Eng qadimgi davrlardan milodiy VII-VIII asrlargacha) 5220200 – Tarix (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi) ta’lim yo‘nalishi bakalavr iibosqich talabalari uchun



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə5/12
tarix15.03.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#31906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Tayanch tushunchalar: Sak va massagetlar, xalq ozodlik kurashlari, Ahamoniylar, Doro I, Kir II, To‘maris, Bexustun yozuvlari, oromiy yozuvi, xorazm yozuvi, satraplik, talant.

Savol va topshiriqlar:

  1. Ahamoniylarning Markaziy Osiyoga bosqinchilik yurishlari haqida qanday manbalarda ma’lumotlar uchraydi?

  2. Kir II ning Markaziy Osiyoni bosib olishidan asosiy maqsadi nima edi?

  3. Sak va massagetlarning Ahamoniylarga qarshi kurashi haqida nimalarni bilasiz?

  4. Ahamoniylar Markaziy Osiyoning qaysi hududlarini bosib olmadi?

  5. Ahamoniylar davrida Markaziy Osiyoda davlatchilik, madaniyat, din qanday bo’lgan?

2.5. Iskandar saltanatining tashkil topishi, boshqaruvi va
parchalanishi


O’quv maqsadi: Makedoniya davlatining tashkil topishi, Iskandarning taxtga chiqishi, harbiy yurishlari, saltanati, undagi boshqaruv tizimi va parchalanishini sabablari haqida talabalarda tarixiy tasavvurlarni hosil qilish, tushunchalar berish va qiyosiy tahlilga o’rgatish.

Iskandar (mil. avv. 356-323 yillar) qadimgi dunyoning yirik lashkar­boshi va davlat arboblaridan biri. U makedoniyadan chiqqanligi uchun tarixda Makedoniyalik Iskandar (Aleksandr Makendonskiy) nomi bilan mashhur.

Iskandar o‘z zamonasining tengi yo‘q lashkarboshlaridan edi. U siyo­satda o‘ta ehtiyotkor, ayyor va xushyor davlat arbobi edi. U yirik lash­karboshi sifatida antik davr harbiy sanatining rivojlanishi tarixida katta iz qoldirdi. Jahongir yangi tipdagi otliq qo‘shin tuzdi, unda jangovar intizom, tartib qoidalarni ishlab chiqdi. Jang qilish usullarini yaratdi. U tezlikni, qatiylikni jangdagi g‘alabaning ta’minlaydigan omillardan deb tushunadi.

Iskandar 356 yilda Makedoniyaiing poytaxti bo‘lmish Pelleda dunyo­ga keldi (iyunning oxiri-iyul). Uning otasi Filipp II qadimgi Makedo­niyaning podsxosi Karonni avlodi bo‘lib, o‘zini kelib chiqishini Zevsning o‘g‘li Gerakl bilan ham bog‘laydi. Onasi Olimpiada esa Epir shohining qizi bo‘lib, o‘zini kelib chiqishini afsonaviy Ahilla bilan bog‘laydi. Hamma shohlar singari Iskandarning ham dunyoga kelishi olimlar tomonidan afso­nalarga kelib to‘xtaladi. Uning sharqqa yurishlari haqida Arrian o‘z asarlarida yozgan bo‘ls,. Plutarx va Diador o‘z e’tiborlarini ko‘proq uning bolaligiga qaratishadi.

XIX-XX asr olimlarining ko‘pchiligi Aleksandr haqida nafaqat adabiyotlardagi ma’lumotlarni, balki o‘zlarining ko‘shimcha tarzidagi ma’lumotlarini ham yozib qoldirishgan. Avstriyalik tarixchi F. Shakermeyr uning o‘spirinlik davrini o‘rganib, Iskandar o‘sha paytdanoq Osiyoni zabt etish haqida o‘ylaganini yozadi.

Plutarxning yozishicha, Iskandar tug‘ilganida dunyoning 7-mo‘’jizasi bo‘lmish Artemidaga o‘t ketgan ekan. Exromning bu holga tushishi Osiyoning bo‘lajak hukmdori tug‘ilganidan dalolat berardi. Iskandarga xos fe’l-atvor yoshligidanoq namoyon bo‘ladi: otashin qalbli, o‘ta sezgir, nafratda hammuhabbatda ham chegara bilmovchi, ko‘ngilchan,qattiqqo‘l, irodasi kuchli shaxs. Yosh Aleksandrga xos bu xususiyatlar buyuk lashkarboshi, jahongir shoh qiyofasida yanada keskin tus oldi. Shu bilan birga uning dunyodagi eng asov ot bo‘lmish Bunefasni bo‘ysundirishi ham taxsingaloyiqdir.

Iskandarning onasi Olimpiada o‘ta shuhratparast, hammaga o‘z amrini o‘tkazishni yaxshi ko‘rgan, qattiqqo‘l ayol edi. U o‘z raqiblarini, hatto hali tug‘ilmagan, lekin taxtga merosxo‘r bo‘lishi mumkin bo‘lganlarning hamma­sini sovuqqonlik bilan yo‘q qilib tashlaydi. Iskandarning tarbiyasini Olim­piada o‘z qarindoshi Leonidga topshiradi,o‘z navbatida Lisimax ismli grekni yollaydi. Leonid Aleksandrni katiqko‘llik bilan, qiyinchiliklarga bardosh beruvchi etib tarbiyalaydi. Filipp o‘g‘li tarbiyasiga jiddiy e’tibor berib, shahzoda 13 yoshida ekanida buyuk olim, faylasuf Aristotelni taklif etadi. Olim shahzodani olib Pelledan uzoq bo‘lmagan Mieze shahriga yo‘l olishadi. U yerga Iskandar bilan birga makedonlarning aslzoda oilalaridan bo‘lgan uning do‘stlari: Gorpala, Ptalamiya, Erigiya va boshkalar ham borishadi. Iskandar Mieziyoda 3 yil yashaydi. Olim Iskandarga falsafa, adabiyot, san’at, tibbiyot fanlari va geografiyadan bilim beradi. Hamma fanlarni qiziqib o‘rgangan, iste’dod egasi bo‘lgan Iskandar, ayniqsa, geografiyaga qiziqadi. Uzoq-uzoq noma’lum o‘lkalar, xalqlar uni hayolga cho‘mdiradi. Iskan­dar­ning jahongir bo‘lib yetishishida Arastuning xizmati katta bo‘ldi, u taraflarda hali greklarga ma’lum bo‘lmagan yerlar, xalqlar, tabiat haqida qiziqish uyg‘ot­di. Lekin faylasuf jahon imperiyasi, G‘arb va Sharq xalqlarini bir­lashtirish g‘oyasidan uzoq, aksincha, greklardan o‘zga xalqlarni "var-var" deb bilar va bu g‘oyani shahzodaga singdirishga ham urinar edi.

340 yillardan boshlab Filip o‘g‘lini davlat ishlariga jalb etadi. Hatto kichikroq bir harbiy to‘qnashuvni hal etishni ham topshiradi. Bu jangda Iskandar birinchi g‘alabani qo‘lga kiritadi.

Filipp Bolqon yarim oroli davlatlari o‘ziga qaratish bilan kifoyalanmay, Gresiyaga ham ko‘z olaytiradi. U Grek shahar davlatlari o‘rtasidagi kelish­movchilikdan foydalanib, 338 yil Xeroneyada yuz bergai jangda greklarni mag‘lubiyatga uchratadi. Lekin greklar ustidan g‘alaba qozonish Elladaga hukmron bo‘lish degan gap emas, bunga Filipgina emas, hatto buyuk Alek­sandr ham jur’at etolmaydi. Makedoniya g‘alabasi natijasi “Korinf itti­foqi” tuzish bilan cheklaniladi. “Ittifoq” a’zolari muntazam ravishda kelib chiq­qan masalalarni birgalikda hal etar, polislar o‘rtasida urushlar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymas edi. Shunisi qiziqki, g‘olib Filipp Ittifoqda hal etuv­chi ovozga ega emas, faqat o‘z maslahatini berishi mumkin edi xolos. Har holda qanday bo‘lmasin, Makedoniya shohi Grek davlatlari gegemoni dara­jasiga ko‘tarildi, greklar yarim badaviy shimoliy qo‘shnisi bilan hisobla­shishga majbur bo‘ladilar. O‘z navbatida Makedoniya Ellada shahar-dav­latlari darajasiga ko‘tarilgandek bo‘ldi. Filipp bu erishilgan zafarlar bilan qano­atlanmay, Eronni zabt etishni rejalashtiradi. Lekin niyatiga yetolmay, eradan avvalgi 336 yili saroy bazmi vaqtida o‘ldiriladi. Filipp vafot etganida Iskandar 19 yoshda edi. Filipp tomondan Iskandar rasmiy ravishda taxt me­ros­xo‘ri deb e’lon qilingan bo‘lsada, Makedoniyada vorislar tomonidan taxtga o‘tirish bir qonun holiga kelmagan, qaysi farzand kuchli bo‘lsa. o‘sha podshoh bo‘lar va uni lashkarlar yig‘ini qo‘llab-quvvatlashi shart edi. Bu ma­rosimda marhum shoxga yaqin bo‘lgan davlat arbobi Antipatr katta rol o‘ynaydi. Taxtu tojga ega bo‘lgan 19 yoshli Iskandar o‘z raqiblari va taxtga da’vo kilishi mumkin bo‘lgan erkak zotini quritadi va mutlaq hokim bo‘lib qoladi.

Shoh vafotidan so‘ng Makedoniyaga qaram etilgan xalqlar mustaqil bo‘lish istagida Iskandarga qarshi kurashadilar. Yosh shoh tezlikda, tadbir­korlik bilan jangda g‘olib chiqadi, lashkarboshilik mahoratini ko‘rsatadi va otasi yaratgan yirik davlatni yanada mustahkamlaydi. Ammo Gresiya polislari Iskandarni tan olishdan bosh tortadilar. Gresiyaga rahbarlikni yo‘qo­tishni hech istamagan Iskandar yashin tezligida, hech kutilmaganda Fessaliya, Fivaga yurish qiladi. Endi Afina qolgan edi. Bu buyuk shaharga elchi yuborib uni ham o‘ziga qaratadi. Spartadan boshqa hamma grek-shahar davlatlari Iskandarni gegemon deb tan olishga majbur bo‘ladilar.

Iskandarning maqsadi faqat otasi yaratgan davlat va Makedoniyaning Bolqon yarim orolida tutgan o‘rnini mustahkamlash bilan cheklanish emas, balki Eronni zabt etish va hattoki afsonaviy Sharq mamlakatlari, Hindis­tonni o‘ziga qaratish va jahon hokimi bo‘lish edi. O‘z xatti-harakatlarini oqlash va orqani mustahkamlash maksadida Iskandar Eronga qarshi uru­shni greklar uchun o‘ch olish va Ioniyani eroniylardan ozod etish deb e’lon qiladi. Bu taktik harakat natijasida grek polislari ittifoqi Eronga qarshi urushni olqishlaydilar va Iskandarni bu yurishning rahbari etib tayinlashta rozilik beradilar.

Osiyo yurishiga tayyorlanar ekan, Aleksandr saroy ahllari, do‘stlari, olim-faylasuflar, geograf, tarixchi, shoir, hattotlar, shifokorlar, mulozimlar, harbiy texnika mutaxassislari va lashkarboshilarni o‘zi bilan birga olib ketishga tayyorlaydi. Harbiy kuch sifatida Makedoniya va Bolkon yarim orolidagi qaram xalqlar lashkari, grek shaharlari ko‘ngillilari, Afinaning kuchli harbiy flotini tayyorlaydi. Ammo Aleksandr hozirlagan harbiy kuch, ayniqsa, lashkarlar soni Eronnikidan bir necha barobar kam edi. Lekin yaxshi yo‘lga ko‘yilgan intizom, o‘sha davr uchun ilg‘or bo‘lgan harbiy texnika, Aleksandr qo‘llagan harbiy taktika Eron lashkarlari ustidan g‘alaba qozonishda asosiy omil bo‘ldi.

Eron bir qancha satrapliklar (viloyatlar)ga bo‘lingan patriarxal tizimga asoslangan, Markaziy Osiyodan Misrgacha bo‘lgan hududni birlashtirgan yirik imperiya edi. Lekin har bir satrap o‘zini shoh deb bilar va shahanshohning ularga ishonchi kam edi. Shuning uchun harbiy kuch lashkarlar asosan greklardan yollangandi. Harbiy texnika esa umuman yo‘k, lashkarlar aroba, otda va piyoda jang qilar edilar.

Kichik Osiyodagi g‘arbiy sohillarni Aleksandr juda osonlik bilan qo‘lga kiritdi. U hamma vaqt dushman hech kutmagan joy va vaqtda ya­shin tezligida hujum qilar va uni hayratda qoldirib, g‘alaba qozonar edi.

Kichik Osiyodagi Geranikda xuddi shunday bo‘ldi. Yo‘ldan charchab kelgan lashkarlar shohrahbarligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum boshladilar va g‘alaba qozondilar. Ana shu birinchi jangning o‘zi Aleksandrning beqiyos lashkarboshilik salohiyati, makedoniyaliklarning jang qilish usuli eronlik­lardan ustun ekanligini ko‘rsatdi. Eradan avvalgi 334-333 yillarda Aleksandr Kichik Osiyoniig g‘arbiy sohili, yunon orollarini eronliklardan ozod qildi.

Ishg‘ol etilgan orol, viloyat va shaharlarda Aleksandr hokimlar (sag­raplar)ni qoldirsa ham, davlat tizimi jahonda birinchi marotaba markaz­lashgan davlat apparatiga aylangan edi. Aleksandr otasi Filippning grek­larga nisbatan do‘stona siyosatini davom ettirish bilan Kichik Osiyodagi yunon shaharlarining xayrixohligiga erishdi. Umuman, asosiy ijtimoiy-iq­tisodiy va harbiy masalalarda otasi boshlagan siyosatni yanada rivojlan­tirdi. Shuning uchun ko‘pchilik tarixchilar "Aleksandr Filipp ekkan hosilni yig‘di", deydilar.

Endilikda Aleksandr butun Kichik Osiyoni zabt etishga kirishadi. Eradan avvalgi 333 yili Issda bo‘lib o‘tgan jangda shohlarning o‘zlari lashkarlariga boshchilik qildilar. Aleksandr lashkarlarining oldingi qismida turib jangga rahabarlik kilsa, Eron shohi Doro II otliq lashkarlar qursho­vida qo‘shin ortida turib buyruq beradi. Jangda Aleksandr lashkarlarni yorib o‘tib, Doroga yaqinlashganida, eronshox jangga rahbarlik qilish o‘rniga. vaximaga tushib qochadi. Buni ko‘rgan lashkarboshilar ham chekinadilar. Ikki soat davom etgan dahshatli jangda makedoniyaliklar g‘olib chiqib, boy o‘ljani qo‘lga kiritadilar.

333-332 yillarda lashkarboshi Parmenion Damashqni jangsiz egal­laydi. Ana shu vaqtda Doro sulh tuzish, tinch va birodarlikda yashashni taklif etib, elchilar yuboradi. Aleksandr esa taklifni rad etib, mutlaq taslim bo‘lishni talab qiladi. Aleksandr Markaziy Eronni emas, unga qaram mamlakatlar Finikiya, eroniylarning O‘rta dengnzdagi tayanchi, eng mustahkam istexkomli shahar Tirni 332 yil yozida ishg‘ol qiladi. Bu g‘alaba Aleksandr obro‘yini yanada ko‘taradi. Endilikda Doro yana sulhni taklif etib, Yefrat daryosining g‘arbidagi hamma hududni olishni, qizini berish, o‘g‘li O‘xni shaxsiy garov sifatida qoldirish va Damashqda asir etib olingan onasi, oilasi, qarami uchun o‘n ming talant (oltin pul o‘lchovi) berishni taklif etadi. Olamshumul maqsadni mo‘ljallagan Aleksandr bu taklifni ham rad etadi.

Endi Aleksandr Tirdan Sinay yarim orolini bosib o‘tib janubga, Misrtomonga yo‘l oladi va osongina jangsiz bu qadimiy mamlakatni egallaydi. Aleksandr Misr ma’budlariga nazr-niyozlar berib, ularni tan oladi, natijada kohinlar Uni bosh xudo Amonning o‘g‘li, Misr fir’avni sifatida tan oladilar va yosh shoh jahonni zabt etish qudratiga ega va uni amalga oshiradi, deb e’lon qiladilar. Misrliklar e’tiqodiga ko‘ra, mamlakatni idora etuvchi ho­kim Amon avlodidan bo‘lishi shart. O‘shandagina u mamlakatni idora etish huquqiga ega bo‘lar edi. Aleksandr Amonning o‘g‘li ekanligi haqidagi mif o‘z navbatida yana afsonalar tug‘diradi: Aleksandr Filippning emas, balki vaqtincha quvg‘in bo‘lib Makedoniyaga borib qolgan Nektanebning o‘g‘li,u ajdar (ba’zi o‘rinda ilon) qiyofasiga kirib, Olim­piada bilan uchrashadi, natijada Aleksandr dunyoga keladi.

Amonni qo‘chqor qiyofasida, ikki shoxli etib tasvirlar edilar, demak, Amonning o‘g‘li deb e’lon qilgan Aleksandr ham shoxlik bo‘lishi kerak edi. Aleksandrning ana shunday tasvirlari Misr, Bobillarda ko‘p tarqalgan edi. Amon-Aleksandr, Aleksandr Zulqarnayn (ikki shoxli) degan tushuncha Misr orqali arab mamlakatlariga ham yetib keladi va Qur’onga ham kirgan, islom orqali esa sharq mamlakatlariga tarqaladi.

324 yili Afina xalq majlisi dekreti bilan Aleksandr Gresiyada ham xudo sifatida tan olingan edi (bunga bir oz bo‘lsa-da, asos bor, chunki Makedoniya shohlari Heraklni o‘zlarining ajdodi deb, Heraklni esa Zevsning o‘g‘li deb hisoblaganlar). Shuning uchun Aleksandr haqida gap borar ekan "Zevs – Amonning o‘g‘li" deb aytilgan.

331 yili Aleksandr Doro bilan asosiy jangga otlanadi. Issda bo‘lib o‘tgan jangdan so‘ng ikki yil vaqt o‘tgan bo‘lib, Doro bu to‘qnashuvga yaxshigina tayyorgarlik ko‘radi. Haqiqatan eronshoh Aleksandrnikidan bir necha bor ortiqbo‘lgan suvoriy lashkarlar, arobalar, 15 filga ega edi. Shunga qaramay, makedoniyaliklarga xos bo‘lgan yaxshi intizom, tezkorlik, oqilona rahbarlik tufayli 331 yili Nineviya vayronalariga yaqin bo‘lgan Gavgameldagi jangda yana Aleksandr g‘alabani qo‘lga kiritadi. Doro ketidan lashkarlar betartib holda qochadilar. Antik mualliflari (Plutarx) bergan xabarlarga ko‘ra faqat baqtriyalik va sug‘diyonalik suvoriylar tartib bilan chekinadilarxolos. Aleksandr g‘alaba bilan cheklanmay, Doroni quvib, yo‘l yo‘lakay Bobilni jangsiz qo‘lga kiritadi. Bobil satrapi, kohinlar, shahar aholisi muzaffar shohni tantanali ravishla qarshi oladilar. Doro Midiyaga qochadi. Aleksandrni endi "Osiyo shohi" deb e’lon kiladilar. 323 yili Aleksandr Bobilni poytaxt deb e’lon qiladi va hamrohlari, saroy ahllari, lashkarlari, harami, malikalari bilan shu yerda joylashadi. Jahonning yarmini zabt etgan Makedoniya shohi, ajoyib lashkarboshining shuhrati G‘arb va Sharq xalqlariga keng tarqaladi, turli davlatlar, xalq va elatlar uning oldiga elchilar yuboradilar va shohlar shohiga o‘z xayrixohliklarini izhor qiladilar. Tinch, osoyishta hayotga o‘rganmagan Aleksandr Italiya yurishiga otlanayotgan paytda og‘ir kasalga chalinib, 323 yilning 13 iyunida o‘ttiz uch yoshga to‘lmay, Bobilda vafot etadi.

Aleksandr taxtga o‘tirganida erkak qarindoshlarining hammasini yo‘qqilgan, o‘zidan ham zurriyot qoldirmagan. Shoh vafotidan to‘rt oy o‘tgach, Roksana o‘g‘il ko‘radi va otini Aleksandr qo‘yadilar. Lekin taxt uchun kurashda yosh shahzoda ham yoshiga yetmay halok bo‘ladi.

Tarixiy sharoitga binoan Aleksandr o‘z nste’dodi va qurol kuchi bilan yaratgan favqulodda birlashtirilgan katta imperiya davlati yashashi mumkin bo‘lmaganidek, avvalgi holatga qaytishi ham g‘ayritabiiy bo‘lar edi.

Aleksandr vafotidan so‘ng hokimiyat shohning eng yaqin lashkar boshlari qo‘liga o‘tadi. Ular diadoxlar, ya’ni vorislar yoki epigonlar — vorislar vorisi, deb ataldilar. Shohdan keyinoq imperiyaga hokimlik qilish uchun diadoxlar o‘zaro kurash boshlaydilar, lekin birortasi ham yengib chiqa olmaydi. Uning usiga Aleksandr vafoti haqidagi xabarni eshitgan xalqlar ozodlik uchun qo‘zg‘olon boshlaydilar. Antnik mualliflarining ma’lumotiga ko‘ra Murg‘ob vodiysida barpo etilgan shahar - Marg‘iyona Aleksandriyasini varvarlar vayron qiladilar (Pliniy, IV, 16). 301 yili Frigiyaning Ips deb atalgan joyida qonli janglar natijasida Aleksandr imperiyasi uch mustaqil davlatga taqsimlanadi: Makedoniya, Misr, Suriya va Sharqiy Makedoniya Antiox avlodlariga; Misr- Ptolemey avlodlariga, Suriyadan to Hindistongacha Salavka tegdi (Appian. "Siriyskie dela", 55). Natijada Yevropa, Yaqin va Markaziy Osiyoda o‘ziga xos iqtisodiy va ijtimoiy talablarni oldinga surgan ellinistik davlatlar tashkil topdi, jahon tarixida ellinizm deb atalgan davr, ikki kit’a madaniyatining o‘zaro ta’sir davri boshlandi.

Tayanch tushunchalar: Makedoniya, Filipp II, Aristotel, Doro III, Granik, Iss, Gavgamel, falangga, Bobil, Baqtriya, Iskandar saltanati.

Savol va topshiriqlar:


  1. Makedoniyalik Iskandar saltanatining tashkil topishi haqida gapirib bering.

  2. Iskandar hokimiyat tepasiga qay tarzda keldi?

  3. Makedoniyalik Iskandarning harbiy yurishlari haqida nimalarni bilasiz?

  4. Iskandar saltanati nega parchalanib ketdi?




2.6. Iskandarning Markaziy Osiyoga yurishlari

O’quv maqsadi: Iskandarga qarshi Markaziy Osiyo xalqlarning ozodlik kurashi, so’g’d xalqining Spitamen boshchiligida bosqinchilarga qarshi olib borgan ozodlik kurashi, Iskandarning Markaziy Osiyoni bo’y­sundirishi va uning oqibatlari haqida talabalarga tushuncha berish, tarixiy davr haqida tasavvur hosil qilish va muayyan ko’nikmalar shakllanishiga erishish.

Iskandar Ahamoniylar saltanatining markaziy hududlarini egallab, zafarli yurishini Sharqqa qarab davom ettiradi. Olingi mavzuda aytib o‘tganimizdek, Doro III yaqin qarindoshi Bess tomonidan o‘ldiriladi. Baqtriyaning sobiq satrapi Bess ahamoniylar xonodoniga qarindoshligidan foydalanib o‘zini shoh deb e’lon qiladi va Artakserks nomini qabul qiladi. Ammo Iskandarning shiddatli hujumlariga qarshi jiddiy qarshilik ko‘rsata olmaydi. Bu vaqtda Bess-Artakserks So‘g‘diyona ichkarisiga qarab ketadi, ammo yangi podshoni xoinligini bilgan Spitamen, Arimaz, Avstan va Datafern kabi so‘g‘diy sarkardalar unga qarshi bosh ko‘taradilar. Iskandar bundan xabardor bo‘lib, sxoshilinch ravishda lashkarboshi Ptolemeyni Nautakaga yuboradi. Arrianning aytishicha, Oksdan Nautakagacha o‘n kunlik yo‘l bo‘lgan,ammo bu masofani Ptolomey qo‘shinlari to‘rt kun ichida bosib o‘tganlar. Soqchilar o‘zlari qo‘riqlab turgan Bessni maxsus joyga qoldirib, Spitamen tarafdorlari bilan birga makedoniyaliklar uchun noma’lum bo‘lgan tomonga qarab ketadilar.

Yo‘lboshchilar va jangchilarsiz qoldirilgan Nautaka hamda Maro­kanda shaharlarini Iskandar osonlik bilan qo‘lga kiritadi. Faqat Maroqanda atrofida joylashgan bosqinchilarga qarshilik ko‘rsatgan so‘g‘diylar uy-qo‘rg‘onlari podsho buyrug‘iga binoan vayron qilinadi. Iskandar jangda o‘ta berahm edi. U Naukatdan chiqib Samarqandga yo‘l olar ekan, yo‘lda bir zamonlar Eron-Yunoniston urushlari davrida ko‘chirib keltirilgan miletlik branxit qabilasining avlodlariga duch keladi. Tarixchilardan Arrian va Kvint Kursiy Ruflarning xabar berishiga qaraganda, Iskandar va uning qo‘shinlari o‘z vatandoshi sifatida hursandchilik bilan kutib olishga chiq­qan begunoh branxidlarni qirib tashlaydi va ularning shahar va qish­loq­larining kulini ko‘kka sovuradi.Yunonlar so‘ngra Samarqandni egallaydi. Iskandar u yerda kichik bir otryad qoldirib, o‘zi Sirdaryo tomon sxoshiladi.Iskandar Samarqandni egallagan paytda shahar, deyarli barcha adabi­yotlarda yozilgan singari Marokanda deb atalmas edi. Bu nom Samar­qandga Yunoniston tarixchilari berganlar.

Iskandar Maroqanda shahrida o‘z harbiylarining bir qismini qoldirib, Iskandar Markaziy Osiyogayurishlarida birinchi bor Ustrushonada-Samarqand bilan Xo‘jand oralig‘ida tog‘liklar qarshiligiga uchraydi. Biroq Iskandar tog‘liklar bilan bo‘lgan jangda o‘ta shavqatsizlik qildi.Arrianning yozishicha,u 30 ming mahalliy aholidan 22 mingini qirib tashlaydi.

Spitaman rahbarligida makedoniyalik bosqinchilarga qarshi xalq harakati boshlanib keldi. Bunga qadar Iskandarning rejalari boshqacha edi. Uning rejalari chippakka chiqdi.

Sirdaryo etagidan uzoq bo‘lmagan nihoyada Kiropolis shahri qamal qilinadi. Shu davrda Yaksartning shimoliy qirg‘og‘ida saklar to‘planib, makedonlarga hujum qilmoqchi bo‘ladilar. Iskandar hozirgi Bekobod va Xo‘jand oralig‘ida Sirdaryodan kechib o‘tadi va qattiq jangdan so‘ng saklar qochishga majbur bo‘ladilar. Shu davrda kutilmaganda So‘g‘di­yona­dan xavotirli xabar keladi - Spitaman boshchiligida makedoniyaliklarga qarshi qo‘zg‘alon boshlanadi va Marokandadagi Iskandarning harbiy qismlari qamal kilinadi.

Qo‘zg‘alonchilarni tor-mor qilish uchun Iskandar Farxun va Karan boshchiligidagi piyoda hamda otliq askarlarni Maroqandaga sxoshilinchjo‘natadi.Politimet-Zarafshon bo‘yidagi jangda Spitamen yunonlar ustidan talaba qozonadi, ikki mingdan ortiq makedoniyaliklar halok bo‘ladilar. Iskandar uchun bu juda ham katga mag‘lubiyat bo‘lib, Spitamanga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi.

Iskandar asosiy kuchlari bilan Maroqandaga yetib keladi, ammo Spitaman Quyi Qashqadaryo va keyinchalik Buxoro tomonga chekinadi. G‘azablangan Iskandar Maroqanda va hozirgi Buxoro shaharlari oralig‘i­dagi 120 ming tinch aholini qirib tashlaydi.

Saklarning qarishigini qaytarib turish maqsadida Sirdaryo sohilida 17 kun ichida mustahkam mudofaa devori bilan o‘ralgan qal’a qurdiradi.Qal’aga "Aleksandriya Esxata", ya’ni "Olisdagi Aleksandriya" deb nom qo‘ydi va unga yunon ko‘shinlarini, kasallarni,yaradorlarni, bolalar va keksalarni joylashtiradi.

Iskandar Samarqandda 3 ming lashkardan iborat ko‘shinni qoldirib, o‘zi Zariaspga qishlash uchun jo‘nab ketdi. Shunday qilib, milliy ozodlik kurashining birinchi bosqichi yakunlandi. Bularning barchasi miloddan avvalgi 329 yilning bahoridan to kuzigacha davom etadi. Qo‘zg‘olon­chi­larning asosini tub aholining o‘troq qismi tashkil qildi. Ko‘chmanchi saklar esa ularning keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatladilar.

Ko‘zg‘olonning ikkinchi bosqichi miloddan avvalgi 328 yilning qish faslida boshlanadi. Huddi shu vaqtda Iskandar Zariaspda Baqtriya eparx­larining quriltoyini o‘tkazayotgan edi. Quriltoyda Bessni sud qilishdi. Bo­sib olingan viloyatlarni qanday qilib boshqarish masalasi ham ko‘rildi. Iskandar g‘arbdan ko‘shin chaqirdi va Nearx boshchiligida yordamchi kuchlar yetib keldi. Quriltoyga Yevropa skiflaridan Iskandar bilan harbiy ittifoq tuzish maqsadiga katta sovg‘a-salomlarbilan elchilar kelishdi. Ular Iskandarga skif malikasini xotinlikka taklif qilishdi. Katta sovg‘a-salomlar bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatish uchun qadimgi Xorazmdan 1500 otliq askarlar bilan elchilar ham kelishdi. Xorazm podsxosi Farasman elchilar orqali Iskandar rozi bo‘lsa, unga Qora dengiz bo‘yi skiflariga qarshi harbiy yurishlarida amaliy harbiy yordamga tayyor ekanligini izhor etadi.

Iskandar quriltoyda mamlakatni boshqarishda satrapliklar tizimini qoldirishni ma’qul topdi. Ammo satraplarning pul zabt etish va o‘z ixti­yorlarida yollanma qo‘shin saqlashga haqqi yo‘q edi.

Miloddan avvalgi 328 yilning bahorida Iskandar jangovor so‘g‘dlik­larni batamom tislim etish uchun So‘g‘d yurtiga yana qo‘shin tortdi. Shuning uchun miloddan avvalgi 328 yil So‘g‘d xalqining Iskandarga qarshi faol kurashi tarixida Iskandar uchun keskin burilish yilibo‘ldi. Endi Iskandar avvalgidek mahalliy aholiga qahr-g‘azabini o‘ylanibroq socha­digan bo‘ldi. U endi mahalliy aholiga yaqinlashish, ular bilan til topish yo‘­lini qidirdi. Shu maqsadda mahalliy aslzodalarni shoh saroyiga yaqin­lashtirdi, o‘zi boshqalarga o‘rnak sifatida tub aholi urf-odatlari, xulq-atvorini o‘zlashtirishga kirishdi. Biroq uning bu harakati yunonlar orasida noroziliklarga olib keldi. Ammo Iskandar o‘z yo‘lidan qaytmadi. Kim unga ochiq norozilik qarshiligini ko‘rsatsa, boshini tanasidan judo etdi. Shu yo‘lda uning eng yaqin do‘sti, mohir lashkarboshi Klit va saroy tarix­chilaridan Kallisfonlar qurbon bo‘ldilar.

Miloddan avvalgi 327 yilning qishini Iskandar Nautakda o‘tkazdi. Bahorda esa So‘g‘d kal’asini qo‘lga kiritishga otlandi. Bu qal’ada baq­triyalik Oksiartning oilasi-xotini, bolalari va go‘zal qizi Roksana yashar edi. Yunon tarixchilarining yozishicha, Baqtriya va So‘g‘diyonadagi tog‘lar orasida 4 tajuda mustahkam qal’alar joylashgan. Ular So‘g‘d, Sizi­meta, Arimaza va Xorien deb atalgan.Ammo bu ma’lumotlar mavjud qadimgi qal’alar bilan solishtirilganda ularning faqat ikkitasini aniqlash mumkin bo‘lgan.

Iskandar o‘zining qonxo‘r otryadlarini tog‘larda joylashgan ana shu qal’a­­larni egallash uchun yubordi. Makedoniyalik Iskandarping ana shu yurishi So‘g‘d xalqi milliy ozodlik kurashining uchinchi boskichini tashkil etdi.

Iskandar Roksana tufayli uning otasi Oksiartiing gunohlaridan o‘tib, unga yaxshi munosabatda bo‘ldi va uni Baqtriya satrapi etib tayinladi. Shundan so‘ng Iskandar Oksiart yordamida Xorien qoya qal’asini egallash rejasini tuzdi. Bu qal’ada Iskandarga muxolifatda bo‘lgan ko‘pgina mahalliy hokimlar, ularning oilalari joylashgan edi. Ular orasida eparx Xorien ham bo‘lib qal’ani yunonlar uning nomi bilan atashgan. Xorien Iskandar elchisi Oksiartdan barcha gapni eshitgach, darhol qarshiliksiz taslim bo‘lib qoldi. Shunday qilib, miloddan avvalgi 327 yilning yozida Iskandar Markaziy Osiyoni o‘ziga to‘liq bo‘ysundirib oldi. U mahalliy aslzodalardan Oropiya ismli kishini So‘g‘d podsxosi qilib tayinlab, tez kunda Hindikush orqali Hindistonga yurish boshlab yubordi. Diodarning xabariga ko‘ra, qo‘zg‘alonning birinchi bosqichida "Iskandar ko‘zg‘olon ko‘targan so‘g‘diylarni yengib, 120 ming aholini qirib yubordi", uning ikkinchi bosqichida "u baqtriyaliklarga jazo berib, so‘g‘diylarni qaytadan o‘ziga bo‘ysundirdi va joylarda qal’alar barpo etdi" , ko‘zg‘alonning uchinchi bosqichida "qo‘zg‘alon ko‘targan so‘g‘diylarning tog‘larga qochib yashiringanlari asirlikka olindi".

Shunday qilib,Markaziy Osiyo xalqlarining Spitamen boshliq milliy ozodlik kurashining uchinchi bosqichi Iskandarning Hisor tog‘laridagi baland qoyalar ustida kurilgan kal’alarga yashiringan mahalliy aslzoda­larga qarshi kurashi bilan yakunlandi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə