shartnomasi bo`yicha xotin o`z shaxsiy mulkini saqlab qolgan va er unga nikoh xarajatlari uchun ma’lum summa 
berishi lozim bo`lgan.  
Huquq 
manbalari
 
Mulk 
huquqi 
Majburiyat 
huquqi 
Oila va meros 
huquqi 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə