Energetika fakulteti



Yüklə 265,94 Kb.
səhifə4/25
tarix30.12.2023
ölçüsü265,94 Kb.
#164153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

himoyasi deb nomlandi.
Rele himoyasi (RH) energetika tizimining barcha elementlarini doimiy tarzda 
kuzatib boradi va shikastlanish hamda nonormal rejim paydo bulsa unga ta’sir
javob beradi. Agar shikastlanish paydo bo‘lsa RH shikastlangan hududni aniqlaydi 


(masalan

, 1.1 rasmda

TS transformator) va shikastlangan toklarni ajratish uchun 

muljallangan maxsus Q uzgichga ta’sir etib energetika tizimidan ajratadi.

Agar nonormal rejimlar vujudga kelsa RH ularni aniqlashi kerak va buzilish 

xarakteriga bog‘liq holda yoki agar shikastlanish bo‘lish xavfi paydo bo‘lsa 

qurilmani o‘chirish kerak, yoki normal rejimni qayta tiklash uchun avtomatik 



10


operatsiyalarni amalga oshirish kerak, yoki operativ personalga signalni amalga 

oshirish, u esa nonormal holatni bartaraf etish uchun chora ko‘rishi kerak. 

Rele himoyasi elektr avtomatikaning asosiy turi hisoblanadi, busiz energetika 

tizimi normal ishlay olmaydi. U boshqa turdagi elektr avtomatikalar, ya’ni
avariyaviy buzilishlarni oldini oladigan va EES va iste’molchilar elektr ta’minotini 
tezda normal ish rejimini tiklaydigan avtomatik qayta ulagich (APV), zahiradagi
manbani avtomatik ravishda ulash (AVR), chastotani avtomatik yuksizlantirish 
(ACHR) va h.k. bilan o‘zaro bog‘liq.

1.2. ELEKTR QURILMALARIDAGI SHIKASTLANISHLAR. 

Energetika tizimidagi ko‘pgina shikastlanishlar fazalarniig o‘zaro va yer 


bilan qisqa tutashishlariga (QT) olib keladi (
1.2 - rasm
). Elektr mashinalari va
transformatorlarning chulg‘amlarida bundan tashqari uramlar orasida bir fazali 
qisqa tutashuvlarni keltirib chiqaradi. SHikastlanishlarning asosiy sabablariga
izolyasiyaning buzilishi, eskirishi, kuchlanishning normadan oshib ketishi, xizmat 
ko‘rsatuvchi shaxslarning noto‘g‘ri amali va xatolari, ajratgichni kuchlanish ostida
uzish, qisqa tutashtirgich bor holda kuchlanishni berilishlari kiradi (17). 
Rasm 1.2. Elektr qurilmalaridagi shikastlanishlar turlari: 

a, b, v, g – uchfazali, ikki fazali,bir fazali va ikki fazali yer bilan qisqa tutashuv; d


va e – neytrali izolyasiyalangan tarmoqlarda bir fazali va ikki fazaning yer bilan 


11


tutashuvlar.

1.3. rasm. QT ning kuchlanish pasayishiga ta’siri. a - iste’molchilar ishiga, b -


energosistemaning parallel ishlash turg‘unligiga, v - asinxron rejimda tok va 
kuchlanishning ossillogrammasi.
Qisqa tutashuv vaqtida yopiq elektr konturning ta’minot manbasining 

(generatorning) E EYUK da katta qisqa tutashuv toki I


q.t

hosil bo‘ladi. Qisqa


tutashuvlar uch fazali K
(3)
, ikki fazali K

(2)
, bir fazali erga K


(1)
va ikki fazali erga 

K
(1.1)

larga bo‘linadi (1.2 - rasm).
Qisqa tutashuv paytida tokning ortishi natijasida elektr tizimning 
elementlaridagi kuchlanishning miqdori kamayadi. Bu o‘z navbatida elektr
liniyaning barcha nuqtalarida kuchlanishning kamayishiga olib keladi. Qisqa 
tutashuv nuqtasi K da kuchlanish nolga teng (
1.3,a - rasm
). Tarmoqning biror bir
nuqtasidagi pasaygan kuchlanishning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
U
m

=I


q.t
·Z
m

Qisqa tutashuv vaqtida tokning ortishi va kuchlanishning kamayishi 


qo‘yidagi xavfli natijalarni yuzaga keltiradi:



12


a) Joul-Lens qonuniga asosan qisqa tutashuv I
q.t

toki
.


R aktiv qarshilikdan t 

vaqt mobaynida Q=k·I


k
2

·R·t issiqlik ajralishiga olib keladi. Shikastlangan


joylardagi tok va elektr yoyi natijasida hosil bo‘lgan issiqlik buzilishlarni yuzaga 
keltiradi, I
q.t

tok va t vaqt qancha katta bo‘lsa u ham shuncha katta bo‘ladi. QT toki


shikastlanmagan qurilmalardan o‘tishi natijasida ruxsat etilgan miqdoridan 
qizdiradi, bu esa izolyasiyani va tok o‘tkazuvchi qismlarni shikastlantiradi.
b) katta QT toklari o‘tishi natijasida o‘tkazgichlar orasidagi elektrodinamik 
o‘zaro ta’sir ortadi, natijada mexanik kuchlanish kattalashadi.
v) qisqa tutashuv paytida kuchlanishning tushuvi sinxron va asinxron 
motorlarning, yoritish uskunalari va boshqa elektr qurilmalarining ishlashini
buzilishiga olib keladi (
1.3,b - rasm
).

g) kuchlanish tushuvi parallel ishlayotgan generatorlar turg‘un ishlashini


buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa energiya tizimning buzilishiga va bir qism 
yoki barcha istemolchilarning elektr ta’minotida to‘xtalishlar bo‘ladi.
Shikastlanishlarining asosiy ko‘rinishi neytrali izolyasiyalangan yoki katta 
qarshilikli yoyni so‘ndiruvchi reaktor yoki katta aktiv qarshilik orqali zaminlangan
tarmoqlarda bir fazali tutashuv hisoblanadi. 1.2 -rasmdan ko‘rinib turibdiki
neytrali izolyasiyalangan tarmoqda bir fazali qisqa tutashuvni keltirib chiqarmaydi,
chunki shikastlangan fazaning E
A
EYUK si yer bilan shunt hosil qilmaydi. Bunda 

shikastlangan joydagi I


sh
toki shikastlanmagan tarmoq o‘tkazgich faza (B va C) 

larini yer bilan orasidagi S sig‘im orqali tutashadi, bunda shuni ta’kidlash kerakki


uning qiymati kichik bo‘ladi. Ushbu turdagi shikastlanishda fazalararo kuchlanish 
o‘zgarmasdan qoladi. Buning natijasida neytrali izolyasiyalangan tarmoqlarda bir
fazali erga tutashuv iste’molchilarning ishlashiga ta’sir qilmaydi va generatorlar 
sinxron ishlashini buzmaydi. Lekin ushbu turdagi shikastlanish tarmoqda o‘ta
kuchlanishni keltirib chiqaradi, buning natijasida esa shikastlanmagan ikki faza (B 
va C) larning erga nisbatan izolyasiyasini buzilishi va bir fazali erga tutashuv ikki
fazali QT yoki erga ikkita tutashuvga o‘tishi mumkin bo‘lgan xavfni keltiradi.


13


Yüklə 265,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə