Eng qadimgi davrlardan milodiy VII-VIII asrlargacha) 5220200 – Tarix (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi) ta’lim yo‘nalishi bakalavr iibosqich talabalari uchun



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə6/12
tarix15.03.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#31906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Tayanch tushunchalar: Baqtra, Bess, Drapsak, Sak, Farsax, Spita­men, So‘g‘diyona, Aleksandriya Yesxata, Nautaka, Kerapolis, Mara­kand, Roksana.

Savol va topshiriqlar:

  1. Iskandarning So‘g‘diyonaga uyushtirgan harbiy yurishlardan ko‘zlagan maqsadi nima edi?

  2. Spitamen va so’g’diylarning ozodlik kurashi haqida gapirib bering.

  3. Iskandarning So‘g‘diyonani bo‘ysundirishga olib kelgan omillarni gapirib bering.




2.7. Ellinizm va uning Markaziy Osiyo madaniyatiga ta’siri

O’quv maqsadi:Markaziy Osiyoga yunon madaniyatining kirib kelishi, yunon va mahalliy madaniyatning qo’shilishi asosida shakllangan Ellin davri, ellinizm madaniyati, uning o’ziga xos xususiyatlari, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida tutgan o’rni haqida talabalarga atroflicha tahliliy va qiyosiy ma’lumotlar berish, davr to’g’risida to’liq tasavvur hosil bo’lishiga erishish.

Qadimgi dunyo tarixida ellinizm deb atalgan davr eng murakkab qarama-qarshiliklar bilan to‘lib toshgan davr hisoblanadi. Aleksandrningg‘alabasi va ellinistik davlatlarining tashkil topishi ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda o‘z an’ana va xususiyatlariga ega bo‘lgan Sharq xalqlari ustidan grek-makedoniyaliklarining to‘liq g‘alaba qozonishi deb bo‘lmaydi. Ellinizm konkret tarixiy xodisa, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy, madaniy hayotda grek va yerli aholi xususiyatlarini o‘zida mujassam­lashtirgan tarixiy voqe’likdir.

Miloddan avvalgi 312 yili Salavka Bobilda o‘z hokimiyatini qat’iylashtiradi va to‘qqiz yil davomida davlati chegarasini kengaytira borib, Eron va Markaziy Osiyoni ham egallaydi. Ammo Markaziy Osiyo­ning erksevar xalqlarini osonlik bilan o‘ziga qaram etolmaydi, qo‘zg‘a­lonlar tinchimaydi. 293 yili Spitamennig qizi Apamadan tug‘ilgan o‘g‘li Antioxni Markaziy Osiyoga yordamchi hokim etib tayinlaydi. Antioxning faoliyati natijasiga qo‘zg‘alonlar birmuncha bostiriladi. 280 yili Salavka vafot etgach, Antiox otasini o‘rnini egallaydi. Salavkiylar davrida Markaziy Osiyo mintaqasida Aleksandr yurishlari, undan so‘ng hokimiyat uchun bo‘lgan kurashlar natijasida izdan chiqqan normal hayot tiklana boshlaydi. Lekin osoyishta hayot uzoq davom etmaydi, markaziy davlat­dagi notinchliklardan foydalangan joylardagi hokimlar Baqtriya va Parfiyani mustaqil davlat deb e’lon qiladilar.

Aleksandrning Osiyo va Yevropa sintezi haqida Diodod quyidagilarni yozadi: "Aleksandir odamlarni Osiyodan Yevropaga va aksincha, Yev­ropadan Osiyoga ko‘chirish, aralash nikohlar tashkil qilish, xalqlar orasida aloqa o‘rnatish yo‘li bilan buyuk qitani bir xil fikrlash va kardoshlarcha do‘stlikka olib kelish yo‘lida ish tutti."

Aleksandr, albatta, barcha xalqlarni birlashgirish maqsadini siyosiy jihatdan amalga oshirolmadi, imperiya bo‘linib ketdi, ammo ob’ektiv qaral­ganda, Sharq va G‘arb xalqlari orasida xaqiqatdan aralashuv, har ikala qita xalqlari madaniyatining bir-biriga ta’siri, savdo aloqalarining kenga­yishi amalga oshirildi.

Ellinizm davrida grek madaniyagi, aniqrog‘i tili va adabiyoti Alek­sandir bosib olgan mamlakatlar - Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Kichik Osiyo, Markaziy Osiyo, Eron va Hindistongacha tarqaldi va bu xalqlar madaniyati bilan o‘zaro boyish jarayoni boshlandi. Grek tili esa ellinistik davlatlarga suniy birlashtirilgan xalqlar (Misrdan to Hindistongacha) o‘rtasida aloqa etish vositasi vazifasini ado etdi. Grek adabiyoti, san’ati va falsafasidan millionlab odamlar bahramand bo‘ldilar.

Yevropa olimlari ko‘pincha bir yoqlama ta’sirni tan olib, Sharq ta’sirini inkor etadilar, lekin ta’sir aslida ikkiyoqlama bo‘lgan. Afsuski, bizgacha yetib kelgan yozma manbalarning kamligi va to‘liq emasligi Aleksandrgacha bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, turmush tarzi, urf-odati, ijtimoiy tuzumi haqida to‘liqroq tushunchaga ega bo‘lish imkonini bermaydi. Bor ma’lumotlarda ham. o‘troq xalqlarni mensimay, ularga "varvarlar" deb qarash nuqtai nazaridan yozilgan. Ammo so‘nggi 30-40 yillar mobaynida Markaziy Osiyo jumxuriyatlarida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida topilgan qimmatli materiallar antik adabiyotlar materiallarini to‘ldiradi va kamchiliklarini qisman bo‘lsa-da, tuzatishga, ellinistik madaniyat ta’siri aynan nimada ekanligini aniqlashga yordam beradi. Ba’zi Yevropa olimlarining Sharq xalqlari shunchalik taraqqiyotda orqada bo‘lganlarki, hatto ellinistik ta’sirni o‘zlashtirishning noqobil edilar, degan fikrlarni qanchalik g‘ayriilmiy ekanligini arxeologik topilmalar isbotlamoqda, Markaziy Osiyoda yuksak madaniyat mavjud bo‘lganligi yana bir isboti "Avesto", zardo‘shtiylik ta’limoti va yuqorida aytganimizdek, unining Ioniya va markaziy Gresiya fani, falsafasining shakllanishiga ko‘rsatgan ta’siridir. Markaziy Osiyo madaniyati rivoji Aleksandr yurishlaridan keyin ham to‘xtab qolmadi, Yunon ta’sirini o‘zlashtirish bilan bir qatorda, ellinizm san’ati, adabiyoti va umuman madaniyatininig taraqkiyotiga ham o‘z navbatida ta’sirini o‘tkazdi.

Ellinistik madaniyatniiig shakllanishida Sharq. katta rol o‘ynadi. Yaqin va Markaziy Sharqda rivoj etgan ilm-fan, ayniqsa, astronomiya, matematika. tabobat va o‘ziga xos qishloq xo‘jaligi borligi, greklar tanish bo‘lmagan ekin ekish, hosil olish usullari, ular bilmagan ozuqa, meva, poliz yetishtirilishini ko‘rdilar. Ayniqsa, bir-biri bilan bo‘lgan aholisi kam, mustaqil shahar-davlatlar, polislar tuzumi sharoitida yashashga o‘rgangan kelgindilar Sharqda yagona davlat, yo‘lga qo‘yilgan savdo aloqalari, shaharlararo yaxshi yo‘llar va qishloqlar bilan birdamli, umumiy din, ibrat olishga arzigulik ko‘p narsalar borligiga guvoh bo‘ldilar. Xaqiqatdan, Sharq xalqlari davlat tuzumi, iqtisodi va madaniyatining ellinizmga ta’siri oz bo‘lmadi. Umumiy til esa umumiy madaniyag yaratilishining omili bo‘ldi.

Aleksandr va unining vorislari joriy etishga uringan iqtisodiy va siyosiy birlik ellinizm davrida uzoqdavom etmadi, ammo turli xalqlar madaniyati qorishtirmasi bo‘lgan ellinistik madaniyat Yevropa va Sharq xalqlari tarixida o‘chmas iz qoldirdi va keyingi davrlardagi madaniyatning rivojlanib shakllanishida ham katta rol o‘ynadi. Bu davrda deyarli barcha katta shaharlarda kutubxonalar tashkil etildi, ularda ilmiy ishlar olib borildi. Xuddi shu davrda filologik izlanishlar, matnshunoslik fan sifatida shakllandi. Sharq mamlakatlarida greklarnikiga taqlidan maktablar, gimnaziya, teatr, grek adabiyoti, grek bayramlari keng tarqaldi, grek adabiyoti janrlari Sharq adabiyotiga kirib keldi. Afsuski, u asarlar bizgacha yetib kelmagan. Faqat ba’zilarining (ayniqsa, yaxudiylar tomonidan yaratilganlari) nomlari saqlanib qolgan.

Grek adabiyotining o‘zida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi, yangi g‘oyaviy yo‘nalish, yangi mavzu, yangi janrlar kelib chiqdi. O‘tkir satirik mazmunga ega bo‘lgan siyosiy komediya o‘rniga badiy jihatdan ishlangan, shaxsiy hayotda yuz berishi mumkin bo‘lgan murakkab voqealar, maishiy turmush tarzi tasvirlangan yangi komediya degan janr yaratiladi. G‘oyaviy va siyosiy kurash quroli bo‘lgan notiqlik polislar yo‘qolishi bilan o‘z ahamiyatini yo‘kotadi, o‘rnini Sharq adabiyotida keng tarqalgan amaldor va shohlarga qaratilib aytiluvchi madhiyalar egallaydi. Grek ijtimoiy hayotiga xos bo‘lgan ijtimoiy muammolar o‘rniga endi shaxsiy, insoniy motivlar talqin etilgan asarlar yuzaga keladi. Yangi muammolarni yorituvchi yangi janrlar – epigramma, elegiya, ishqiy lirika va roman janrlari paydo bo‘ladi. Asar g‘oyasi, mazmuni maydalasha borgan sari shakli, badiyyati ortib boradi, tumtoqlashadi. Bu asarlar keng kitobxon ommasi uchun emas, balki tushunib, uning qadriga yetadigan madaniyatli omma uchun mo‘ljallangan. Ellinistik davr adabiyoti yuqorida aytgan spesifik sabablarga ko‘ra o‘z mohiyatini qisqa davrda yo‘qotdi, yoddan ko‘tarildi va natijada bizgacha deyarli hech nima yetib kelmadi.

Grek romanlarining eng qadimgi na’munalaridan bo‘lgan "Aleksandr faoliyati" va "Nin haqida roman" Gresiyada emas, balki Misrda, ikkinchisi Suriyada yaratilganligi, mualliflar grek bo‘lmaganligi so‘nggi davrlarda aniqlandi. Ellinistik davrda faqat grek adabiyotidagina emas, san’at, mafkura sohasi -falsafa va dinda ham keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. Har bir ozod (ya’ni qul bo‘lmagan) inson o‘zining siyosiy erkinliklaridan maxrum bo‘ldi, unining hayoti, baxt-saodati, zolim hokim, siyosat va iqtisodiy o‘zgarishlar va shunga o‘xshash tashqi kuchlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Inson bu kuchlarninig birortasini o‘zgartirishiga qurbi yetishiga ishonmadi, natijada u o‘z qobig‘iga o‘ralib qoldi. Ana shunday sharoitda falsafa dastavval axloq, odob, mavjud jamiyat tuzumida qanday sharoitda inson umidsizlikka tushmay, o‘z mavqeini yo‘qotmay hayot yo‘lini bosib o‘tishi mumkinligi masalasi ishlandi. Bu davrda tabiat fanlari falsafadan ajrab, mustaqil rivoj etdi, tadqiqotlardan nazariy xulosalar chikarilmadi. Ellinistik davr faylasuflari ayniqsa, buyuk faylasuflar asarlarini izohlash, talqin etish bilan ko‘p shug‘ullandilar. Bu davrda shakllangan falsafiy ta’limotlardan eng muhimi Demokratning materialistik ta’limoti asosida yaratilgan Epikur falsafasi edi. Epikureizmdan tashqari stoisizm, skeptisizm ta’limotlari ham keng quloch yozib, o‘z maktablariga asos sola boshladilar.

Ellinizm davrida qadimgi Olimp xudolari dini avvalgi mavqeini ancha yo‘qotadi. Jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar talabiga polis dini javob berolmay qoladi. Lekin ellinizm yaxlit diniy tuzum yaratmadi, faqat Olimp dini Sharq xalqlari e’tiqodlari bilan qorishishini ta’minladi. Sharq xalqlarini "varvar" deb mensimovchi greklar endi o‘zlaridan qadimiyroq madaniyatta ega bo‘lgan Sharq xalqlariga murojaat qildilar va o‘zlarida kelib chikqan mafkuraviy masalalarga tayyor javoblarni ulardan topdilar. Din masalasida ham Sharq xalqlariga, jumladan, yaxudiy, zardo‘shtiylik va ayniqsa, Mitra ta’limotiga, Misr dinlariga murojaat qildilar.

Ellinizm davr madaniyati ya’ni grek va Sharq xalqlari madaniyatini umumlashtirish jarayoni Aleksandr yurishlaridan avval boshlangan edi. Ammo yurishlar natijasida va ellinizm davrida ayniqsa keng tus oldi. Ta’sirning xarakteri ham o‘zgardi, agar avval favqulodda ruhda bo‘lgan bo‘lsa, endilikda iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot talabiga binoan ongli ravishda madaniyatlarni qorishtirish jarayoni boshlandi.

Qadimgi Hind, ahamoniy va yunon manbalarida Baqtriya viloyatiga alohida e’tibor berilgan. Baqtriyaga Aleksandrning ham munosabati bosh­qacha bo‘lgan, u mahalliy amaldorlar va zodagonlar bilan yaqinlashishga harakat kilgan. Mintaqa hokimlaridan birining kizi bo‘lmish Raxshonaga uylanishining faqat bir ko‘rinishdagi muhabbatdan tashqari siyosiy sabablari ham bo‘lsa kerak. Aleksandr Baqtriya shaharlarida grek va makedon lashkarlaridan ko‘proq qoldirishga uringan. Albatta, bunday munosabatning tarixiy sabablari ham bor edi. Mintaqa Ipak Yo‘li, G‘arb va Sharq savdo yo‘liiing muhim qismida joylashganligi tufayli boshqa mintaqalarga nisbatan siyosiy-ijtimoiy jihatdan avvalroq rivojlangan. Bu viloyatning Ioniya va Markaziy Gresiya bilan aloqasi ham avvalroq boshlangan. Ana shunday zamin bo‘lgani uchun ham ellinizm davrida Baqtriyada ellinlashtirish jarayoni avval va tez o‘tdi (Parfiya va Xorazmda bu jarayon ancha kechikdi). Baqtriyaning grek podsholari Diodot, Yevtidem, Yevkratid, Antimax qabilar viloyatni gresiyaning bir qismi deb qaraganlar. Agar Parfiya, Sug‘diyona va Xorazm uchun ellinistik madaniyat namunalari miloddan avvalgi III-II moda, rasm sifatida qabul kilinsa, Baqtriyada madaniyatning tarixiy taraqqiyoti mahsuli sifatida qaralgan. Shuning uchun ham ellinistik san’at namunalari, ayniqsa, Baqtriyada yetuk tus olgan.

Antik adiblari "Ming shaharli Baqtriya" deydilar. Xaqiqatdan bu vodiyda (Amudaryoninig ikki sohili, O‘zbekistonning janubiy va Afg‘onistonning shimoliy qismi) arxeologlar ko‘plab katta va kichik shaharlar vayronalarini topdilar.

Agar, Aleksandrdan avval greklar Baqtriya va Hindistonni juda uzoq o‘lkalar, dunyoning chekkasi deb tasavvur etsalar, Makedoniya yurishlari bu tasavvurlarni puchga chiqardi. Yurishlar jarayonida minglab askarlar shu yerlarda o‘troqlashib qoldilar. Ellinizm davrida esa ko‘plari ko‘chib ham kelganlar. Miloddan avvalgi III asr o‘rtalarida Baqtriya Diodot rahbarligida Salavkiylar davlatidan ajralib chiqadi va o‘zinimustaqil davlat deb e’lon qiladi. Natijada Baqtiriyada quldorlikka asoslangan greklar hukmronligidagi davlat tashkil topadi. Baqtriya hokimlari, ayniqsa, Yevtidem va Yevkratidlar koloniyalashtirish siyosatini olib boradilar, hatto Janubiy Afg‘oniston va Shimoliy Hindistonni ham bosib oladilar. Baqtriyaning grek shohlari grek polislari usulida shaharlar qurdiradilar, binolar qurilishida esa grek va Sharq elementlari ishlatiladi.

Greklar Baqtriyada qurgan shaharlarning hozirgi eng yirigi Afg‘onis­tonning shimolida joylashgan Aleksandriya Oksiana, ya’ni Amu Aleksan­driya(xozirgi nomi Oyxonum). Bu shahar 400 gektar yerni ishg‘ol etgan. Unda teatr, gimnasiy (savodi chiqqan bolalar ilmiy va jismoniy kamolot top­ganlar), kutubxona, xazina. grek xudolariga ibodatxonalar, davlat idoralari, qasrlar, saroylar, xaykallar bilan bezatilgan fontan, shaxsiy xovlilar mavjud bo‘lganligini fransuz olimlari isbotladilar. Shahar milloddan avvalgi IV asrda barpo etilib, milloddan avvalgi 147 yillar atrofida ko‘chmanchilar tajovuzi ostida vayron etilgan. Oyxonimda qazishma ishlarini olib borgan olimlar - D. Shlyumberjs va Pol Bernarlar grekcha yozuvli ikki papirus parchalar top­ganlar, ularning birida falsafiy mazmundagi diolog, ikkinchisida she’r bo‘l­gan. Afsuski, namgarchilikda kutubxonaning yer poliga yozuv iz bo‘lib tushgan, yerda ham, papirusda ham kolgan yozuv izini o‘qib bo‘lmagan. Arxeologlar topilgan idishlarda grekcha yozuvlar (idishdagi narsalar nomi, og‘irligi va hokazo) bo‘lganligini aniqladilar.

Baqtriyada Oyxonimdan boshqa Kofir qal’a, Yemishtepa, Dilberjin, Saksonoxur, Taxti Sangin, Yovon, Tomoshotepa, Xalchayon, Yorqo‘ton, Kanka kabi ellinistik tipdagi shaharlar mavjud bo‘lganligini arxeologlar isbotladilar. To‘g‘ri, bular Aleksandriya Oksina darajasiga ko‘tarila olma­dilar, lekin bu shaharlarining ochilishi Baqtriyada hukmronlik qilgan davr­da ellinistik madaniyat, san’at butun viloyat bo‘ylab keng tarqalganligini isbotlaydi. Shu o‘rinda agar ichki ijtimoiy-iqtisodiy sharoit tashqaridan bo‘lgan ta’sirni qabul qilib rivojlantirish darajasida bo‘lmasa har qanday kuchli ta’sir ham yerli madaniyatga singmasligi va iz qoldirmasligini es­latib o‘tishimiz lozim. Haqiqatda, mintaqada yuzaga kelgan tarixiy sharoit ellinistik madaniyatni o‘zlashtirish, va o‘zi ham uning yuskak namunalarini yaratishga qodirligini isbotladi. Baqtriyada ellinistik uslubda yasalgan san’at buyumlari rasmlarini pullarda tasvirlash maxorati yuksak bo‘lgan. Baqtriyadan tashqari bir oz keyinroq, So‘g‘diyona, Parfiya, Xorazmda ham ellinistik madaniyat ta’siri ostida yaratilgan arxitektura va san’at asarlari topilgan. Ularda ham ellinistik shakl va timsollar yerli badiy an’analarga binoan qayta shakllanganligini ko‘ramiz. Qizig‘i shundaki, Markaziy Osiyoni ellinlashgan markazlarida ishlangan san’at buyumlarini ko‘chman­chilar Yevroosiyo cho‘llariga ham tarqatganlar. Haligacha Ural, Oltoy, Qozog‘iston qo‘rg‘onlarida Amudaryo hazinasidagi buyumlarga yaqin bo‘lgan san’at asarlari topilmoqda.

Markaziy Osiyo va Shimoliy Afg‘onistonda yaratilgan ellinistik san’at asarlarini mavzu jihatdan uch guruhga ajratish mumkin: diniy, epik va folkler bilan bog‘liq bo‘lgan asarlar. Ayniqsa, milloddan avvalgi IV – II asrlarda Baqtriyada rivojlangan ellinistik san’at diniy e’tiqod bilan bog‘liq edi.

Markaziy Osiyoda ellinizm davrida Olimp xudolari bilan birga yerli ma’budalar timsoli va vazifalar birlashtirildi. Axura-Mazda - Zevs, Mitra - Zevs, Appolon, Nika -Tyuxe-Xvaninda, Anaxita-Afina, Poseydon - Vaxshu va boshkalar. Qizig‘i shundaki, ko‘p o‘rinlarda grek xudolari yerli kiyimda, qiyofada tasvirlangan. Masalan, Mitraninig boshidan nur sochilib turgan kiyofasi Zevs, Gelios, Xeraklga ko‘chirilgan, yoki aksincha, yerli ma’buda Xvaninla Gresiyada g‘alaba ma’budasi Nika (Tyuxe) ramzlari-guldasta va uch tishli asbob bilan tasvirlangan. Bulardan tashqari, mintaqada Dioskurlar, Dionis e’tiqodlari ham keng tarqalgan. Grek madaniyati bilan tanishmasdan avval Markaziy Osiyo xalqlarida xudoni inson shaklida tasvirlash bo‘lmagan. Miloddan avvalgi V asrda eronshohlar tomonidan mintaqa bosib olingach, xalqlar Eron orqali Ioniya va Gresiya madaniyati bilan tanishganlar. Shu davrdan boshlab yerli xudolarni odam shaklidagi xaykal va xaykalchalarda tasvirlaganlar. Xudolar tasviridan tashqari binolarni quyma tasvirlar bilan bezash, kolonnalar, binolarni rejalashtirishlar ham Ellada san’ati, arxitekturasi ta’siri ostida bo‘lgan. Xalchayonda topilgan xaykalchalar, o‘g‘il bolalar tutib turgan gul shodalari tasviri bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Ma’lumki, Aleksandr yurishlari natijasida Sug‘diyona, Samarkand katta talofat ko‘rgan. Ammo bu mintaqada ham hayot asta-sekin iziga tushgan, hunarmandchilik, savdo va qishloq xo‘jaligi yo‘lga qo‘yilgan, ellinistik va so‘g‘d madaniyatinining ikki taraflama boyish jarayoni amalga oshirilgan. So‘g‘diyonada ellinistik madaniyat markazi Samarqand bo‘lgan, lekin bu mintaqada ellinistik pullar, grek idishlari, taqlidiy yaratilgan buyumlar bo‘lsa-da, Baqtriya mashtabida emas. Bu mintaqada ellinistik usulda qurilgan shaharlar haligacha topilmagan, ammo keyinroq barpo etilgan shaharlarda (Afrosiyob, Panjikent) ellinistik madaniyat elementlari bor.

Aleksandr yurishlari natijasida tashkil etilgan imperiyada grek tili davlat tili sifatida qabul qilingan edi. Ellinizm davrida bu til o‘zini mav­qeini yanada mustaxkamladi. Hindistondan to Italiyagacha bo‘lgan hudud­da yashagan xalqlar o‘zaro grek tili yordamida fikr almashtilar, u ikkinchi tilga aylandi, hatto parfiyada ham grek tili ancha yuqori mavqega ega bo‘ldi. Til birligi o‘z navbatida madaniyatlar, adabiy aloqalar yaqin­ligiga olib keldi. Ammo, afsuski, adabiy aloqalar haqida deyarli xech kanday material bizgacha yetib kelmagan, turli urishlar, ayniqsa, arablar istilosi davrida kitoblar shafqatsiz kuydirilgan. "XVI–XVIIIasrlardagi Markaziy Osiyo minyatyurasi" albom muqaddimasida Sankt-Pereburglik olima N. V. Dyakonova "Ustrushona afishasining islom diniga hiyonatda ayblanishi sabablaridan biri qimmatbaxo javohirlar bilan bezatilgan ajdodlarning g‘ayridiniy kitoblarini kimxoblarga o‘rab asrashi bo‘lgan".

Sharq mamlakatlarida grek tilida asarlar yaratilgani haqida ma’lu­mot­lar bor, ammo ular saqlanib qolmagan. To‘g‘ri, o‘sha davrning madaniy mar­kazlari bo‘lmish Aleksandriya, Pergam, Koss kabi shaharlarda rivoj­langan grek adabiyotini yaratishda ellinistik mamlakatlardan chiqqan adib­lar (ularninig ma’lum kismi albatta, grek bo‘lmaganlar) ham ishtirok et­ganlar. Lekin bu markazlarda yaratilgan asarlar xususiyat, uslub, mahorat jihatidan grek adiblarining tadrijiy davomi ajralmas kismini tashkil etgan. Yuqorida aytilganlarni nazarda tutganimizda ellinistik madaniyat ta’siri kuchli bo‘lgan Baqtriyada ham adabiy asarlar yaratilishi ehtimoldan uzoq emas. Bizgacha Parfiyada Artemon o‘g‘li Herodor tomonidan yozilgan uch epigramma va Appalonga bag‘ishlangan lirik marsiya yetib kelgan, xolos.

Badiiy asarlardan ko‘ra tarixiy asarlar ko‘proq yaratilgan bo‘lsa kerak (artemiyalik Appolonnining «Parfiya tarixi» va b.), ulardan parchalar boshqa mualliflarning asarlarida saqlangan.

Sharq mamlakatlarida milliy adabiyot ham o‘z navbatida rivojlangan, ayniqsa, Parfiya tilida boy adabiyot bo‘lgan. Nemis olimi F.Altxaym "Alek­sandr va Osiyo" arab manbalariga suyangan holda Parfiya shohlari davrida yaratilgan yetmishga yaqin badiiy asarlar bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi. Albatta, bularga ham grek adiblarining ta’siri o‘tishi tabiiy hol. Aleksandr o‘zi bilan birga shoirlar, tarixchilar, aktyorlarni olib yurgani, joylarda she’r­xonliklar, teatr o‘yinlari uyushtirgani va Homer asarlarini doim o‘qigani va majlislarda ko‘pchilik uchun o‘qitgani haqida mallumotlar bor. Plutarx va Elian esa Homer asarlarini Erondan to Hindistongacha yashagan xalqlar o‘qiganlar deydi. Plutarxning ma’lumotiga ko‘ra, Baqtriya va Parfiya shohlari saroyida Sofokl va Yevripid tragediyalari o‘ynalgan. Fikrimizcha, bu ma’lumot haqiqatdan uzoq bo‘lmasa kerak, grek teatri bo‘lgandan keyin unda albatta grek tragediya na komediyalari o‘ynalgan. Oyxonimda esa "Illiada" mazmuniga aloqador tasvir tushirilgan idish topilgan. Albatta bularning ham­masi adabiyotga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi tabiiy.

Miloddan avvalgi III asrda Markaziy Osiyo va Hurosonda Grek-Baqtriya davlatidan tashqari ikkinchi qudratli davlat Parfiya tashkil topadi. Parfiya ham Salavkiylarga bo‘ysungan bo‘lib, III asr o‘rtalarida, Baqtriyadan keyin o‘zini mustaqil davlat deb e’lon qiladi. Parfiya Mitridat 1 davrida o‘z yerlarini kengaytiradi, G‘arbiy Eron, Midiya, Messopo­ta­miyani bosib olib, ayniqsa Mitridat II darida dunyodagi to‘rt buyuk davlatning biriga aylanadi. Yefrat daryosi Rim va Parfiyani ajratib turuvchi chegara bo‘lgan, ammo Rimning agressiv siyosati natijasida ikki davlat o‘rtasida tez-tez to‘qnashuvlar bo‘lib turgan. Agar miloddan avvalgi 65 yilgi to‘qnashuvda rimliklar ustun chiqqan bo‘lsa, 54 yilda mashhur lashkarboshi Krass rahbarligidagi Rim armiyasini Parfiyaliklar tor mor etadi va lashkarboshi halok bo‘ladi.

Tarixiy manbalarga va arxeologik tadqiqotlarga suyangan holda shuni aytish mumkinki, Parfiyada ham grek madaniyati ta’siri yuqori bo‘lgan va Sharq va G‘arb o‘rtasida mustahkam madaniy va iqtisodiy aloqalar o‘rna­tilgan. Bularning barchasiga shuni xulosaпрямая соединительная линия 19 qilib aytish mumkinki, G‘arb ta’siri ostida Sharq madaniyati yangi bosqichga ko‘tarilgan, lekin shu paytda G‘arb madaniyati ham Sharqdan ko‘p narsa olgan. Bu ikki madaniyatning sintezi natijasida, hozirda butun bir davr maqomiga sazovor bo‘lgan ellinizm ma­daniyati kelib chiqqan. Buni hozirda hech kim inkor etolmaydi.

Tayanch tushunchalar: Ellinizm, imperiya, grek tili, varvar, Avesto, Ioniya, epigramma, falsafa, Mitra, polis, Nika, arxektura, agressiv, gimnaziya

Savol va topshiriqlar:


  1. Ellinizm tushunchasini izohlab bering?

  2. Ellinizm madaniyatining xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?

  3. Grek madaniyatining Markaziy Osiyoga ta’sirini nimalarda ko‘rish mumkin?



2.8. Markaziy Osiyoda ko‘chmanchi aholi tarkibi

O’quv maqsadi:Insoniyat tarixida ko’chmanchilik bilan hayot ke­chiruvchi xalqlarning kelib chiqish sabablari, Markaziy Osiyoda yashagan ko’chmanchi qabilalar, xalqlar, ularning turmush tarzi, mashg’ulotlari, boshqaruv tizimi va Markaziy Osiyo xalqlari tarixida tutgan o’rni haqida talabalarga atroflicha ma’lumot bersih, yashagan hududlari haqida tasavvur hosil qilish va tarixiy davr bo’yicha ko’nikmalar berish.

Ko‘chmanchilik - chorvachilikning maxsus shakli va bunday xo‘jalik bilan hayot kechiruvchi qabilalarning turmush tarzi. "Ko‘chmanchilik” atamasi ba’zan kengroq tushunchada, hatto ovchilik, baliqchilik va ter­machilik bilan kun kechiruvchi qabilalarning faoliyati va yashash yo‘sini ma’nosida ham talqin etiladi. (Masalan: Avstraliya aboreginlari, Amerika indeyslari va boshqalar)Yovvoyi hayvon turlarini xonakilashtirish (Osiyo, Shimoliy Afrika va Janubiy Yevropada) neolit (yangi tosh) davri ovchi va terimchi jamoalari hayotida yuzaga keladi. Miloddan avvalgi 4-3 mingyilliklarda (eneolit davri) Osiyoda kam suvli qirg‘oq mintaqalarida , tog‘ oldi hududlarida, jilg‘alar va daryo adoqlarida yashagan aholi turar joylari atrofida, dastlab dehqonchilik va ovchilik bilan birga olib borilgan yarim o‘troq xonaki chorvachilik xo‘jaligi shakllandi. Asrlar osha chorva boshlarining ko‘payishi va chorvachilik xo‘jaligining kengayib borishi bilan tog‘ yaylovlari va dashtu bepayon o‘tloqlari o‘zlashtirildi. Garchi yaylov chorvachiligi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholining asosiy mashg‘uloti hisoblansa-da, ko‘chmanchilik xo‘jaligida ozuqa beruvchi dehqonchilik va ovchilik ham ma’lum darajada o‘rin tutgan. Ayrim qabi­lalar yarmi ko‘chib yursa, yarmi o‘troq yashagan.

Miloddan avvalgi 4-3 mingyilliklarda Osiyoda, tog‘ oldi hududlarda, suvli qirg‘oq mintaqalarida yashagan aholi turar joylari atrofida, dastlab ovchilik va dehqonchilik bilan birga olib borilgan xonaki chorvachilik xo‘jaligi shakllandi. Chorvachilik xo‘jaligi dehqonchilikka nisbatan oson­roq, ya’ni yangi-yangi yerlarga ishlov berib, dehqonchilikka tayorlashga hamda ko‘p ishchi kuchini talab etmas edi. Shu tariqa juda ko‘plab,avvaldan o‘troq hayotga moslashgan aholi punktlari asta-sekinlik bilin milod­dan avvalgi II mingyillikning oxiri. I mingyilliknining boshlarida tog‘ oldi av dashtlarda yashovchi o‘troq va yarim o‘troq qabilalarning bir qismi hayotida ko‘chmanchilik va yarim ko‘chmanchilik tarzi shakillanib,ko‘chma chorvachilik xo‘jaligiga muqimlashdi. Bu jarayon ayniqsa milod­dan avvalgi1 mingyilliklarda Markaziy Osiyoda keng tus oldi. Ko‘chman­chilik hayottarzi o‘z qatorida "Nomad sivilizatsiyasi"ni vujudga keltir­di.Ushbu sivilizatsiya daryo sivilizatsiyasiga qarama-qarshi tushuncha hisob­lanib, uning asosini "yovvoyi yashash tarzi" tashkil qilardi.

Markaziy Osiyoning qadimgi ko‘chmanchilari haqida yozma manba­larda (Avestoda, Yunon manbalarida, Bexistunda, Xitoy manbalarida) ko‘pgina qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Biz Markaziy Osiyo hududida ko‘chmanchi qabilalaridan "Sak" va "Massaget"lar istiqomat qilgani uchun ular haqida kengroq ma’lumotlar berib o‘tamiz.

Massagetlar: Kaspiy dengizninig sharqiy sohili, Orol dengizi atroflari, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan ko‘chmanchi qabilalar guruhi. Ular to‘g‘risida fanda turli qarashlar mavjud:

-ayrim olimlar fikri bo‘yicha "Massaget"(mase)-baliq so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,"baliqxo‘rlar" ma’nosini anglatadi.

-"massaget" atamasi "mas", "saka", "ga" so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, saklarning katta uyushmasini anglatadi.

-"massaget" so‘zi "mazagetlar" so‘zidan "maza"-ulug‘ ma’nosini bildirib "ulug‘getlar"ni anglatadi.

-Xitoy solnomalarida ularni "kata yuetji"lar bilan bir xalqqatoriga ko‘yilgan. Bu fikrga S.P.Tolstov ham qo‘shilgan.

Massagetlar katta uyushma bo‘lib, ular tarkibiga bir necha qabila, qa­bilachalar (atiylar, asianlar, usunlar, augaslar, daxlar va boshq.) kirgan. Bu qabilalarning o‘ziga xos nomlari ular ulug‘lagan totemlaridan kelib chiqqan. Jangchilar ko‘pincha o‘zlariga kuchli hayvonlarni (qoplon, yo‘lbars, ilon, burgut) totem qilishgan. Geradotning yozishicha, ular piyoda va otda jang qilganlar. "Skif"larga o‘xshab otlarni va o‘zlarini sovut bilan himoyalaganlar. Himoya vositalari asosan oltindan va aksincha ularning qurollari misdan yasal­gan. Qurollarining asosini -kamon,nayza va oybolta (sagariy) tashkil qilgan. Strobonning yozishicha, massagetlar ikki xil tipga bo‘linganlar:

1 .Ko‘chmanchi: o‘zini kuchli bilib, faqat boshqa mulklarni talash bilan shug‘ullangan. 2.O‘troq: o‘zini zaif bilib, asosiy kuchini chorva boqish va dehqonchilikka qaratgan. Bu ikki tip xuddi skiflarga o‘xshab asosan, "quyoshga" topinganlar, lekin qurbonliklar ikki xil yo‘l orqali amal­ga oshirilgan. Birinchi tip asosan "ot" qurbonlik qilgan bo‘lsa; Ikkinchi tip esa yarim tayyor mahsulotlar (sabzavotlar,meva-cheva,may) qurbonlik qilishgan. Gomerning "Odessa" asarida ular "kimmeriylarning "av­lodi hisoblanib, ularning jang qilishi taktikasi uzoqdan kamon otib, tez-tez kichik bo‘linmalari hujumlari bilan ko‘rsatilgan. Ular asosan deh­qonchilik, baliqchilik, chorvachilik, hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarib, savdoni odatda saklar bilan olib borganlar.

Sak: (shaklar) Osiyo dashtlari chorvadorlari, Geradot yozishicha Yevrosiyo cho‘llarida, Qora dengiz sohillarida istiqomat qiluvchi ko‘ch­manchi "skalot" qabilalari. Yunonlar esa ularni skiflar deb yuritganlar. Ular skif va saklarni aynan bir xalq deb, adashganlar. Bunga sabab ikki qabi­laning madaniyatlari Xitoy va Yunon manbalarida judayam o‘xshagan­ligidadir. Sak nomi turli yodgorliklarda turlicha uchraydi.Ahamoniy hukmdorlarining Bexistunida "Sirdaryo ortidagi qabilalar" bo‘lib, ularning to‘rtga bo‘linganligi aytib o‘tilgan.

1." Saka-tiay-daraya" podshoh Doroning "Naqshi Rustam" yozuvida " daryoning narigi tomonida yashovchi" saklar.

2."Saka-tigraxauda" (cho‘qqi qalpoqli) saklar. Ular Qipchok dashti, Choch viloyati hududlarida yashaganlar.

3."Saka-xauma-varka" ya’ni marosimiy muqaddas ichimlik "xauma" iste’mol qiluvchi, Pomir va Farg‘ona vodiysida yashovchi saklar.

4."Saka-arimas" ya’ni (grif oltinini himoya qiluvchilari) bo‘lib, bu saklar o‘zlarini eng oliy nasab sak deb atashgan. Aynan shu tur saklar, skiflarning eng boy, oliy tabaqasi bo‘lmish "skif shohlari" bo‘lgan guruhga o‘xshaydi. Strabon esa ushbu boy tabaqali ko‘chmanchilarni "daxlar" deb yuritgan. Ular­ning boshqa ko‘chmanchilardan farqi, alohida mozorlari bo‘lganligidadir. Isbot: Skiflarda Qora dengiz sohilidagi "Gettax" shahri ularning mozori bo‘l­sa, saklarda esa Olmaotadan 50 km sharqda joylashgan "Issiq podshoh mozorligi" mavjud bo‘lgan. Ammo Ossuriya manbalarida saklar kimmerilar­ning avlodlari sifatida geografik joylashuv bir xil masshtabda beriladi. Ushbu faktni "Injil"kitobidagi "qadimgi xalqlar jadvali" tasdiqlaydi. Umuman aytganda saklar barcha ko‘chmanchi qabilalar tarkibida mavjud bo‘lgan. Sak va Skif ko‘plab olimlar tomonidan aynan bir ko‘chmanchi xalq sifatida qaralgan. Bunga yetarlicha sabablari bo‘lgan. Chunki ularning jang qilish san’ati, qurollanish texnologiyasi (faqat bitta farq skiflarda kamonboz bo‘l­ma­gan ularda faqat" drotik", {mix} otish bo‘lgan), uyni bezatishda hayvon terilari, bosh chanog‘lar, tish suyaklari aksessuar sifatida foydalanishi va totemlarning o‘xshaganligi bunga misol bo‘lishi mumkin. Gerodotning saklar "dunyodagi moxir merganlar "bo‘lib, massagetlar kabi kiyinishadi", massa­getlar g‘alla ekishmaydi, "sut va sut mahsulotlarini iste’mol qilishadi” - deb yozadi. Sak va massagetlardan tashqari juda ko‘plab ko‘chmanchilar Marka­ziy Osiyo hududida ular bilan birga yashaganlar. Xitoy manbalarida uzoqda yashovchi barcha ko‘chmanchilar "se"(begonalar) tariqasida uchraydi. Ularning joylashish o‘rnini quyidagicha tasavvur qilishimiz mumkin:

Shimol: Sibir, Enasoy; Janub: Pomir tog‘lari, Qizilqum, Qoraqum, Eron shimoli; G‘arb: Qora dengiz, Dunay; Sharq: Manjuriya, Xitoygacha bo‘lgan hududlar;

Ushbu kengliklarda "Xun, Sun, Dunxu, Di, Jun, Yuetji ( katta va kichik), Kimmerey. Sak, Massaget, Skif, Dax, Sarmat, Avar, Anan"va boshqa ko‘chmanchi qabilalar yashab kelishgan.

Ko‘chmanchilarning boshqaruv tizimi, maslahat majlisi a’zolari, sarkar­dalar va qabila zodagonlaridan tashkil topgan. Maslahat a’zolari asosan tashqi aloqalarga: sulh tuzish, jang ochish, savdo aloqalari va nikoh munosabotlarini tartibga solib turgan. Ichki aloqalar bilan esa sarkarda boshchiligidagi qishloq hokimlari, qabila hokimlari, uy hokimlari shug‘ullanar edilar.Mol-mulk taqsimotini sarkardaniig kattasi aniqlar edi. Barcha ko‘chmanchilar asosan ikki madaniy komponentdan, Strub-cho‘l va o‘rmonda yashovchi o‘troq ko‘chmanchilar va Katokomba-chorvador ko‘chmanchilardan tarkib topgan edi. Bu ikki madaniyat bronza davriga tegishli bo‘lgan ilk ko‘chmanchilar­ning "Andranova" madaniyati asosida vujudga kelgan. Ularning madaniy qatlami 3-ga bo‘lib o‘rganilgan: 1-Ilk va o‘rta bronza; 2-So‘nggi bronza; 3-Bronza davridan keyingi davr; Ushbu xulosaga Janubiy Sibirning ko‘chman­chilarga oid yodgorligini 1913 yili tekshirgan B.V.Andranov kelgan. Andra­nova madaniyati yuqorida aytgan ikki kompanentning asosi hisoblanadi, ammo ular orasida diniy tasavvurlarda hamda zebu-ziynat taqinchoqlarida o‘xshashlik sezilmaydi. Boshqa jihatdan ular bir xil bo‘lgan. Ko‘chmanchilar hayotida xunardmandchilik alohida rol o‘ynagan. Sak va massagetlar o‘rta­sida misgarlik va zargarlik yuqori darajada bo‘lib, fanda "hayvon tasvirlari naqqoshligi" nomi bilan shuhrat topgan o‘ziga xos yuksak san’at uslubi keng tarqalgan. Ular oltin va kumush bezakli naqshinkor bosh kiyimlar, belbog‘lar kabi zardo‘zlik buyumlarini tikishni bilishgan. Shu asnoda "Qozoq" xalqi o‘z milliy qalpog‘i sak xalqi milliy kiyim boshidan kelib chiqqan deyishadi.

Sak va massaget ko‘chmanchilari Markaziy Osiyoda 5-3 mingyil­liklarda rivojlangan ikki irqqa: Shimoliy Yevrapoid va Janubiy Yevrapoid irqlariga mansubligini olimlar aniqlashgan. Ammo ikki irq turli yo‘nalish va turli tezliklarda tarqalganini hisobga oladigan bo‘lsak, Markaziy Osiyo xalq­larining aynan qaysi irq turiga ko‘proq taalluqli ekanligini aniq aytish qiyin.

Irqdan farqli o‘laroq Rus lingvistiklarining aniqlashlaricha, Markaziy Osiyoning barcha ko‘chmanchi aholisi "Xindoriy" tilida so‘zlashuvchi xalq bo‘lgan ekanlar.

Demak, hozirgi kunda bizga ma’lum bo‘lgan Markaziy Osiyoning ba’zi xalqlarining tili aynan Xindoriy tili zaminida vujudga kelganligini yuqoridagi faktlar tasdiqlashi mumkin.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə