“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92

 
14
kirib, uning boyliklarini talab qaytganlar, poytaxt shahar Memfis ham inqirozga uchragan, mamlakatni birlashtirishni 
uddasidan chiqmagan.  
4. O`rta podsholik 
    (miloddan 
avvalgi 
2250-1750 
yillar) 
 
 
 Qadimgi podsholik davrining ikkinchi bosqichida joylarda nomlarning vorislik 
huquqiga ega bo`lgan urug`lari oldinga chiqa boshlagan. Bu davrning oxiriga kelib mahalliy 
zodagonlarning ahamiyati kuchaygan. Fir’avnlarning umum Misr doirasidagi hokimiyati 
inqirozga uchragan. 
 
Viloyatlarning markaziy hokimiyatdan ozod bo`lishi joylarda xo`jalik faoliyatining 
jonlanib ketishiga olib kelgan. 
 
Ichki va tashqi savdo rivoj topgan. Bungacha don asosiy qiymat o`lchovi bo`lib kelgan bo`lsa, endi uning 
o`rnini oltin egallagan. 
 
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o`sishi va ayirboshlashning kengayishi natijasida mulkiy tabaqalanish kuchayib 
borgan. 
 
O`rta podsholikning gullab-yashnagan davridagi (miloddan avvalgi XVIII asr) ijtimoiy munosabatlar quyidagi 
ikkita muhim belgilari bilan xarakterlanadi: 1) bir tomondan, xususiy xo`jaliklarda quldorlikning ancha o`sishi sodir 
bo`lgan va yer egalarining ahvoli o`zgargan, 2) boshqa tomondan, qishloq jamoalarining tabaqalashuvi mayda 
mulkdorlar - najislar (Misr tilida "najis" so`zi "kichkina" degani) tabaqasining tashkil topishiga olib kelgan. Najislar 
ichidan boyigan xo`jayinlar va mayda dehqonlar ajralib chiqqan. Ularni kuchli najislar deb ataganlar, Bular mustaqil 
xo`jalik yurituvchi, ba’zan esa qullar ham sotib oladigan boy dehqon va hunarmandlar bo`lgan. Ularga o`z ahvoli 
bo`yicha qullardan kam farq qiladigan kambag`al najislar qarama-qarshi turgan. Xemu-nesut ("podsho qullari") deb 
ataluvchi qullar o`sha xonavayron bo`lgan dehqonlardan tashkil topib borgan bo`lsa ajab emas, ular boshqa qullardan 
mehnatlari qat’iy tartibga solinganligi bilan farq qilgan.  
 
Jamiyat hayotida shaharliklarning o`rta tabaqasi ham muhim ahamiyat kasb eta boshlagan. Shahar qullarga va 
yerlarga egalik qiluvchi yuridik shaxs sifatidagi jamoa ahamiyatiga ega bo`lgan. 
 
 O`rta podsholikning iqtisodiy jihatdan gullab-yashnashi va siyosiy qudrati avjiga 
chiqqan davr XII sulola hukmronlik qilgan miloddan avvalgi 2000-1888 yillarga to`g`ri keladi. 
Lekin XII sulola fir’avnlari Qadimgi podsholikning mustabid hukmdorlari kabi qudratga molik 
bo`lolmaganlar. Ular davlat mablag`larining ko`p qismini o`zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun 
sarf qilishga botinolmaganlar. 
 
O`rta podsholik davrining boshida nomarxlarning hokimiyati deyarli cheklanmagan xarakterga ega bo`lgan.  
Nomarxlar o`z yozuvlarida fir’avnga sodiqliklarini ta’kidlasalar-da, o`zlarini xiyla mustaqil his qilganlar, hatto 
yil hisobini ham fir’avnlar podsholigi hisobi bilan emas, balki o`z hisoblari bilan yurgizganlar. Ularning har qaysisining 
shaxsiy qo`rasi va harami, shuningdek, o`z qo`shini bo`lgan, u viloyatda fir’avnning noibi bo`lishdan ko`ra, fir’avnga 
tobe kichikroq podsho bo`lgan.  
XII sulola hukmronligining oxirlarida, Amenemxet III davrida (miloddan avvalgi XIX asrning ikkinchi 
yarmida)gina hokimiyatning markazlashishi kuchayib, nomarxlarning imtiyozlari xiyla qirqilgan.  Buning natijasida 
miloddan avvalgi XVIII asrda butun Misr jamiyatini va davlatini larzaga solgan juda katta qo`zg`olon bo`lib o`tadi. Bu 
hodisalar Misrni giksoslar (Osiyoning jangovar ko`chmanchi qabilalari) tomonidan bosib olinishini osonlashtiradi. Ular 
hukmronligi 100 yildan ortiq davom etadi. Giksoslarga qarshi kurash davlatning harbiy qudratining oshishiga olib 
keladi. Fiva boshchilik qilgan kurash natijasida faqat Misrning o`zi ozod bo`lib qolmasdan, balki giksoslar bosib olgan 
boshqa hududlar ham qo`lga kiritiladi. 
 
5. Yangi podsholik 
(miloddan avvalgi 1584-1071 yillar) 
 
 
Giksoslarning mag`lubiyati va haydab yuborilishi natijasida qayta tiklangan Misr davlati Yangi podsholik
24
 
deb ataladi. 
 
Bu Misr tarixida ikkinchi oltin asr deyiladi. 
 
 Yangi podsholik davrida xo`jalikning hamma sohalarida g`oyat katta o`zgarishlar 
ro`y bergan. Qishloq xo`jaligi va hunarmandchilikda bir qancha yangi qurollar paydo 
bo`lgan va eskilari takomillashtirilgan. Ekin maydoni kengaytirilgan va ba’zi yerlar yiliga 
ikki marta ekiladigan bo`lgan. To`qimachilik rivojlangan, transport vositalari 
takomillashtirilgan, g`ildirakli aravalar paydo bo`lgan, ichki va tashqi savdoda ayirboshlash ancha kuchaygan, pul 
xo`jaligining salmog`i natural xo`jalikka nisbatan o`sib borgan. Osiyodan keltiriladigan kumush asosiy qiymat 
o`lchovini tashkil etgan. 
 
Iqtisodiy yuksalish yirik xususiy mulkchilik va quldorlikning o`sishiga yordam bergan, bu esa keng aholi 
ommasining albatta qashshoqlanishi bilan bog`likdir. Qullarga bo`lgan talab kuchaygan. Ko`p sonli urushlar 
qulchilikning rivojlanishiga ko`maklashgan.  
                                                      
24
 Ilk podsholik, Qadimgi podsholik va O`rta podsholik shartli ravishda shunday atalganidek, Yangi podsholik ham 
shartli ravishda shunday nom olgan. Qadim vaqtlarda ular bunday atalmagan, albatta. U 500 yildan ortiq yashagan. 
Ijtimoiy 
tuzumi 
Davlat 
tuzumi 
Ijtimoiy 
tuzumi 


 
15
 
Qullar mehnatidan endilikda faqat uy xo`jaligidagina foydalanilmagan.  
 
Qullarning ichidan tosh yo`nuvchilar, tosh tashuvchilar, temirchilar, to`qimachilar, quruvchilar va boshqa 
hunarmandlar chiqqan. 
Misr jamiyatida dehqonlar ommasining asosiy qismini, shubhasiz, erkin jamoachilar tashkil etgan. Faqat 
ulardan ba’zilarigina boyib borganlar. Jamoachi-dehqonlarning asosiy qismi kambag`allashib borgan. Dehqonlarni 
podsholikka va cherkovga qarashli yerlarda majburiy tartibda ishlatganlar. Shuningdek, xususiy kishilarga tegishli 
dehqonlar ham bo`lganligi ma’lum.  
Hukmron tabaqalar oddiy jamoachilarni va qisman qullarni ekspluatatsiya qilish hisobiga kuchaygan va boylik 
orttirgan. 
 
Yangi podsholik davri ijtimoiy munosabatlarining o`ziga xos xususiyati kohinlarning yuksalishida bo`lgan. 
Oliy kohinlarning boyligi oshishi natijasida ularni markaziy hokimiyatga nisbatan bog`liqlikdan ozod bo`lishi sodir 
bo`lgan. Kohinlik yopiq nasliy tabaqaga aylangan. 
 
Kohinlar bilan mahkam bog`langan va ibodatxonalar daromadining juda katta qismiga sherik bo`lgan 
eski, nasliy zodagonlar bilan bir qatorda, yangi toifa - harbiy xizmatchi zodagonlar paydo bo`lgan.  
 Yangi podsholikning davlat tuzumi markaziy byurokratik boshqarish tizimining 
mustahkamlanishi bilan xarakterlanadi. Mamlakat ikkita ma’muriy okrugga: Yuqori va Quyi 
Misrga bo`lingan. Ular o`z navbatida viloyatlarga (nomlarga) bo`lingan. Har bir okrug 
tepasida fir’avnning maxsus noibi turgan. Shahar va qal’alarni fir’avn tomonidan 
tayinlanadigan boshliqlar idora etgan. 
Yangi podsholik davrida fir’avn boylik va martabalarni meros qilib olgan amaldorlarga qarama-qarshi o`laroq 
quyidan chiqqan amaldorlarga homiylik qilgan. Shunday qilib, xizmatchi zodagonlar aristokratik zodagonlarni ikkinchi 
o`ringa surib qo`ygan. 
Davlatdagi birinchi va oliy amaldor jati (vazir) bo`lgan (albatta, podshodan keyin). Vazir saroyda turli saroy 
marosimlari o`tkazilishini, devonxonani, poytaxtni boshqarishni yuritgan, mamlakatning butun yer fondini va butun suv 
ta’minoti tizimini boshqargan; uning qo`lida oliy harbiy hokimiyat bo`lgan, oliy sud nazorati to`plangan; butun soliqqa 
oid va mahalliy boshqaruv ustidan nazorat qilish ham unga tegishli edi. 
 
Davlatda yana boshqa muhim vazifalarni bajaruvchi mansabdor shaxslar bo`lgan. Ularning ichida, ayniqsa, 
bosh xazinachi va butun podsholik ishlari boshlig`i alohida o`rin tutgan. Bulardan tashqari, ko`p sonli mirzalar mavjud 
bo`lib, ular buyruqlarni yozganlar, dehqonlar va hunarmandlarning ishlari ustidan nazorat qilganlar, xazinaga 
tushadigan daromadlarni hisoblaganlar. 
Fir’avnlarning bosqinchilik siyosati Misrning butun davlat boshqaruv tizimida o`z izini qoldirgan. Xususan, 
xo`jalik boshqaruvida harbiy boshliqlarning roli kuchayib, davlat boshqaruvi harbiy xarakter kasb eta boshlagan, 
Miloddan avvalgi XII-XI asrlarda Yangi podsholik inqirozga uchragan. Shimolda va janubda to`plangan 
qarama-qar-shi kurashuvchi kuchlar bir-birini mag`lubiyatga uchrata olmay mamlakatni ikki qismga bo`linishiga olib 
kelganlar. Yangi podsholikdan keyingi davr Misr tarixida So`nggi podsholik yoki Liviya-Sais davri deb ataladi. 
 
6. So`nggi podsholik 
(miloddan avvalgi XI-VI asrlar) 
 
 
Janubda (Fivaidada) kohinlik hukm surgan, u o`zini aholining boshqa qismiga qarama-qarshi qo`yib, ulardan 
tobora ajralib, alohida toifaga aylanib borgan. Oliy kohinlar vazifasiga fir’avnning qizlari yoki singillari tayinlangan, bu 
esa ruhoniylar hokimiyati bilan podsho hokimiyatining murosaga kelishga uringanligidan dalolat beradi. 
 
Shimoliy Misrda, aksincha, yollanma askarlar liviyaliklar o`z ta’sirlarini mustahkamlab borganlar. Ular yerli 
misrliklarni armiya xizmatidan chetlashtirganlar va harbiy xizmat bilan bog`liq imtiyoz va in’omlardan mahrum 
qilganlar. Kohinlar va harbiy zodagonlar (liviyalik harbiylar) jamoachilarni qattiq ekspluatatsiya qilgan. Ko`p chek 
yerlar sotilib, xususiy mulkka aylangan. 
 
Tashqi vaziyat yomonlashganligi tufayli, harbiy asirlar mamlakatga deyarli butunlay kelmay qo`yganligidan 
qullar qatorini o`z vatandoshlari hisobidan to`ldirib turishga intilganlar. Xonavayron bo`lgan jamoachilar qarzlarini 
to`lay olmaganidan keyin qullarga aylantirilgan. 
Miloddan avvalgi VIII asrdagi fir’avnlardan biri Bokxoris qarzdorlarni qulga aylantirilishiga qarshi 
kurashmoqchi bo`lgan. U qarzdorlarni ozodlikdan mahrum qilishni taqiqlab, mol-mulkini musodara qilishgagina yo`l 
qo`ygan.  
 
Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Misrda o`rnatilgan dastlab efmopiyaliklarning, so`ngra osur podsholarining 
hukmronligi mamlakat ijtimoiy-siyosiy tuzumida jiddiy o`zgarishlarga olib kelmagan. Ular mahalliy podsholarni olib 
tashlamaganlar, faqat bo`ysunish va xiroj to`lashnigina talab qilganlar. 
 
Efiopiya va osur podsholari bir-birlarini zaiflashtirganlar. Shimoliy Misrning eng katta markazi bo`lgan 
Saisning hukmdorlari bundan ustalik bilan foydalanganlar. 
 
Bu davrda Misr iqtisodiy va siyosiy jihatdan yana ravnaq topgan va yana markazlashgan davlatga aylangan. 
 
Bu vaqtda jamiyatning erkin kishilar va qullarga bo`linishi ilgarigiga qaraganda jadallashgan. O`zini qullikka 
sotish haqidagi bitimlar keng tarqalgan. Erkin kishilarning keng qatlamlarining kambag`allashuvi o`sgan.  
 
Mahalliy zodagonlarning asosiy negizini ilgarigidek nomarxlar va shahar hukmdorlari tashkil etgan. Martabali 
zodagonlarning boshqa vakillari o`zlarining ilgarigi o`tmishdoshlari: oliy amaldor, xazinani saqlovchilar, ishlar 
boshliqlari, sudyalar va boshqalardan kam farq qilganlar. Bu davrda harbiy boshliqlar alohida o`rin egallagan. 
Davlat 
tuzumi
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə