Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57

22
Teng qanotlilar o‘z navbatida o‘simlik bitlari, oq qanotlar,
qalqondorlar, barg burgachalari va saratonlar kenja turkumlariga
bo‘linadi.
Keyingi mavzularda siz mazkur  turkumga mansub ayrim
zararkunanda hasharotlar bilan tanishasiz.
 Savollar
Teng qanotli hasharotlarning og‘iz apparati qanday tuzilgan?
Teng qanotlilar qanday kenja turkumlarga bo‘linadi?
4.3. To‘g‘ri qanotlilar
To‘g‘ri qanotlilarning yer yuzida 20 mingga yaqin turi tarqalgan.
Ushbu turkum vakillari qishloq xo‘jaligi o‘simliklariga katta zarar
yetkazadi. To‘g‘ri qanotlilarning og‘iz apparati kemiruvchi ti pda
tuzilgan. Ko‘pchilik vakillari o‘simliklarning turli organlari bilan
kemirib oziqlanadi. Mazkur turkum vakillari ichida (ozchiligi)
yirtqich va aralash oziqlanuvchilari ham mavjud.
Mo‘ylovlari ingichka va turli uzunlikda bo‘ladi: masalan,
temirchaklarda mo‘ylovlar tanasidan uzun, chigirtkalarda esa
tanasining yarmidan kaltaroq bo‘ladi. To‘g‘ri qanotlilarda bir juft
murakkab ko‘zlari va 1—3 ta oddiy (chigirtkalarda ikkita murakkab
va ikkita oddiy ) ko‘zlar mavjud.
Mazkur hasharotlarning ust qanotlari to‘g‘ri, terisimon
tuzilgan, keyingi qanotlari esa yelpig‘ichsimon tuzilgan va  yaxshi
taraqqiy etgan. Orqa oyoqlari o‘tlar orasida hayot kechiradigan
o‘simlikxo‘r turlarida (chigirtka, chirildoq) old oyoqlarga nisbatan
baquvvat va  uzun bo‘lib,   sakrovchi ti pda   tuzilgan. Tuproqda
hayot kechiradigan buzoqboshilarda esa old oyoqlar yer qazishga
moslashgan.
Turkum vakillari tuxumlarini asosan tuproqqa (chigirtka,
buzoqboshi) va qisman o‘simliklarga qo‘yadi.
 Savollar
To‘g‘ri qanotli hasharotlarning qancha turlari mavjud?
To‘g‘ri qanotlilarning og‘iz apparati qanday ti pda   tuzilgan?
To‘g‘ri qanotlilarning oyoqlari tuzilishini chigirtka va buzoqboshi misolida
tushuntiring.


23
4.4. Parda qanotlilar
Parda qanotlilarning 150 mingga yaqin turi ma’lum. Parda
qanotlilarning og‘iz apparati kemiruvchi va so‘ruvchi  ti pda
tuzilgan. Yuqori jag‘lari taraqqiy etgan bo‘lib, kemirish vazifasini
bajaradi.
Parda qanotlilarning old qanotlari yirikroq, orqa qanotlari
kichik va old qanotlarga birikib turadi.  Ikkala qanotlari ham tiniq.
Urg‘ochi parda qanotlilarda nayza va tuxum qo‘ygich mavjud.
Parda qanotlilarga asalari, chumoli, qovoqari, yaydoqchi,
arrakash va boshqa hasharotlar kiradi. Parda qanotlilar
o‘simliklarni changlatishda katta ahamiyatga ega. Yaydoqchi parda
qanotlilar zararkunanda hasharotlar tanasida parazitlik qilib,
ularning sonini kamaytirib turadi. Asalarilar insoniyat uchun
qimmatbaho asal ozuqasini tayyorlab beradi. Ushbu turkum
vakillarining ayrim turlari qisman qishloq xo‘jaligi o‘simliklariga
zarar yetkazadi.
Parda  qanotlilar  turkumi botiq qorinlilar  va  xi pcha   bellilar
kenja turkumlariga bo‘linadi.
 Savollar
Parda qanotlilarning tuzilishini tushuntiring va ularning vakillariga misol
keltiring?
Parda qanotlilar qanday ahamiyatga ega?
4.5. Ikki qanotlilar
Ikki qanotlilarning 80 mingga yaqin turi ma’lum. Ularning og‘iz
apparati hartumcha  shaklidagi so‘ruvchi va  yalovchi  ti pda  tu-
zilgan. Ikki qanotlilarning ko‘krak qismi katta bo‘lib, bunda oldingi
bir juft pardasimon qanotlari mavjud. Ushbu turkum vakillarining
lichinkalari oyoqsiz, lekin ko‘pchilik turlarining tanasida bo‘rtmalar
mavjud. G‘umbagi ko‘p turlarida soxta pilla ichida bo‘ladi. Bosh
qismi ko‘krakka ingichka bo‘yin orqali harakatchan birikkan. Boshda
bir juft ancha yirik ko‘zlar joylashgan. Mo‘ylovlari ayrim turlarida
uzun va ayrim turlarida esa qisqa bo‘ladi. Uzun mo‘ylovlilarda mo‘ylov
bir necha bo‘g‘imdan  va qisqa mo‘ylovlilarda esa uch bo‘g‘imdan
iborat bo‘ladi. Uzun mo‘ylovli ikki qanotlilarga pashsha va


24
chivinlarni, qisqa mo‘ylovlilarga  so‘nalarni misol qilib keltirishimiz
mumkin.
 Ushbu turkum vakillarining ayrim turlari qisman qishloq
xo‘jaligi o‘simliklariga  zarar yetkazadi. Ikki qanotlilar orasida
ko‘pchilik turlari inson va hayvonlarga ham zarar yetkazadi. Bir
qancha turlari qon so‘rib oziqlansa, bir necha turlari hayvonlarda
parazitlik qiladi.
Ikki qanotlilar turkumi uzun va qisqa mo‘ylovlilar kenja
turkumlariga bo‘linadi.
 Savollar
Ikki qanotlilarning o‘g‘iz apparati qanday tuzilgan?
Ikki qanotlilar qaysi kenja turkumlarga bo‘linadi?
4.6. Kapalaklar yoki tanga qanotlilar
Tanga qanotlilar, ya’ni kapalaklarning yer yuzida 150  mingga
yaqin turi mavjud. Kapalaklarning qanotlari va tanasi turli rangdagi
mayda tangachalar bilan qoplanganligi uchun tanga qanotlilar
deb nomlangan. Kapalaklarning pastki jag‘ va pastki lablari
qo‘shilib, spiralga  o‘xshash o‘ralib turadigan hartumni hosil
qiladi. Mazkur hartum kapalaklarning asosiy belgilaridan biridir.
Voyaga yetgan kapalaklar hartumi yordamida gul nektari bilan
so‘rib oziqlanadi. Ba’zi kapalaklar  (masalan,  tut i pak qurti)  voyaga
yetgan bosqichida oziqlanmaydi.
Lichinkalarining ko‘krak qismida uch juft haqiqiy oyoqlar
mavjud. Ushbu oyoqlar lichinka oziqlanishiga yordam beradi.
Kapalaklar lichinkasi qorin qismida besh juft  bir bo‘g‘imli soxta
oyoqlari mavjud bo‘lib, ular yurishga xizmat qiladi.
Kapalaklarning lichinkalari turli qishloq xo‘jalik va boshqa
o‘simlik organlari bilan oziqlanib zarar yetkazadi. O‘zbekistonda
asosiy qishloq xo‘jalik ekini g‘o‘zaning asosiy zararkunandalari
ko‘sak qurti, karadrina va kuzgi tunlamlar kapalaklarga mansub
hasharotlardir.
Tanga qanotlilar turkumi jag‘lilar, tuban so‘ruvchilar yoki teng
qanotlilar va oliy so‘ruvchilar yoki turli qanotlilar kenja
turkumlariga bo‘linadi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə