Energetika fakulteti


  RELE HIMOYASI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR



Yüklə 265,94 Kb.
səhifə3/25
tarix30.12.2023
ölçüsü265,94 Kb.
#164153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

1. 

RELE HIMOYASI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR 

1.1. RELE HIMOYASINING VAZIFASI. 
Energotizimning elektr qismida, ya’ni elektr stansiyasi (ES) va 
podstansiyaning (PS) elektr uzatish liniyasi (EUL) va elektr energiya
iste’molchilarining elektr qurilmalarida shikastlanish va nonormal ish rejimlari 
bo‘lishi mumkin.
Shikastlanishlar katta avariya toklarini hosil qiladi, ES va PS ning shinasida 
kuchlanish pasayishini yuzaga keltiradi. Shikastlanish toki katta miqdorda issiqlik
ajratadi, bu esa shikastlangan nuqta (K nuqta)da kuchli buzilishni va ushbu tok 
o‘tadigan shikastlanmagan EUL simlari va qurilmalarida xavfli qizishini yuzaga
keladi

(1.1 - rasm).


Kuchlanish pasayishi elektr energiya iste’molchilarining normal ishlashini va 

energosistema ESlarini turg‘un parallel ishlashini buzadi.


Nonormal rejim asosan kuchlanish, tok va chastotani ruxsat etilgan qiymatdan 
og‘ishiga olib keladi. Chastota va kuchlanishni pasayishi iste’molchilarning
normal ishlashi va elektr energetika tizimi turg‘unligiga xavf tug‘diradi, kuchlanish 
va tokning oshishi esa qurilmalar va EUL da shikastlanishni yuzaga keltiradi.
Shikastlangan joydagi buzilishlarni kamaytirish va energetika tizimining 
shikastlanmagan qismining normal ishlashini ta’minlash uchun tezda topish va
shikastlangan joyni energetika tizimining shikastlanmagan qismidan ajratish zarur. 
Nonormal rejimning xavfli oqibatini oldini olish mumkin, agarda o‘z vaqtida
oldini olish choralari ko‘rilsa (masalan, agar tok va kuchlanish oshganda ularni 


9
kamaytirish), zarur bo‘lsa, ya’ni uning ish rejimi ruxsat etilgandan oshsa qurilmani 


o‘chirish kerak.


1.1 - rasm. Enegetika tizimining hududiy sxemasi 

Shikastlangan joyni aniqlash va o‘chirishni juda tez – ko‘p hollarda 


sekundning yuzdan va o‘ndan bir jarayonida amalga oshirish zarur, buni
ta’minlash faqat avtomatika vositalari amalga oshiradi. Buning natijasida 
energetika tizimi va uning elementlarini shikastlanishlar va nonormal rejimlarning
xavfli oqibatlaridan himoyalovchi avtomatik qurilmalarni yaratish va tadbiq etish 
zaruriyati paydo buldi. Birinchi bo‘lib shunga o‘xshash avtomatika (himoya)
sifatida eruvchan saqlagichlar qo‘llanildi. Natijada elektr avtomatlardan yordamida 
tayyorlangan himoya qurilmalari yaratila boshlandi. Shu tariqa himoya rele 


Yüklə 265,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə