Eng qadimgi davrlardan milodiy VII-VIII asrlargacha) 5220200 – Tarix (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi) ta’lim yo‘nalishi bakalavr iibosqich talabalari uchun



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə7/12
tarix15.03.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#31906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Tayanch tushunchalar:Andranova, sak, massaget, nomad, skif, dax, se, Tur, Turon, Arimas, Strub, Katakomba.

Savol va topshiriqlar:

  1. Nima sababdan o‘troq hayot kechirayotgan xalqlar ko‘chmanchi xalqlarga aylanib qoldi?

  2. Qaysi omil tufayli ko‘chmanchilarning deyarli hammasi yer sharining janubidan ko‘ra shimol tomonida istiqomat kilganlar?

  3. Sak va massagetlarning orasida qanday o‘xshashlik va qanday tafovut mavjud?

  4. Nima uchun saklarning bizga ma’lum to‘rt guruhi birlashib yagona markazlashgan davlat tuzmadi?

  5. Hozirda Markaziy Osiyoda mavjud bo‘lgan qaysi xalqning urf-odatlari tarkibida ko‘chmanchi xalqlarning urf-odatiga o‘xshash birlik bor?

2.9. Xunlar imperiyasi

O’quv maqsadi: Eramizdan oldingi birinchi ming yilliklarda Xunlar davlatining tashkil topishi, Xun va Xitoy munosabatlari, Xunlarning Mar­kaziy Osiyoga bosqinchilik yurishlari, eramizning I-III asrlarida Xunlar imperiyasi, Xun hukmdorlari, Xunlarning IV asrdagi g’arbga yurishlari, G’arbiy Evropada Xunlar davlatini tashkil topishi va parchalanishi haqida to’liq ma’lumot berish, tushuncha va ko’nikmalar hosil qilish.

Insoniyat va jahon taraqqiytida o‘ziga xos iz qoldirgan, aytish mum­kinki, kishilik jamiyatining keyingi taqdirida katta rol o‘ynagan ko‘ch­man­chi qabilalar juda kam bo‘lgan. Shunday buyuk tarixiy hodisa­larga sabab­chi qabilalar barmoq bilan sanoqlidir. Tarixda ulkan o‘zga­rish­larga sabab­chi bo‘lgan xun, turkiy va mo‘g‘il qabilalarini sanab o‘tish mumkin. Xun­lar to‘g‘risida yozma manbalarda juda ko‘p ma’lumotlar saq­lanib qolingan.

Uchinchi Turkologiya konfrensiyasida (Toshkent) tarixchi olim M.Voli­dov mil.avvalgi 1-2 hamda milodiy 1-5 asrlarda yashagan yunon olimlari Ptolomey, Ammian, Martsellin, vizantiyalik Feofon, Zosima, Meandr ma’lumotiga ko‘ra Kaspiy dengizning sharqiy qirg‘og‘idan tortib to butun Maraziy Osiyoda skif nomi bilan yashagan xalqlarning asosini xunlar tashkil etgan deb ma’ruza qilgan. Shuningdek, ko‘rsatilgan yunon olimlari saklar bilan Xunlarning etnografik xususiyatlari o‘xshash ekan­ligini ta’kidlaganlar. Skiflar xunlar deb atalgan turkiy xalqlarning ajdodlari ekanligiga shubha koldirmaydi.

Turkiy xalqlarning qadimiy ajdodlaridan bo‘lgan xunlar mil.avvalgi dastlabki ming yillikning boshlarida paydo bo‘lib, so‘ngra besh yuz yillar chamasi vaqt o‘tgach tarix sahnasida faol ko‘rina boshlaydi va katta kuchga aylanadi. Xunlar Markaziy Osiyo, Kaspiy dengizi bo‘ylari hamda shimoliy Kavkazgacha cho‘zilgan hududda yashashgan. (Turg‘un Olmos "Xunlarning qisqacha tarixi" Qoshg‘ar, 1986.)

Miloddan avvalgi 207 yildan to milodning 216 yiligacha , ya’ni 423 yildan ulug‘ Xun imperiyasi hukmronlik qilishgan. Bu imperiyaning hududi sharqiy Xun imperiyasi ma’muriy markazining nomi Tumanbaliq atalib, ichki Mo‘g‘ulistonda joylashgan edi. Ulug‘ Xun imperiyasi g‘arbiy qismining hukumronlik yillari miloddan avvalgi 216 yildan boshlanib to‘rtinchi asr oxirlarigacha davom etib, ichki ziddiyatlar hamda tashqi kuchlar (Xitoy) ta’siri natijasida yemirildi.

Ikkinchi Xun imperiyasinig yemirilishi oqibatida hamda xunlarga qarshi kuchlar ta’qibi tufayli bir guruh xun avlodlari Sharqiy va G‘arbiy Yevropaga siljib milodning 374 yildan 469 yilgacha Yevropada Xunlar imperiyasini tuzdi.

Yevropada Xunlar imperiyasining asoschisi Balamir (374-400 yillar) hisoblanadi.

Xun imperiyasi hukumdorlari orasida Attila (434-53yillar) nomi Yevropa tarixida hozirga qadar mashhur. Hatto hozirgi Volga daryosining nomi ham Atilmuran. Itil muran Idil suvi atamasi sifatida Attila ismiga nisbat berilgan. Maxmud Qoshg‘ariy o‘z asarida "Itil suvi oqa turur" deb eslatib o‘tgan.

Xunlar qabilaviy ittifoqining tashkil topishi haqida boshqa bir qarash mavjud: Gumilev, Taskin, Bichurin, Viktorova kabi olimlar bu imperiyani miloddan avvalgi II ming yillikga borib taqaladi, deb fikr bildirishgan. Bir qator olimlar XX asrning 80 yillaridan boshlab Xan davrigacha bo‘lgan yozuvlarni shubha ostiga olishmoqdalar. Xunlarning ajdodlari kimlar ekanligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ba’zi olimlar Xunlarning arxeologik mada­ni­yatlariga doir plitali qabrlarini Mongoliya va Baykal oldi hududlaridan topishgan. Zamonaviy arxeologik ma’lumotlar plitali qabrlarni Xun mada­niyatiga etnik jihatidan yaqinligini isbotlashmokda. Bu madaniyat yodgor­liklarining davrlari tipologik, xronologik chegaralarini miloddan avvalgi XII-VI asrlar deb belgilaydi. Bu narsa Xun yodgorliklari va plitali qabrlar orasida uzilish borligiga isbot bo‘la oladi. Qadimdan Xun yodgorligi bilan Skif-Sibir madaniyati orasida munosabat borligi aniqlangan. Darhaqiqat Skif usuli deb nomlanadigan usul jihatlari g‘arbdagi Ordos-Bronza madaniyatiga to‘g‘ri keladi. Lekin ko‘pgina ko‘mish odatlari va san’at namunalari mahalliy ixtisoslashuviga ega. Ko‘pgina olimlar asossiz ravishda bu hududdagi mada­niyat Xun madaniyati asosida tarqalganini aytishadi. U shimoliy Shansi provinsiyasini, Ordos va Inshiyanni janubiy qismlarini o‘z ichiga olgan. Turli xil narsalardagi rasmlarni o‘rgangan olimlar "Ohu toshi" deb nomlangan haykaltaroshlik usulini topishdi. A.V.Varenov ta’biricha, bu yerlardan turli xil qurollar (bolta, pichoq, sanchqi, xanjar) topilgan. Tahlil natijalari Xitoy hududidagi Shensi, Shansi, Xebey kabi hududlardan ham shunday buyumlar topilgan deb ko‘rsatadi.

Shu narsa aniqki, miloddan avvalgi II-I ming yilliklarda Xunlar birlashmasi bilan bir qatorda Varvarlar ittifoqi bo‘lganligini ham ko‘rsa­tadi. Miloddan avvalgi V-III asrlarda Xunlarda ko‘chmanchi imperiya tashkil topgan edi. Buning asosida quyidagi holatlar kelib chiqadi:



  1. Xun imperiyasi deb nomlangan katta siyosiy imperiyaning tashkil topishida etnik-siyosiy baza mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ko‘p yillar davomida siyosiy integratsiya va imperiyalar konfederatsiyasi o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lgan;

  2. Xun siyosati Mo Di hukmronligi davriga to‘g‘ri keladi. Bu esa ierarxik tuzum mavjudligini ko‘rsatadi;

  3. So‘nggi izlanishlar natijalari Xitoy Xun arxeologik yodgorliklarini "kurashuvchi qirorliklar" davriga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi;

Miloddan avvalgi III asr o‘rtalaridayoq Xunlar janubiy qo‘shnilar uchun katta xatar to‘g‘dirardi va Xitoy hududi chegaralaridagi davlatlarni talon-taroj qilishardi.

Gumilev fikricha, Xunlardan keyin hukumat tepasiga Dunxular keladi.

Ba’zi manbalarga qaraganda, xunlar turli yozuv shakllaridan foydalanishgan. Bu orqali dastlabki Xitoy yozuvini ifoda etishgan. Shaklan Xitoy yozuvi va tili asosida bo‘lsa ham, talaffuzda o‘z tillariga moslab o‘qish­gan. Shuningdek, milodning 250 yili Xun hukumdorlaridan biri Chunggu xoqoni Qang‘toy degan kishi boshchiligida Kambodja mamla­katiga elchi yuboradi. Elchi Kambodjaliklar yozuvi xunlar xatiga o‘xshaydi deb, ma’lumot bergan. U paytda Kambodjada sanskrit yozuvidan foydalan­ganligi ehtmoldan xoli emas.

Milodning oltinchi asrida birinchi turk xoqonlarida Istami Xoqon favoti munosabati bilan ko‘yilgan qabr toshida uch xil yozuvdagi bitik bor: biri noma’lum yozuvda, ikkinchisi so‘g‘d xatida, uchinchisi esa xitoy yozuvida. Noma’lum bitik sanskrit alifbosi asosida shakllangan xun yozuvi bo‘lishi mumkin. Xunlarniig mashhur xoqoni Modsxon (Batur Tangriqut) tomonidan Xitoyning Xan sulolasiga oid hukmdorlariga maktublar yuborilgan. (I.Ya.Bichurin "Sobranie svedeniy o narodax obitavshix v Sredney Azii v drevnyu vremena", t. / M. - L.. 950). Milodning III asrida xunlar o‘z imperatoriga yozgan maktubidan ham ma’lumdir. Shuningdek, Xun imperiyasi xoqonlari harbiy maqsadlar uchun xaritalardan foydalanilganlari haqida ham ma’lumotlar bor.

Xunlar san’at bobida turkiy xalqlarda qo‘llangan bed, nog‘oro, nay kabi musiqa asboblaridan foydalanishgan.

Xunlarda ham mansablar turkiy nom bilan ifodalangan, yigirma to‘rt xil amal bo‘lgan. O‘ng ko‘l bilgaxan, so‘l qo‘l kutig‘i, o‘ng qo‘lxan, so‘l ko‘l­xan, o‘ng qo‘l ulug‘ sang‘un, so‘l qo‘l ulug‘ sang‘un, o‘ng qo‘l ulug‘ tutug­bag‘, so‘l qo‘l ulug‘ tutug‘bag‘, batisxan, tumanboshi. mingboshi (yuzboshi), yuzboshi, o‘nboshi. kabi amaldorlar hamda harbiy unvonlar joriy qilingan. Umuman hokimiyat boshlig‘i bo‘lgan xoqon Tangriqut nomi bilan atalgan.

Xunlar asosan shamanlikka (kam, kaman) sig‘inganlar. Unga ko‘ra qu­yosh xudosi, oy xudosi, osmon xudosi, yer xudosi, yulduzlar xudosi kabi ko‘pxudoli mavjud edi. Xunlar tong saxarlab quyoshga sajda qilishgan, tunda oy­ga sig‘inishgan, muhim jiddiy ishlarni oy va yulduzlarga qarab hal qilishgan, oy to‘lganda dushmanlanga hujum qilishgan, oy tutilganda chekinishgan.

Ko‘k tangrisi bilan yer tangrisi, butun hayotni yaratgan quyosh tangri­si bilan oy tangrisi tomonidan hukmronlik taxti ato qilingan deb hisob­langan. Uy, chodirlarning eshiklari sharq tomonga qaratib qurilgan. Xunlar ko‘pxu­dolik tufayli, turli ma’dan va yog‘ochlardan sanamlar yasashgan, butparstlik kuchaygan. Shamanlikka ko‘ra, sharq - ko‘k rang, janub - qizil rang, g‘arb - oq rang, shimol esa qora rang bilan ifodalangan. (Turg‘un Olmos. Ko‘rsa­til­gan asar). Xunlarda shamanlik hayotning barcha sohala­ri­da o‘z aksini topgan. Xunlarga xos shamanlik an’anasi qadimgi turk, eski turk davrlarida ham da­vom etgan. Hatto Amir Temur tomonidan qurilganOqsaroy hamda Ko‘ksa­roy, shuningdek Oltin O‘rda davrida tashkil topgan Oq O‘rda hamda Ko‘k O‘rda nomi Xunlar davridagi an’ananing davomidir.

Xun hukmdorlarning nomlarini Xitoy yozuviga asoslangan manba­lardan transkripsiya qilinganda, ko‘pchiligining ismi turkiy til qonunlariga mos kelganini ko‘rish mumkin.

Miloddan avvalgi Xun hukmdorlari: Tuman (240-210). Batur Tangri Qut(210-174. O‘g‘izxon deb ko‘rsatilgan), Kayuk (174-161), Kunchin (161-126), Uvay (126-114), Uyshilur (105-102), Qulig‘u (101-96), Guliku (96-85), G‘uyondi (85-68), Shuliy Qanuy (68-60), Uyonquti (60-58), Kig‘ushar (58-31), Qutiyush (41-20), Suchiyanuti (20-12),Uchulunuti (8-1, milodiy - 13). Ulunuti (milodiy 13-18), G‘uti Arshi Davganuti (milodiy 18-46), Udatg‘u (46-48).

Sharqiy Xun tangrikutlari (hukmdorlari: milodiy sana): Shilushyuti (43-46). Chiyuquti (56-57), Ilg‘a Paluti (57-59), Xitungshi (59-63), Gushi Shuxuti (63-85), Iltu Uluti (85-88), Shulan Shuquti (88-93), Arg‘u (93-94), Tandur Shuquti (94-98), Vanchi (Banchi) Shisuti (98-124), Uchg‘u Shisuti (124-128), Qutunu Shisuchuti (128-140), G‘ullannushi Suchu (143-147), Illinis Suchu (147-172), Utinushi Suchu (172-178), G‘uchin (178-179), Qamquyi (179-195).

G‘arbiy Xun tangriqutlari (milodiy sana): Panu (46-83), Sanmu (83-84), Ulut (84-89). Shimolay (89-91), Panku (93-118).

Yevropa Xun hukmdorlari (milodiy sana): Balamir (374-400). Yulduz (400-410). Qaratun (410-415), Bunchuk (415-422), Ruyo (422-434), Atilla (434-453). Tilik (453-454). Danggizbag (454-469). Ko‘rsatilgan Xun hukmdorlarining asoschisi Chunvey (Cho‘ngbag) hozirgi davrdagi uch ming ikki yuz yil ilgari yashaganligi hakida ma’lumot uchraydi (Turg‘un Olmos, ko‘rsatilgan asar).

Miloddan avvalgi III asrida Oq xunlar (qushonlar) Xunlarning bir tarmog‘i tarzida Markaziy Osiyoning Gansu viloyatlarida eradan avval ya­shagan. Oq xunlar Ulug‘ xunlarning ittifoqchisi hisoblangan hamda o‘zaro qa­rindosh bo‘lishgan. Oq xunlar Markaziy Xun imperyasining ittifoqchisi Uysunlar (Usunlar, Xunlarning bir tarmog‘i) orasida nizo chiqib, Oq xunlar bilan Uysunlar o‘rtasida miloddan avvalgi 209 yili urush kelib chiqadi. Uysunlar Oq xunlardan yengiladi va Markaziy Xun davlati Uysunlar tomo­nini olib, Oq xunlarga qarshi urush olib boradi. Oq xunlar yengilib, Gansudan g‘arbga tomon ko‘chib, Kucharda (g‘arbiy Turkistonda) o‘rna­shadi. Uysunlar esa yana vatanlariga -Arsin vodiysiga qaytib, o‘z davlatlarini tuzadi. Ko‘p o‘tmay Oq xunlar yana Uysunlarga Arsin (Ersin) o‘lkasini tashlab ketishadi. Miloddan avvalgi 175 yili Oq xunlar isyon ko‘taradi. Batur Tangriqut o‘zining Kayuk nomli qo‘mondoni boshchiligida Uysunlarga yordam berish bahonasida Oq xunlarga qarshi ko‘shin tortadi. Oq xunlarni tor-mor qiladi. Urushda yengilgan Oq xunlar o‘z hukmdori - xonning xotini boshchiligida g‘arb tomonga ko‘chadi. Ili vodiysiga joylashadi. Uysunlar miloddan 150 yil avval Ulug‘ Xun davlatidan yordam olib, Oq xunlarni avval Qashqar (Qosh­g‘ar) vodiysiga, so‘ngra Baqtriyaga ko‘chishga majbur qilishadi. Amudaryo­ning o‘ng qirg‘og‘iga (Surxandaryo va Qashqadaryo vohasiga) o‘rnashishadi, yunon-makedon (ellin) davlatlariga zarba berishadi va ular hukmronligini yemirib tashlashadi. Ular miloddan avvalgi II asrda Ulug‘ Kushon davlatini tuzishadi (Turg‘un Olmos, ko‘rsatilgan asar). Bichurinning ma’lumotiga qara­ganda, bir yuz yigirma ming oiladan iborat, har qaysi oila bir harbiy kishi berishga qodir bo‘lgan bu davlatning aksari aholisini kushonlar tashkil etib, ma’lum qismi juan-juanlar (mug‘ullar) edi. Shuningdek, kushonlar Qang‘xa (Qang‘lilar), kanlar (kanlar), usunlar, tuyuklar bir-birga yaqin lahjada so‘z­lashishidan hamda qonunlari (tuzuklar), udumlari bir-biriga o‘xshash bo‘lgan. Xitoy elchisi Chjan Syan miloddan avvalgi 138 yilda bu yerga kelganda mazkur ma’lumotlarni to‘plagan (I.Ya.Bichurinko‘rsatilgan asar).

Kushonlar va eftalitlar (Abdallar) davriga oid Ellin-Baqtriya xatida beshinchi asrda turkiy tilda bitilgan jumlalar saqlanib qolgan: "Kuysan (kupyun) tilingtin to‘xriy tilincha yaratmish, anatkak (sanskrit) tilingtin go‘xri tilincha yaratmish". Bu misol kushon va eftalitlar turkiy xalqlar avlodi eka­nini ko‘rsatadi. Ikkinchidan, ular qatori xunlar ham qadimiy turkiy qavmlar bilan qarindosh ekanliklarini ko‘rsatadi. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, Baqriyana - So‘g‘diyona ta’siri an’ana tarzida davom etgan. Shuningdek turkiy xalqlarning turgash xoqonligi davri tangalarida ham an’ana tarzida so‘g‘dcha yozar edilar. Tarixan skif-un, xun (gun) lar nomi bilai yashagan xalqlar milodning 6 asr o‘rtalarida o‘tgan bir yarim ming yillik davr mobay­nida turklar nomi bilan mashhur bo‘lgan. Turkiy xalqlar asrlar osha Osiyo, Yevropa, Afrika qit’alarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda yetakchi guruhlardan hisoblanadi. Xulosaqilib shuni aytish mumkinki, xunlar nomi bilan atalgan ushbu qabilalar tarix sahnasida o‘ziga xos iz qoldirdilar.

Tayanch tushunchalar: Xunlar, xunlar imperiyasi, xalqlarning buyuk ko‘chishi, skiflar, Baqtriya, kushonlar, tangriqut.

Savol va topshiriqlar:


  1. Xunlar to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  2. Markaziy Osiyo xalqlari bilan ular o‘rtasidagi aloqalar nimalarda ko‘rinadi?

  3. Xunlar va xalqlarning buyuk ko‘chishlari va uning oqibatlari haqida nimalarni bilasiz?


2.10. Yuejchilar va Xunlar, Kushonlar saltanatining shakllanishi.
Ijtimoiy-iqtsodiy munosabatlar


O’quv maqsadi: Yuejchilar qabilalari va ularning qadimgi Farg’ona va Yunon-Baqtriya yerlariga bostirib kirishi, Kushonlar saltanatining tash­kil topishi, Kushonlar podsholigining Afg’oniston, Pokiston va Hindiston hisobiga kengayishi, Kushonlar davlat tuzumi va boshqaruv shakli, mada­niyati, Xitoy va Rim bilan munosabatlari haqida talabalarga batafsil ma’­lumot bersih, tarixiy davr haqida tushuncha va ko’nikmalar hosil qilish.

Spitamen qo‘zg‘oloni mag‘lubiyatidan so‘ng, miloddan avvalgi IV asr oxirlarida xitoy manbalarida yuechjilar deb atalgan massaget qabilalari Sharqiy Turkistondan to Mug‘uliston chegaralarigacha bo‘lgan hududlarga ko‘chib ketganlar. Xitoyning shimolda esa xun qabilalari yashardi. Ular Sharqiy Turkistonda joylashib olib, xunlarni o‘z ta’sirlariga olish niyatida bo‘lganlar. Ularning bu niyati ayniqsa miloddan avvalgi III asrning ikkinchi yarmida to‘la namoyon bo‘la boshlaydi. Sababi, xuddi shu davrda Markaziy Osiyoning janubi-sharqiy viloyatlarida Yunon-Baqtriya davlati tarkib topib, yuechjilarni bezovta qilmoqda edi. Yunon-Baqtriyaga qarshi Markaziy Osiyo qabilalarining birlashgan mustaqil qo‘shinining zaruriyati kelib chiqqan edi. Yunon-Baqtriya podsxosi Yevtidem massaget qabila­la­rini bu harakatlarini barbod etish maqsadida xunnlardan mohirona foyda­lanadi. Yevtidem miloddan avvalgi 206 yilda salavkiylar hukmdori Antiox III bilan shimol ko‘chmanchilariga qarshi harbiy ittifoq tuzadi. Bundan xabardor bo‘lgan xun shahzodasi Mode yuechjilar qo‘lidan qaramlikdan qochadi, o‘z otasini hokimiyatdan ag‘darib tashlab, yuechjilar ustiga lashkar tortib boradi. Miloddan avvalgi 176 yilda xunlar yuechjilar ustiga ikkinchi marta hujum uyushtiradilar. Oqibatda xunlar 165 yilda yuechji­larni g‘arbga uloqtirib tashlaydilar. Rivoyatlarga qaraganda xun hukm­dorlari mag‘lub bo‘lgan yuechjilar podsxosining bosh suyagidan kosa yasab, g‘alaba sharafiga unda sharob ichib yurgan ekanlar. Yuechji qabi­lalari qadimgi Farg‘ona yerlariga chekinadilar va o‘sha yerda istiqomat qila boshlaydilar. Manbalarda yozilishicha, qadimgi Farg‘onani shimoliy tuman­larida yuechjilar qishloq va shaharlar barpo etadilar.

Bu davrda yagona bir podsho bo‘lmagan, balki urug‘ va urug‘ yabg‘ulari qabila oksoqollari qo‘l ostida birlashganlar. Jumladan,hozirgi Namangan viloyatining Yangiko‘rg‘on tumani hududida Kushon qishlog‘i va Kosonsoyda Koson shahrini yuechjilar barpo qilgan edilar. Ma’lumki, miloddan avvalgi 155 yilda Yunon-Baqtriya davlati inqiroz sari yuz tutdi.

Kushonlar to‘g‘risida eng kerakli ma’lumotlarni "Kichik Xan tarixi" asari (Xitoy sulolasi)dan, shuningdek, Kushon hukmdorlarining tangalari­dan va ular qurib qoldirgan yodgorliklardan olish mumkin.

Xitoy solnomalarida kelishicha, Yuechjilar Baqtriyada 5 ta oilaga bo‘li­nib yashadilar. Guyshuan oilasining yabg‘usi qolgan 4 oila yabg‘ularini 100 yil mobaynida o‘ziga tobe etib, Guyshuan podsholigini tashkil qiladi va poytaxti taxminan Baqtra bo‘lgan deyiladi. Uning yabg‘usi Kiotszyukyu (ayrim manbalarda Geray) Parfiya bilan urush olib borib, hozirgi Afg‘oniston hududlari va Qobulni egallab olgan. Keyinchalik uning o‘g‘li Hindistonni bosib oladi va uni boshqarishni o‘z lashkarboshilaridan biriga topshiradi. Uning qo‘shnilari bu davlatni "Guyshuan" deb atagan bo‘lsa, Xitoyda ularni hali ham o‘sha eskichada yuechji deb atashardi. Kushon podsholarining nomlari Xitoy yozma manbalarida juda noaniq transkripsiyada berilgan. Hin­diston va Markaziy Osiyodan topilgan tangalar yordamida kushon podsho­larining nomini bilishimiz mumkin.

Bir vaqtning o‘zida Kushon hukmdorlarining hukm surgan yillari to‘g‘risida ham Hindiston, ham Xitoyda yozilgan qaydnomalar mavjud. Lekin ularda berilgan sanalar keskin farqlanadi. Buning sababi nimada?

Bunga sabab Xitoyda oy va quyosh kalendarlariga amal qilingan. Hindistonda esa Xitoydan farqli ravishda Budda, Vikram va Saka kalen­darlari amalda bo‘lgan. Ular mingliklar va yuzliklar (1000, 100)ni ifoda­lashmagan. Ularda faqat birliklar va o‘nliklar (1-10) mavjud bo‘lganligi uchun olimlar hanuzgacha solishtirish yo‘li bilan Kushonlar hukm­ron­ligining aniq xronologiyasini aytib bera olmaydilar.

Ularning ilk podsholaridan biri Kudzula Kadfiz bo‘lgan. U taxminan mil. 1 asrda 10 15 yil davomida hukmronlik qilgan. Shu davrda u alohida ajralib ketgan yuechji, tohar qabilalarini birlashtirgan. Kudzula Kadfiz arshakiylar hukmdori bilan, saklar (Xindiqush janubidagi) bilan jang qilib Qobul atrofidagi viloyatlarni, shuningdek Kashmirni ham ishg‘ol etdi. U Kushon podsholigi hududini Sug‘ddan yuqori Hind daryosigacha Pomir­dan Parfiyagacha kengaytirdi.

Kudzula Kadfiz tangalarni Rim saltanati va Parfiya podsholari zarb etgan tangalarga taqlid qilib chiqargan. Shu boisdan ham bu davrdagi tangalarda «Kudzula Kadfiz Yabg‘u» degan yozuvli tangalar zarb etilgan. Kudzula Kadfiz vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Vima Kadfiz (yoki Kadfiz II) taxtga o‘tiradi. U Hind daryosi havzasidagi va Panjobdagi viloyatlarni bosib olishga harakat qilgan.

Bu hududni boshqarib turgan grek-makedonlar kichik hukmdorlarining qo‘shinini yengib, o‘z davlati chegaralarini to Banorasgacha kengaytirgan. Bundan keyin Kushon chor davlati Buyuk Kushonlar saltanati deb atala boshlandi. U Vima Kadfizga atab tosh haykal o‘rnatganlar. Bu haykal Hindistonning Matxura shahrida qad ko‘targan. U shuningdek, mamlakatda pul islohotini o‘tkazib, o‘z nomidan tangalar zarb etgan. Kushon hukmdorlari ichida birinchi bor oltin tanga zarb ettirgan shoh Vima Kadfizdir. U joriy qilgan oltin tangalar Rim oltin tangalarining hajmi, og‘irligi,bezaklari,oltinning sifati, hatto og‘irligi (8 gramm) bilan bir xil bo‘lgan. Bu tangalar "Dinarius-Aureus" nomi bilan atalgan. Ushbu tangalarni biz Rim imperatori Avgust joriy etgan tangalarning ayni nusxasi deb atasak ham bo‘ladi. Avgust va Vima Kadfiz bir davrda yashamagan bo‘lsalar, qanday qilib Vima Kadfiz Rim oltin tangalaridan nusxa olishi mumkin? - degan savolga D. Makdouell quyidagicha javob bergan: "O‘z davrida Rim tangalari tangalari tashqi bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, o‘sha paytlarda Rim Parfiya bilan chegaradosh bo‘lgan. Keyinchalik, Parfiyani Kushon va Hindiston bilan savdo aloqalari natijasida Rim tangalari ushbu hududlarga kirib qolib, shoh bu tangalarning ba’zi elementlarini o‘zgartirib o‘z nomidan tangalar zarb qildirgan bo‘lishi mumkin".

Kushonlarning tangalari quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan:

Old tomonida: shohning boshi (uning boshiga mato bog‘langan, bu uning "hukmdorlik" belgisi bo‘lgan) va "Nika" ma’budasining u tomon uchib kelayotgani ("Nika" shohlik, hukmdorlik ato etuvchi ma’buda) tasvirlanadi.

Orqa tomonida 4 xil grekcha va kushoncha yozuv uchraydi:

1. Hukmdor.

2. Tiran (boshqaruvchi).

3. Noaniq (Kushon tilida bo‘lgani uchun). Olimlarning taxminicha "Kushon", "Gushon"bo‘lishi mumkin.

4. Hukmdorning ismi. (Ilk hukmdor Geray mil. avv. I asr oxiri – milodiyI asr).

Shuningdek, bizgacha Kushonlar davrida muomalada bo‘lgan "nomsiz tangalar" ham yetib kelgan. Ushbu tipdagi tangalar Tojikiston hududidan topilgan bo‘lib, ushbu tangalarning muallifi ko‘rsatilmasdan, faqatgina '"Soter megas" (shohlar shohi - ulug‘qutqaruvchi) degan yozuv uchraydi. Ushbu tangalar aynan kimga tegishli ekanligi to‘g‘risida bir necha variantlar bor:

- Masson, Pugachenkova: Kudzula Kadfiz chiqargan bo‘lib, davlat ishla­ridan pastroq mavqe’da bo‘lgan ishlarda (qora bozorda) muomalada bo‘lgan.

- A. Somonetga: Kadfiz II chiqargan bo‘lib, u yoshligida davlatni otasi boshqargan, Kadfiz II esa maydaroq joy va maskanlarni boshqargani uchun, otasi uning obro‘sini ko‘tarish uchun "nomsiz tanga" chiqarishga ruxsat bergan. Tangada o‘z nomini bermaganiga sabab, o‘sha paytda boshqaruv tizimi to‘laligicha otasining qo‘lida bo‘lganligidir.

- E.V.Zayman fikricha, har bir shoh shu turdagi tangalarni muntazam ravishda past tabaqa vakillari uchun muomalaga chiqarilgan.

"Yuqoridagi tahminlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, bizga ma’lumki Vima Kadfiz Hindistonni bosib olgan, u shu yerdagi Matxuri va Kashmir shaharlarida dam olib turgan. Aynan nomsiz tangalar shu maskanlarda ko‘p topilgani uchun, nomsiz tangalar shu yerlik aholi uchun maxsus chiqarilgan degan fikrga kelishimiz ham mumkin.

Kushon davlati bu davrda eng gullagan va hududlari juda ham kengaygan davrni o‘z boshidan kechiradi. Kanishka budda dinini rasmiy ravishda davlat dini deb e’lon qiladi. Buddizmni qabul kilib, uning saltanat miqyosidagi tashviqotchisi va himoyachisiga aylanadi. Kanishka davlat poytaxtini Dalvar­zindan Peshovarga ko‘chiradi. Milodning I asr 70-80-yilarida Sharqiy Turkis­ton yerlari masalasida Xitoy-Kushonlar xitoyliklar­ning Sharqiy Turkistondagi yerlarini egallash uchun qilgan harbiy harakat­larga xayrixoh bo‘lganlar. Hatto ular 84 yilda Xitoylarga qarshi kurashish uchun Qashqarga yuborilgan Qang‘uy qo‘shinini tezda chaqirib olishni Qang‘uy podsxosidan talab ham qiladi. Natijada Qang‘uy podsxosi o‘z ko‘shinini chaqirib oladi. Qashg‘ar hokimligi esa xitoyliklarga taslim bo‘ladi. Shundan so‘ng kushonlar Xitoyga Turfonni bosib olishga yordam berdi. Buning sababi Kushon elchisi katta sovg‘alar bilan Xitoy hukmdorining qizini Kushonlar podsxosiga uylantirish maqsadida Xitoyga borgan edi. Xitoy hukmdori uni qamoqqa oladi. Natijada ikki o‘rtaga sovuqchilik tushadi. O‘zini haqoratlangan deb hisoblagan Kushon hukmdori 70000 kishilik qo‘shin bilan Xitoyga qarshi yurish qiladi. O‘zaro kurashda u yengilib, Shar­qiy Turkistondan qochishga majbur bo‘ladi. Kushon­lar Sharqiy Turkistonda o‘z hukmronliklarini o‘rnata olmagan bo‘lsalarda, Hindiston yilnomalarida Kanishkaning Tarim havzasini bosib olganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Xullas, Kanishka podsholik qilgan 23 yillik davrda Kushonlar davlati hudud­lari juda ham kengaygan.

Soson podsxosi Shopur I yozdirgan «Zoroastr kaabasida» kushonlar saltanatining hududi haqida: «Kushonlar mamlakati Peshovar, Qashqar, So‘g‘d va Chochgacha cho‘zilgan» -deyiladi. Markaziy Osiyoda kushonlar asos solgan 3 ta mashhur shahar bo‘lgan:



  1. - Koson - Farg‘ona vodiysida;

  2. - Kattaqurg‘on - Zarafshon vohasida;

  3. - Kesh - Qashqadaryo viloyatidir.

Kushon davlatining xalqaro elchilik va savdo aloqalari keng rivoj topgan edi. Kushonlar 4 yo‘nalish orqali tashqi savdo olib borganlar: 1 - Xitoygacha; 2 - Hindistongacha; 3 – Parfiyagacha; 4 - Kama daryosi bo‘ylarigacha;

Kushonlar doimo Parfiya savdogarlari bilan G‘arb yo‘li uchun raqo­batchi hisoblanganlar. Odatda har bir davlat hududidan oyiga bir karvon chiqariladigan bo‘lsa, Kushonlar g‘arb tarafga oyiga ikki marotaba karvon chiqarganlar, bu ish Parfiyani raqobatdan chiqarish maqsadida qilingan. Bunga dalil qilib Rim hududlarida Kushon tangalarining Parfiya tanga­laridan ko‘ra ko‘proq topilganligini keltirishimiz mumkin.

Chetdan Kushonga kirib kelgan asosiy tovarlar ro‘yxati quyida jadval shaklida berilgan.


Davlat va joy nomlari

Tovarlarning nomi

Xitoy

ipak mato, nefrittoshi, Lyusern daraxti

(mevasi oltin kabi tovlanadigan

qimmatbaho daraxt), egiluvchi temir(sovut

uchun), nikel.



Hindiston

taqinchoq va shirinliklar.

Rim

suvinirlar va oyna mahsulotlari.

Kama daryosi bo‘ylari

jun (mex) va qishki issiq kiyimlar.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə