Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72

123
suvlarda benzol, ksilol, metanol kabi moddalar miqdori oshib bora-
yotir. Orol dengizi tanazzuli hisobiga Quyi Amudaryodagi yerusti
ko‘llarining umumiy maydoni 20 baravardan ortiq qisqargan.
Orolbo‘yi hududi bo‘yicha ichimlik suvining minerallashuvi,
qattiqligi, tuzlar tarkibi bo‘yicha sifati yomonlashgani qayd etil-
moqda. Orolbo‘yidagi o‘ta suv tanqisligi va uning sifatining yomon-
lashishi tuproqlar va o‘simlik qoplamining tanazzulga uchrashiga,
flora  va  faunada  keskin  o‘zgarishlar  sodir  bo‘lishiga  olib  keldi.
Mo‘ynachilik,  baliqchilik,  baliqni  qayta  ishlash  tarmoqlari  in-
qirozga yuz tutdi. Hududda 23 turdagi yovvoyi o‘simliklar butun-
lay yo‘qoldi, boyalish, qandim, efedra kabi turlar yo‘qolish ara-
fasida turibdi. Sizot suvlari va tuproqning sho‘rlanishi tufayli buta-
simon daraxtlar bir yillik sho‘ralar bilan o‘rin almashdi.
Qamishzorlar 1200 ming gektardan 15—20 ming gektargacha,
to‘qaylar 300 ming gektardan 125 ming gektargacha, tabiiy  yay-
lovlar 348 ming gektardan 125 ming gektargacha qisqardi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 498 turdagi umurt-
qali  hayvonlar,  shu  jumladan,  sutemizuvchilarning  68,  qushlar-
ning  307,  sudralib  yuruvchilarning  33,  amfibiyalarning  2,  ba-
liqlarning 49 turi ro‘yxatga olingan edi. Shulardan hozirgi kunda
23 turdagi sudralib yuruvchilar, 186 turdagi qushlar, 35 turdagi
sutemizuvchilar ro‘yxatga olingan. Jayron, manul, hind asalxo‘ri,
qoraquloq, qushlarning 15 turi, barcha turdagi sudralib yuruvchilar
«Qizil kitob»ga kiritilgan.
Bir paytlar Amudaryo o‘zanida minglab to‘ng‘izlar, o‘n  ming-
lab  sayg‘oqlar,  yuz  minglab  ondatra  va  suvda  suzuvchi  qushlar
yashagan. Biroq dengizning qurishi, ko‘llarning yo‘qolishi tufayli
ularning soni keskin qisqargan. Yaqin o‘tmishda yiliga  25—27 ming
tonna baliq ovlangan, 2 mln dona atrofida ondatra mo‘ynasi tay-
yorlangan, o‘rtacha 18—20 mln shartli banka baliq konservalari
ishlab chiqarishiga ega bo‘lgan hududda mazkur tarmoqlar to‘la
inqirozga yuz tutdi. Bu ham Orol dengizining qurishi va Amu-
daryoda suv taqchilligi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanadi. Hozirgi
kunda faqat Orolbo‘yi ko‘llarida oz miqdorda baliq ovlanadi.


124
So‘nggi  10  yilda  Orolning  qurigan  tubidagi  qumli  yerlarda
saksovul va boshqa o‘simliklardan iborat 200 ming gektardan ortiq
maydonda himoya daraxtzorlari tashkil etilgan. Orolni qutqarish
xalqaro jamg‘armasi tomonidan ekologik loyihalar hisobiga umu-
miy suv sathi 100—120 ming gektar bo‘lgan suv havzalari yara-
tilgan. Orol dengizi va Orolbo‘yi muammolari bo‘yicha Germa-
niya, Fransiya, Òurkiya kabi davlatlar bilan hamkorlik aloqalari
ham o‘rnatilmoqda. Loyihalar doirasida Orol  dengizining qurigan
tubida himoya daraxtzorlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Quyi Amudaryo sharoitida ihota daraxtzorlarini tashkil etish
cho‘lga  aylanish  hamda  shamollar  ta’sirida  qum  va  tuzlar  ko‘-
chishining  oldini  olishda  eng  samarali  uslublardan  biri  hisobla-
nadi. Bu daraxtzorlar yaxshi parvarish qilinsa, 3—4 yildan so‘ng
qum  ko‘chishi  va  mayda  qattiq  zarrachalarning  yer  yuzasidan
havoga ko‘tarilishining oldi olinadi. Ayni paytda bunday daraxt-
zorlar boshqa tabiiy o‘t-o‘lanlarning o‘sib  rivojlanishiga yordam
beradi,  bu  esa  kelgusida  chorvachilik  uchun  yaylovlar  vujudga
kelishiga zamin yaratadi.
Orol dengizi va Orolbo‘yidagi ekologik vaziyatning atrof-mu-
hitga salbiy ta’sir darajasini yanada pasaytirish uchun yaqin ke-
lajakda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
• hududning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda
qishloq xo‘jaligida yerlardan  oqilona  va  samarali  foydalanishga
yo‘naltirilgan yerdan foydalanish tizimini joriy qilish;
•  qishloq  xo‘jaligida  suvdan  pulli  foydalanishni  joriy  etish,
sug‘oriladigan yerlarni bir nishabda tekislash, dehqonchilikda yom-
g‘irlatib, tomchilab sug‘orish kabi ilg‘or suvni tejovchi texnologiya-
larni joriy etish yo‘li bilan suv resurslaridan oqilona foydalanish;
• kollektor-zovur tizimlarini doimiy tozalash, qayta tiklash va
qurish yo‘li bilan ularning samaradorligini oshirish;
• ekin dalalari atrofida ihota daraxtzorlari barpo etish, Amu-
daryoning qirg‘oqbo‘yi hududlarida shamol va suv eroziyasining
oldini  olish  uchun,  qirg‘oqni  mustahkamlaydigan  o‘rmon-me-
liorativ ishlarni amalga oshirish;


125
• o‘simlik va  hayvonot olami tabiiy genofondining saqlanishini
ta’minlash, alohida muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  tizim-
larini  rivojlantirish;
• ekologik xatarli bo‘lmagan uslub va materiallardan keng ko‘-
lamda foydalanishni ta’minlash;
• tuproqlarni  rekultivatsiyalash;
• Orol  dengizining  qurigan  tubi va Amudaryo deltasida ko‘llar
tizimini  tashkil qilish, Orol dengizining g‘arbiy qismi ekotizimlari
mahsuldorligini  oshirish;
• Orolbo‘yi  hududida  atrof-muhit  monitoringining  samarali
tuzilmasini yaratish va rivojlantirish;
• chiqindilarni  to‘plash, ularning hosil bo‘lishini kamaytirish,
barcha turdagi chiqindilardan ikkilamchi foydalanish;
•  keng  jamoatchilikni  Orol  dengizi  va  Orolbo‘yi  ijtimoiy-
ekologik muammolarini hal qilishga jalb etish, ular bilan barqa-
ror taraqqiyot yo‘lida iqtisodiy-ekologik ta’lim-tarbiya ishlarini
amalga oshirish;
•  transchegaraviy  suv  resurslaridan  oqilona  foydalanish  va
ularni  muhofaza  qilish  bo‘yicha  birgalikdagi  davlatlararo  bosh-
qaruvni  takomillashtirish.
Orol dengizi va Orolbo‘yidagi suv ekologik tizimlarining eh-
tiyojlarini ta’minlash maqsadida mahalliy ekologik tizimlarni himoya
qilish uchun asosiy e’tiborni quyidagi tadbirlarga qaratish lozim:
•  faqat  kollektor-zovur  suv  manbalaridan  to‘yinadigan  suv
havzalari oqimini ta’minlab turish;
• baliqchilik  xo‘jaligi  ahamiyatiga ega bo‘lgan ko‘llarda suv-
ning  minerallashuvi darajasini 7 g/l.dan yuqori bo‘lmagan va suv
sathini 1,5 m.dan past bo‘lmagan darajada saqlab turish;
• uvildiriq sochish davrida suv sathining keskin pasayishi va
qishki davrda keskin ko‘tarilishining oldini olish;
• o‘simliklar o‘sishi uchun sayoz suv akvatoriylarini va suv
havzalarining  gidrobiologik  rejimini  shakllantiruvchi  baliqlar,
qushlar va boshqalarni oziqa bilan ta’minlovchi ko‘l havzalarini
saqlab qolish.


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə