Eng qadimgi davrlardan milodiy VII-VIII asrlargacha) 5220200 – Tarix (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi) ta’lim yo‘nalishi bakalavr iibosqich talabalari uchun



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/12
tarix15.03.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#31906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Tayanch tushunchalar: Mezolit, Obishir, Qo‘shilish, Zarautsoy, qoyatosh suratlar, yakka ovchilik,tasviriy san’at.

Savol va topshiriqlar:

  1. Mezolit davrining o‘ziga xos xususiyatlarini gapirib bering?

  2. Markaziy Osiyoda mezolit davri yodgorliklari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  3. Mezolit davrining buyuk kashfiyoti va uning insonlar hayotida tutgan o‘rni haqida gapirib bering.

1.3. Markaziy Osiyoda neolit davri

O’quv maqsadi: Markaziy Osiyoda neolit, yangi tosh asrining bosh­lanishi, insoniyatning ovchilik va termachilikdan dehqonchilik va chor­vachilikka asoslangan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tishi, yashash sha­ro­itlaridan farq qiluvchi uchta madaniy va tarixiy hududning shakllanishi, o’troq hayotga o’tish, kulolchilik, to’qimachilik, tasviriy san’atning rivojlanishi, diniy marosimlar haqida talabalarga ma’lumot berish, ko’nik­malalar hosil qilish, davr haqida talabalarga qiyosiy-tahliliy tushuncha­larni singdirish.

Neolit yunonchada “neo” - yangi, “lit”- tosh, yani, “yangi tosh” davri degan ma’noni anglatadi. Markaziy Osiyo va Yevropada neolit davriga oid topilmalarning ko‘pchiligi miloddan avvalgi 6-3 ming yilliklar bilan bel­gilanadi. Demak, tosh davrining bu bosqichi taxminan 3 minglar yil davom etgan. Neolit davrida dehqonchilik va chorvachilik yuzaga kelgan. Poleolit va mezolit davriga xos bo‘lgan iste’mol xo‘jaligi, ya’ni tabiatdagi tayyor mah­sulotlarni o‘zlashtirishga asoslangan xo‘jalik o‘z ahamiyatini yo‘qota bosh­ladi. Va buning natijasida insoniyat tarixida ilk bor ishlab chiqaruvchi xo‘ja­likka asos solingan. Bu voqea fan olamida “neolit inqilobi” atamasi bilan mashhur bo‘lgan. Inson o‘z ehtiyojlarini qondirishning yangi yo‘li – yaratuv­chilik, moddiy ne’matlarni o‘z qo‘li bilan ishlab chiqaruvchiga aylandi. Oqi­batda yashash, turmush tarzida ham keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ayniqsa, bu bosqich davomida ona urug‘doshligi tizimi – matriarxat rivojlanadi. Yana shuni aytish kerakki, odamlar loydan idish yasash va uni pishirishni o‘rganib oldilar. Bu vaqtda mezolit davrida kashf qilingan bolta keng qo‘llanila boshlandi. Endi bolta xo‘jalikda asosiy qurolga aylandi va odamlar uni silliqlash va teshish yo‘li bilan doimiy rivojlantirib bordilar.

Markaziy Osiyo tarixida neolit davrining yuqori chegarasi mil. avv. VI, quyi chegarasi IV-III ming yilliklar bilan belgilanadi. Bunda Markaziy Osiyo­da uchta: Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlarining rivojlanishi ko‘zga tashlanadi. Neolit davri qabilalari aksariyat hollarda daryo sohillari va tar­moq­lari yoqasida, ko‘l bo‘ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiq­qan holda baliqchilik, ovchilik, dehqonchilik va ayni vaqtda qis­man hunar­mand­chilik bilan shug‘ullanganlar. Shu bilan birgalikda mezolit davridagiga nis­batan mehnat qurollari takomillashib borgan.Bu davrda jamiyat taraq­qi­yo­tining keyingi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan kash­fiyotlar neolit davrida amalga oshirildi. Bu davrga kelib tosh qurollarni yasash takomil­lashdi, ya’ni tosh boltalarga toshdan unga sop o‘rnatildi va pona bilan mus­tahkamlandi, o‘roq, arra, chopqich kabi nozik mehnat qurol­lari yaratildi, sinch­kori chayla va kulba, loydan turar joylar barpo etilib, ilk bora qayiqlar yasaldi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, neolitning eng buyuk kashfiyoti ovchi­lik va termachilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar endilikda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullana boshladilar. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik asoslari Markaziy Osiyoning janubida, hozirgi Turkmaniston hududlarida shakllangan. Kopetdog‘ etaklarida Joytun madaniyati nomi bilan mashhur bo‘lgan ilk dehqonchilik manzilgohi arxeologlar tomonidan topib o‘rganil­gan. O‘zaro qarindosh urug‘chilik munosabatlariga asoslangan jamoaviy tuzim, birgalikdagi mehnat va shu asosda shakllangan turmush tarzi Joy­tun­liklarning o‘ziga xos madaniyatini yuzaga keltirgan. Arxeologlar tup­roqdan yasalgan hayvonlarning kichik haykalchalarni topib o‘rganishgan. Tadqiqotlar olib borgan arxeologik olim V.M.Masson: "Bu topilgan bu­yum­lar fetishizmning ilk ko‘rinishidan biridir " deb ta’kidlaydi. Shunisi ahamiyatliki, topilgan buyumlarning mutloq tko‘pchiligi mil. avvalgi 6 ming yillikka tegishli bo‘lgan.

Joytun madaniyati Janubiy Turkmanistonda, Ashxabot shahridan 25 km shimoldagi Joytun manzilgohidan topilgan bo‘lib, bu madaniyat qoldiqlari nafaqat Turkmaniston, balki butun Markaziy Osiyoda mash­hurdir. Joytun qishlog‘i bir necha uylardan tashkil topgan bo‘lib, uylarning maydoni 12-14 kv. m.dan iborat. Uy devorlariga somon aralashtirilgan, uylar to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lib, bir xonali va har bir xonada alohida o‘choq izlari topilgan. Uylar yonida esa omborxona, saroy va xo‘jalik o‘ralari ham bor. Tadqiqotchilar fikriga qaraganda Joytunda 30ga yaqin uy bo‘lib, unda 130-150 kishi yashagan, 5-6 kishilik oila yashagan uylarda ona urug‘i hukmron bo‘lgan.

Uylardan ayollarning loy va toshdan yasalgan haykalchalari, shuningdek har xil taqinchoq va bezaklar topilgan. Joytun xarobalaridan bug‘doy, arpa izlari, yorma tosh, tosh boltalar, parrakchalar, qurol sifatida ishlatiladigan o‘tkir uchli toshlar, teshgich parchalar, qirg‘ichlar, kamon o‘qlarining uchlari — naykonlar topilgan.

Joytun makonidan qo‘lda ishlangan sopol idishlar namunalari ham top­ilgan bo‘lib, ular Markaziy Osiyodagi dastlabki sopol namunalaridir. Joy­tun qishlog‘i aholisi mil. avv. VI - V ming yilliklarda yashab asosan dehqon­chilik, chorvachilik, qisman esa ovchilik bilan shug‘ullanganlar. Joytunda Markaziy Osiyodagi dastlabki dehqonchilik madaniyati rivoj­lanadi va bu makon hozir­cha mintaqadagi dastlabki dehqonchilik qishlog‘i hisoblanadi. Joytunliklar sun’iy ariq va kanallar qazib sug‘orma dehqon­chilikka asos sol­gan­lar. Umu­man olganda, Kopetdog‘ bilan Qoraqum ora­lig‘idagi hududlar­dan ko‘plab neolit davri makonlari ochilgan. Bu makon­lardagi xo‘jalik ishlab chiqarishi va madaniyati bir-biriga juda o‘xshashligi sababli ularni fanda Joytun madaniyati (dastlabki topilgan joy nomi bilan) deb atash qabul qilingan.

Bu davrga kelib hozirgi Orol dengizi bo‘ylarida istiqomat qiluvchi va turmush tarzi boshqa qabilalarnikiga o‘xshamaydigan qabilalar kun kechir­gan. Ular suvga yaqin bo‘lganliklari uchun ovchilik va baliqchilik bilan shug‘illanganlar. Keyinroq esa chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ul­langanlar. Bu qabilalar yaratgan o‘ziga xos madaniyat - "Kaltaminor" madaniyati nomini olgan.

Umumun, bu davrda qurol yaroqlar yasash texnikasi ancha tako­mil­lashdi. Buni biz Kaltaminordan topilgan qurollardan ko‘rishimiz mum­kin. Ular qulayrok, o‘tkirroq va yengilroq bo‘lgan. Bu kabi qurollar asosan ohak­toshdan yasalgan. Ohaktosh sof holatda ozgina mo‘rtroq bo‘lgani uchun uni istagan shaklga solish mumkin bo‘lgan. Ohaktoshlarni Sul­tonuvays tog‘idan olish mumkin bo‘lgan. Tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, bu tog‘haqida o‘sha davrdagi odamlari yetarli bilishlari ma’­lum bo‘lgan. Chunki bu tog‘dan neolit davriga oid ustaxona va tosh yorish xonalarini topib o‘rga­nilgan. Kaltaminor madaniyatining eng nodir va muhim yodgorligi Jonbos-4 manzilgohi bo‘lib, u yerda maydoni 300 m. kv. bo‘lgan chayla qoldig‘i topilgan. Chaylada kattagina urug‘ jamoasi yashagan bo‘lib, 100-120 ta kishi yashaganligi ma’lum bo‘ldi. Kuygan qamish va xoda qoldiqlarining o‘rganish asosida olimlar chayla ustunli, oval shaklida bo‘lgan bo‘lib, usti qamish bilan qoplangan degan xulosaga kelganlar. Chaylada bitta katta va 20 dan ortiq kichik o‘choqlarning o‘rni qayd etilgan. O‘choqlar atrofida baliq (cho‘rtan, nog‘ara), hayvon (to‘ngiz, jayron, Buxoro kiyigi va hokazo), qush suyaklari va tuxum po‘choqlari hamda bir qancha mayda toshqurollar topilgan. Shuningdek, yumoloq sopol idishlar ham topilgan bo‘lib, ularning sirtiga chizmalar chizilgan. Shunisi qiziqki, shunga o‘xshash buyumlar Kaltaminor manzilgohidan ham topilgan. Bu holat manzilgohlar o‘rtasida o‘zaro aloqalar bo‘lganligidan dalolat beradi.

Topilgan buyumlarning tahlili mazkur manzilgohlar miloddan avvalgi 7-3 ming yilliklarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi. Mazkur manzilgoh hozirgi Qoraqolpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l shahridan 18 km. shimoliy-sharqda joylashgan Kaltaminor ko‘li sharafiga Kaltaminor madaniyati deb nomlangan. Arxeologlar Kaltaminor madaniyatini taraqqiyot dinamikasiga qarab 3 davrga ajratishadi:



  1. Kaltaminorning ilk davri eramizdan oldingi 7-5 ming yilliklarga to‘g‘ri keladi. Bu davrga oid yodgorliklar Zarafshonning quyi oqimi, Qizilqum sahrosi va janubiy-sharqiy Ustyurt hududidan topilgan.

  2. Kaltaminor madaniyatining o‘rta davri eramizdan oldingi 5-4 ming yillikka oid bo‘lib, bu davrga oid yodgorliklar Qizilqum va unga yaqin hududlardan topilgan.

  3. Kaltaminor madaniyatining so‘nggi bosqichi eramizdan oldingi 4-3 ming yilliklarga tegishli bo‘lib, hozirgi Qozog‘iston hududlaridan topilgan makonlar kiradi. Kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklar Zaraf­shon etaklaridagi Darvozaqir makonidan ham topib o‘rganilgan. Bu yerdan topilgan sopol idish namunalari Jonbosqal’a sopollariga juda o‘xshashdir.

Kaltaminor madaniyatiga xos bo‘lgan yana bir manzilgoh Buxoro viloya­tining Qorako‘l markazidan 40 km. uzoqlikda joylashgan bo‘lib, u Darvozaqir nomi bilan ataladi. Darvozaqir-1 makoni 3 ta madaniy qatlamdan iborat. Ustki qatlam to‘zib ketgan bo‘lsa ham, ammo boy madaniy qoldiq­larga ega. Bu yerda silliqlangan boltalar, qirg‘ichlar, par­malar, o‘roq randalar, teshgichlar va boshqa ashyolar topildi. Ikkinchiqatlamdagi madaniy qoldiqlar birinchi va uchinchi qatlamlardagilarga qaraganda kamroq uchraydi. Birinchi va ikkinchi katlamlarda chayla qol­diqlari uchramaydi. Uchinchi madaniy qatlam eng boy va eng qalin bo‘lib, taqir yerda joylashgan. Bunda o‘chok va chayla qoldiklari chaqmoqtoshdan ishlangan qurollar, silliqlangan boltalar, to‘lkinsimon naqshlar bilan beza­tilgan sopol buyumlar, hayvonlarning suyaklari bor. Shunisi qiziqki, Kal­taminorliklarning sopol buyumlarida ham shunday naqshlar bor. Bu kat­lamlar rangining har xilligi bilan bir-biridan farqqiladi va shuningdek ularni qalin qum qatlami bir-biridan ajratib turadi. Darvozaqir-1 makonida 81 m (7x11) li to‘g‘riburchak shaklidagi chayla koldigi topildi. Chayla sharqdang‘arbga qarab cho‘zilgan. Uyning o‘rtasida ustunlar uchun ikkita chuqurcha kovlangan. Chaylaning chor burchagida ham huddi shunday chuqurchalar borligi aniqlangan. Chaylaning devorlaridan ikki qator qilib kovlangan chuqurchalar (tashqi va ichki tomonida) qolgan bo‘lib, bu chuqurchalarga devor sinchlari o‘rnatilgan so‘ng tomi yopilgan. Demak, chayla to‘rt devori sinch devorli kapa shaklida bo‘lib, tomi qamish bilan yopilgan. Chayla ichiga sharq tomondan kirilgan. Bu narsa diniy urflarga oid bo‘lsa kerak. O‘choqlar chayladan tashqarida joylashgan.Chaylalarni o‘rganish oila-urug‘ munosabatlari ishlab chiqarish hamda turmush dara­jasiga taaluqli ba’zi bir ma’lumotlar berish mumkin. Bu makon aholisi so­nini Jonbos-4 aholisi bilan solishtirsak, katga farqni ko‘rishimiz mumkin. Jonbos-4 da S.P.Tolstovning fikricha, 100-125 kishi yashagan bo‘lib, Darvozaqir -1da esa bor yo‘g‘i 30-35 kishini tashkil qilgan. Bu hol bunday chaylalarni ona urug‘iga qarashli bir necha juft oilalar yashagan deyishga asos bo‘la oladi.

Quyi Zarafshon va Qashqadaryo etaklaridagi Darvozaqir, Katta va Kichik Tuzkon, Qorong‘isho‘r, Poykent makonlaridan topilgan tosh qurollar va sopol buyumlar hamda boshqa ashyolarni o‘rganish, tahlil etish, Yaqin Sharq, Qozog‘iston, Ural va boshqa joylardan topilgan neolit davri ashyolari bilan qiyoslash natijasida tadkiqotchilar yuqorida eslatilgan makonlar Kaltaminor madaniyatiga mansub bo‘lib, mil. avv. IV-III ming yilliklarga oid degan xulosaga keldilar. Bu makonlarda yashagan neolit davri odamlari termachilik va jayron, yovvoyi cho‘chqa, bug‘u va boshqa hayvonlar hamda baliq ovlab kun kechirishgan.

So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoning sharqiy hududlaridan, Hisor va Pomir tog‘laridan neolit davriga mansub ko‘plab yodgorliklar aniqlandi va o‘rganildi. Asosan tog‘oldi va tog‘liklarga xos bo‘lgan Hisor madaniyatiga man­sub yodgorliklar 200 dan ziyod bo‘lib, Tutqovul, Soysayyod, Quyi Bulyon, Darai Sho‘r, Gaziyontepa qabilar shular jumlasidandir. Bu o‘ziga xos madaniyat fanda Hisor madaniyati degan nom oldi. Hisor madaniyatiga man­sub yodgorliklar asosan mil. avv. V-III ming yilliklarga oiddir. Hisorliklar so­pol idishlar yasab, asosan chorvachilik, ovchilik, kisman termachilik bilan shug‘ullanganlar. Hisor makonlaridan topilgan turli-tuman buyumlar tahlili ushbu jarayonlardan dalolat beradi. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida Markaziy Farg‘ona hududlaridan neolit davriga oid ko‘plab makon­lar topilgan. Bu manzilgohlar fanga Markaziy Osiyoning to‘rtinchi neolit davri madaniyati deb kiritilgan.

Demak, Markaziy Osiyoning barcha hududlarida, shimolda Ustyurt, Markaziy va Janubiy Qozog‘iston, Qizilqum va Qorakum, Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysidan topilgan ko‘p­lab neolit davri makonlarining ochilishi odamlar bu davrga kelib Markaziy Osiyoning deyarli barcha hududlariga yoyilib yashaganliklarini ko‘rsatadi.



Tayanch tushunchalar: Neolit, neolit inqilobi, matriarxat,Sulton­uvays tog‘i, Jonbos, Kaltaminor, Darvozaqir, Joytun, Hisor, kulolchilik.

Savol va topshiriqlar:

  1. Neolit davri haqida nimalarni bilasiz ?

  2. Neolit davri mezolit davridan nimasi bilan farqlanadi ?

  3. Neolit davri aholisi nima bilan shug‘ullanganlar?

  4. Neolit davrida qanday ibtidoiy din shakllari mavjud bo‘lgan?




1.4. Markaziy Osiyoda eneolit davri

O’quv maqsadi:Markaziy Osiyoda eneolit va bronza davri yod­gorliklari, ilk shaharsozlik, Markaziy Osiyoda eneolit davriga o’tishning boshlanishi, eneolit davrining o’ziga xos xususiyatlari, eneolit davri yodgorliklari xususida tushunchalar berish va ko’nikmalar hosil qilish.

Miloddan avvalgi IV–III ming yilliklarga kelib Markaziy Osiyo sharoitida bir necha yuz ming yillar davom etgan kishilik tarixining tosh davri tugadi. Uning o‘rnini eneolit egalladi. Ibtidoiy jamoalar mehnat qurollarini yasashda dastlab misdan foydalanishdi. Shuning uchun ham bu davr eneolit mis-tosh davri deb ataladi. Eneolit yer sharining barcha mintaqalarida bir vaqt­da boshlanmay, balki har bir hududning tabiiy-ekologik imkoniyatlariga mos ravishda turli davrlarda boshlangan. Masalan, Osiyo va Afrikaning qadimgi dehqonchilik mintaqalarida ibtidoiy jamoalar metall bilan avvalroq, boshqa mintaqalarda esa ancha keyinroq tanishishgan.

Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, mis eritib olish san’ati – metal­lurgiya mil. avv. VIII-VII va VII-VI ming yilliklar atrofida Yaqin Sharqda vujudga kelgan. Mis Mesopatamiyaning tog‘li hududlarida mil. avv. IV minginchi yilliklardan ishlatila boshlanganligi fanda ma’lum.

Insonlar tomonidan metall qazib olish va uni o‘zlashtirishni kashf qilinishi kishilik tarixidagi buyuk voqealardandir. Metall jahonning deyarli barcha qit’alarida mavjud. Insoniyat tarixida odam avvalam bor qaysi metall bilan dastlab tanish bo‘lgan ekanligi masalasi olimlar orasida munozara bo‘lib kelindi. Ularning ayrimlari. avval mis kashf qilingan desalar, boshqalar esa qalay ekanligi haqida fikr bildirishadilar. Aslida, mis ruda tarkibida hamda alohida sof holda uchrashi mumkin. Qalay esa tabiatda ruda tarkibida uchraydi. Bularning qaysi biri dastlab kashf qilinganligi masalasi hozircha jumboq. Sof mis ochiq tabiatda uchraydi va undan qadimda bolg‘alash yo‘li bilan buyum yasash mumkin edi. To‘g‘ri, ayrim holatlarda mis boshqa ruda va metall tarkibida yashirin ravishda ham uchrashi mumkin. Mis bo‘laklari sof holda uchratilsa-da, ammo uni mis rudasidan ajratib olish ancha murak­kab edi. Qadimgi davrlarda kishilar dastlab mis eritmasidan foydalangan bo‘lsa kerak degan taxminlar ham xaqiqatga yaqinroq ko‘rinadi. Kishilar ko‘p holatlarda gulxan - o‘choq atroflaridagi ayrim toshlarning yumshoq ho­lat­ga aylanganliklarini, toshni toshga urganda uning sinmasdan pachoqlan­ganligini kuzatgan, albatta. Xullas, kishilar ayrim tosh (misli tosh) jinslarining issiq harorat tufayli yumshashi yoki erishini payqab olishganlar. Mis rudasi qattiq jism bo‘lib, undan qurilish materiali hamda o‘choqlar qurish sifatida ham foydalanganlar. Demak, mis rudasi oddiy o‘choq haroratida yumshashi, erishi kabi holatlar kuzatilgan.

Markaziy Osiyoda metall miloddan avvalgi IV ming yillikdan ma’­lum. O‘lkaning shimolida esa bu vaqtda neolit davriga oid Kaltaminor ma­daniyati jamoalari gullamoqda edi. arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, Kal­taminor madaniyatini yaratgan ajdodlarimiz metall bilan birinchi bor miloddan avvalgi III ming yillikning oxirlarida tanishganlar.

Mezolit oxirida va neolit davrida terib-termalab ovqat topishdan yov­voyi o‘simliklarni ekish va o‘tkazish yo‘li bilan madaniylashtirish orqali vujudga kelgan dehqonchilik eneolit zamonida yuqori xo‘jalik turiga aylanib bordi. Dehqonchilik bilan uy chorvachiligi rivojlanishi ortiqcha mahsulotning paydo bo‘lishiga va shu asosda ayirboshlashni vujudga ke­lishiga asosiy omil bo‘ldi. Markaziy Osiyo hududlarida quyidagi yangi tarixiy-madaniy jarayonlar eneolit davri bilan bog‘liqdir:



  1. Xo‘jalikning boshqa hamma turlariga qaraganda omoch (xaydama)dehqonchiligining ustunlik qilishi;

  2. Toshdan ishlangan qurollar ko‘p bo‘lgan holda mis qurollarning paydo bo‘lishi;

  3. Katta-katta jamoalarning paxsadan va xom g‘ishtdan tiklangan ko‘p xonali va xashamatli uylarning qurila boshlashi;

  4. Kulolchilikda muhim texnika yutug‘i - xumdonlarning ishlatilishi;

  5. O‘troq xo‘jalikning rivojlanishi, yirik aholi manzilgohlarining paydo bo‘lishi (qishloqlarning) jamoa birlashmalarining uylari va qurilishida xom g‘ishtning paydo bo‘lishi;

  6. Hayvonlarning loydan yasalgan va ona urug‘i tuzumiga (mat­riarxatga) xos bo‘lgan turli haykalchalarining yasala boshlashi;

  7. Rangdor, har xil tasvirlar ishlangan sopol buyumlarning mav­jud­ligi.

Eneolit davrida Markaziy Osiyo aholisining madaniyati yuksaladi. Lekin, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu hududlardagi qabilalarning madaniy va ijtimoiy taraqqiyoti bir xil darajada emas edi. Qadimgi qabi­lalar mis-tosh davriga o‘tgach, madaniy, xo‘jalik va ishlab chiqarish taraq­qiyotining yangi bosqichi boshlanadi. Avvalgidek Turkmanistonning janu­bi-g‘arbidagi qulay geografik sharoitda yangi xo‘jalik turlari, ya’ni deh­qon­chilik va chorvachilik yanada rivojlanadi. Quyi Zarafshon va Amu­daryo havzalarida yashovchi qabilalar bilan madaniy o‘simliklar o‘stirishga o‘tmagan edilar. Markaziy Osiyoning sharqiy qismidagi tog‘li hududlar aholisi xo‘jaligida ovchilik ustun edi. Demak, ilk va rivojlangan mis-tosh davrida Markaziy Osiyo qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida notekisliklar saqlanib qolgan.

Dasht va tog‘ hududlaridan topilgan moddiy topilmalarni o‘rganish natijalari (sopol idishlar, tosh qurollar, hayvonlar va qushlar suyaklari) qabi­lalarning iqtisodiy hayotida qo‘shimcha xo‘jaliklar - ovchilik va baliqchilik asosiy manba bo‘lganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga dasht odamlari tarixida chorvachilikning ilk bosqichi boshlandi deyish mumkin. Leki, neolit davri an’analari o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Aholining asosiy qismi daryolarning irmoqlari sohilida va ko‘llar atrofida yashagan.

Eneolit davriga oid muhim yodgorliklar Janubiy Turkmanistondagi Anov va Nomozgohtepa manzilgohlari hisoblanadi. Bu yerdagi uy-joylar xom g‘ishtdan qurilgan. Moddiy topilmalar orasida mis qurollar tosh qurollariga nisbatan kamchilikni tashkil etgan. Shuningdek, topilgan guldor sopol buyumlar kulolchilikning ancha rivojlanganligidan dalolat beradi. Sirti qoraga bo‘yalgan, geometrik chiziqlar, hayvon (qush) rasmlari bilan bezatilgan bu topilmalar mil. avv. IV ming yillikka oiddir.

O‘zbekiston hududlarida eneolit davri yodgorliklari hozircha yaxshi o‘rganilmagan. Mil. avv. IV–III ming yillik boshlarida Amudaryo va Zarafshon daryolarining quyi oqimlarida Kaltaminor madaniyati tosh qurollari, sopol idishlari va uy-joylari keng tarqalgan. Markaziy Osiyoning shimoliy-sharqida joylashgan dashtlarda va Orol dengizi sohillarida ovchilik, baliqchilik va ilk chorvachilik xo‘jaliklari rivojlanganligini ko‘ra­miz. Buxoro vohasidagi Lavlakon,Beshbuloqmakonlari va Zamonbobo qabristonining eng pastki qatlamlari ham eneolit davriga oiddir. Bu yod­gorliklardan Kaltaminor madaniyatining so‘nggi bosqichiga oid topilma­larga o‘xshash sopol idishlar bo‘laklari va chaqmoqtosh bilan birga misdan yasalgan ignalar, munchoqlar topilgan. Eneolit davriga kelib,insonlar mezolit davrida kashf etilgan ro‘zg‘or buyumlarini, qurollarni, uylarni qurish uslublarini yanada takomillashtirdilar. Insonlar dehqonchilik, chor­vachilik, zargarlik bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Mazkur manzilgohlarning "metallurglari" metallni dastlab yer yuziga chiqib yotgan, keyinroq yer osti konlaridan qazib olingan rudalardan foydalanishni bilishgan.

Arxeologik topilmalar orasida nafaqat mis, balki qalay, qo‘rg‘oshin hatto oltindan yasalgan buyular ham uchraydi. Demak, mis eneolit davrida mavjud bo‘lgan yagona metall emas. Mis, qalay va qo‘rg‘oshinning kashf etilishi ibtidoiy jamoa xo‘jaligida ro‘y bergan buyuk madaniy xo‘jalik ixtirosi edi.

Markaziy Osiyo hududlarida eneolit davriga oid ko‘plab manzilgohlar aniqlanganligini ta’kidlab o‘tgan edik. Hozirgi Turkmaniston hududlarida miloddan avvalgi V ming yillikning oxiridan to IIIming yillikning o‘rtalarigacha qadimgi dehqon jamoalarining Nomozgoh (Nomozgox I, II, III) madaniyati shakllangan. Zarafshon daryosining yuqori havzasida joy­lashgan va fanda “Sarazm madaniyati” nomi bilan mashhur bo‘lgan man­zilgohda ham aynan shu dehqonchilik an’analariga mos keladigan xo‘jalik ekanligi tadqiq etilgan.

Markaziy Osiyo arxeologiya fani tarixida eneolit, bronza va ilk temir davri manzilgohlarini birinchi bor mashhur olim G.Shmidt tadqiq etishga kirishdi va Janubiy Turkmanistonning Anov (Anov I – IV) manzilgohini davr­lashtirishni taklif etdi. Ana shu davrlashtirish asosida tadqiqotchilar mazkur manzilgohda 50 yil davomida ilmiy tadqiqotlar olib borishdi. G.Shmidt­ning mazkur uslubi Nomozgohtepa manzilgohini umumiy bo‘lgan, ammo bir biridan farq qiluvchi 6ta izchil madaniy - xronologik bosqichlarga bo‘linishiga asos bo‘ldi. Natijada manzilgoh Nomozgoh I–VI deb yuritila boshlandi. Nomozgohtepa manzilgohining barcha bosqichlarida turarjoy qurilishida xom g‘ishtdan foydalanishgan va rangli naqsh berilgan. Kulol­chilik buyumlarini ishlab chiqarishi, mis va toshdan mehnat va ishlab chi­qarish qurollari yasash, sug‘orma dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan xo‘jalikning mavjudligi mazkur madaniyatga xos xususiyatlardir.

Mazkur yodgorliklar asosan baland tepalarda joylashgan bo‘lib, ular dehqon jamoalarining ko‘p asrlik faoliyatidan guvohlik beradi. Bu tepaliklar Nomozgoh I davridan boshlab tog‘ daryolarining o‘rta oqimida yuzaga kelgan. Nomozgoh II davridan boshlab esa eneolit qishloqlarida bir vaqtning o‘zida bir xonali turar joylardan ko‘p xonali turar joylarga o‘ta boshlagan. Qishloqlar atrofida mudofaa devorlari paydo bo‘lgan. Bu devorlar ko‘p burchakli bo‘lib, har burchagida minoralar qad rostlab turgan.

Nomozgoh III davrida (eneolitning so‘nggi bosqichi) turar joylar, asosan ko‘p xonali xonadonlardan iborat bo‘lib, oshxonalar o‘choq, yotoqxonalar esa sandallar bilan ta’minlangan. Hujralarida oziq-ovqatlar saqlangan. Har bir turar joy majmuasi o‘zaro devor bilan ajratilgan bo‘lib, ular tor yo‘laklar va keng ko‘chalar bo‘ylab qurilgan. Turar joy majmualari o‘rtasida hovlilar ham bo‘lgan. Ko‘p xonali uylar odatda yirik mahallalarni tashkil etgan, mahallalarni esa ko‘chalar ajratib turgan. Xonadonlarning markaziy qismidagi xonalarning birida dumaloq shaklda mehrob kurilgan bo‘lib, u muqaddas olov uchun mo‘ljallangan.

Xo‘jalik turlarining rivojlanib borishi bilan hunarmandchilik ham ser­tarmoq sohaga aylana borgan. Zero, hunarmandlar - to‘qimachilik, temir­chilik, degrizlik. misgarlik, zargarlik, kulolchilik, tosh yo‘nish, suyakka ishlov berish, imorat solish va hokazo ishlar bilan band bo‘lishgan.

Eneolit davri yodgorliklari Zarafshon vodiysida ham topilgan. Bu 90 gektar maydonni egallaydigan Sarazm manzilgohidir. Bu yerdagi xona­donlar guvala va xom g‘ishtdan ishlangan bo‘lib, bir va ko‘p xonali qilib qurilgan. Ularda ham o‘choq va mehrobli xonalar bo‘lgan. Aholi asosan dehqonchilik vachorvachilik bilan shug‘ullangan. Shuningdek, bu yerda kulolchilik, to‘qimachilik, zargarlik ham rivoj topgan.Sarazm madaniyati xronologik jihatidan miloddan avvalgi V-III ming yilliklarni qamrab oladi.

Xulosa qilib aytganda, mehnat qurollarini yaratishda kishilar uzoq vaqt davomida sifatli, zarur tosh jismlaridan, ko‘p holatlarda esa suyak va yog‘ochlardan foydalanganlar. Keyinchalikbir necha ming yillik turmush tajribalariga tayanib dastlabki metallni va undan foydalanishni kashf qildilar. Dastlab kishilar misni, keyinchalik esa qalay bilan mis eritmasi tarkibida jezni (bronza) kashf qilishdilar. Bu kashfiyot davrlari tarixan eneolit (mis-tosh) va bronza asrlari nomi bilan fanga kiritildi. Odamlar mis va jezdan turli ro‘zg‘or buyumlari, xususan, igna, juvoldiz, har xil ro‘zg‘or buyumlari, shuningdek, o‘z davriga xos xilma-xil bezaklar ishlab chiqishni o‘rgandilar. Metallning eng muhim afzalligi, avvalambor, ish unumdor­ligini oshirishda bo‘lsa, so‘ngra undan bolg‘alash yo‘li bilan xohlagan shaklda buyumlar yasash, sinib qolgudek bo‘lsa, uni qaytadan qizdirish orqali yamash kabi xususiyatlardadir. So‘ngra metallni turli qoliplarga qo‘yish yo‘li bilan qurollar va bezaklar yasash imkoniyati vujudga keldi. Bu esa kishilik taraqqiyotini yanada jadal rivoshlanishini, “varvarlik” holatidan chiqib “sivilizatsiya”lashuviga yo‘l ochib berdi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə