Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57

18
Ichakda oziq moddalar to‘liq hazm bo‘ladi. Ovqatning hazm
bo‘lmay qolgan qismi anal teshigi orqali tashqi muhitga chiqariladi.
Yuqoridagidek qattiq oziq bilan oziqlanishga moslashgan
hasharotlarning og‘iz organlari kemiruvchi  bo‘lib hisoblanadi.
Qo‘ng‘izlar, chumolilar, beshiktebratar kabi hasharotlarning og‘iz
organlari xuddi yuqoridagidek kemiruvchi ti pda   tuzilgan. Suyuq
oziq bilan oziqlanadigan hasharotlarning og‘iz organlari so‘ruvchi
yoki sanchib so‘ruvchi tipda   tuzilgan  bo‘ladi.
Nerv sistemasi. Hasharotlarda nerv sistemasi xalqum usti,
xalqum osti nerv tuguni, xalqum atrofi nerv halqasi  va qorin
nerv zanjiridan iborat. Hasharotlarning ko‘krak va qornining ostki
tomonida har bir bo‘g‘imiga mos ravishda bittadan nerv tuguni
joylashgan. Barcha  nerv  tugunlari nerv  i plari yordamida   o‘zaro
tutashgan bo‘ladi (8-rasm). Jamoa bo‘lib yashaydigan
hasharotlarda (ari va chumolilarda) nerv sistemasi kuchli
t a r a q q i y   e t g a n .   N e r v   t u g u n l a r i n i n g   u s t k i   q i s m i   n e r v
hujayralaridan va ichki qismi nerv tolalaridan tashkil topgan.
Nerv tugunlaridan sezuvchi va
harakatlantiruvchi nerv tolalari
chiqib organ va  to‘qimalarga boradi.
Xalqum usti nerv tugunidan nerv
t o l a l a r i   k o ‘ z ,   m o ‘ y l o v l a r g a ,
xalqum osti nerv tugunidan og‘iz
o r g a n l a r i g a ,   k o ‘ k r a k   n e r v
tugunlaridan oyoq va qanotlarga
h a m d a   s h u   s o h a d a g i   i c h k i
o r g a n l a r g a ,   q o r i n   n e r v
tugunlaridan esa qorin sohasidagi
organ va to‘qimalarga nerv tolalari
b o r a d i .   H a s h a r o t l a r d a   s e z g i
organlari  kuchli taraqqiy etgan  va
nerv sistemasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Sezgi organlari. Hasharotlarda
murakkab va oddiy ko‘zlar mavjud
bo‘lib, bir juft murakkab ko‘zi
ko‘p sondagi  mayda  ko‘zchalardan
tashkil topgan. Har bir ko‘zcha
obyektning ma’lum bir qismini
ko‘radi. Barcha ko‘zchalar birgalikda
butun obyektni ko‘radi. Murakkab
8-rasm. Hasharotlarning nerv
sistemasi.
KT
1
, KT
2
, KT
3
 — ko‘krak nerv
tugunlari;  KT
7-8 
— qorin nerv
tugunlari.


19
ko‘zlar yordamida hasharotlar atrofni rangli tasvirda  va oddiy
ko‘zlar orqali esa faqat oq qora tasvirda ko‘radi.
Hasharotlar mo‘ylovlari yordamida hidni sezadi. Erkak
hasharotlarda mo‘ylovlar yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, urg‘ochilarini
izlab topishda ham xizmat qiladi. Ayrim kapalaklarning  erkaklari
urg‘ochilarini hididan 11 km masofadan topib bora oladi.
Hasharotlarning butun tanasida, ayniqsa, pastki lab va pastki
jag‘laridagi tuklar  tuyg‘u vazifasini bajaradi. Hasharotlarda ta’m
bilish organlari  ham yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, og‘iz, oyoq va
mo‘ylov uchlarida joylashgan.
 Savollar
Hasharotlarning nafas olish jarayoni qanday amalga oshadi?
Traxeyalardagi havo qaysi muskullarning faoliyati natijasida tashqi
muhit havosi bilan almashinadi?
Hasharotlarda qon qanday vazifani bajaradi?
Hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
Hasharotlarning nerv sistemasi qanday tuzilgan?


20
4-BOB. Hasharotlar klassifikatsiyasi
Barcha tirik organizmlar tashqi va ichki tuzilishining o‘xshashligi
va farqiga qarab ma’lum bir guruhlarga birlashtiriladi. Shuningdek,
hayvonot olamining vakillari ham ma’lum bir sistematik guruhlarga
bo‘lib o‘rganiladi. Hozirgi kunda ular quyidagi sistematik birliklardan:
tur, urug‘ (avlod),  oila, turkum, sinf (ajdod) va tipdan iborat.
Hayvonot olamining eng kichik sistematik birligi tur hisoblanadi.
Bir turga mansub hayvonlar tashqi va ichki tuzilishi jihatdan
o‘xshash, ma’lum bir hududda tarqalgan, yashash tarzi  bir xil,
o‘zaro chatishib serpusht nasl beradi. Har xil turga mansub hayvonlar
guruhi esa o‘zaro chatisha olmaydi yoki chatishsa ham ularning nasli
pushtsiz bo‘ladi.
Sistematikada tur ikkita (tur va urug‘ ) nom bilan, turdan yuqori
sistematik birliklar esa bitta nom bilan nomlanadi.
Hasharotlar umurtqasiz hayvonot olamining bo‘g‘imoyoqlilar
ti piga  mansub sinf hisoblanadi va  o‘z navbatida    ma’lum  sistematik
guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Hasharotlarning katta guruhi turli o‘simliklarni changlantirib,
hosildorlikni oshiradi, ayrim foydali hasharotlar zararkunanda
hasharot va kanalarning miqdorini kamaytirib turadi. O‘simlik va
hayvonlarning qoldiqlarini chirindiga aylantirib tuproq hosil
bo‘lishida  ham  hasharotlar   katta   ahamiyatga   ega.   Shuningdek,i pak
tolasi, asal kabi mahsulotlar va ayrim kasalliklarni davolashda
dori-darmonlar hasharotlardan olinadi. Ammo bir qancha
hasharotlar qishloq xo‘jalik ekinlariga, yovvoyi o‘simliklarga  va
ularning mahsulotlariga turli darajada zarar yetkazadi. Zararli
hasharotlarga qarshi kurash olib borish va foydali hasharotlarni
ko‘paytirish usullarini ishlab chiqish uchun hasharotlarning
sistematikasini, turkum, oila, avlod va boshqa guruhlarini aniqlash
muhim ahamiyatga ega.
Hasharotlar bosh sinfi quyidagi ikkita kenja sinfga bo‘linadi: 1.
Tuban yoki boshlang‘ich qanotsiz hasharotlar kenja sinfi. 2. Oliy
yoki qanotli hasharotlar kenja sinfi.  Mazkur kenja sinflar o‘z
navbatida  turkumlarga bo‘linadi.


21
Tuban yoki boshlang‘ich  qanotsiz hasharotlar kenja sinfi o‘ziga:
mo‘ylovsizlar yoki proturalar, oyoqdumlilar yoki poduralar, ikki
dumlilar  yoki di pluralar,  qildumlilar  yoki tizanurlar  turkumlarini
birlashtiradi.
 Savollar
Hayvonot olamining sistematikasi qanday tartibda tuzilgan?
Hasharotlar  hayvonot olamining qaysi ti piga    mansub?
Hasharotlar bosh sinfi qanday kenja sinflarga bo‘linadi?
4.1. Oliy yoki qanotli hasharotlar
Qanotli hasharotlarning turkumlari rivojlanish xususiyatlariga
ko‘ra ikkita: 1) Chala o‘zgaruvchi hasharotlar; 2) To‘liq o‘zgaruvchi
hasharotlar bo‘limiga bo‘linadi.
Chala o‘zgaruvchi hasharotlar bo‘limi: ninachilar, to‘g‘ri
qanotlilar, yarim qanotlilar, tengqanotlilar, suvaraksimonlar va
boshqa shu kabi turkumlarni o‘ziga birlashtiradi.
To‘liq o‘zgaruvchi hasharotlar bo‘limi: qo‘ng‘izlar yoki qattiq
qanotlilar, tanga qanotlilar yoki kapalaklar, parda qanotlilar, ikki
qanotlilar va boshqa turkumlarni o‘ziga birlashtiradi. Quyida
hasharotlarning ba’zi asosiy turkumlari bilan tanishib chiqamiz.
4.2. Teng qanotlilar
Teng qanotlilarning 30 mingga yaqin turi ma’lum. Ushbu turkum
vakillari ichida qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklarga katta zarar
yetkazadigan turlari mavjud. Teng qanotlilarning og‘iz apparati
sanchib so‘ruvchi ti pda  bo‘lib,  o‘simlikning hujayra  shirasini so‘-
rib oziqlanadi. Og‘iz apparatida sanchib so‘rishga moslashgan to‘rtta
uzun qilcha mavjud bo‘lib, ular pastki lab g‘ilofiga jamlanadi. O‘z
navbatida pastki lab yuqori tomondan kalta  ustki lab bilan qoplanib,
hartumchani hosil qiladi. Hartumcha 1 — 4 bo‘g‘imdan iborat bo‘lib,
oyoqlar orasiga qisilib turadi.
Teng qanotlilar o‘simliklarning shirasini so‘rib turli darajada
zarar yetkazadi, hosildorlikni pasaytiradi, o‘zidan chiqaradigan
suyuq va shirali chiqindilari bilan o‘simlik turli organlarini
ifloslantiradi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə